June 25, 2025

The Static Below

Avtor_Ryou🐯

Ep.2

Qorong'i tun.

-Tinaa shoshma to'xtaaa

Tina o'rmondan katta yo'l tomon yugirardi.

-ahmoqlik qilma hozir qorong'i..adashib qolamiz

-menga baribir men u uyda ortiq qolmayman..(qiz oldida ortga qaramay gapirdi.

-Tina bas qil!

-aaa
Qizni ovozini eshitgan Jungkook qiz tomon yugirdi. Qo'lidagi qolchiroq orqali atrofga qarar edi. Jim jitlik

-Tina?..

Shunda Jungkook chuqurlikni ko'rdi. Ichida esa Tina xushsiz yotardi.

Uy.

Jungkook qizni uyga olib kelishga majbur bo'ldi. Qizni oyog'i juda qattiq shillingan edi. Yeqilish chog'i oyog'i yog'och uchiga tegib ketgan edi.

PovAvtor.

Jungkook qizni jarohatini tozalab xonadan pastga oshxonaga tushdi. Dori qutini joylar ekan birdan ortdan ovoz kela boshladi. Jungkook harakatni sekinlab ovozni eshitish uchun yuzni biroz burdi.

Qandaydr o'zgacba ovoz hirillash va chuqur nafas olish. Suvning tomchilashi.

Chiroq lip lip hirlashib o'chib yona boshladi. Yigit ortiga qaraganida o'sha zaldagi televizor birdan yondi. Jungkookni ko'zlari qo'rquvdan kattalshib ketdi. Shunda ekran qarshisida ayol tasvir aks etdi.

Jungkook zal tomon asta qadam tashlay boshladi
Uzun sochlar tufali yuz sira ko'rinmas edi. Uni òsha zulmatdek tim qora sochlari televizor ekranidan tusha boshladi. Jungkook joyida tosh qotdi. Ortga qadam tashladiyu polga yeqildi.
Nafasbolish qiyinlashar ekan ekrandan bosh chiqa boshladi.

Va birdan...

Eshik ochildi. Bundan Jungkook baqitib yubordi. Tashqarida esa katta yoshli kishi turardi. Soch_soqoli oqligidan yoshi ancha katta ekani bilinib turardi.

-demak sizlar ham uni qurboni aylanibsiz...

Dedi u og'ir xo'rsinib.

Pastda Jungkook va o'sha kishi gaplashib turishar ekan yuqoridan Tinani qichqirig'i eshitildi.

Jungkook xonaga otilib kirsa Tina ustidagi choyshabni yuziga berikitib olib tinmay yeg'lardi.

-Tina..Tina nima bo'ldi?

-Jungkook? (choyshabdan boshini chiqarib)
Jungkook borib qizni quchdi.

-hammasi yaxshi...hammasi joyida

-yo'q joyida emas..anavi shkafdan kimdir qarab turibdi (qiz ko'zlarini yumganicha)

Jungkook qizni oldidan uzoqlashib shkaf tomon keldi. Hech kim yo'q

Shunda eshik taqilatib o'sha kishi xonaga kirib keldi.

-siz kimsiz? (Tina hovliqib

-ular qoshni xonadon egalaridan biri.

-janob..siz bu yerda nimalar bo'layotganini bilasizmi?

-ha..(dedi u uzoq ho'rsinib)

-bizga boshidan aytib bera olasizmi? (Jungkook asta so'rab

-bilasizlarmi men ham bu haqda aniq malumot bilmayman..bu yerlarga uylarni mendan oldingi bobolarim qurishgan. Kichik qishloq. Lekin bilishimcha bu yerlarda bir oila yashagan. Faqat uni qizi qandaydir g'ayritabiiy kuchga egaligi tufayli hamma unda hadiksirardi. Onasi ham unga betibor bolgan ekan. Keyinchalik qizcha yo'qlib qoldi. Va bari shundan so'ng boshlangan. Ko'pchilik jurnalist va detiktiv insonlar bu uyga ko'p kelishadi. Va har doim bir xil qo'rquv va qichqiriq bilan davom etadi. Adashmasam 2002 yili bir ayol Rachel ismli ayol kelganini eshitgandim. Undan so'ng yana boshqa bir detektiv ayol kelgan edi. Lekin ularni qaytib ko'rmaganman.

-siz keyingi kelgan ayolni ismini bilasizmi?

-ha bilaman..uni ismi Emma edi..ha u haqda gazetada o'qib qolgan edim. U hozir ruhiy kasaliklar shifoxonasida.

Shu payt birdan pastdan eshitilgan qo'rqinchili ovozdan barcha jim bo'lib qoldi.

-men keta qolay...

-qayoqa?

-uyimga..sizlarni kiritmay qo'pollik qilganimiz uchun uzr..agar kiritmasak qaytib ketasiz deb o'ylagan edik..afsustaman..

O'sha kishi huddi ularni oldida aybdordek uzr so'rab uydan chiqib ketdi

-Jungkook..menga qara..ertagayoq..ertagayor..bu yerdan ketamiz...

-hop..nima desang shu..endi esa dam ol...

Birozdan so'ng. Ikkovi shiftga qarashganicha jim yotishardi.

-Jungkook

-ha..

-o'sha ayollarga nima bo'lgan ekana?

-bilmayman..

-nega uxlamayapsan?

-o'zingchi?

-uyqim kelmayapti...

Pastdan eshitilgan kuchli ovozdan Jungkook boshini ko'tardi.

-yo'q..qimirlama umuman chiqa ko'rma..(dedi Tina Jungkookni qattiq quchib olganicha..

-yaxshi...ho'p..

-meni kechir..

-nega endi?

-seni men majburladim...agar seni sayohat deb boshingni qotirmaganimda edi bu yerlarga kelmas edik..yana o'sha kasetaga ham bekor tegdim..

-bas qil Tina sendan xafa emasman..hammasi yaxshi bo'ladi..

Shu on birdan yotoq yuqoriga ko'tarilib pastga tashlab yuborildiyu Tina va Jungkook ikki tomonga otilib ketishdi. Jungkook bir amallab o'rnidan turdida Tinani tezda ko'tarib oldi. Xonadan tashqariga chiqisharkan narsalar har yerga otilib ularni yo'lini to'sishardj. Shisha siniqlardan biri shunda Jungkookni yelkasini kesib ketdi.

Ular bir amallab uydan chiqib ketishdi. Uy eshiklari derazalari qattiq ochilib yopilardj. Chiroqlar o'chib yonardi.

Jungkook qizni ko'targanicha o'sha kishini uyiga kelishdi. Eshikni tinmay taqilatar ekan eshikni o'sha kishi ochdi
-janob iltimos..shu yerda qolsak bo'ladimi? Iltimos sizdan

-mayli kira qoling..

Chetdan ich etini yeyotgan qiz qarshisida Jungkookni yelkasini tomosha qilardi. Oq soqoli kishi olovda ignani qizdirdiyu Jungkookni yelkasini tika boshladi.

-amaki sekinroq..(dedi Tina chetdan huddiki uni tanasi og'riyotgandek..

-sizlar juda ajoyib juftlik ekansiz..xotingmi deyman?

-ha janob...shunday

-shundaymi..juda ajoyib yosh oila ekansiz..

-minnatdorman

-sen juda jasur va chidamli yigit ekansan...og'riqqa bardosh berding..

-raxmat janob

Amakini ayoli kelib Tinaga issiq choy berdi.

-juda chiroyli qiz ekansan..ering ham juda zabardast...nega endi sizdek odamlar bu yerlarga kelib qoldingiz?

-sayohat uchun kelgandik..

-ehh yoshlar...

PovAvtor
Divanda g'ujanak bo'lib yotgan Tinaga qaraganicha Jungkook qarshisidagi amakiga gap boshladi.

-amaki men bugun juda qattiq qo'rqdim..o'limdan emas...uni yo'qotib qo'yishdan

-haa...ayriliq juda og'riqli narsa

-uni himoya qila olarmikanman?

-albattada o'g'lim..sen juda jasur ekansan

-bilasizmi? Bizni ota onamiz yo'q..ikkimiz ham yetimxonada katta bo'lganmiz...bir birimizni ko'rib tanib ulg'aydik..o'qish uchun Koreyadan Amerikaga keldik va shu yerlarda qolib ketdik.

Suxbat davomida
Yana qoshni uydan tovushlar kela boshladi.

-janob..qo'rqmayapsizmi?(dedi Jungkook Kamindagi olovdan ko'zini uzmayotgan kishiga qarab

-qo'rqyapman o'g'lim hatto sendan ko'proq..

Erta tong.

Tina uygonmasidan Jungkook uyga tomon ketdi. Narsalarini olish uchun kirarkan uy avvalgidek tartibli edi. U tezda narsalarini yegishtirib pastga tisharkan. Birdan mehmonxonadagi ulkan tosh oynada inson sharpasini ko'rdiyu joyida to'xtab qoldi. O'z aksi. Ortida esa uzun sochlari bilan oppaq libos kiygan qiz. Sochlaridan suv chakallab polga tomardi. Har tomganida yurakni ezuvchi tovush chiqarar edi.

Ep.2

Avtor_Ryou

Kam yozdim bilaman. Lekin bu reak va komentga yarasha. Fikr kutaman mochilar.