It's me
Xonaga kirgach o'zimni kursiga otib ko'zlarimni yumdim. Xonaga Sumi kirib qarshimga turib oldi.
—aqildan ozdingmi?—
—nima?—
—kechagina Kim larni quvib solding endi esa bu?—
—Sumi?—
—ha?—
—Sakuna...u haqida barcha maʼlumotlarni top—
—nima? Lekin nega?—
—bilmay...lekin negadir uni avval ko'rganman—
—Nere~ nega bunaqasan a?—
—qanaqa?—
—qanday qilib ko'rgan insoningni eslolmaysan?—
—yahh Sumi shunchaki maʼlumot topib kel holos—
—yaxshi yaxshi—sumi shunday deya xonadan chiqib ketdi. Men esa yana ko'zlarimni yumib o'z olamimga cho'mdim. U kim? Nega ismi? Ko'rinishi? Huddi uni avval ko'rganman lekin qayerda. Uning ko'zlarida qandaydir yolgʻon, nafrat va azob bor edi. U meni tanishi aniq bo'lmasa qarshimdan chiqmasdi. Jin ursin! Ko'ramiz Sakuna xonim qanday o'yin boshlabsiz.
Jeon kompaniyasi
—Saku?—dedi Taehyung divanda qogʻozlarni ko'rib chiqayotgan qizga qaratib.
—eshitaman?—
—sen uni taniysanmi?—
—kimni?—
—Nereani—taehyungning bu savoldan jungkook ham qiz tomonga qaradi. Qiz qo'lidagi qogʻozlarni qo'yib ayyorona tabassum bilan.
—ha—
—lekin nega u seni tanimadi—
—yigitlar barchasini vaqti kelganda bilib olasizlar ungacha shunchaki kutinglar—shunday deya yigitlarga tabassum qilib yana qogʻozlarni o'qiy boshladi.
Benavente
—Nere—xonaga Sumi bir ikkita qog'ozlar bilan kirib kelib qarshimdagi joyga joylashib gap boshladi.
—Sakuna Tanaka, yoshi 25da asl ismi Shin Serin, otasi qamalib chiqqan onasi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. 3 yil avval Tailandda yashagan keyin o'qishi sabab 7 yil Yaponiyada yashagan, hozirda o'gay otasi bilan yashaydi, Jeonlar oilasi bilan bu qiz haqida boshqa hech qanday maʼlumot yoʻq—deb yakunladi Sumi. Biroz g'alati nega ismini o'zgartirgan? Demak Jungkook unga o'gay aka yokida uka ekanda. Jin ursin boshim yorilib ketadi.
—ha bir yana bir narsa—
—nima ekan—
—u 10 yoshida qotillik qilgan—
—qotilik?—
—ha shunday 10 yoshida otasini o'ldirgan ekan—
—nima lekin nega?—
—avval onasiga zo'ravonlik qilib kaltaklagan keyin esa navbat unga kelganda otasini boshiga shisha vaza bilan urgan—
—jin ursin...onasi haqida nahotki hech narsa yoʻq?—
—yo'q hech narsa—juda g'alati nega unda bunday o'tmish? Demak bolalar kaloniyasida bo'lgan. Onasi kim? Nega hech qanday maʼlumot yoʻq? Nega?
—Sumi?—
—ha—
—nega uni eslat olmayapman? U Koreyada juda ko'p yashamagan lekin uni aniq taniyman—sumi ham savollarimdan biroz oʻylanib qoldi. Oradan bir soat o'tdi Sumi o'z ishini qilar men esa o'z ishimni tashqarida biroz sho'vqini eshitib tashqariga chiqdim. Laʼnati bular bu yerda nima qilyapti? Qarshimda Jungkook Taehyung va Sakuna turishar anavi olifta Jungkook meni ishchilarimdan biriga baqirayotgan edi. Unga endi tarsaki tushirmoqchi boʻlganda qo'lim bilan siltab tashladim
—bu yerda nima qilyapsizlar? Ertaga kelishingiz kerak edi—
—bugun kelishga qaror keldik—
—nega meni hodimlarimga bunday muomila qilyapsan?—
—uning o'zi ustimga suv to'kib yubordi—ko'z qirim bilan uning ustiga qaradim rostdan ham biroz ho'l bo'lgan edi. O'sha ishchining qo'lida stakan turar stakanda hanuz suv bor edi uni qo'limga olib
—shu suvmi?—
—ha—biroz tabassum qilib suvni ustimdan quydim hamma hayrat bilan qaradi.
—halmi? Janob Jeon bu mening kompaniyam, mening hodimlarim sizni ularni bunday barchani oldida haqorat qilishga haqqingiz yoʻq! Mana meni ustim ham ho'l o'lib qolmadim-ku? Quritsam ketadigan narsa—unga yaqin kelib gapirar ekanman uning ko'zlarida qayerda ekanini ko'rib ayyorona tabassum qilib qo'ydim. Suv to'kganim sabab kiymim tanamga shunday yopishib tanamni yalt etib ko'rstar edi.
—Nere—Sumi yugurib kelib ustidagi kostyumni yechib ustimga tashlab qo'ydi.
—hamma ishiga qaytsin! Tomosha tugadi!—shunday deya xonamga qaytib kirib ketdim.
Jungkook pov
*Shuncha jasorat qayerdan? Uyalmadi ham, oddiy hodim uchun urishdimi? Uning tanasi laʼnati nega u bunchalar jozibali*
Taehyung pov
*Olov haqiqiy olov bilan o'ynashyapmiz. Na suv bilan na olov bilan o'chira olamiz. Undagi jasorat oldida yengilishimiz aniq*
Sakuna pov
*Ajoyib! Men kutganday bo'ldi. Ahh Nerea biroz maza qilib ol keyin faqat ko'z yosh to'kasan ahir o'yini endi boshladim azizam*