MEMORIES
—xotiralar azob berishni davom etmoqda—
•4 bob
Qiz yana bazmga qaytdi. Biroz vaqt oʻtgach Yoongi ham mexmonlar oldiga qo'shilib ketdi. Bazm oxirlab qolgan hamma asta tarqala boshlagandi. Qiz ham ketishga shaylangan edi lekin janob Jeon u bilan biroz suhbatlashmoqchiligini aytdi qiz ham rozi bo'di. Mexmonaga kirishar ekan u yerda Yoongi Jungkook Jimin va Taehyung ham o'tirishar edi. Janob Jeon divandan joy olib qizga qarshisiga o'tirishini imo qildi. Qiz joylashishi bilan o'zini biroz noqulay his qila boshladi.
—juda ham Ellenaga o'xshabsan—janob Jeonning bu gapidan qiz biroz hayrat bilan ularga tikilib turdi.
—janob siz onamni qayerdan taniysiz?—dedi qiz
—Benavente lar oilasi....otang menga vaqti kelganda juda katta yordam qilgan, u mafiya bo'lmagan u payt men ham oddiy ishchi edim...ammo otang u har doimo meni qo'llab quvvatladi yordam berdi Ellena bilan ham ancha yaqin edik....ular ajoyib insonlar edi—janob Jeon so'zini davom ettirishdan oldin uni diqqat bilan eshitayotgan qizga boqdi.
—sen kirib kelganingda onangdagi~go'zalik va otangdagi~ishonchni ko'rdim—dedi janob Jeon
—men ular bo'la olmayman—qiz mayus yuzini pastga ekgancha shunday dedi.
—nega?—
—janob...men balki onam kabi go'zaldirman, lekin ular kabi aqilli va matonatli emasman, otam kabi o'zimda ishon bordur lekin, ular kabi hamma narsani uddalaydigan, tavakkal qiladigan inson emasman....men ular emasman—dedi qiz yuzini yerdan hanuz ko'tarmagancha.
—bilasanmi aslida onang ham otang ham boshida unday bo'lmagan—dedi janob Jeon. Qiz bu gapdan boshini koʻtarib janob tomon savol tariqasida qarab turdi.
—ular boshida unday bo'lishmagan bir-birligini uchratishmaguncha—
—yani?—
—yovuzlik?nafrat? Bular bir nars oldida kuchsiz~muhabbat—
—muhabbat—
—ha, ular bir-birlarini telbalarcha sevishar edi, bilasanmi otang onangni uchratishdan oldin g'irt ahmoq bo'lgan—deb kuldi janob Jeon buni eshitgan qiz ham kulib yubordi.
Jungkook pov
*Nega u bunchalar chiroyli kuladi nega u bunchalar chiroyli?...menga nimalar bo'lyapti?...men sevib qoldimi?...men uni sevib qoldim! Huddi telbalarcha balkim u meni sevar balkim sevmas ammo vaʼda beraman birinchi va ohirgi sevgim sen bo'lasan.
—ha aytgancha Teo? u qanday?—to'satdan berilgan savoldan qizning yana yuzin qaygʻu burkab oldi.
—ota-onam vafot etgandan keyin....bizga vakil kerak edi, hamma qarindoshlarimiz bizdan yuz o'girdi....so'ng bizni bolalar uyiga topshirishdi....Teoni asrab olishdi...mana oradan yillar ham o'tdiki ini hanuz topa olmadim—dedi qiz boshini koʻtarmay ko'ylagini chetini mahkam tutgancha. Janob Jeon nima deyishni ham bilmay chuqur o'yga cho'mdi. Yoongi va Jungkookning nigohi qizdan bir soniyaga ham uzilmas edi
—maylin, hammasi yaxshi bo'ladi! Ha aytgancha bular bilan tanish bo'lsang kerak—dedi janob Jeon 4 erkakni ko'rsatib. Qiz ular tomon qaradida ha deganday bosh egib qoʻydi.
—Nerea agar qanday yordam kerak boʻlsa mendan so'ra, men otang qilgan yaxshilikni uzish uchun hamma narsaga tayyorman, sen shu kundan meni qizimsan—dedi janob Jeon qiz bu gapdan mayus jilmaydi janob Jeon xonasiga ketish uchun turgandi hamki qiz birdaniga unga savol berdi.
—janob? Otam mafiya bo'lmagan siz ham mafiya bo'lmagan bo'lsangiz, nega hozir unday emas?—
—hech bir inson yozuv bo'laman deb tug'ilmaydi dunyo uni yozuv qilishga majbur qiladi—bu shunchaki ibora emas edi. Bunda haqiqat bor edi. Janob Jeon u yerni tark etdi, xonadan qiz va 4 erkak qoldi. Qiz allaqachon oʻz hayollar olamiga sayohat uchun yo'l olgan edi.
Nerea pov
*Ular haqlar...bu dunyo shunchalar beshavqatki...yo'q dunyo emas insonlar beshavqat*
—uyinga oborib qo'yaymi advokat xonim?—qiz Jungkookni ovozini eshitib diqqatini jamlar ekan jungkook deyarli qizga juda ham yaqin edi. Qiz ha deganday bosh egib qoʻydi. Jungkook bilan ketishga tayyorlanishar ekan qiz yarim yoʻlda to'xtadi.
—Nerea—qiz orqasiga o'girilidi Yoongi u tomon kelib biroz uning koʻzlariga tikilib turib uning qo'liga qandaydir kichik qogʻozcha uzatdi.
—telefon raqamim, qandaydir yordam kerak boʻlsa—
—raxmat—qiz biroz taʼzim qilib yana jungkook bilan yura boshladi.
Mashinada ketishar ekan mashina salonini o'lik sukunat egallagan , na qiz na erkak gapirishdi. Qiz oynadan koʻchasga qaragancha o'z hayollari og'ushida ketar, erkak esa bir-bir qizga qarab qo'yar edi. Biroz vaqtdan soʻng ular manzilga yetib kelishdi. Qiz tashakkur bildirgancha uyga kirib ketdi erkak esa uyga ketishni istadi lekin keta olmadi negadir yuragi shu yerda qol dedi erkak ham mashinada tunashga qaror qildi.
Qiz uyga kirishi bilan yuvinishxonasiga kirib ustidan iliq suv quyib ustidagi kiyimni yengilroq kiyimga alishtirib yotoqqa yotib uyquga ketdi. Yarim tun xonaning oynasi birdaniga ochilib ketdi buning ovozidan qiz qo'rqib uyg'onib ketib oyna ochiqligini ko'rdi bu shamol sabab bo'lgan deb o'ylab oynani yopmoqchi bo'ldi.
—nima? Bu Jungkook ning mashinasimi nega hanuz ketmadi?—qiz oynadan pasta turgan mashinaga qaradi oynani yopib uning oldiga tushmoqchi bo'ldi lekin ortiga oʻgirilganda uning qarshisidagi insoni ko'rib qizning rangi o'chib ketdi.
—kimsan?—qiz qo'rqancha gapirar edi. Bir erkak turar edi, qora maska va kepkada qorongʻuda hatto ko'zlari ham ko'rimas edi. Erkak qo'liga hanjar bilan qizga yaqinlasha boshladi qiz esa qochiga urundi lekin befoyda yerga yeqildi erkak uning ustiga chiqib hanjarni qizga tiqmoqchi bo'ldi lekin qiz hanjarni kafti bilan tutib qoldi. Qiz bor ovozi bilan baqirar yordam so'rar edi. Qizning boshqa hanjarni ushlab turishga kuchi qolmadi kaftlari qonab qizni jonini oritar qiz ohiri ko'zlarini yumib hanjarni qo'yib yubordi. Qiz ko'zini asta ochar ekan ustidagi erkak yerda edi uning ustida esa Jungkook uni nushti bilan urar qiz bu holatni koʻrib qo'rqiv ketdi. Bir muddat Jungkook qizga qaragandi hamki erkak uni itarib u yerni tark etdi. Jungkook uni ketida borib tutishi mumkin edi lekin hozir Nerea unga muhimroq edi. Jungkook tezda qizning yoniga egildi.
—yaxshimisan? Jin ursin qo'ling—erkak kafti bilan qizning qonab turgan kaftidan tutdi. Qiz qo'rquv bilan erkakga boqar ekan bir vaqt juda baland ovozda yeg'lab yubordi
—hoy hoy bo'ldi men yoningdaman advokat xonim—shunday deya qizni bagʻriga bosib qizning sochini mayin silay boshladi.
Biroz qiz o'ziga kelgach erkakning bagʻridan chiqib erkakga
—sen nega ketmading—
—bilmayman...negadir koʻnglim istamadi—erkak shunday deya qizni yerdan koʻtarib oldi qiz ham ikki qo'llini erkakning bo'ynidan o'tkazdi. Erkak qizni yotoqqa yotqizdi.
—malham bormi?—
—oshxonada...qutichada—erkak tezda turdi-da pastga tushib ketdi. Oradan 5 daqiqa o'tar o'tmas quticha bilan qaytib qizning yarasiga malham qo'ya boshladi.
—aysh og'riyapti—qiz og'riqdan nolidi. Erkak qizning yarasiga malham qo'yib bo'lgach achishmasligi uchun uflay boshladi.
—u kim edi—qizdan javob kutdi ammo qiz indamadi. Erkak chuqur ho'rsinib yana qizga savol berdi
—bugun tongda seni yoningga kelganimda kimdandir qo'rqaningni aytgan eding kimdan?—qiz yana javob qilmadi. Faqat yeg'lar edi. Erkak bu holatni koʻrib boshqa savol bermaslikka qaror qilib qizni bagʻriga oldi. Erkak qizni yupatar ekan qiz uyquga ketdi. Erkak qizni yotoqqa yotkazib qizga biroz tikildida uydan chiqib ketib mashinasiga joylashdi.