It's me
—qora o'tmishim meni yo'q qilyapti—
—Nerea~ nonushtaga tusha qoling—pasgi qavatdan kelayotgan baland ovozni eshitib boshimni ko'rpa bilan berkitib eshitmaganday uxlashni davom etirdim, ovoz tinchidiyu lekin ikkinchi tarafdan telefonimning jiringlagan ovozi keldi, ko'rpa ostidan qo'limni chiqarib telefonga javob berar ekanman telefoning narigi tarafidan tanish ovoz yangragach ko'zlarimni hira shira ochdim.
—Nerea! qayerdasan?—kotibaning baland ovozidan telefoni biroz qulog'imdan uzoqlashtirdim
—yah buncha baqirmasang uydaman—kotibamning bu gapimdan jahli chiqgani aniq telefon oritdan uni telbalarcha kulgusi eshitildi
—tez kel seni 1 soatdan beri Kim lar kutishyapti—uning bu gapidan ko'zimni yalt ochib o'rnimdan sakrab turdim devorda nafis rasm tepasida turgan soatga qaradimu ko'zlarim yanada ochilib ketdi
—lanati hozir boraman—shunday deb go'shakni qo'ydimBugun Kim lar oilasi bilan hamkorlik uchun katta majlisim bor edi hatto esimdan chiqib ketgan ekan kompaniya ho'jayeni bo'lganim uchun vohli borishim kerak edi lekin masulyatni his qila olmadim. Shosha pisha kiyina boshladim qora shim qora kastyum kiyib sochlarimni to'g'riladim zinalardan shoshib tushar ekanman yo'limni uy ishchisi Yuna to'sib oldi.
—xonim qahvangiz tayyor—dedi yuna
—bugun emas Yuna—unga shunday deb eshik tomon yo'l oldim eshik yonida biroz toxtab chap tarafda turgan ancha eskirgan oilaviy suratga biroz muddat tikilib qoldim. So'ngra suratdan ko'zimni uzib mashinamga joylashdim bugun kech qolayotganin tufayli haydovchisiz o'zim ketdim10-15daqiqalardan so'ng kompaniyaga ham yetib keldim kompaniyada kirar ekanman hamma menga qarab tazim qilib jilmayishar edi lekin, buning bari sohta edi ular mendan qanchalar nafratlanishlarini bilar edim.Majlislar xonasining eshigiga kelishim bilan qichqiriq ovozidan sakrab tushdim
—Nerea nega buncha kech kelasan?—deb qulog'im tegida baqirdi kotiba
—lanati Sumi~ keldim vohima qilma —nimadir deyishga urundi lekin uni eshitmasdan majlislar xonasiga kirib ketdim
—Hammaga salom uzur so'rayman kech qoldim—shunday deb o'z joyimga joylashdim hammaning nigohi menga qaratilgan edi eshik ochilib Sumi kirib keldi va menga kerakli qog'ozlarni uzatdi—Janob Kim—shunday deb yon atrofimda qora kostyumda o'tirgan erkaklarga nigohimni qaratdim
—juda kech qoldingiz masʼuliyatni his qilisangiz bo'lar edi Nerea xonim— hamadan ajralib turgan bir erkak sochlari tilla rang, ko'zlari qahva rang quyosh nuri yaltiratib turar, hamma qora kastyumda bo'lsa u qizil kiyimda edi. Ovoz toni juda qo'pol yangradu to'g'risini aytsam uning bu ovozi bu muomilasi unchalik yoqmadi shuning uchun ko'zimni bir necha soniyaga yumib chuqur nafas olib, ko'zlarimni asta ochdim va kresloning orqasiga suyanib etiborsizlik bilan javob qildim
—eshitmagan ko'rinasiz men bu uchun uzur so'radim agar qulog'ingiz eshitmasa ayting tanish shifokorlarim bor —mening bu javobimdan yigit asabiylashgani aniq edi hamma menga hayrat bilan boqar edi Sumi ham menga huddi "jim bo'l" deganday qarab turgan edi bir necha soniya xonani sukunat qopladi lekin bu sukunatni yana o'sha sovuq ozov buzdi
—hamkorlik bo'lmaydi—u shunday deb o'rnidan turib mendan nigohini uzmasdan qarab turdi men be etibor sovuq jilmaydim so'ngra erkakga yuzlandim
—chiqish qayerda ekanini bilasiz—bu gapimdan atrofdagilarni hayrati yana ham oshdi yigitning g'azabini maksimal darajaga chiqarganimni angladim. Uning qahva rang nigohlari mening nigohlarimni ilib oldi. Bir necha mudat uning nihohlaridan nigohimni olib qocha olmadim toki uning oldidagi yigit gapirmagunicha
—sen kimsan bizning janob bilan bunday gaplashasan?—uning bu gapidan so'ng nigohmni unga qaratdim Xonada mening telbalarcha kulgum yangrar edi hamma hayrat ila yigit esa g'azab bilan menga tikilar edi
—hoy yigit sen o'zing kimsan? bir ishchisan holos qarshingda senga o'xshagan ishchi emas bu kompaniyaning ho'jayeni turibdi gapingni o'ylab gapir—yuzimdagi kulguni g'azabga aylantirib unga shu so'zlarni aytim yigit shunchaki jim turar edi men esa qimat charimli kresloyimga suyangacha u yerdan bu yerga kresloni aylantirat edim
—janob Kim Taehyung keta qolaylik bunday qizlar bilan baxslashni foydasi yo'q—boyigi gapim yigitga ajoyib javob bo'lganidan yigit Kim ga shunday dedi men uni eshitmaganday ko'zimni yumib kresloga suyanib yotdim
—to'g'ri ketik—erkak xonadan chiqib ketar ekan eshik yonida toxtadi men tarafga o'girilmasdan
—Nerea xonim bazan o'zingizni yagona yulduzman deb o'ylashingiz mumkun lekin har bir yulduz bir kun so'nadi—dedi erkak uning bu gapidan ko'zimni asta ochib lab uchida jilmaygancha javob qildim
—Janob Taehyung men na yulduz na oy na quyoshman men bu menman! Nerea!—ismimga urg'u berib gapirar ekaman erkak bir bora nigohini menga tashladida xonani ishchilari bilan birga tark etishdi
Taehyung mashinasiga o'tirdiyu o'z kompaniyasi tomon yo'l oldi kompaniyaga yetib kelgach o'z xonasiga yurib ketar ekan hamma unga tazim qilar u ketgandan so'ng hammaning tillida uning kelishgan yuzi tilla sochi mushakdor tanasi edi taehyung g'azab bilan xonaga kirdiyu o'zini kreslosiga tashadi kotiba xonaga kirib unga nimadir demoqchi edi lekin taehyung bunga yo'l qo'ymadi
—chiq—dedi pas ovozda
—lekin janob—qizning gapi tugalmasdan taehyung unga baqira ketdi
—lanati senga chiq dedim!—baland ovozda
—hoy asabiylashma—xonaga kirib kelgan erkak birinchi taehyungga keyin esa titrab turgan kotibaga qaradi erkak unga chiq deganday imlo qildi qiz ham indamay xonani tark etdi
—nega bechora qizdan alamingni olasan—erkak shunday deb divanga borib joylashdi va taehyungga savol tariqasida qarab turdi
—jin ursin Jungkook, u qiz u olov bu olovni bo'y so'ndira olmaymiz—taehyung barmoqlarini bir birga birlashtirib bu gaplarni aytar ekan Jungkook unga hotirjam qarab turar so'ng, o'rnidan turib stol ustida turgan shisha idishdagi suvdan shisha stakanga quydi bir ho'plam ichdida
—unda u kabi olov bo'lamiz—jungkookning bu gapidan taehyung unga tushunarsiz qarab turdi.
Hujatlarni sinchkovlik bilan o'rganib chiqar ekanman Sumining menga qaratilgan nigohini sezdim.
—Hali ancha qaramoqchimisan?—dedim hujjatlardan ko'z uzmagancha.
—sen telbasan—dedi kinoya bilan. Bu gapdan keyin nigohimni Sumiga qaratim.—aytmasang ham bilaman—shunday deya o'rnimdan tura boshladim
—qayerga?—dedi Sumi—ishim bor—shunday deya xonani tark etar ekanman orqamdan Sumi gapirgancha qola ketdi.Author: qiz xonada yolg'iz qolar ekan telbanamo kulib o'ziga o'zi dedi
—Qoyil bu qiz hech qachon odam bo'lmaydi—Sumi o'ziga shu gaplarni aytib o'zi ham xonani tark etdi.
[Qabriston]Author: Nerea qabristonga keldida ketma-ket turgan ikki qabr qarshisiga joylashib alamli jilmayib ikki guldastani qabr ustiga joyladi. Ularning brida "Ellena Benavente" yana birida esa "Alex Benavente" deb yozilgan edi. Nerea qabrga boqgancha hayollari domiga cho'ma ketdi.—Nerea pov—–salom oyi salom dada, mana yana bugun o'zimda bir dunyo jurat yeg'gancha qarshingizga keldim. Mening mexribonlarim sizlarni juda ham sog'indim, ona esingizdami har safar kechasi uxlashimdan oldin turli hikoya ertaklar aytib berar edingiz, otajon esingizdami maktabda yigitlar bilan urushib kelganimda ayib menda bo'lsa ham u yigitlarni urushar edingiz, esingizdami hammamiz birga tungi sayrga chiqanlarimiz. Otajon onajon sizlar aytgan gapi kuchli qiz bo'lishga harakat qilyapman, ko'z yosh to'kmaslikga, o'zimni qiynamaslikga harakat qilyapman, ha aytgancha Sumi ham juda o'zgargan avvalari biroz qo'rqoq edi hozir kimdir menga nimadir desa o'sha insoni yer bilan bitta qiladi..meni eshityapsizlar-a? Men sizlarni sog'indim!-Nerea shu hayollar bilan o'tirar ekan ko'zidan asta yosh tomchilay boshladi. Oradan 30 daqiqalar o'tgach qiz o'rnidan turdida so'ngi bor qabrga qarab u yerni tark etdi.