Dark paradise🌒
Hayotimda bo'lishini istagan o'sha kichik orzuyim....
Avtomobil derazasi ortidan o‘tib ketayotgan uzun daraxtlar, yaylovlar va tosh yo‘llar Mariaga o‘zini go‘yoki orqaga, vaqt ichiga, unutilgan xotiralarga qaytayotganday his qildirardi. U peshonasini derazaga tirab, sekin ko‘zlarini yumdi. Nafasi og‘irlashganday, ko‘ksidagi og‘riq yana o‘zini eslatdi.
Hamma narsa yaxshi bo‘ladi, qizim, — dedi rulda o‘tirgan otasi, unga jilmayishga urinib. — Bu joy... sening sog‘lig‘ing uchun eng to‘g‘ri tanlov.
Maria hech nima demadi. Gapirishga kuchi yo‘q edi. Bir necha haftadan buyon vrachlarning og‘ir, sovuq so‘zlari xayolidan ketmasdi:
“Opka faoliyati yomonlashmoqda... vaqt kam...”
U hozir aynan shu so‘zlardan qochib ketayotgandek edi — Seul shovqinidan, kasalxonalardan, odamlarning achinuvchan nigohlaridan uzoqqa, tinchlik sari yo‘l olgan edi.
Mashina nihoyat to‘xtadi. Ular ormon chetidagi kichik, yog‘ochdan qurilgan eski uyga yetib kelishgan edi. Atrofni faqat qushlarning sayrashi va shamol shitirlashi egallagan. Juda sokin... hatto yurak urishi ham baland eshitilgudek.
Maria mashinadan tushib, uzoqdan ko‘rinib turgan ormon sari tikildi. U yerda nimadir borligini yuragi sezayotganday edi. Noma’lum, qorong‘i, ammo o‘ziga tortuvchi kuch. Balki bu uning oxirgi bosh sahifasi edi
-hammasi yaxshi bo'ladi..
Takrorladi ota.
Qiz oziga ajratilgan xonaga borib joylashdi. Biroz oylanib qoldi.
Garchi yashagim kelmasada otam uchun menda qolgan vaqtni u uchun sarflayman...
Maria yangi oqishini ham davom ettirishni hoxladi.
Ertalabgi havo salqin, ormon hidiga to‘la edi. Maria maktab formasini kiyib, sumkasini yelkasiga ilib, yangi maktab sari yurdi. Bu joy hammasidan boshqacha edi hyeongnam o‘rmonlari bilan o‘ralgan, go‘yoki boshqa dunyo ichidagi maktabday edi. Shovqinsiz osoyishta.
Zinalar oldida bir nechta o‘quvchi qizlar Mariaga ko‘zi tushib, jilmayishdi. Ulardan biri yaqinlashib, gap boshladi:
-angi o‘quvchimi? Salom. Men Soa bu esa Dami va Nari. Yaqinda kelgan bo‘lsang kerak?
-ha... bugun birinchi kunim dedi Maria biroz tortinib.
-ro‘rku Biz seni aylantirib chiqamiz darsdan keyin oshxonaga tushamizmi?
Maria bosh irg‘adi. Birinchi bor yuragiga iliqlik tushganday bo‘ldi.
Darslar... tezda o‘tdi. O‘qituvchilar ham, sinfdoshlar ham unchalik salqin emasdi. Ayniqsa qizlar ular Mariani xuddi ko‘pdan beri taniydiganday qabul qilishdi.
Ular oshxonaga yo‘l olishdi. Issiq non bulka va shovqinli bolalar. Hamma narsa tinch edi toki u kirib kelgunicha
Eshikdan kimdir kirdi. Qora ko‘ylak yelkasigacha tushgan ammo tartibli sochlar, chuqur qorong‘i ko‘zlar. Yigit ko‘rinishidan g‘alati edi juda jiddiy, muzdek... ammo juda chiroyli. U atrofga befarq ko‘z bilan qarab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning stoli yonidan o‘tmoqchi bo‘ldi. Shu payt tasodifan yelkasiga tegib Soani turtib yubordi. Soaning qoshlari chimirildi.
— Ey! dedi Soa norozi ohangda. — Nima qilayapsan?
Yigi esa qizni mensimagandey oldidan otib ketdi.
— Hey! Uzr so‘ra, —dedi u aniq va dadil tovushda.
Yigit to‘xtadi. Sekin orqasiga o‘girildi. Uning nigohi qorong‘i va sovuq edi. Boshdan-oyoq Mariani sinchiklab kuzatdi, lekin og‘zidan biror so‘z chiqmadi. Faqat yurishni davom ettirdi. Xuddi hech narsa bo‘lmagandek.
-hoy dedim!
-ozinga taluqli bolmgan isjga aralashma!
Dedi u sovuq ohangda
Bu Mariaga yetarli edi.
Qahramonlik bilan stol ustidagi muzdek suv stakanini oldi-da, uning ortidan yurib bachkana tarzda, yigitning yuziga chap etdi.
Xona jim bo‘lib qoldi. Hammaning nigohi ularga qadalgan edi.
-kelajakda odamlar bilan qanday muomala qilishni o‘rganarsiz janob befarq, dedi Maria qattiq ohangda.
Yigit esa hali ham jim edi. Sezilarli bir holatda, u qo‘lini yuziga olib, asta suvni artdi... va sekin, go‘yo hech kim yo‘qdek, yonidan yurib o‘tib ketdi.
Ammo... bu hali boshlanishi edi.
-ha umi Jeon Jungkook maktabimizni muz shaxzodasi..
-bu senga gapirmagani? Odatda u juda yomon
-haa..
Dedi va indayam ovqatlana boshladi.
Oshxonadan chiqan Jungkook esa jaxl bilan qolini mushtladi.
*Nega unga inday olmadim? Ilk bor kimnidir ichinino'qiy olmadim! Nega uni fikrlay olmadim? Kim ozi u?
Ertasi kun.
Darslar nihoyat tugadi. Tushki osmon yengil bulutlarga to‘la havo esa yengil salqin edi. Maria odatdagidek sumkasini yelkasiga tashlab, maktab darvozasi tomon yurdi. Dugonalar hali ichkarida edilar, u esa bir oz tinchlik istab oldinroq chiqdi.
Ammo maktab darvozasi oldida uni kutayotgan kimsani ko‘rib yuragi bir zum to‘xtagandek bo‘ldi.
Qora charm kurtka, baland yoqali sviter, to‘g‘ri belgilangan qora mototsikl va uning yonida... O‘sha yigit. Qorong‘i ko‘zlari ostidan jimgina qarab turgan Jungkook.
Maria yurishini sekinlashtirdi. Unga tik qaradi.
-hey... dedi u sovuq ammo baland eshitiladigan ohangda.
Maria javob bermadi shunchaki yonidan o‘tmoqchi bo‘ldi.
Bu so‘zlar g‘alati edi. Maria to‘xtadi. Uning ovozida shunday sovuqlik borki go‘yo bu uzr yurakdan emasdi. Lekin nigohi... butunlay boshqa narsani aytardi.
-yuzingga suv sepganim uchun men ham afsusdaman
dedi Maria asta.
-faqat o‘sha holatda jim turolmadim xolos.
-demak men boshqachaman dedi Maria yelkasini qisib.
U orqasiga burilib yurib ketdi. Jungkook esa uni jimgina kuzatdi.
Shu kundan so‘ng nimadir o‘zgara boshladi.
Har tong Maria o‘rmon yo‘lidan maktab sari ketar, orqasida esa kimdir borligini sezardi. Biroq ortiga o‘girilsa — hech kim yo‘q. Ba’zan soyasi ko‘rinib qolardi.
U buni o‘zicha tushuntirdi: "Kasallik. Shunchaki kasallik sabab holsizman, shuning uchun xayolim chalkash."
Ammo haqiqat bu emasdi.
Bu... Jungkook edi.
U jim kuzatar, uzoqdan uni himoya qilardi. Maktabga borayotganida orqadan himoya qilib borar ketayotganida uzoqdan unga ergashar edi. Har kecha qorong‘ulik ichida uning derazasini kuzatardi. Nega?.. buni o‘zi ham bilmasdi.
Qiziq... u bilan gaplashganimdan so‘ng yuragim bezovta. Nega? Nima uchun bu qiz... boshqa hamma qizlardan farqli? -deb o‘ylardi Jungkook.
U his qila boshlagan edi. Bu his... qorong‘i va chigal bir narsa edi.
Shovqin. To‘p tepish tovushlari. O‘qituvchining hushtagi. Qizlarning qichqirig‘i va yigitlarning kulgusi.
Bu jismoniy tarbiya darsi edi.
Maria sport formasi bilan stadionning chekkasida turar mashqlarni asta e’tibor bilan bajarar edi. Unga og‘ir harakatlar, yugurish, sakrash mumkin emasdi. Ammo bunga qaramay, sinfdoshlaridan orqada qolmaslikka urinardi. Uning har bir harakati ehtiyotkor, ammo qat’iy edi.
Yuragi gupillardi.
Nafas olishi biroz og‘irlashganini sezdi. Ammo dars tugashiga oz qolgani sabab, chidashga qaror qildi.
To‘satdan stadionning narigi burchagidan to‘p juda kuchli zarba bilan uchib keldi. Uni hech kim sezmagan edi.
Maria esa hali egilishga ulgurmadi.
-Maria!
degan ovoz yangradi, ammo u endi o‘zini chetga tortolmas edi.
Bir zumda qora ko‘lanka uning yonida paydo bo‘ldi. To‘pning zarbasi unga emas, boshqa kimningdir qo‘liga tegdi. Qattiq kuchli zarba. Maria hayratdan ko‘zlarini katta ochdi.
Bu Jungkook edi.
U Maria oldida turgan to‘p esa uning yelkasi tomon urilgan edi. Ammo u qimirlamadi. Shunchaki Maria tomonga qarab turdi.
-ahmoq sen nega chetda turmading?
dedi u ovozini baland qilmay. Ammo nigohi… jiddiy, xavotirli edi.
Maria bunga javob bera olmadi. Birdan yuragi yana kuchli urib ketdi. Bu safar... og‘riq bilan. Nafasi qisilib bordi. Qo‘llari titradi.
-men… yaxshi emasman… ( deb pichirladi u.
Jungkook bir zumda uni ushlab oldi. Endi u hushini yo‘qotayotgan edi. O‘qituvchilar chaqirildi, ammo Jungkook hech kimni kutmay, Mariani yelkasiga solib tibbiyot xonasiga olib bordi.
Yarim soatdan so‘ng Maria ko‘zlarini ochdi.
Xona tinch. Yonida faqat... u.
U stulda o‘tirgan, qo‘llarini chalishtirgan. Derazadan tushayotgan yorug‘lik uning chehrasini yoritgan. U jimgina unga qarab o‘tirar edi.
-ko‘zingni ochdingmi? (dedi u sokin ohangda.
Maria bosh irg‘adi. Bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi:
-sen... meni shu yerga olib keldingmi?
Jungkook boshini sekin qimirlatdi.
-nega? (dedi Maria past ovozda.
Jungkook biroz jim qoldi.
-chunki… ( u so‘zini tugatolmadi) Ahmoqona savol berma. Yaxshi emassan-ku. Shunchaki… himoya qilishim kerak edi.
-men og‘ir kasalmandedi u ohangsiz.
Jungkook hayrat bilan qaradj
-shu sabab bu yerga ko‘chib keldik. Havo tinch ormon yaqin, jimjit… opkalarim endi to‘g‘ri ishlamayapti. Vaqtim... oz qolgan deyishdi.
Jungkook hech narsa demadi. Uning nigohi o‘zgarib ketdi. Qorong‘ulik alam, nimadandir xavotir aralash bir nigoh.
-o‘limdan qo‘rqmaysanmi? ( deb so‘radi u nihoyat.
Maria yostiqqa qarab kulimsiradi.
-yolg‘iz o‘lishdan qo‘rqaman. Lekin o‘limdan emas.
Jungkook unga tik qaradi. Uning yuragi bir zum to‘xtagandek bo‘ldi. Ichida nimadir titradi. Bu qiz... nimasi bilan men bilan bog‘landi? Nega men bunday his qilayapman?..
Maria esa ko‘zlarini yumdi va pichirladi:
-ahmat… meni bugun qutqarganing uchun.
Jungkook bu safar hech narsa demadi. Faqat ich-ichidan bir narsa singanini sezdi.
Timeskip.
2 kundan song
Biologiya darsi har doimgidek zerikarli edi.
Hamma daftariga chizib, kimdir uxlab o‘tirar, kimdir o‘qituvchining gapiga quloq solgandek ko‘rinardi. Maria derazaga qarab o‘tirgan edi. Ammo bu safar nimadir yo‘q edi.
-Jungkook qayerda? ( deb pichirladi u yonida o‘tirgan sinfdoshiga.
-bilmayman. Bugun kelmadi, shekilli (dedi qiz beparvo.
Maria yuragida g‘alati his sezdi. Nimadir bo‘lgandek. U chuqur nafas oldi va derazaga yana qaradi. Deraza ortida hammasi tinch edi.
Deraza oynalari darz ketdi. O‘qituvchining baqirig‘i. Odamlarning qichqirig‘i. Pol tebrana boshladi.
Tashqarida gaz quvurlaridan birining portlagani ma’lum bo‘ldi. Portlash kuchli edi. Pastki qavatda darz ketgan, bino qiyshayib borardi. Hammalar yugurardi, kimdir yig‘lardi.
Maria ham tashqariga intildi. Ammo to‘satdan qulog‘iga tanish bir ovoz keldi:
Maria bir zum to‘xtadi. Yuragi qattiq urardi. Vaqt yo‘q edi, ammo... u ortga qaytdi.
U sinfga yugurdi. Qorong‘ilik, chang, g‘ishtlar… Va u Narin stol ostida yig‘lab o‘tirar, oyog‘i siqilib qolgan edi.
-menga qaragin, chiqamiz bu yerdan! ( dedi Maria.
U uni tortib chiqara boshladi. Nihoyat, Narinni eshik sari olib chiqayotgandi ammo… birinchi qavat qulay boshladi.
Pol yoriq edi. Maria yiqilib pastga quladi. Atrof qorong‘i. Ichkariga quyosh nuri devorlardagi yoriqlardan zo‘rg‘a o‘tardi.
Katta beton bo‘lagi uning oyog‘iga tushgan edi. Qimirlay olmadi. Nafas oldi. Nafasi qisildi. Yuragi urardi. Og‘riq… o‘limga yaqin edi.
-Kimdir… yordam bering… ( deb pichirladi u.
Menimcha bu meni oxirim. Baribir osha kun kelardi..lekin hoxlamayman o'ligimni qayerdagi qulashlar tagida bolishini.
Birdan atrofda... harakat sezildi.
Chang orasidan devor ko‘tarildi. Bir necha beton bo‘lak o‘z-o‘zidan surila boshladi.
Maria ko‘zini zo‘rg‘a ochdi va… qarshisida Jungkook turardi.
U qattiq nafas olar, yuzidan ter oqardi. U qattiq betonlarni oddiy narsadek ko‘tarar edi. Uning kuchi oddiy insonnikidan ancha ortiq edi.
-Maria… ( deb pichirladi u.) Men bu yerdan seni olib chiqaman.
U eng og‘ir betonni Mariani oyog‘idan olib tashladi. Qiz jim. Unga qarab yotar, ko‘zlari hayrat va… ishonchga to‘la edi.
Jungkook esa uni quchog‘iga oldi.
-endi hammasi joyida, (deb pichirladi u.
U Mariani binodan olib chiqdi. Tashqarida odamlar yig‘lab, baqirib yurardi. Hammani nigohi u tomonda edi.
Maria esa hali ham bir so‘z demasdi. U shunchaki uning ko‘zlariga tikilar edi. U nigohda savol yo‘q edi. U nigohda faqat bitta narsa bor edi: "Sen kimsan, Jungkook?"
Tashqariga chiqishgach, quyosh nurlari yuzlariga urildi.
Va Maria kozlari asta yumila boshladi.
Kasalxonaning oq devorlari tinch edi. Xonada faqat yurak urishining sekin ovozi eshitilardi: bip… bip…
Maria asta ko‘zlarini ochdi. Yorug‘lik ko‘zini qamashtirdi. Og‘riq tanasini tark etayotgan ammo hali ham bor edi.
U boshini burdi.
Yonida otasi o‘tirardi. Uning ko‘zlari qizargan charchagan edi. Ammo hozir biroz taskin bor edi.
-qizloĝim... sen uyg‘onding ( dedi u past ovozda. Qizining qo‘lini ushladi.) Sen... tiriksan.
Maria jilmayishga urindi, lekin quvvati yetmadi. Faqat boshini sekin qimirlatdi.
-hammasi joyidami?.. ( deb pichirladi u.
-ha endi hammasi yaxshi bo‘ladi. Seni bir yigit qutqardi. U seni olib chiqqan. Aql bovar qilmaydi lekin… bu haqiqiy mo‘jiza edi.
Maria yuragi titradi. U shubhasiz kim ekanini bilardi.
-dada... Jungkook... u qayerda?
Otasining ko‘zlari g‘alati porladi. So‘zsiz chiqib ketdi. Bir necha daqiqadan so‘ng eshik sekin ochildi. Ichkariga u kirdi.
Uning qiyofasi xuddi o‘sha kundagidek emasdi. Qorong‘ida ko‘rgan kuchli va jasur yigit hozir sokin, kamtar va g‘amgin edi. U ko‘zlarini Maria bilan tutashtirmas, pastga qarar edi.
Maria chuqur nafas oldi.
-sen kimsan, Jungkook? ( dedi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri.
Yigit indamadi. Ko‘zlari biroz qaltiradi. Lablarini chimirdi. Qiz javob kutar, yuragi har bir soniyada tezroq urardi.
Maria nigohini undan uzmadi. Ko‘zlarida alam savol va… ishonchsizlik bor edi.
-unda... men o‘zim topaman( dedi u ohangdor lekin qat’iy ovozda.
Jungkook xonadan chiqib ketdi. Orqa eshikdan ko‘zga tashlanmaydigancha yo‘qoldi.
Maktab vaqtincha yopildi. Tashvishli sinflar onlayn darsga o‘tkazildi. Maria uyida edi, lekin hech nima ilgari kabi emas edi.
O‘sha kungi nigoh o‘sha sukunat - hech tark etmasdi uni.
Yolg‘izlik joniga tegdi. Tabiat unga tinchlik berar deb, orom olish uchun yaqin atrofdagi o‘rmonga yo‘l oldi. Havo tiniq qushlar chirqirardi. Yuragi tez urar, lekin bu gal qo‘rquv emasdi kutilish edi.
To‘satdan orqasida nimadir shitirladi. Barglar ostida harakat. Maria cho‘chib to‘xtadi. Asta ortiga qaradi.
U yerda… Jungkook turardi.
Ko‘rishlari bilan yuragi gursillab urdi. Lekin bu safar u ham o‘zini tutolmadi.
-xo‘sh… endi aytasanmi? ( dedi Maria.
Jungkook indamaydi. Bir zum cho‘kdi. Keyin sekin tilga kirdi.
-men bu yerga kelganimda... bu joy butunlay boshqacha edi. Tabiat hali yovvoyi odamlar kam. o‘rmonlar endigina o‘sayotgan edi. Bu yer xavfsiz boshpanam edi.
-qachon kelgansan? ( dedi Maria ohista.
Jungkook unga qaradi. Va javob berdi:
Maria yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Nafas oldi.
-bu imkonsiz… sen o‘n to'qqiz yoshlardaysan…
-ko‘rinishim shunday. Ammo men... odam emasman Maria.
U bir necha soniyaga jim qoldi. So‘ng... davom etdi.
Qiz tili kalimaga kelmadi. Ko‘zlari keng ochilgan. Oyoqlari jim. Yuragi esa hozir eng baland urmoqda edi.
-men bu joyda yashirincha yashayman. Insonlardan uzoqda. Faqat shu yerda… o‘zim bo‘la olaman. Salqin o'rmon..bu meni uyim
U chuqur nafas oldi. Xuddi eng katta sirdan ozod bo‘layotgandek.
-lekin... seni ko‘rganimdan beri… hammasi o'zgardi
Dedi Mariaga qarab. Maria hech nima demay yana joyiga o'tirdi. Kop otmay Jungkook ham qizni oldidan joy egalladi
-aytchi nimani o'ylayapsan? Seni hecham o'qiy olmayman..bu menda birinchis xosh?
Havoda yozning iliq nafasi bor edi. Quyosh yog‘dusi barglar orasidan o‘ynar, qushlarning sayrashi fon sifatida eshitilardi. Maria, hali ham yuragidagi savollar bilan yonayotgan bo‘lsa-da Jungkookning so‘zlarini eslab, unga tikilib turardi.
Jungkook uning ko‘ziga qarashga jur’at eta olmadi. U boshini egdi, allaqanday aybdor kabi.
-bilaman bu g‘alati. Qo‘rqinchli. Agar endi meni ko‘rishni xohlamasang tushunaman.
-yo‘q, (dedi Maria. Ovozi sokin lekin qat’iy edi) Men... hayratdaman. Bu haqiqat. Va bu... g‘alati tarzda... menga yoqadi.
Jungkook ko‘zlarini unga qaratdi. Unda shubha va ishonch bir vaqtning o‘zida bor edi.
-nega?.. Men boshqalardan farq qilaman. Men xavfli bo‘lishim mumkin…
-balki. Lekin sen menga zarar berishim mumkin?
Qiz ortiq gapirmadj ammo yigit uni tushundj
O‘rmonda, daraxtlar soyasida, Maria va Jungkook har kuni uchrashar, so‘zlashar, sirlarini bo‘lishar edi. Ular orasidagi masofa yo‘qolib borardi.
Ular har kuni uchrashishardi.
Ular birga o'tlar orasida yotib yulduzlarga qarashdi. Ba'zida esa shunchaki jim o'tirishardi. Ba'zida esa yuraklarini to‘kib solishardi. Jungkook unga o‘zining yashirin olamini ochib berdi. O‘tgan yillari, yolg‘izligi, azoblari...
Maria esa unga hayotning yorug‘ tomonini ko‘rsatdi.
Kunlardan bir kun otasi qizga xushxabar berdi.
-maktabimiz yana ochildi. Tashqi ta’mirlash tugadi. Darslar ertadan boshlanadi
Ammo ertalab darsga borayotganida...
Yo‘l yoqasida Jungkook turardi
-Salom kichkintoy ( dedi u hazil bilan.
Maria yuragida allaqanday issiqlik sezdi. O‘sha kundan boshlab har kuni Jungkook uni maktabga kuzatib qo‘yardi. Uzoqdan qarab turardi. Tungi soatlarda esa ular yana ormon ichida uchrashishardi. Bu dunyo faqat ikkisiga tegishli edi. Unda sir bor edi ammo sevgi undan-da kuchli edi.
Shahar tungi sokinlikka cho‘milgandi. Yo‘llarda mashinalar deyarli yo‘q faqat befarq fonar chiroqlari uzuq-yuluq nur sochib turardi.
Maria dorixonaga borishga majbur bo‘ldi. Dori-darmonlarim tugagan. Hech bo‘lmasa erta tongda chiqmay deb o‘zini yo‘lga soldi.
Ammo dorixonadan qaytayotganida telefonining quvvati tugadi. Yo‘l qisqaroq bo‘lgani uchun u tor deyarli yoritilmagan ko‘chani tanladi.
Qadam tovushlari faqat o‘zidan eshitilayotgan edi… Lekin birdan g‘alati tovush.
Nafas olish urinish g‘ijimlangan kiyim ovozi…
Maria sekin yurib borarkan ko‘chadagi qorong‘ilik orasidan… ularni ko‘rdi.
Bir yigit qora kapyushon kiygan. O‘rtacha bo‘yli. Uni qattiq devorga bosib olgan. Yuzini qorong‘u soyalar yashirib turgandi, ammo harakati… vahshiyona edi.
-yordam bering... (deya xirgoyi qilayotgan odam ovoz chiqardi. Ammo u hamon shafqatsiz zarbalar ostida edi.
Kapyushondagi yigit birdan uning bo‘ynidan mahkam ushlab, o‘zining yuzini yaqinlashtirdi va...tishladi.
Qon sachradi. O‘sha lahza... vaqt to‘xtagandek bo‘ldi.
Maria qotib qoldi. Nafasi ko‘kragiga tiqildi. Ko‘zlari olayib, hech narsani anglay olmadi.
Yigit qoni og‘zidan oqayotgancha, endi tanasiz bo‘lib qolgan odamni yerga tashladi. So‘ng... sekin orqasiga burildi.
Ko‘zlari qip-qizil. Og‘zida tishlar orasida yangi qon.
Uning ko‘zlari Maria bilan to‘qnash keldi.
Yuragi dukillab ura boshladi.
Uning yuzi g‘azabli emas edi. Aksincha… dahshat qo‘rquv va og‘riq aks etgandi.
-Ma… Maria… ( deb pichirladi u nafasi qisilgancha.
Ammo Maria bir qadam orqaga tisarildi.
-yo‘q… yo‘q, bu mumkin emas… ( deb shitirladi lablari.
Yana bir qadam… so‘ng yugurdi.
-MARIA, TO‘XTA! ( degan Jungkookning ovozi orqadan eshitildi.
Lekin qiz allaqachon yuragini bosib, to‘xtovsiz yugurardi. Ko‘zlarida yosh, yuragida iztirob va bir savol:
“Men kimga ishonib yuribman…?”
Tungi jimjitlik. Soat tungi ikki. Oy chirog‘ida har bir narsa soyali va sovuq ko‘rinardi. Maria uyida, ko‘zlari ochiq, tizzalarini quchoqlagancha divanda o‘tirardi.
U hali ham nafasini rostlay olmas, yuragi esa hanuz hech nimani qabul qilmasdi. O‘sha manzara… og‘zi qonli Jungkook… yigit emas, yirtqich… yo‘q, yirtqich emas, balki… vampir.
To‘satdan deraza taqilladi.
U cho‘chib ketdi. Yuragi yana urib ketdi.
Orqa tomondagi derazada… u turardi
-och derazani, iltimos, ( dedi yigit asta.
Maria bir muddat turgancha qoldi. So‘ng sekin yaqinlashdi. Derazani ochdi. Jungkook ichkariga tushdi.
-ega kelding? (dedi Maria, qaltirab.
Jungkook sekin unga qaradi. Ko‘zlari endi yana tabiiy holga qaytgandi, ammo yuzida iztirob qotib qolgan edi.
-chunki men… men tushuntirmoqchiman.
-nimani? Meni aldaganingnimi? Ortiq odam oldirmayotganman deding?!! (dedi Maria og‘ir nafas olib. ) Men bugun sening asl qiyofangni ko‘rdim, Jungkook!
Yigit indamadi.
-sen bir odamni o‘ldirding. Uni qonini ichding! Men seni... yomon tarafingni... ko‘rdim, ( dedi u endi yig‘lab. ) Nega? Nega mendan yashirding?
Jungkook uzoq sukutdan so‘ng, asta dedi:
-chunki men seni yoqtirib qolgandim... Men odam emasman. Yuz yildan beri yashayapman. Meni ko‘rganlar yashab qolmaydi, ammo… sen boshqachasan. Men seni zarar yetkazmasdan sevishga harakat qildim. Ammo bu kecha… bu hammasini barbod qildi.
-demak, men ham navbatdagiman? ( dedi Maria, ko‘z yoshlarini artib) Sen meni ham o‘ldirmoqchisanmi?
Jungkook qattiq ko‘z yumdi. Bu so‘z yuragini o‘yib tushgandek bo‘ldi.
-yo‘q, hech qachon! Men seni… zarar yetkazishni xayolimga ham keltirmadim.
-lekin men endi sen bilan birga bo‘la olmayman. Men qo‘rqaman. Sendan sening kimligingdan…
Jungkook jim bo‘lib qoldi. Ko‘zlari xira tortdi.
So‘ng sekin boshini egdi:
U orqasiga burildi, derazaga qarab yurdi.
-endi seni bezovta qilmayman. Hayotingga qayt. Men ketaman. Va… seni unutmayman.
U derazadan chiqdi. Bir soniya to‘xtab, oxirgi marta unga qaradi.
Maria deraza yonida qotib qoldi. Yig‘lamoqchi bo‘ldi, ammo ko‘z yoshlari qotib qolgandek edi.
U ketdi. Lekin yuragidagi og‘riq qoldi.
Maria biroz oylanib otirardi. Birdan xonaga bir yigit yugurib keldi
-bolalr eshitdingizmi? Parallel sinfdagi Liyaga tunda hujum qilishibdi
-nimaa??
Barcha hayratlandi.
-nima bolibdi?
-neg hayratlanarlisi uni qandaydir kapeshinkali yigit qutqaribdi..
Maria shu sozni eshitib boshini kotardi.
-qayerda?
-nima?
-bu holat qayerda bolibdi?
-shaxar markazini chetidagi tor kochada
Nahotki? Demak..Jungkook yo'q...
Maria xonadan otilib chiqib ketdj.
Qiz ormonda uyoqdan buyoqqa yugurardi. Tinmay yigitni ismini chaqirardi.
-u ormonda emas...bolmasa eshitardi...
Maria noiloj uyiga qaytdi.
-qaytib o'rmonga borma..bizga xabar berib ketishdi..ormon hozir xavfli..o'rmonda borilar kopayibdi..juda xaxfli ekan..kopchilkka zarar berishibdi.
-hop dada..
Kechqurun. Qorli havo. Oy osmonda yolg‘iz suzib yurardi. Qor tagida muzlagan daryo yaltirab ko‘rinardi. Atrof sokin, faqat uzoqdan shamol ufurardi.
Maria uzoq vaqt oradan keyin nihoyat o‘ziga shuni tan oldi: Jungkooksiz unga qiyin edj.
Ko‘z yoshlar bilan, ichki qarshiliklarga qaramay, yuragi uni haligacha chaqirardi.
U borilar haqidagi yangiliklarga qaramay yuragini tinglab, o‘sha o‘rmon sari yo‘l oldi.
Uzoq yurdi qorli daraxtlar orasidan o‘tdi. Nafas olish qiyin edi, ammo yuragi yurishini to‘xtatmadi.
Nihoyat u muzlagan daryo bo‘yiga yetib keldi.
Ammo u yerda… qotib qoldi.
Jungkook u yerda turardi.
Ammo u yolg‘iz emasdi. Uning atrofini bir nechta qop-qora qiyofa o‘rab olgandi borilar to‘dasi. Ularning ko‘zlari qip-qizil, harakatlari shafqatsiz edi.
Jungkook esa ularning o‘rtasida osoyishta turardi. Ko‘zlari borilarga tikilgan, yuragida qo‘rquv yo‘q edi. U kurashga tayyor edi.
Lekin birdan…
-Jungkook! ( degan tanish va titroq ovoz havoni tilib o‘tdi.
Jungkook beixtiyor o‘girildi. Ko‘zlari keng ochildi.
-Maria?! ( u faryod qilgudek bo‘ldi.
Borilar ham unga qarashdi. Va birdan hujumga o‘tishdi.
-Yo‘q! Qoch! ( dedi Jungkook. Ammo kech edi.
Borilar Maria tomon otilib yugurdi.
Jungkook yerga qattiq musht soldi. Uning mushti yerni titratdi. Muz yorildi.
Maria va borilar bilan birga qattiq shart etiyu muz ostiga qulashdi.
U suvda yelkalarigacha cho‘kdi, ko‘zlarini ochishga ham ulgurmadi. Sovuq uni og‘ushiga oldi. Nafasi to‘xtab qoldi.
Ammo keyin…
...kimdir uni tutdi. Ulkan tanish bag‘r. Qattiq, xavfsiz quchoq.
Suv ostidan u tomonga suzib kelayotgan Jungkook edi. U uni ehtiyotkorlik bilan quchdi va suv yuzasiga olib chiqdi.
Qorong‘ilik ichida, ularning nafaslari bir-biriga urilar, yuraklari bir-biriga yaqinlashardi.
Ular muz chekkasiga chiqdilar. Maria titrardi. Yana hushini yo‘qotib yuborayotgandek edi.
Jungkook uni yerga ehtiyotkorlik bilan yotqizdi. Qo‘llari bilan yuzini siladi
-men seni yana yo‘qotayozdim, (deb pichirladi u) Bu safar seni hech qachon o‘zimdan uzoqlashtirmayman…
Maria, ko‘zlarini qiyinlik bilan ochib, sekin jilmaydi.
O‘sha kun osmonda bulut yo‘q edi. Kunduzi iliq quyosh porlagan, kechga tomon esa oppoq bulutlar sohil tomon sekin cho‘zilar, dengiz yengil to‘lqinlar bilan bir maromda nafas olar edi.
Jungkook Marianing qo‘lidan tutgancha, uni asta ohang bilan dengiz bo‘yiga yetakladi. Qum yumshoq, issiqlik bilan to‘yingandi. Ularning oyoqlari ostida izlar qoldi xuddi vaqtning o‘zi ularni birga eslab qolmoqchidek.
-bugun nega aynan shu yerga keldik? (dedi Maria sekin unga qarab jilmayarkan.
Jungkook chuqur nafas oldi. Ko‘zlari quyosh botayotgan ufqqa qadalgandi.
-chunki men bu manzarani sen bilan birga ko‘rishni orzu qilganman. Yolg‘iz emas, aynan seni ushlab turib.
Maria jim bo‘ldi. Yuragi tez urayotganini yashira olmadi.
Jungkook qumga o‘tirdi va Marianing qo‘lini ushlab, uni yoniga chaqirdi. Ular birga, yelka-yelkaga suyanib, dengizga tikildilar. Quyosh asta-asta suvga cho‘milar osmon qizg‘ish va binafsha ranglarga to‘lardi.
-bilasanmi (dedi Jungkook, ohista) Men uzoq vaqt o‘zimni yomon deb o‘yladim. Sendan yiroqda yurishga harakat qildim. Ammo… yuragim buni inkor qilardi.
-men seni sevaman Maria. Qanday bo‘lishimdan qat’i nazar. Qonimda zulmat bo‘lsa ham, qalbimda faqat sen bor. Men seni har kun, har soniyada ko‘proq sevaman.
U cho‘ntagidan barmoqdek kumush uzuk chiqarib, uni Marianing oldiga qo‘ydi.
-bu oddiy uzuk. Sehr yo‘q. Lekin bu men senga butunlay tegishlim degani. Agar sen xohlasang… men endi faqat sen bilan yurmoqchiman.
Maria ko‘zlariga yosh to‘lib, lablarini titratdi. Ammo bu safar yuragini yashirmadi. U uzukni ohista olib, barmog‘iga taqdi.
-men ham seni sevaman, Jungkook. Yuragim seni allaqachon tanlab bo‘lgan. Endi undan voz kechmayman.
Ular bir-biriga qarab jilmayishdi.
Shu daqiqada quyosh butunlay botdi.
Ammo ular uchun endigina yangi kun boshlanayotgandek edi.
Jungkook ohista egilib qizning lablarini egalladi. Maria qollarini yigitni bo'ynidan o'tkazdi. Yigit bir qoli bilan qizni belidan ikkinchisi bilan qizni boynidan otkazdi. Birozdan song ular ayrilishib peshonalarini bir biriniliga tiradi. Va shirin tabassum qilishdi.
Ikki yarim yurak nihoyat bir butun bo‘lgandi🎀
Maktabni tugatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Sahnada diplomlar topshirildi do‘stlar bir-biriga quchoq ochdi. Jungkook va Maria birga rasmga tushishdi, kulishdi, xotiralar yaratishdi.
Zal bayramona bezatilgan musiqa sadolari ostida hamma raqs tushardi. Jungkook Mariani aylantirar, uning har bir jilvasiga oshufta qarab turardi. Ularning ko‘zlari bir-biridan uzilmasdi.
Ammo bir lahzada hammasi o‘zgardi.
Maria to‘satdan to‘xtadi. Uning yuzi oqarib ketdi, boshi aylana boshladi. U bir qo‘lini ko‘kragiga bosdi, nafas olishga urinardi.
-Maria?! ( dedi Jungkook vahima bilan uni ushlarkan.
Lekin qiz allaqachon hushini yo‘qotgan edi. U yigitning quchog‘iga qulab tushdi.
Steril hidsiz oq xona. Yoritilgan shift. Eshik oldida yurakni ezuvchi sukut.
Jungkook koridorda beqaror yurardi. Shifokor chiqdi, yuzida jiddiylik bor edi.
-Qizni ahvoli og‘ir. Biz tahlillarni ko‘rdik… ) dedi u og‘ir nafas olib) Uning o‘pkasi juda kuchli shikastlangan. Uzoq yashay olmaydi. Balki bir oy, balki kamroq.
Jungkook ichidan nimadir uzilganday bo‘ldi. Na bir so‘z, na bir ohang chiqa oldi. Faqat ko‘zlari lovullab yonar edi.
Maria esa ichkarida, derazadan osmonni tomosha qilardi. Uning yuzida g‘am emas tinchlik aks etardi.
-men eshitdim) dedi u sekin, eshik yonidagi qadam tovushlariga javoban) Men bilaman.
Jungkook asta eshikni ochdi. Ichkariga kirdi. Uning ko‘zlarida yosh, yuragida bo‘g‘ilgan hayqiriq.
-Sen… buni eshitib… nega yig‘lamading? Nega hayqirmading? ) dedi u past ovozda.
-chunki men allaqachon hamma narsani topib bo‘lganman. Seni. Bu yetarli.
U yigitning qo‘lini ushladi.
-menga vaqting kam qolganini aytishdi… Lekin sen bilan o‘tgan har bir kun… umr bo‘yi yodimda qoladi. Endi… men tayyorman.
Jungkook uning yoniga cho‘kdi, peshonasini qizning qo‘liga bosdi.
-men seni bu yerda qoldirmayman… seni bir o‘zim ketkazmayman…
Maria yelkasini siladi.
-sen yashashing kerak, Jungkook. Men o‘layotgan bo‘lishim mumkin. Lekin sen
triksan. Va sening yuragingda
men yashayman.
Ular shu lahzada jim qoldilar.
Yuraklar urardi. Vaqt esa go‘yoki to‘xtagandek edi.
Ular bilishardi bu ehtimol, so‘nggi raqsdir..?
Xona qorong‘i, faqat pardalar orasidan tushayotgan oy nurigina shiftda o‘ynardi. Maria asta joyidan turdi. Yuragi shiddat bilan urardi, ich-ichidan nimadir uni tortardi bir ovoz, bir chaqiriq, bir tiriklik nafasi.
U asta derazani ochdi. Tashqarida tungi osmon... yulduzlar nihoyatda porlab turar, balkonda salqin shamol esardi.
U derazadan qarab turayotgan Jungkookni ko‘rdi. U yolg‘iz edi, bir nimani chuqur o‘ylayotgandek. Maria sokin qadamlar bilan yigitning yoniga bordi.
-juda go‘zal kecha ( dedi u shivirlab.
Jungkook qizga qaradi. Uning nigohida hayrat va yumshoq mehr bor edi.
-shunaqa go‘zallikni ko‘rib... yashagim keldi (dedi Maria kutilmaganda.) Jungkook...
Jungkookga qararkanman...meni yashagim kelyapti...umrimda birinchi marta bu his menda uygondi...meni...meni yashagim kelyapti..
-agar meni tishlasang men..yashay olaman
-yo‘q... bu sen o‘ylagandek emas bu... bu la’nat, Maria. Men seni azobga duchor qilolmayman.
Maria jilmaydi. Nigohi ishonch bilan to‘la edi.
-ggar bu la’nat bo‘lsa, unda... sen bilan la’natlanish eng yoqimli azob.
Jungkook titradi. Yuragining eng chuqur joyida qichqiriq bor edi yo‘q, bu mumkin emas. Ammo qizning har bir so‘zi, har bir nafasi unga kuchli ta’sir qilardi.
Maria asta sochini yon tomonga surdi. Oq bo‘yni oy nurida porlab ketdi.
-meni tirik saqla, Jungkook... hech bo‘lmasa, yarim odam, yarim iblis bo‘lsam ham ..sen bilan.
Jungkook sekin unga yaqinlashdi. Nafaslar aralashdi. U qizning bo‘yniga yuzini yaqinlashtirdi. Tishlari sekin-sekin ko‘rina boshladi.
Va nihoyat...
Boynimda og'riq o'rniga issiq o'pichni sezdim...
-yaxshi..
Qiz palatasiga qaytarkan..birdan yerga quladi. Jungkook u tomon otildi. Qizni kotarakan u eshitdi..eshitdi qizni yuragi tobora sekinlashishini..nafasini..
Jungkook bir muddat muzlab qoldi.
Jungkook qizni kotardiyi tezda binond balkonidan sakradi. Yerga tushmasidan u juda tez yugurib ormonga keldi. Qizni asta oziga qaratdj.
Qiz arang kozlarini ochdi ammo yana tezda kozini yumdi.
Jungkook qizni sekin yerga maysalar oldiga yotqizdi. Sochlarini chefga olib qizni boyniga yaqinlashdi.
-seni ketishingga yo'l..qoymayman..
Dedi va...tishladi
Maria qattiq titradi. Og‘riq bir lahzada uning butun tanasini egalladi. Go‘yo har bir asab, har bir tomir yonayotgandek edi. Nafasi qisila boshladi, yuragi urmay qolgandek tuyuldi.
-aaagh...( deb zor zor yig‘lar edi qiz, lekin to‘xtamasdi.
-kechir..kechir meni..( dedi Jungkook tishlari qonga belanarkan.
U birdan qizni bag‘riga oldi. U eshitardi qizni yuragi sekinlashardi va ....toxtadi..
Jungkook joyida tosh qotdi..
-M..mari...Maria...
Yigit qizni siltab quchganicha bagriga bosdi...
-yooq..unday qilma..meni tashlab ketma...iltimos...
Tong otayotgan edi. Yengil tumanlar o‘rmonni qoplagan barglar orasidan quyoshning ilk nurlari yerga tushayotgan payt. Havo sokin toza, g‘ayrioddiy jimjitlikda edi. Go‘yo tabiat ham nafasini ushlab turgandek.
Jungkook bir soniya ham qizdan ko‘z uzmagan. Uning boshi Maria tizzasida yotardi qizning tanasi hali ham sovuq edi. Ammo yurak... yurak endi urmayotgan edi.
Yuragi zirqirab ketdi. Axir u shunchaki qutqarishni istagandi… lekin yo‘qotib qo‘ydimi?..
U asta qizning yuzini siladi. Sochlari endi qop-qora emas, yaltiroq xuddi oy nuridan yaralgandek edi. Terisi oppoq, lekin unda o‘liklik emas, balki sirli nur bor edi.
Birdan...
Ko‘zlar endi oddiy insonniki emas. Ular tiniq, tiniq, ammo ichida chuqur, g‘ayritabiiy tovlanish bor edi. Yaltirardi go‘yo ular tun yulduzlaridan yaralgandek.
Jungkook ichki titroq bilan qotib qoldi.
Maria to‘g‘ri unga qaradi. Ko‘zlari chuqur ammo mehr bilan to‘la edi. U asta, hech narsani demasdan, boshini yerdan ko‘tardi.
-men... tirikmanmi? ( dedi u shivirlab.
Jungkook qizni darxol baĝriga bosdi. Uni juda qattiq quchardi. Yuzini qizni sochlariga ko'mdi.
-seni yoqotdim deb o'yladim...
Maria atrofiga qaradi. Har bir yaproqning tovushi, har bir qushning uzoqdagi sayrashi hammasi endi unga boshqacha eshitilardi. U har bir narsani his qilardi. Hatto Jungkookning yurak urishini ham.
-hamma narsa... juda tiniq. Juda go‘zal...
Jungkook qizni sekin qoyib yubordi.
U asta qo‘lini Jungkookning yuziga qo‘ydi.
- men... hech qachon afsuslanmayman.
Jungkook qizni ohista yana quchib oldi.
Ular jim turishdi. Faqat tong tovushi va yurak urishlari... biri insoniy, biri abadiy, ammo bir xil tezlikda urardi.
Maria endi kuchli edi. U ilk oylar azoblangan har bir inson hidi, yurak urishi uni qiynagan. Ba'zan o‘zidan qo‘rqardi. Yig‘lab tunda Jungkookning bag‘riga yashirinar, “Men kimga aylandim?..” derdi. Ammo Jungkook uni hech qachon yolg‘iz tashlab qo‘ymadi.
Unga sabr bilan hamma narsani o‘rgatdi: o‘zini boshqarishni, hissiyotlarini eshitishni, qon orqali yashashni. Maria endi odamlarni emas faqat kasalxonadan maxfiy olib kelingan qonlar bilan yashardi.
Yil o‘tib u boshqa bo‘lib qoldi. Ko‘zlarida endi og‘riq emas, ishonch va nur porlardi.
Quyosh botayotgan edi. Ularning to‘yi odamlar orasida emas, balki o‘sha ilk bor uchrashgan joyda o‘rmon bag‘rida, yashil daraxtlar ostida, daryo bo‘yida o‘tkazildi.
O‘rmon yengil tuman bilan qoplangan, havoda gul barglarining hidi va yengil shamol bor edi. Daraxtlarga oq chiroqlar osilgan, ularning yoritishida atrof orzudek ko‘rinardi.
Maria oq libosda chiqdi.
Uning libosi oddiy, ammo xuddi o‘zi kabi beg‘ubor edi. U yurarkan, har bir qadami yerga gul bargi tashlagandek engil edi. Uning sochlari orqaga to‘plangan, boshida mayin gul toji. Ko‘zlarida quvonch, yuragida esa tinchlik.
Jungkook esa qora kostyumda, lekin oddiy emas libosining yoqasida kichik yulduz nishoni bor edi. U bu kuni qiroldek emas, faqat sevgilisi uchun mavjud bir insondek turardi.
Maria unga yaqinlashgan sari ko‘zlarida yosh yaltirardi.
Ular bir-biriga qarab jim turishdi. Atrofda hech kim yo‘qdek. Faqat ikkalasi. Bu kun faqat ular uchun.
Jungkook asta uning qo‘lini ushladi.
-Maria… sen men uchun zulmatdagi yolg‘iz yulduz eding. Men hamisha qorong‘ida yashadim, lekin sen meni hayotga qaytarding.
Maria qaltiragan ovozda javob berdi:
-sen esa… menga yashashni o‘rgatding. Men o‘lishga tayyor edim, lekin sen... yuragimni uyg‘otding...sen meni qora jannatimsan...
Yulduzlar ko‘kda miltillardi. Va nihoyat, ular bir-biriga yaqinlashib, sekin bosa olishdi.
Barcha qarsaklar chaldi.
Bu bo'sa nafaqat muhabbat, balki minnatdorchilik, sadoqat, og‘riq, sabr, kurash va abadiyatning belgisi edi.
To‘y kechasi ular yulduzlar ostida raqsga tushdi. Atrofda hech kim yo‘q edi, lekin tabiat shamol, daraxtlar suv —ularni kuzatar, go‘yo duo qilayotgandek edi.
Sevgi shundayin qudratli kuchki u Tangri tomondan insonlarga berilgan eng oliy nematdir..faqat uni hiz qila ola bilish kerak. Shunda u sizni zulmatdagi hayotingizdagi nurga aylanadi...
Tamom🎀
Ushbu fanfic Dark paradise musiqasi va Sumerki filmidan ilhomlanib yaratildi.