July 13, 2025

Memories

—agar iloji boʻlsa sendan nafratlanmas edim—
5—bob

Erta tong yana bir vaxshiy insonlar bilan o'tadigan kun boshlandi. Qizning xonasiga quyosh tushib qizning ko'zlarini ochtirishga urundi. Qiz ham quyosh nuridan asta ko'zlarini ochib o'rnidan turib boshini ushlab bint bilan bog'langan kaftlariga qarab kechagi tuni eslab tezda o'rnidan turib oynadan koʻchaga qaradi.
—ketibdi—dedi o'ziga eshitarli ovozda qiz yuvinish xonasiga kirib ustidan illiq suv quyib suv tagida shunchaki turardi.
Nerea pov
*Kecha nima boʻldi? Nega u ketmagan edi? Kechagi inson kim edi? Jungkook...nega u menga yordam berdi?..jin ursin ikkala kaftim qattiq og'riyapti....yana o'sha tushni ko'rdim..lekin nega? Ahir unday emas? Nega doimo shu tush kaseta kabi aylanaveradi...buni savolini faqat bir inson biladi* qiz shu savollar bilan dushdan chiqib badanidan oqayotgan suv tomchilarini sochiq bilan artib kiyina boshladi. Baland poshnali tufli oq ko'fta kalta qora shim, kiyinib bo'lgach sochlarini bugun yoyishga qaror qildi. Mashina kalitini olib uydan chiqib mashinaga joylashib ishxonasi tomon yoʻl oldi.

Kechgi 22:15
Jeonlar kompaniyasi

—ota balki ketarmiz—
—hali emas—
—lekin kech tushib qoldi—
—bir inson kelishi kerak—janob Jeonning gapidan Jungkook qarshisida o'tirgan Yoongiga qarab qoʻydi. Jungkook yana savol bermoqchi bo'ldi lekin eshik ochilib bir qiz kirib keldi

—Janob Jeon—deb tazim qildi qiz. Jungkook qarshisidagi qizni koʻrib biroz hayratlandi
—kel Nerea—qarshisida turgan bo'sh joyni ko'rsatdi. Qiz ham o'sha yerga joylashdi. Jungkook qizdan ko'zini uzmay qarab turardi.
—ho'sh Nerea menda qanday gaping bor edi?—janob Jeonning gapidan qiz biroz boshini egib barmoqlarini asabiy o'ynay boshladi.
—sizga bir ikkita savolim bor edi—
—yashi eshitaman—
—bu ota-onamga bogʻliq...janob ular aslida kim?—
—yani?—
—ular bilan o'tgan vaqtimni eslayman ular mexribon eng yaxshi ota ona edilar lekin....—
—lekin nima?—
—bazi tushlar xotiralar buni aksini ko'rsatyapti—
—qanday tush?—qiz biroz muddat jim turdi. Jungkookning ko'zlari qizda edi Yoongi esa huddi u yerda yo'qday telefonida bir nimalar qib o'tirardi.
—ko'z yosh...nafrat....azob—qizning gapidan Yoongi ham beixtiyor u tomonga qaradi.
—har safar bir xil kaseta....otam onamni urayotganini men esa bir burchagda o'tirganim.....na yeg'lay olaman na ovoz chiqara olaman.....faqat bir gap "dada iltimos urmang*...nima qilay tushlarimga ishonaymni? Xira xotiralarimgami? Ikki olov ichida qoldim—qiz ko'z yoshlarini ko'rsatmaslik uchun boshini bir soniyaga ham ko'tarmadi. Bu gaplarni eshitgan Jungkook ichida qanday tuygʻu uni quchoqlab yupatishini aytar lekin u qila olmas edi.
—kaftinga nima qildi?—
—janob Jeon....bu hozir muhim emas—
—Nerea....hech bir savolinga javob qila olmayman vaqti kelsa bu savolarga o'zing javob topasan....lekin bir narsani aniq ayta olaman tushlar doim ham rostini ko'rsatmaydi, xotiralar esa bu shunchaki insoni tinchlantirish uchun yolg'on holos—deb o'rnidan turdi janob Jeon. Uning ketidan Jungkook va Yoongi ham turib xonadan chiqib ketishdi. Qiz eshik tomon qarab o'ziga eshitilar ovozda gapirdi
—savollarga javob topguncha ado bo'lmasay edim—shunday deya o'rnidan turib lift tomon yura boshladi. Qizning oyoqlari poshnali tufli sabab biroz og'riyatogan, kompaniyada hech kim yo'q hamma o'z uyiga ketgan edi. Qiz liftga chiqib liftni yopmoqchi boʻldi lekin eshikni kimdir ochib ichkariga kirdi.

—yaxshimisan?—Yoongi unga unchalik etibor bermay savol berdi qiz boshini yerga qilgancha yo'q deganday ishora qildi. Birdaniga lift toʻxtab qoldi.
—nima bo'ldi?—dedi qiz Yoongiga qarab. Erkak lift tugmalarini bosar lekin ochilmas edi. Telefonini qoʻlga olib qo'ng'iroq qilishga urindi lekin lift ichida telefon ishlamas edi.
—jin ursin!—shunday deb qizga qarar ekan qizning nafas olishi tezlashgan ko'zlari mahkam yumilgandi. Erkak buni koʻrib unga yaqinlashdi.
—yaxshimisan?—
—y..yo'q...—qizning ko'z yoshlari oqa boshladi. Erkak uni kaftidan ushlab tanasiga bosdi.
—iltimos....bu yerda qolishni istamayman—qiz erkakning qo'lida tipirchilay boshladi. Qizda Klaustrofobiya bor edi. Tor qorongʻu joylarda nafas olishi tezlashar yuragi betartib urar edi. Bu kasallik zo'riqiy charchashdan kelib chiqar agar shunday holat bo'lsa qizni chalgʻitish kerak edi.
—Nerea?! Menga qara!—erkak qizni lift devoriga tiradi. Qiz hali ham tipirchilar ko'zini ochmas edi. Erkak nima demasin hozir qizning qulogʻiga bu gap kirmasdi. Erkak nima qilishni bilmay ohiri hayoliga bir fikr kirdi. Qizning dahanidan ushlab labini o'z labi bilan birlashtirib undan bo'sa ola boshladi. Qizning ko'zlari moshday ochilib erkakni itarmoqchi bo'ldi lekin negadir unday qilmay ko'zlarini yana yumib erkak undan bo'sa olishiga qo'yib berdi.

Erkak bo'sani uzib qizning dahanini o'ziga qaratib
—ko'zingni och—pas va mayin ovozda dedi. Qiz ham sekin ko'zlarini ochib erkakning ko'zlariga qarab turdi.
—o'zingni bos ertalabgacha sabr qil... Taehyung yoki Jimin doimo hammadan oldin kelishadi va bizdan bu yerdan olib chiqishadi kelishdikmi?—qiz erkakni diqqat bilan eshitib hoʻp deganday boshini egib qoʻydi. Erkak qizdan uzoqlashib yerga o'tirib devorga suyangancha o'tirdi. Qiz ham nima qilishni bilmay uning yoniga jimgina o'tirdi
—nega unday bo'lding?—
—Klaustrofobiya... qorongʻu va tor joylardan qo'rqaman—
—tushunarli—orani sukunat egalladi. Erkakning ko'zi qizning soniga tushdi. Qiz yerga o'tirgani uchun yupkasi yana ham teparoqga ko'tarilgan edi. Erkak ustidagi kastyumni yechib qizning oyoqlari ustiga tashladi
—raxmat—dedi past ovozda. Erkak biroz vaqtga ko'zlarini yumdi. Ko'zlarini ochiq qiz tomonga qaragan qizning ko'zlari oyog'ida edi. Erkak qizning poshnali tufligini koʻrib qizga savol berdi.
—ertalabdan beri shu tuflidamisa?—
—a ha—erkak qizning javobidan xo'rsinib o'rnidan turib qizning tuflisini yecha boshladi. Qizning tilli aylanmay qoldi, na rad eta oldi, na raxmat. Qizning oyoqlari biroz qizarib qolgandi.
—raxmat—
—joning og'riydigan narsalarni kiyish g'alati emasmi?—
—duch kelgan qizdan bo's olish g'alati emasmi janob Yoongi—
—kasali bo'la turib liftga chiqqan menmi senmi?—
—nima 8 qavatdan pastga zinadan tushishim kerakmidi?—
—nega tiling bunaqa zahar lekin tan olaman labing unday emas—erkakning bu gapidan qizning yuzi qizarib ketdi. Oradan yarim soatcha o'tgach erkak yoniga qaraganda qiz erkakning yelkasiga bosh qoʻyib uxlab qolgandi.
Yoongi pov
*Yosh bolaga o'xshaydiya hech boʻlmasa uxlaganda zaharligi bilinmas ekan...uning lablari* erkak shu hayol bilan qizning labidan ko'z uza olmay qoldi.

Erta tong
Qiz ko'zini ochib yoniga qarar ekan tun boʻyi Yoongibi yelkasida uxlaganini tushundi. Qizning barmogʻi beixtiyor erkakning lablari tomon yo'l oldi. Erkakning labiga teginishi bilan erkak ko'zlarini ochdi. Qiz tezda qo'lini olib o'rnidan turmoqchi bo'ldi lekin toyib erkakning ustiga yeqildi. Ikkisining nigohi to'qnashgan edi. Qizning yuragi shunchalar tez urardi i huddi hozir yorilib jetar derdi. Erkak asta yuzini qiz tomon ega boshladi. Ularning lablari uchrashishga biroz masofa qolgan edi.
—hoy yoshlar—ozoda ikkisi ham eshik tomon qarashdi. Lift eshigi ochilgani ham sezmay qolishgan, qarshiligida Jimin bilan Taehyung kulib ularga qarab turishar edi. Qiz tezda erkakdan uzoqlashib o'rnidan turdi.
—halaqt bermadikmi?—dedi Jimin
—nima? Yo'q aniqrogʻi bu sizlar o'ylagan narsa emas—qizning gaplari chalkashib ketdi. Qiz tezda liftdan chiqib chiqish tomon yurayotgan edi

—advakat xonim? Bu yerda nima qilyapsan?—
—men...—
—kecha liftda qamalib qolganmiz—dedi orqasidan Yoongi kelib qiz unga qarab turardi. Jungkookning ko'zi qizning oppoq soniga tushdi Yoongi buni sezib qizning beliga o'z kastyumini bog'lab qizni ko'tarib oldi
—hoy aqilldan ozdingizmi?—
—oyog'in shilinib yotibdi bunday yura olmaysan—u shunday deya xona tomon yura boshladi. Ularning ketidan Jungkook Taehyung va Jimin ham yurardi. Qiz yo'li tipirchiladi, xonaga kirgach qizni divanga qo'ydi.
—sen uyatsiz ekansan—
—sen?—yoongi qizning yuziga yaqin kelib unga kulgancha qarab turdi qiz esa uni itarib yubordi. Bu holatni ko'rgan yigitlar kulib yuborishdi Jungkookdan boshqa uning ichida rashk olov kabi yonardi. Eshik ochilib kotiba kirib keldi
—janob Yoongi siz etgan narsa—deb Yoongiga berdi. Kotiba chiqib ketishi bilan hamma Yoongining qo'lidagi narsaga qarab turdi. Yoongi qizning qarshisiga biroz tiz choʻkkancha o'tirib paketdan oq rangdagi krasovkani olib qizga kiydira boshladi
Nerea pov
*U nima? Menga oyoq kiyim sotib oldimi? Men uchun?* Qiz ko'zlarini katta qilgancha Yoongiga qaradi.
—ana bo'ldi—deb o'rnidan turdi Yoongi qiz biroz oyoq kiyimga qarab keyin o'rnidan turdi. Jimin va Taehyung qizning Yoongi oldida jimitigina qiz bo'lib turganini koʻrib kulib yuborishdi.
—shart emas edi—
—shart edi, keyingi safar poshnali kiyma kalta ham—
—menga buyruq berma—
—ikkinchi marta sen deding—
—istasam yana sen deyman nima qilasan a nima?—qiz oyog' uchida turib erkakga gapira boshladi erkak bir qoʻli bilan qizning belidan ushlab tanasiga bosdi. Qizning ko'zlari moshday ochilib ketdi erkak qizning qulogʻiga egilib shivirladi
—kechagi qilgan ishimni lekin bu safar toʻxtamayman—erkaknibg bu gapidan qiz bor kuchi bilan uni itarib tashlab xonani tezda tark etdi. Yoongi esa kulgancha qolib ketdi.
Jungkook pov
*Jin ursin bu nima nega ular?... nahotki Yoongi hyung Nereani sevsa? Yo'q bunday bo'lmaydi u mendan boshqasiniki bo'lishiga yo'l qo'ymayman*

.
.
.
.
5—bob yakunlandi
author: Nerea