𝐒𝐄𝐕𝐆𝐈𝐃𝐀𝐍 𝐘𝐈𝐑𝐎𝐐 𝐐𝐀𝐋𝐁𝐋𝐀𝐑
Aeinda qiziquvchanlik daryosi toʻlib toshgani bois yoʻlak boʻylab oxirgi xona eshigi oldida toʻxtadi. Eshikning yarim ochilgan darchasidan ichkariga moʻraladi-yu, guvohi boʻlgan narsani rost ekanligiga ishonmadi. Ustidagi libosini kiyim deb atashga til bormaydigan, tanasining maʼlum qismlarini bemalol koʻrish mumkin boʻlgan, qisqasi qizni yarim yalangʻoch deb atash mumkin edi. Scoups bir necha soatlardan beri yigitni qoʻlidan ushlab tinmay yalinayotgan qizni qoʻllarini siltab tashladi.
—boʻldi bas qil, bugun kayfiyatim yaxshi emas, shunday ekan oʻzingga boshqa qondiruvchi inson top. Qani endi ket, Jessi) yigit qahr aralash ohangda eshik tomon ishora qilib qizni uydan chiqib ketishini buyurdi.
—Scoups, nega tushunmaysan? Ular senchalib meni ajoyib hislarga chulgʻay olmaydi. Iltimos faqatgina bugun, ahir buni oʻzing ham hohlab turganing aniqku) makkor koʻzlari bilan har gal har xil yigitlarni oʻziga sehrlab qoʻygan qizning bu safargi ovi baroridan kelmas, bu xiyla aralashgan soʻzlari-u suykalishlari ish bermadi.
—Jessi yana qancha aytay hozir meni muhim ishlarim bo-) yigit qizga takror takror aytayotgan gaplarini yetqazar ekan eshik oldidagi insonning soyasini koʻrdiyu Jessini oʻzidan uzoqlashtirdi. Xona kichik boʻlgani uchun ikki qadam tashlashda eshik oldiga borgan yigit, uni ortidagi insonni koʻrish uchun eshikni tezlik bilan itarib ochdi.
Qarshida Aeinni koʻrgach kiyimini old qismidagi, Jessi sabab ochilgan tugmalarni tezda yopti. Ust boshini toʻgʻirlagach biroz oʻrtaga tushgan koʻngilni buzdi.
-aein, nega kelding? Haligi aytmoqchiydimki, biron bir muhim gaping bormi? Har holda kelishingdan oldin qoʻngʻiroq qilishing kerak edi) qizni koʻzlariga tik qaray olmas, nigohini undan olib qochar edi
-men shunchaki... Hech qanday muhim gapim yoʻq, ha aytgancha uzur bezovta qilganim uchun) Aein ketishga hozirlik koʻrib, qadamlarini chiqish eshigi tomon burganda ingichka bilaklaridan tutgan Scoupsning baquvvat qoʻli sabab ortiga qarashga majbur boʻldi
-Yoʻq, toʻxta. Aein sen hammasini notoʻgʻri tushunding. Men shunchaki... Men) yigit keyingi soʻzlarini qanday aytishni bilmay, haqiqatni aytishi kerakmi yoki yoʻq ikkilanib qoldi.
-scoups men oʻzim uchun kerakli narsani tushundim. Ammo, seni bunaqa ishlar qiladi deb oʻylamagan edim... Ha, albatta axir sen boy va chiroylisan, hohlagan ayolingni oʻzingniki qila olasan. Qanday axmoqmana? Seni bunchalik jirkanch ishlarga qoʻl urasan degan fikr hayolimni uchiga ham kelmagan edi. Mayli, endi boshlagan ishingni davom ettir, axir seni kutib qolishdi...Endi esa meni qoʻyib yubor) Aein ancha yillik yaqin doʻsti boʻlib ulgurgan Scoupsni bu ishlar bilan shugʻullanishiga hali ham ishona olmas, guvohi boʻlgan voqeasi sabab yigitga boʻlgan fikri oʻzgara boshlaganini sezmaslik mumkin emas edi.
-Aein, meni ham tushun! Menda ham istaklar bor axir! Men erkak kishiman!..Ammo qasam ichaman bu ayollar faqat istaklarimni qondirish uchungina holos bundan koʻpi boʻlishi ham mumkin emas, baribir ham senga nima? Hoʻsh axir shunchaki doʻstmiz!) qizni gaplarini bir muddat jim turib eshitdi yu ancha paytdan beri jilovlab turgan gʻazabiga taslim boʻlib qizga biroz baland ovozda gapirganini oʻzi ham sezmagan edi sezganda ham endi kech boʻlgandi
-...ha, toʻgʻri shunchaki doʻstmiz, seni ishlaringga aralashmasligim kerak edi. Axir seni ham oʻz hayoting bor. Senga kim boʻlibmanki hayotingga aralashmani, shundaymi? Menimcha endi ketishim kerak) hech qachon Scoups Aeinga ovozini balandlatmagan edi ammo bugun bu odat buzildi. Va bu ancha yomon oqibatga olib kelishi tayin edi.
Aein bilagidan tutgan qoʻlni bir urinishda siltab tashladiyu uyni tark etdi. Scoups qizni ketishini jim turib kuzatar ekan, na uni ortidan borib uzur soʻray olardi na hammasi koʻz yuma olar edi. Ikki oʻt orasida qolgan yigit ilojsiz dengizining tubida oʻz yuragi va gʻururi bilan kurashar edi. Yuragi– gʻururini chetga surib qizni ortidan borishini buyursa, gʻururi– hozir qizni oʻz holiga qoʻyishini maqul koʻrar edi...
-hoʻsh, endi nima qilmoqchisan? Ortidan borib qolishini soʻrab yalinasanmi? Yoki men bilan qolib biroz koʻngil hushlik qilasanmi? Tanlov seni qoʻlingda azizim~... Agar meni tanlasang bonusga bugungi tunni bepul sovgʻa qilaman...yaxshilab oʻyla~)Barcha ishlarni bir chetdan tabassum bilan kuzatib turgan Jessi kichik qadamlari bilan yigitga yaqinlashib keldiyu masqara qilgancha gap boshladi va oʻz niyatini bildirdi.
-... yechin) biroz sukunatga botdiyu bir qarorga kelgach ortidagi ayolga buyruq ohangida gapirdi
-sen aytasanu men yoʻq deymanmi?~ yuraqol bugun seni eng baxtli erkakga aylantiraman) yigit qoʻllaridan tutgancha xona tomon yura boshladi...
qiz yana oʻsha koʻchalar boʻylab yurib borar ekan aniq manzilni koʻzlamaganligi uchun boshi oqqan tomonga yura boshladi. Biroz vaqt oʻtib dugonasini uyiga qaror quldiyu yoʻl chetida turib taksi toʻxtatishga qaror qildi. Ammo deyarli yarim tun boʻlgani uchun Seul koʻchalari mashinalar qatnovi kamaygan edi. Biroz vaqt oʻtgan qizni oldiga tanish qora mashina toʻxtar ekan, mashinaning qora oynasi sekin ochildi.
Shunday qimmat mashina nega aynan Aeinni oldiga kelib toʻxtagani, qiz derazadan qarab turgan yigitni koʻrgandan soʻng anglab yetdi. Yigit qizga oʻlik nigohlari bilan teshib yuborgudek qarar ekan, qizni tanasini sovuq ter bosa boshladi
-oʻtir, senga uydan qochganing uchun shaxsan oʻzim yaxshigina dars berib qoʻyaman) mingyu qizga oʻtirishini ishora qilar ekan Aein buyruq rad etib, oʻz yoʻlida davom etish uchun bir qadam tashlagandi hamki. Mashina eshigi ochildi va yigit bir qadam tashlashda qizga yetib oldi va yoʻlini katta tanasi bilan toʻsdi
-yaxshilikcha mashinaga oʻtir yoʻqsa-) gapini tugatishga ulgurmay turib Aein qoʻrs ohangda uni buzdi
-yoʻqsa nima? Urasanmi? )koʻnglida ancha vaqtdan beri saqlab yurgan ajdarho jilovidan chiqib ketdi. Qizni qarshiligga qarama bir qoʻlida yelkasiga opichlab olgancha ikkinchi boʻsh qoʻli bilan mashina eshigini ochdiyu qizni oʻrindiqga kamar bilan mahkamlab qoʻydi. Oʻzi ham qizni yonidan joy olgach, haydovchiga kichik ishora qildiyu mashina tuman kabi Seul koʻchalaridan gʻoyib boʻldi...