January 8, 2025

Dangerous 

𝖲𝖾𝗏𝗀𝗂 𝗏𝖺 𝗑𝗂𝗒𝗈𝗇𝖺𝗍 𝗈ʻ𝗋𝗍𝖺𝗌𝗂𝖽𝖺𝗀𝗂 𝗄𝗎𝗋𝖺𝗌𝗁𝖽𝖺, 𝗀ʻ𝗈𝗅𝗂𝖻 𝗁𝖺𝗋 𝖽𝗈𝗂𝗆 𝗁𝖺𝗆 𝗒𝗎𝗋𝖺𝗄 𝖻𝗈ʻ𝗅𝗆𝖺𝗒𝖽𝗂

«𝟭-𝗕𝗢𝗕» || «𝗦𝗔𝗥𝗢𝗬»

Saroyning qizgʻish ipak pardalar ohangda hilpirar, Xitoy imperatori Yu Liang taxtda magʻrur oʻtirar edi. Qarshisida tiz choʻkkancha Diana titrab turar edi. Uning qora koʻzlarida dahshat va umidsizlik aralash edi ammo shunday boʻlsa-da oʻzini bardoshli tutishga harakat qilar edi

— Diana sen qiroling uchun, mamlakating uchun, menga sadoqat bilan xizmat qilishing kerak. Faqat shundagina oilang tirik qoladi

Diananing yuragi qattiq urushni boshlar, u saroyga keltirilganida bu qadar ogʻir tanlov oldida ilojsiz qolishini tasavvur ham qilmagan edi. Onasi va ikki kichik ukasi imperator buyrugʻi bilan qamoqda edi. Ularni qutqarish uchun esa 1 ta shart bor edi

Imperator yana gapirishda davom etdi:

— Korea imperatori Kim Teahyung kuchli ammo hissiyotlarga beriluvchan. Unga yaqinlash ishonchini qozon, va vaqti kelganda uni oʻldir— buyrugʻini qatʼiyat ila bayon qilar ekan yuzida biroz boʻlsada rahim shavqat hissi aks etmagan edi. Imperatorning maqsadi bitta edi u ham boʻlsa Teahyungni yoʻq qilish

— Hukmdorim... Men begunoh odamning qonini toʻkmoqchi emasman. Boshqa yoʻli yoʻqmi?— Diana qirolning qarorini eshitgach vazifasini oʻylab vujudini qoʻrquv va titroq egalladi

— Begunoh? U bizga qarshi urush ochgan. Sen oilangni qutqarishni istaysanmi yoki seni deb ular halok boʻlishinimi? — Yu Liang boshini sekin koʻtarar ekan hali ham qizga qahr ila boqardi. Qizni ikki oʻt orasida qoldirgan oʻzi endi uni qarorini tinglash uchun maʼlum muddat jim boʻldi

—Men Roziman, hukmdorim— dedi nihoyat past ovozda. Diana koʻzlarini yumdiyu tushundiki boshqa yoʻli yoʻq, imperatorni buyrugʻini bajarmasa oilasi halok boʻlardi

— Ajoyib... Eslab qol: sevgi, ishonch va kuch imperator Kimning eng katta zaifligidir. Shu zaiflikdan foydalanib uning yuragini zabt et, keyin esa bergan ishonchini poymol qilib uni yoʻq qil — qizning qarorini maqul koʻrdiyu sekin bosh irgʻadi — endi esa ketishing mumkin ertaga tong karvon ila Koreaga joʻnaysan. Sen qirolga tuxfa qilinadigan qizlardan biri sifatida saroyga kirasan. Tushungan boʻlsang endi ketishing mumkin

Diana hurmat yuzasidan bosh ekgancha xonani tark etdi. Uning qalbida ikki olov qizni jizgʻanak qilib yoqar, oilasini asrab qolish va oʻlim qoʻrquvi edi. Ammo u hali ham bilmas ediki — sevgining oʻzi ham shunday havfli oʻyin...

« ••• »

Bahor tongi endi yorishib kelar ekan, Hashamatli saroy darvozalari oldida uzoq yoʻl bosib kelgan karvon toʻxtadi. Uzoqdan kelgan savdogarlar va xizmatlarkorlar navbatma-navbat tushib, oʻz vazifalarini bajara ketishdi. Karvon ichida joylashgan qimmatbaholigini koʻrinishidan malum boʻlgan, aravadan esa oq ipak parda ortida yashiringan Diana asta- sekinlik bilan tushdi

𝑪𝒉𝒐𝒊 𝑫𝒊𝒂𝒏𝒂

U ilk bor Koreaga qadam qoʻyayotgan edi. Yengil shabada qizni yuziga urilar, mayin tunni eslatuvchi qora sochlarini erkalatgancha oʻynatar edi. Havo nihoyatda musaffo, atrof esa gul iforiga tolib ketgan, ammo qizning koʻngli negadur gʻash edi. Uning ichida qoʻrquv hissi joʻsh urar, ammo uning bajarishi shart boʻlgan topshirigʻi bor. Saroy devorlari baland va mustahkam, ichkarisi esa oʻzining nafosati bilan ajralib tursada, Diana uchun bu devorlar qamoqxonada kabi tuyuldi ammo bu yerda oʻzi emas balki oila aʼzolarining hayoti uchun qolishi kerak edi

Qiz saroyga kirar ekan qulogʻi ostida imperator Yu Liangning soʻzlari jarangladi: "𝒔𝒆𝒗𝒈𝒊 , 𝒊𝒔𝒉𝒐𝒏𝒄𝒉 𝒗𝒂 𝒌𝒖𝒄𝒉 — 𝒊𝒎𝒑𝒆𝒓𝒂𝒕𝒐𝒓𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒆𝒏𝒈 𝒌𝒂𝒕𝒕𝒂 𝒛𝒂𝒊𝒇𝒍𝒊𝒈𝒊𝒅𝒊𝒓. 𝑺𝒉𝒖 𝒛𝒂𝒊𝒇𝒍𝒊𝒌𝒅𝒂𝒏 𝒇𝒐𝒚𝒅𝒂𝒍𝒂𝒏"

—Imperator uchun tayyorlangan qizlarni olib kelishdi!— deya baland ovozda elon qildi soqchilardan biri

Dianani hayajon egallasada oʻzini hotirjam koʻrsatishda davom etar, uning maqsadi aniq imperatorni yoʻq qilish. Boshqa aravalardan qizlar birin ketin tushishar ekan saroy bekasi ularni kutib oldi. Qizlarga yurishlariga ishora qilib oʻzi saf boshida ularga yoʻl koʻrsata ketdi

• 𝘴𝘢𝘳𝘰𝘺𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘪𝘤𝘩𝘬𝘢𝘳𝘪 𝘻𝘢𝘭𝘪𝘨𝘢 𝘬𝘪𝘳𝘨𝘢𝘯𝘪𝘮𝘥𝘢 𝘣𝘶 𝘨𝘰ʻ𝘻𝘢𝘭𝘭𝘪𝘬𝘥𝘢𝘯 𝘩𝘢𝘺𝘳𝘢𝘵𝘥𝘢 𝘲𝘰𝘭𝘥𝘪𝘮. 𝘔𝘢𝘳𝘮𝘢𝘳 𝘱𝘰𝘭𝘭𝘢𝘳, 𝘰𝘭𝘵𝘪𝘯 𝘯𝘢𝘲𝘴𝘩𝘭𝘪 𝘥𝘦𝘷𝘰𝘳𝘭𝘢𝘳, zargarlik 𝘢𝘴𝘢𝘳𝘭𝘢𝘳𝘪. Bu 𝘯𝘢𝘧𝘢𝘲𝘢𝘵 𝘬𝘶𝘤𝘩 𝘣𝘢𝘭𝘬𝘪 𝘣𝘦𝘲𝘪𝘺𝘰𝘴 𝘴𝘢𝘯ʼ𝘢𝘵 𝘯𝘢𝘮𝘶𝘯𝘢𝘴𝘪 𝘩𝘢𝘮 𝘦𝘥𝘪

Diana qizlar bilan birga saroyning hashamatli yoʻlaklaridan oʻtib oʻz xonasiga joylashdi. Hozir ular imperatorning suyukli kanizagi boʻlmagani uchun shu yerda yashashlari zarur toki qirolning eʼtibori ularga tushibgina oltin yoʻlakga chorlamagunicha... Bir xonada 4 ta qiz birga yashashlariga toʻgʻri keldi. Ular ham qirolga hadya sifatida boshqa-boshqa davlatlardan keltirilgan edi.

Barcha qizlarga kerakli kiyim-u zebu ziynatlar tortiq etilgach ular tushlik qilish uchun oshxonaga olib ketildi. Yoʻlda ketishar ekan Dianani oldiga saroy egachisi kelib uni qoʻlidan tutdiyu sal sekin yurishini ishora qildi

— men qirol Yu Liang buyrugʻi bilan bu saroyda jon saqlab qolishingda yordam berish uchun keldim va buni hech kim bilmasin — ayol qizga eshtilarli darajada gapirdiyu uni yana safga qaytishi uchun qoʻyib yubordi

Qizlar ovqatlanish uchun taxtadan yasalgan mustahkam va naqshlari odamni oʻziga rom qila oladigan stol atrofiga oʻtirishar ekan, egachi ularga bir nimani aytish uchun tomoq qirdiyu gap boshladi

— xonimlar tinchlaning... Sizlar bugundan boshlab imperatorning kanizaklarisiz, shunday ekan bu saroyning qoidalariga koʻnikishingiz shart va zarur

— honim, aytishlaricha qirolning birinchi ayoli ham bor emish shu gap rostmi? — ularning orasida Rossiyadan olib kelingan, koʻzlari koʻk boʻlgan qiz eshitgan gapiga ishonch hosil qilish uchun qiziqqonlik bilan savol berdi

— ha bu rost.... Va siz qirolichani hurmat qilishingiz shart. Hech qachon ularni yonlarida oʻzingizni koʻz koʻz qilmang aks holda bu chiroyli boʻyningizdan arqon tortilishi hech gap emas. Hammasi tushunarli boʻlsa ovqatlanishni boshlang

• 𝘘𝘢𝘳𝘴𝘩𝘪𝘮𝘥𝘢 𝘵𝘶𝘳𝘭𝘪 𝘥𝘢𝘷𝘭𝘢𝘵𝘭𝘢𝘳𝘥𝘢𝘯 𝘣𝘶 𝘺𝘦𝘳𝘨𝘢 𝘰𝘭𝘪𝘣 𝘬𝘦𝘭𝘪𝘯𝘨𝘢𝘯 𝘲𝘪𝘻𝘭𝘢𝘳𝘯𝘪 𝘬𝘰ʻ𝘳𝘢𝘳 𝘦𝘬𝘢𝘯𝘮𝘢𝘯 ularni 𝘣𝘢𝘳𝘪 𝘩𝘶𝘥𝘣𝘪𝘯 𝘷𝘢 𝘧𝘢𝘲𝘢𝘵 𝘰ʻ𝘻𝘪𝘯𝘪 𝘰ʻ𝘺𝘭𝘢𝘴𝘩𝘪 𝘰𝘺𝘥𝘦𝘬 𝘯𝘢𝘮𝘰𝘺𝘰𝘯 𝘢𝘮𝘮𝘰 𝘧𝘢𝘲𝘢𝘵 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘪𝘯𝘢 𝘲𝘪𝘻, 𝘶 𝘴𝘢𝘭 𝘰𝘭𝘥𝘪𝘯 𝘴𝘢𝘷𝘰𝘭 𝘣𝘦𝘳𝘨𝘢𝘯 𝘦𝘥𝘪. 𝘔𝘦𝘯𝘪𝘮𝘤𝘩𝘢 𝘬𝘰ʻ𝘳𝘪𝘯𝘪𝘴𝘩𝘪𝘥𝘢𝘯 𝘷𝘢 𝘰𝘷𝘲𝘢𝘵 tayoqchalarini 𝘵𝘰ʻ𝘨ʻ𝘳𝘪 𝘶𝘴𝘩𝘭𝘢𝘺 𝘰𝘭𝘮𝘢𝘴𝘭𝘪𝘨𝘪𝘨𝘢 𝘲𝘢𝘳𝘢𝘨𝘢𝘯𝘥𝘢 𝘶 𝘙𝘰𝘴𝘴𝘪𝘺𝘢𝘭𝘪𝘬

Diana ortiq qizni tayoqchalarni ushlay olmay qiynalishiga qarab tura olmas, sekin tayoqchalarni qizni qoʻlidan oldida unga qanday qilib undan foydalanishni koʻrsatdi. Biroz hato boʻlsada endi u bu tayoqchalarga koʻnika boshlagan, och boʻlgani uchun tez-tez qaynatilgan guruchni ogʻziga solar, Diana esa buni zavq bilan tomosha qilib turdi

Qizlar ovqatlanib boʻlgach yana xonalari tomon odimlashdi. Qizlarning qolgan ikkisi allaqachon birga boʻlib olgan ammo Diana kam gapligi uchun ularga hali qoʻshilmagan edi.

— hoy ahvollar qalay? Men Annaman. Senchi?— oʻsha Rossiyalik koʻzlari moviy qiz Dianani oldiga bordi va oʻzini tanishtirdi

— Anna, chiroyli ism ekan. Men Choi Dianaman— Diana xona tomon harakatlanar ekan yoʻl yoʻlakay qizga koʻz tashlab qoʻyar edi

Qizlar xonalari tomon harakatlanishar ekan ularga qarama- qarshi tomonda imperatorning birinchi ayoli Jeon Jungsu oʻz kanizaklari bilan kelar, ularni koʻrgan beka Cha toʻxtadi va qirolichaga tazim ayladi. Qirolicha goʻzal koʻrinishga ega boʻlsada qalbi buni aksi edi

𝐽𝑒𝑜𝑛 𝐽𝑢𝑛𝑔𝑠𝑢

— bular imperator uchun olib kelingan qizlarmi?... Yomon emas, beka Cha ularga koʻz quloq boʻling, oʻzlarini yuqotib imperatorga oshiq boʻlib oʻtitishmasin yana, ular bu yerga faqat qirol uchun voris dunyoga keltirish uchun kelishgan— Jungsu gaplarini uqtirgancha qizlarni oldidan viqor ila oʻtib ketdi

— bu yana kim boʻldi?— Diana qiziqgancha faqatgina Annaga eshtilarli darajada gapirdi

— Jeon Jungsu... Imperatorning birinchi ayoli. U faqatgina ikki davlat birlashishi uchun oila qurgan ammo voris dunyoga keltira olmasligi marosimdan keyin malum boʻlgan. Magʻrurliginichi buni— Anna eshitgan gaplarini oqizmay tomizmay gapirib berdi

— tushunarli...— qizlar xonalariga yetib kelgach ularga saroy tanishtirila boshlandi. Kutubxonaga kirish mumkin emasligi aytildiyu ammo boʻsh vaqt topishsa bogʻga borishlari mumkinligi ularni ozgina boʻlsada hursand qildi

Shu tariqa vaqt oʻtdi. Quyosh ham oʻz oʻrnini zangori oyga boʻshatib bergach qizlar orom olish uchun yotoqlariga joylashishdi. Ammo tun boʻlsada yangi joyga oʻrgana olmagan Diana uxlay olmasligini fahmlagach hech kimni uygʻotmaslik uchun oyoq uchida yurib xonani tark etdi

𝐷𝑖𝑎𝑛𝑎

Tunda osmon musaffo, oppoq oy nuri butun saroy boʻgʻini kumush rangga boʻyab yuborgan, shamol yengil esar, mayin gul ifori atrofga taralar, uzoqdagi chiroqlar esa huddi yulduzlardek miltillardi. Saroyning jimjit devorlari ortida faqat tungi qushlarning sokin ovozi eshitilar edi

Bogʻ sokin, oy nurida oppoq kameliyalar gʻuj boʻlib ochilgan huddi tong yorishib ketganday goʻyo. Diana ularga mahliyo boʻlib qarab oʻtirar ekan koʻngli behuzur boʻla boshladi ammo shu goʻzallik negadur uni biroz tinchlantirgandek tuyuldi

Shu payt bogʻning narigi chetida kimningdir qadamlari eshitildi. Diana qadam egasini koʻrish uchun boshini koʻtardiyu u yerda bir yigitga duch keldi. Baland boʻyli, ustida koʻk libos bor, yuzining yarmini soyalar yashirgan ha turgandi. Uning yurishida sokinlik, lekin qandaydir viqor va magʻrurlik yashiringandi

— kimsan?!— Diana soyalar ortiga yashiringan kimsaning nega buyerdaligini bilmas, uni negadir vahima oʻz iskanjasiga oldi

— nega hali ham uhlamadingiz?— Vanihoyat qorongʻulikdan mayin ammo qatʼiy ovoz yangradi

«𝗧𝗛𝗘 𝗘𝗡𝗗» || «𝟭-𝗕𝗢𝗕» || «𝗦𝗔𝗥𝗢𝗬»