Devil and his doll
Sevgi esa fido va sirlar ichida yashaydi.
Hayotga qaytish uchun kimdir yo‘qolishi kerak,
Lekin ba'zan haqiqatni yashirish sevgan qalbni himoya qiladi
—Umuman oʻzgarmabsan azizam—yigit eshikka suyangancha qizga jilmayib turar edi
—jungkook...sen qanday qilib bu yerga kelding?— jungkookni aqldan ozgan deyishgani uchun qiz uni qarshisida koʻrib turgani uchun hayron qoldi
—aql joyida emas deyishgan shekilli senga...men ancha oldin tuzalgan edim...balkim uyingga kirgizarsan?—qiz shoshib qoldiyu yigitni mehmonxonaga taklif qildi. Qarama qarshi stollarga oʻtirishar ekan yigit qizni koʻzdan kechira boshladi
—kofe yoki suv ichishni hohlaysanmi?
—yoʻq hech narsa kerak emas. Sen bilan gaplashib olish uchun bu yerga keldim... Seni topish uchun bir necha kunlab mingyuni kuzatib yurishimga toʻgʻri keldi. Va nihoyat seni topdim... Maqsadga oʻtsam seni oʻzim bilan uzoqlarga olib ketmoqchiman, va ertaga reysing borligini ham bilaman shuning uchun men ham chipta oldim. Sen bilan birga Amerikaga uchib ketamiz. Bizni hech kim topa olmaydi.
—ammo sen bilan birga boʻlsam, sen uchun muammo tugʻdirishim mumkin... Men ham sen bilan ketishni hohlayman ammo, senga nimadir boʻlsachi?
— qoʻrqma, menga hech narsa boʻlmaydi...men har doim yoningda boʻlaman, seni himoya qilaman...shunchaki yonimda boʻlsang bas, rozimisan?
—...mayli...— biroz ikkilanib turdiyu keyin yigitni taklifiga rozi boʻldi
—rahmat!— yigit hursandligidan oʻrnidan turdida Aeinni qattiq bagʻriga bosdi. — judayam hursandman, endi sen bilan butun umr birga boʻlamiz seni umuman qoʻyib yubormayman. Hech qachon
Aeroport yoʻlaklari boʻylab ikki juftlik harakatlanar ekan baxtliligi yuzidan malum edi. Kerakli samalyotga joylashishar ekan, reys 4-5 soatdan keyin Amerikaga qoʻndi.
New Yorkga yetib kelishgach buyurtma qilingan mehmonxonaga kelishdi. Shu tariqa ular bir yil Amerikada yashashdi. Va bir kuni Jungkook qizga turmush qurish taklifini oyning goʻzal nurlari ostida berdi
Va ha degan javobni olgach oradan koʻp vaqt oʻtmay toʻy ham qilishdi. Barcha yaqinlari toʻy kuni ularni tabriklash uchun yigʻilishdi. Barchasi ajoyib ketayotgan edi, mingyu va Jungkookning singlisi Mia uchrashayotganliklarini Elon qilishdi...
Oradan yillar oʻtib juda yaxshi habar keldi. Ular ota ona boʻlishdi. Bitta emas naqd ikkita oʻgʻilli boʻlishdi. Hozirda ular juda ahil va baxtli oilalardan biri
Shu paytgacha men bilan birga boʻlganingiz uchun rahmat cherries, bu fanfikni yozish uchun ancha vaqtim ketdi,hech boʻlmasam bugun final uchun fikr yozarsiz?