March 24

𝗙𝗢𝗥𝗕𝗜𝗗𝗗𝗘𝗡 𝗙𝗥𝗨𝗜𝗧 | 𝗞𝗦𝗝

𝗖𝗛𝗔𝗣𝗧𝗘𝗥 𝗙𝗢𝗨𝗥 | 𝟬𝟰

«𝗔𝗿𝗸𝗮𝗻» 𝗺𝗲𝗵𝗺𝗼𝗻𝘅𝗼𝗻𝗮𝘀𝗶.

Jisu belgilangan joyga allaqachon yetib kelgandi. U Arkan bilan telefonda gaplashar, ovozi huddi asaldek shirali edi.

— Azizim, men allaqachon mehmonxona salonidaman, va yana o‘n daqiqada sochimni tugataman. Seni kutyapman. Bu tun uzoq vaqt davom etadi degan umitdaman

U ataylab ularning ertalabgacha mehmonxonada qolishlari haqida gapirdi.

Arkan esa bu paytda liftga kirayotgan edi.

— Tushundim. Men ko‘tarilyapman, deb qisqa javob berdi u.

Ayni paytda mehmonxonaning asosiy kirish qismida Evening mashinasi to‘xtadi.
U mashinadan tushganida, vaqt go‘yo to‘xtab qolgandek edi. Oqartirilgan total-look tungi shahar fonida ko‘zni qamashtirardi. Jozibali, jasur, nihoyatda e'tiborni tortuvchi qiz mehmonxona yo'lagi bo‘ylab yurib borar, xodimlar va mehmonlarning hayrat va shok aralash nigohlarini o‘ziga tortardi.
U Arkan shu yerda ekanini bilardi. Hatto uzoq va balnd qavatlar orqali ham uning hokimiyat hidini his qilardi. Va u “o‘gay otasi” uchun hech qachon unutmaydigan kechki ovqat uyushtirishga tayyor edi.
Lift eshiklari shovqinsiz ochildi.

Eve pentxausning yumshoq gilamiga qadam qo‘ydi. Butun qavat tungi Seul panoramali manzarali bitta hashamatli ochiq makondan iborat edi. Arkan deraza yonida, kirgan tomonga orqa qilib turardi. Uning qo‘lida viski stakani bor edi, ichidagi muz sekin jaranglardi. U qadam tovushlarini eshitdi, ammo hatto qimirlamadi.

— Demak, jim turibsan, sovg‘am senga yoqmabdida

Eve sekin u tomon yaqinlasha boshladi, uning qadamlarida yirtqichona sokinlik bor edi.

U Arkaning aynan orqasida to‘xtadi. Derazaning qorong‘i oynasida Evening yuzi aks etardi — oqarib ketgan, ko‘zlari ehtiros bilan yonib turar. Arkan uning aksiga qaradi, bir qultum viski ichdi va sekin o‘girildi.

— Tashqi ko‘rinishing sen o‘zingni katta ko‘rsatmoqchi ekaningni bildiradi, Arkan uning qisqa shortisi va ochiq topiga sekin nazar tashladi, ovozi keskin va sovuq edi.

— Ammo xatti-harakatlaring buning aksini aytyapti

— Biroz oshirib yuboryapsan, qizaloq?

Eve yana yaqinlashdi, shaxsiy masofa chegaralarini butunlay buzib.

— Men shunchaki biroz ko‘ngilxushlik qilmoqchi edim… u qo‘lini uzatib, kutilmaganda Arkanning qo‘lidagi viski stakanini oldi va bir qultum ichdi

U Arkanning to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning ko‘zlariga qaradi.
Arkan qattiq kulib yubordi. U Evening stakanni ushlab turgan qo'lidan kuch bilan ushlab, o‘ziga tortdi, shunda Eve deyarli uning ko‘kragiga urildi.

— Sen olov bilan o‘ynashyapsan. Bunga jur'at qilma! deb g‘azab bilan qichqirdi Arkan, ovozi tutilgan g‘azabdan titrar edi.

— Men sen odatlangan yosh bolalardan emasman. Sening o'yinlaringa vaqtim ham sabrim ham yo'q!

Eve uning tanasining isishi va temirdek ushlashini his qildi. Orqaga chekinish o‘rniga, u oldinga egildi va ko‘kragini uning kostyumi bilan bosdi.

— Agar sening sabring tugasa nima bo‘ladi?.. Juda qiziq…

Arkan nigohini sekin, uning lablaridagi namlik va porlashga diqqat bilan qaratdi. Ko‘zlarida ilk, hayvoniy yonish paydo bo‘ldi.

— Sen mening darajamdagilardan emassan hatto yetolmaysan qizaloq, deb sovuq javob berdi va keskin qo‘lini qo‘yib yubordi.

Shu paytda lift yana jarangladi va zalga Jisu kirib keldi.

— Oh, siz allaqachon keldingiz! Arkan, azizim, kech qolganim uchun uzr dedi u darhol unga yaqinlashib egalik qilgandek quchoqladi.

Eve ifodasiz yuz bilan stolga yaqinlashdi va oyog‘ini oyog‘iga tashlab o‘tirib oldi. Uchinchi shaxslar ham stol atrofida joylashgach, havoda og‘ir jimjitlik hukmron bo‘ldi.

— Xo‘p, maqsad? Nega bu yerga yig‘ildik? deb Eve jimlikni buzdi.

Jisu soxta muloyimlik bilan qo‘lini Arkaning qo‘liga qo‘ydi.
Eve darhol bu harakatga nigohini qaratdi.

— Eve… Biz Arkan bilan yaqinda turmush qurishga qaror qildik.

Arkan keskin Jisuga qaradi, ovozi qat’iy eshitildi

— Vaqt hali belgilanmagan, Jisu. Biz shunchaki shu yo‘nalishda harakat qilayapmiz.

Eve onasiga ochiq nafrat bilan qaradi.

— Va siz men qo'llarimda qarsaklar chalib, bu ittifoqdan xursand bo‘laman deb o‘ylaysizmi? uning ovozi muzdek edi.

Arkan Evening so'zlaridan qoshlari ko'tarildi. Jisu darhol o‘zini beg‘ubor qurbon sifatida ko‘rsatdi.

— Men shunchaki,baxtimni sen bilan baham ko'rmoqchi edim.

— Sizning baxtingiz? Eve kuldi va bu kulgi zahar bilan to‘la edi.

— Hayotingiz to'laqonli “baxt”dan iborat, dedi u kulib.

— Sizning yomon kunlaringiz bo‘lganmi ,hech qachon?

— Eve, unday dema… otangning o‘limi… Jisu boshladi, ko‘zlariga salfetka tutib.

Eve stolga pichoqlarni qattiq tushirdi.

— Yetar!! Bu arzon spektaklni to‘xtating! Kimga yolg‘on aytayapsiz? Bu stol atrofida begona odam yo‘q, hech kim oldida motamdagi xotin rolini o‘ynash shart emas, dedi u Jinga qarab.

— To‘g‘rimi, Arkan?

— Onang bilan hurmat bilan gaplash, Arkan qat’iy to‘xtatdi uni.

Eve masxara bilan qo‘llarini qoqib boshladi.

— Vau! Bravo! Park Jisu, siz allaqachon ona roliga kirib ketdingizmi? Qanday yutuq, men hatto onam borligini bilmas edim.

Jisu ko‘zlarini yumib, bir tomchi yosh chiqarib

— Eve… jim bo‘l…

Arkan uning qo‘lini mahkam ushlab, qo‘llab-quvvatlagandek tasali berib qisin qoydi va yana Evega qaradi.

— To‘g‘risini aytsam, Jisu, men sizning oldingizda yoshroq odamni ko‘rishni kutgan edim. Sizning yosh tanlashingiz aniq aytganda, umuman rasvo.

— Yetar! Sening jasurliging barcha chegaralardan oshib ketdi! Arkan jahl bilan

Eve tezda turib, yovuz nigoh bilan qaradi

— Sen menga chegaralarni ko‘rsatadigan odam emassan!

Jisu Arkaning tirsagiga yopishdi

— Arkan, tinchlan, u shunchaki asabiylashgan…

— Uni ancha erkalatib yuborgansan! keskin javob berdi Arkan.

— Juda ko‘p sevgi mehr berilsa, unga o'xshaganlar o‘sadi!

Eve baland, g‘azabli kuldi

— Ha, albatta! Sevgi shunchalik ko‘p edi-ki, men deyarli nafas olormasdim!

Jisu nafasini ushlab

— Eve, kerak emas…
Eve ularni umumiy o‘yinga tortayotganini his qildi va o‘zini tinchlantirdi. U sekinroq o‘tirib oldi.

— Agar sizning tomoshangiz tugagan bo‘lsa, o‘tirishingiz mumkin, Park xonim. Keling, kechki ovqatni davom ettiramiz. Arkan bular uchun ancha harakat qildi.

Butun kechki ovqat og‘ir jimjitlikda o‘tdi, faqat idishlar shovqini bu jimjitlikni buzardi.

Jisu vaziyatni yumshatishga va bir vaqtning o‘zida chiziq tashlashga qaror qilib, nafis tarzda sharob ichdi va Arkanga qarab o‘girildi

— Arkan, azizim, o'zing bilasan,
Eve uchun oilaviy biznesni yolg‘iz boshqarish juda qiyin bo‘ladi. Balki, sening odamlaring unga yordam bera olishar, u ishga kirishayotgan paytda?

Eve sekin salfetka bilan lablarini artib, onasidan nigohini uzmadi.

— Menimcha, menga hech kimning yordami kerak emas.

Arkan, boshida jim turib, birdan kulib yubordi va Evega oshkora chaqiriq bilan qaradi.

— O‘z qobiliyatingga shunchalik ishonasanmi?

Eve unga o‘zining mashhur “tulki” nigohi bilan qaradi, unda xavfli qiziqish sezilar edi.

— Sinab ko‘rmoqchimisan?

Jisu fursatdan foydalanib gap boshladi.

— Eve, bu sen uchun Arkan kabi insondan o‘rganishning ajoyib imkoniyati bo‘lardi. Vaqt o‘tib, agar oilalarimiz birlashsa, biz aktivlarni to‘liq birlashtira olardik…

Eve onasining rejasini darhol tushundi u Arkanni boshqaruvdan mahrum qilish va hamma narsani qo‘lga kiritish uchun ishlatmoqchi edi.

Ichida muzdek olov yonib ketdi. «Agar sen hammasini u orqali qilmoqchi bo‘lsang, men uni sendan tortib olaman», degan fikr miyyasida aylanardi.

— Agar u menga shaxsan o‘rgatsa… nega yo‘q? dedi Eve, Arkanning qorong‘i ko‘zlariga tik qarab, ko‘zini qisdi.

Arkan qoshini ko‘tardi, bu taklifning jasoratini baholadi. U stulning orqa tomoniga suyanib, uning hukmronlik aurasi butun xonani to‘ldirdi.

— Menda bir tamoyil bor: men stajyor darajasiga ham yetmaganlar bilan ishlamayman. Mendan o‘rganmoqchi bo‘lsang, eng pastdan boshlashing kerak. Qo‘lingni iflos qilishga tayyormisan, “qizaloq”?

Eve jasorat bilan kulib, oldinga egildi

— Sinab ko‘rmasang, mening darajamni bilmaysan. Balki men sening “eng pastlaring” bilan tezroq uddalashim mumkin, sen viskiyingni ichib bo‘lishingdan anchaagina oldin.

Arkan unga uzoq va sinchkov tikildi go‘yo bu beadab qiznı hoziroq bosib tashlasinmi yoki yaqinroq kelishiga ruxsat berib, keyin butunlay sindirsinmi, shuni o‘lchayotgandek.

— Ertaga soat sakkizda mening ofisimda, sovuqqonlik bilan kesib tashladi Arkan.

— Bir daqiqaga ham kechiksang, korporatsiyamda izing ham qolmaydi.

Eve g‘olibona jilmayib, lablarini yaladi. O‘yin uning maydonida boshlandi.
Uchchovlon liftga tushib, tarang sukunatda pastga yo‘l olishdi. Eve ataylab Arkanning o‘ng tomoniga turdi, qimmatbaho pidjak yelkasiga deyarli tegib ketardi. U alfadan taralayotgan issiqlikni va achchiq, zo‘rg‘a seziladigan atir hidini his qilardi.
Jisu esa qizini butunlay e’tiborsiz qoldirib, Arkaning ko‘zlariga boqib mayin chug‘urladi

— Azizim, bugun shu mehmonxonada qolamizmi yoki sening pentxousingga boramizmi? Menga 50-qavatdagi lyuks xona bugun biz uchun

Tashqariga chiqib, Eve biroz chetroqqa o‘tdi, mashinasi kelguncha telefoniga berilib ketgandek ko‘rinish berdi. Ammo uning nigohi yana-yana o‘sha juftlikka qaytardi. Jisu Arkan atrofida parvona bo‘layotgan edi, lekin Arkan sovuq va befarq ko‘rinardi

Shu payt Evening yoniga qimmat kostyumdagi kelishgan yigit mehmonlardan biri yaqinlashdi.

— Kechirasiz, siz juda chiroyli ko'rinyapsiz… bu yerda yolg‘iz turishingiz huddi gunohdek dedi u, Evedan ko‘z uzmay jilmayib.

— Kechani yanada xususiyroq joyda davom ettirishga taklif qilsam maylimi?

Eve Arkaning og‘ir nigohini o‘zida his qildi. U yigitga burilib, mumkin bo‘lgan eng maftunkor va begunoh tabassumini yoydi.

— Voy, bu juda yoqimli taklif bo'ldi.

— Menga bir daqiqa bering, oilam bilan ishlarimni tugatib, mamnuniyat bilan taklifingizga rozi bo'laman dedi u noz bilan chiqish tomonni ko‘rsatib.

Eve sekin Arkan va onasi yoniga yaqinlashdi. Uning ko‘zlari hayajondan yaltirardi.

— Kechaning boshlanishi biroz zerikarli bo‘ldi, ammo baribir nafis kechki ovqat uchun rahmat, janob Arkan, dedi u nafis qo‘lini uzatib.

Arkan bir lahza ikkilanib turdi, so‘ng uning kaftini o‘zining keng va issiq qo‘li bilan ushladi. Siqishi qattiq, go‘yo ogohlantiruvchidek edi.

— Ertagacha, Eve, dedi u past ovozda.

Jisu, Arkan oldida o‘zini tutishga urinib, muloyim dedi

—Eve, azizam, men bugun, ehtimol, uyga qaytmayman. Yolg‘iz qolib zerikib o‘tirma.
Eve unga qaradi, keyin nigohini Arkanga qaratdi, Arkan uni tom ma’noda nigohi bilan “skanerlayotganini” his qilardi. U boshini qimirlatib, istehzoli kuldi

— Qanday tasodif… Men ham bugun uyga qaytishni rejalashtirmaganman. Ikkalangizga ham Go'zal va ehtirosli tun...

Eve poshnasida burilib, chiqish tomonga yo‘l oldi, u yerda o‘sha yigit uni allaqachon kutib turgan edi. Arkan mehmonxona eshiklari ularning ortidan yopilguncha unga tikilib qarab turdi. Uning nigohida qorong‘i va yoqimsiz nimadir lip etib o‘tdi.

— Xo‘sh, xonaga chiqamizmi? Jisu uning fikrlarini bo‘lib, tirsagiga muloyim tegdi.

Arkan sekin unga sovuq nigoh tashladi.

— Chiqamiz, dedi u qisqa, ammo uning o‘ylari mutlaqo Jisu haqida emas edi.

Eve esa yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirib, yonidagi erkak o‘zi haqida gapirib ketar ekan, erinchoqlik bilan derazadan tashqariga qarab borardi.

— Bilasanmi, seni ko‘rgan zahotim o‘zgacha ekaningni tushundim. Biz yopiq klublardan biriga borishimiz mumkin, u yerda a’lo shampan va…

Yigit Evening tizzasiga qo‘l qo‘ymoqchi bo‘ldi. Eve uning qo‘lini keskin tutib, xuddi bezovta qiluvchi hasharotni uloqtirgandek chetga tashladi. Uning yuzidagi tabassum bir zumda yo‘qoldi.

— Mashinani to‘xtat.

— Nima? Axir biz mehmonxonadan endigina uzoqlashdik!

— To‘xtat dedim, rulni o‘zim sug‘urib olmasimdan oldin, dedi Eve muzdek ohangda.

— Sen dekoratsiya rolini bajarding, rahmat. Davomini o‘zim hal qilaman.
Mashina to‘xtashi bilan Eve tushdi, yigitni mutlaqo hayratda qoldirib, darhol Jenga qo‘ng‘iroq qildi.

— Meni olib keting. Tez. Menga alkagol kerak… shunday darajada ichishim kerakki, o‘sha kekkaygan qariya va onamning yuzini unutay.

2 soatdan keyin. «Red Moon» bari.

Eve, Jen va Jake bo‘sh shampan stakanlari bilan to‘la bar peshtaxtasi yonida o‘tirishardi. Sochlari allaqachon to‘zib ketgan, nigohi “shishadek” bo‘lib qolgan Eve juda muhim bir narsani isbotlashga urinardi.

— Jen… tushunyapsanmi… u shunday turibdi… hammasi kostyumda… “Men Arkan, men dunyoga egaman”… Eve hiqichoq tutdi va ko‘rinmas raqibga barmog‘ini do‘q qildi.

— Keyin men unga shunday boplab… iflos latta stolda Uning burun teshiklarini ko‘rsang edi! Shunaqa kerilib… fr-fr…

Jen, o‘zi ham undan kam mast bo‘lmagan holda, Jakening yelkasiga peshonasini tirab kulardi.

— Eve, sen o‘liksan. Chiroyli, yosh, kalta shortikda… lekin o‘liksan. U seni ertaga nonushtaga yeb qo‘yadi. Tuzsiz.
Jake bo‘sh bokaliga tikilib, qo‘shimcha qildi

— Agar u seni ofisda majbur qilsa-chi… masalan… qahva damlashga? Eve, sen qahvadan faqat Starbucksni bilasan. Shakar o‘rniga tuz solib yuborasan, seni bilaman.

— Menmi?!

Eve g‘urur bilan tik turdi, deyarli kursidan yiqilib tushay dedi.

— Men unga… men unga shunaqa qahva damlaymanki… U men bilan ipday bog'langan holda yuradi! Men — Park Eve! Men… men mukammal-terminatorman!

— Ha, oq shortikdagi terminator, Jen qah-qah urdi.

— Ertaga liftda uxlab qolmagin. Arkan kechikishlarni yoqtirmaydi. Seni binoni tiling bilan yuvishga majbur qiladi

— Sinab ko‘rsin faqat… deb g‘o‘ldiradi Eve yana bir qadah ichimlik buyurtma qilib.

— Men unga… men uni… u birdan jim bo‘lib, bo‘shliqqa tikilib qoldi.

— Lekin ko‘zlari chiroyli ekan. Shunaqa yovuz…
Och qolgan itnikiga o‘xshab…

01:30. «Arkan» mehmonxonasi, lyuks xona.

Xonada yarim qorong‘ulik hukm surardi, uni faqat panoramali oynadan ko‘rinib turgan tungi shahar chiroqlari buzib turardi. Jisu yostiqqa sochlarini yoyib, o‘zidan va bu kechadan mamnun holda uxlab yotardi. Arkan esa deraza yonida turardi, belidan yuqorisi yalang‘och. Yelkasida yaqinlikdan qolgan izlar hali ham bilinardi, ammo uning yuzida na iliqlik, na qoniqish bor edi. U qo‘lidagi viski bokalini shunchalik qattiq siqib turardiki, barmoqlari oqarib ketgan, shisha esa zo‘rg‘a eshitiladigan darajada chirsillardi.
Arkan yonib turgandek achchiq ichimlikdan katta yutdi.

Uning ichida Jisu ham o‘chira olmagan olov quturardi.
Bu g‘azabmidi?

Yoki tahqirlangan g‘urur?

Arkan tishlarini qisdi. Ertaga soat sakkizda o‘sha betoqat qizaloq uning ofisida bo‘lardi. Va Arkan uning yuzidagi o‘sha o‘ziga ishongan tabassumni yo‘q qilish uchun hamma narsani qilishga tayyor edi.

Arkan

Fanfic Busan Girls kanali uchun tarjima qilindi!