December 7, 2024

Devil and his doll 

𝙃𝙞𝙠𝙤𝙮𝙖𝙢𝙞𝙯 𝙝𝙖𝙢 𝙤𝙭𝙞𝙧𝙡𝙖𝙗 𝙦𝙤𝙡𝙙𝙞...

\\ • 𝗗𝗘𝗩𝗜𝗟 𝗔𝗡𝗗 𝗛𝗜𝗦 𝗗𝗢𝗟𝗟 • //

\\ • 𝗘𝗣𝗜𝗦𝗢𝗗𝗘 𝟵 • //

\\ • 𝗛𝗔𝗤𝗜𝗤𝗔𝗧 • //

\\ • 𝗪𝗥𝗜𝗧𝗘𝗥: 𝗠𝗢𝗥𝗘𝗔𝗥𝗘 𝗔𝗘𝗜𝗡 • //

\\ • 𝗖𝗛𝗔𝗡𝗡𝗘𝗟: 𝗡𝗜𝗚𝗛𝗧 𝗙𝗔𝗡𝗙𝗜𝗖 • //

•Seul koʻchalarida yoshlar sabab gavjum boʻlgan parkda oʻz muhabbatini koʻrgan yigitning tanasi boshdan oyoq muzlab qolgandek goʻyo joyidan bir qadam ham jila olmas edi.

\\ • 𝗝𝗨𝗡𝗚𝗞𝗢𝗢𝗞 • //

Yana oʻsha eski goʻzal hotiralar yodga olinganda, ularni kichik boʻlsada qalbimga ozor berishga arzigulik katta oʻrni bor. Ichimda bir ovoz yuqotgan nurimni yana uchratganimni takidlar edi, ammo bir qadam ham oldinga yura olmas edim. Goʻyoki nimadir yurishimga toʻsqinlik qilayotgandek edi. Ancha yildan beri koʻrmagan insonimni koʻrish juda gʻalati, uni menga oʻlgan deyishga edi. Ammo aksincha u tirik va hozir mendan bir necha qadam uzoqdagina holos...

Vanihoyat vujudimda kuch topib Aein tomon yaqinlasha boshladim. Afsuski olomon sabab uni yana ikkinchi bor yoʻqotdim. Goʻyoki tush koʻrgandekman, bir daqiqada qarshimda turgan inson sharpadek gʻoyib boʻldi....balkim rostan ham bu sharpadir...ammo juda haqiqiydek goʻyo...

•Yigit oʻy hayollari dengiziga shoʻngʻigan chogʻi Mingyuning ovozi sabab dengiz tubidan quruqlikka chiqdi. Atrofdagi insonlarning baland tovushlari musiqa bilan aralashgani sababli Mingyu gaplari yigitning qulogʻiga aytishga majbur boʻldi

-jungkook, yur. Kech boʻlib qoldi ketishimiz kerak...—Mingyu yigitni yelkasiga qoʻllarini qoʻyib oʻzi bilan mashina tomon olib borar ekan, yigitni hayoli hali ham qizda edi. Koʻrgan manzarasi rostmidi yoki sogʻinchdan paydo boʻlgan hayol mahsulimidi?...

•Ikki yigit ham mashinaga joylashgach yoʻnalishni Jungkookning villasi tomon burishdi. Yoʻl boʻyi tinchlin hujukronlik surar ekan bu tinchlikni Jungkook buzishga majbur boʻldi.

-Mingyu ... Men Aeinni koʻrdim, u meni koʻrishga kelgan ekan, Negadir ketib qoldi. Menimcha mendan hafa boʻlgan. Uni koʻnglini olishim kerak. Ammo nima qilsam ekan? Menga yordam ber Mingyu iltimos — yosh bolalarcha havotirli koʻzlari bilan Mingyu boqar ekan, biroz oraga choʻkkan sukutdan soʻng Mingyu javob berish uchun toʻgʻri soʻzlarni topdi.

-Aeinni hursand qilmoqchi boʻlsang, oʻz vaqtida ovqalan va oʻz vaqtida uxla. Shundagina Aein hursand boʻladi. Tushundingmi?— doʻstini biroz boʻlsada yupatgan boʻldiyu, yana nigohlarini yoʻlga qaratib mashinani yashin tezligida villaga olib keldi.

\\ ••• //

Villaning faqatgina bir nechta chirogʻi yoniq boʻlishiga qaramay, nim qorongʻu xonalarda harakatlanish oson edi. Mia ikkinchi qavatdan tushib borar ekan eshik ochilgani uchun zavq ila uyga tashrif buyurgan insonni koʻrishga oshiqib oldinga shaxtam qadam tashladi.

•Villaning faqatgina bir nechta chirogʻi yoniq boʻlishiga qaramay, nim qorongʻu xonalarda harakatlanish oson edi. Mia ikkinchi qavatdan tushib borar ekan eshik ochilgani uchun zavq ila uyga tashrif buyurgan insonni koʻrishga oshiqib oldinga shaxtam qadam tashladi.

•eshik ochilar ekan birinchi boʻlib Jungkookning tanasi uyda paydo boʻldiyu ortidan mingyu kirib kelar ekan, yigitni koʻrgan Mianing yuzida kichik tabbasum paydo boʻldi.

•jungkook lom-lum demay oʻz xonasiga yoʻnalar ekan, Mia Mingyu bilan biroz boʻlsada suhbat qurish istagida unga yaqinlashdi. Mingyu Jungkookni zinalardan koʻtarilib oʻz xonasiga kirib ketmagunigacha nigohi uzmas edi. Xona eshigining yopilgan ovozini eshitgach, unga tabbassum bilan boqib turgan Miaga koʻz tashladi

-Biz ovqatlandik, sen ham biron narsa yeb ol. Meni hozir muhim ishlarim bor ertaga tongda yana kelaman. Jungkook bilan shifoxonaga boramiz. Tez orada tuzalib ketadi deb umid qilaman) yuzida iliq ifoda bilan Miaga soʻzlar ekan, gaplarini oʻz nihoyasiga yetkazgach ketish uchun shaylandiyu, qizning gaplarini uni toʻxtatib qoldi

-toʻxtang—behosdan aytilgan gap sabab keyin nima deyishini hatto oʻylamagan Mia endi nima deyishi kerakligini oʻylab, bahona qidira boshladi—Haligi...balkim biron narsa icharsiz, axir akam bilan kun boʻyi birga boʻldingiz. Sizni charchatgandirlar...—bahona qilishga gap koʻp ediyu ammo oʻylashga vaqt yoʻq edi. Shu sabab birinchi hayoliga kelgan gapni baland ovozda aytgach anchagina pushaymonlar yegan qiz endi bu gaplarini qaytarib olishi amrimahol edi.

-Rahmat. Ammo menga hech narsa kerak emas, chunki Jungkook meni yaqin doʻstim ogʻir kunimda ham yonimda turdi. Endi meni navbatim — qizning mehribonligidan yuziga kichik tabassum olgan yigit mamnun ovoz soʻzlay boshladi — mehribonlik uchun esa alohida rahmat. Anchagina ulgʻayibsan, muffin~

// • 𝗠𝗜𝗔 • \\

Kichkina qizcha edim. Oʻshanda Mingyuni birinchi marta koʻrgan edim-u, unga nisbatan nimadir yuragimni egallab olgan edi. Har doim uyimizga kelgani uchalamiz birga oʻynar edik. Oyim har doim <Ular oʻgʻil bola sen ular bilan emas qizlar bilan birga oʻynashing kerak> deb tanbeh berar edilar. Ammo ular bilan oʻtgan damlarim hayotimdagi eng baxtli vaqt boʻlgan desam yolgʻon boʻlmas, ular meni hayotim mazmuniga aylanishgan. Mingyuga kelsak, u meni yoshligimdan <MUFFIN> deb chaqirar edi. Bu menga yoqishini inkor qila olmayman...

•Mingyu qadamlarini uydan tashqariga qoʻygach sal uzoqroqda joylashgan mashinasini choʻntagidan olgan kaliti bilan ochdiyu malum bir hudud tomon mashinani oʻt oldirib tutin kabi uyni tark etdi

// ••• \\

•shinam uyning oshxonasida pishir-kuydir bilan band boʻlgan qiz muzlatkichdan oʻzi uchun kerakli boʻlgan masalliqlarni olgach yana stol yoniga odimladiyu, sabzavotlarni toʻgʻray boshladi. Oʻz ishlari bilan mashgʻul boʻlgan qiz eshikning taqqilaganini birinchi safariga eshitmagan eshik qoʻngʻirogʻi yana koʻproq jiringladiyu qiz ishini toʻxtatib, eshik tomon bordi. Eshik tirqichidan qaragach tanish chehraga duch keldi.

•eshikni ochishi bilan Mingyuni nimadirdan bezovtaligini sezdiyu ortiqcha gapirmay uni ichkariga taklif qildi. Xonalar boʻylab yurib bir necha marotaba boʻlgan mehmonxona kirgach tanasini bor ogʻirligicha kresloga tashladi. Boshini ortga tashlagancha biroz shiftga termulib turdi. Oradagi gʻalati sukutni buzgan qiz xona boʻylab yigitni qarshisiga kelib turib olib unga qoshlarini chimirgancha savol berishni boshladi

-Mingyu. Kech boʻlganda nima seni bu yerga olib keldi?—yigitning tashrifini bilishni hohlagan qiz savollar ila javob qidira boshladi

-Nega bugun koʻchaga chiqding? Axir aytgan edimki bugun Jungkookni bogʻga olib boraman deb. Habaring boʻlmasa ham mayli edi huddi bilib turib qilgandeksan Aein — biroz oʻyga toldiyu qizga qahrli nigoh bilan tikildiyu yana tilga kirdi — balkim, ataylab qilgandursan. Ataylab Jungkook seni koʻrib qolishi va yana seni deb qiynalishini hohlagandurdan!

-Mingyu, men ataylab qilmadim... Agar afsuslanayotgan boʻlsang nega meni yana bu dunyoga qaytarding?—berilgan savol sabab oʻsha qorongʻu kun yodga olindi. Oʻsha mutxish kun, Mingyu Aeinni oʻlimdan saqlab qolgan edi

// • 𝗙𝗟𝗔𝗦𝗛𝗕𝗔𝗖𝗞 • \\

•Mingyu Aeinning jonsiz muzdek tanasini koʻtarib olib ketar ekan, kichik toʻrt burchak shaklida tayyorlangan naqshlar bilan boʻrttirilgan tosh haykalga joylashtirar, qizning tanasida kichik nurlar jilolana boshladi. Toshdan uncha uzoqda boʻlmagan joyda joylashgan allaqanday davrdan beri saqlanib kelinayotgan sehr kitobining ochilishi, va uning varaqlaridan taralayotgan nur sabab qorongʻu zal yorishdi.

•Mingyu kerakli bobni ochgach sehr joduga limmo-lim soʻzlarni baralla oʻqiy boshladi. Havoda hosil boʻlayotgan oltin naqshli harflar tosh ustidagi jonsiz tanani egallay boshladi. Sehr soʻzlari oxirlab borar ekan, qizning tanasida hayot belgilari yana paydo boʻla boshladi.

•nihoyat afsun soʻzlari tugati atrof yana qorongʻulikni qarshiladi ammo tosh ustida yotgan inson sekin koʻzlarini ochdi. Sehr oʻz ishini bajardi. Qiz yana hayotga qaytdi. Koʻzlari qorongʻulikka oʻrgangach, qayerdaligini angladiyu yon tomonida harakatni sezgach boshini sekin shu tomon burdi. Bir necha kun oldin koʻrgan insoni bugun uni oʻlim changalidan qutqarib qoldi

•kichik qadamlar bilan tosh oldida toʻxtagan yigit qizni tanasida chandiq yoki yara qolmaganligiga amin boʻlgach biroz sukunatdan soʻng gap boshladi

-Endi yana yashash imkoning bor, lekin bir shart bilan... Jungkookni hayotidan yoʻq boʻlib ketasan. Huddi oldingidek hayot kechirishingni taʼminlayman. Evaziga jungkookni tinch qoʻysang bas... Sen uchun Amerikada uy sotib oldim, hujjatlaringni sohtalashtiramiz. Tez orada bu yerni tark etasan huddi umuman paydo boʻlmagandek... Tushundingmi?— sovuq nigohlariga duch kelgan qiz sekin qoʻzgʻala oʻrnidan turdi-yu nima qilishi kerakligi haqida biroz oʻylanib qoldi. Mingyu haq Aein sabab Jungkookning hayotini doʻzaxdan farqi qolmagan edi.

// • 𝗔𝗘𝗜𝗡 • \\

boshim qotdi. Men uchun jonini bermoqchi boʻlgan insonni bu azoblar ichra yolgʻiz qoldirib, hech narsa boʻlmagandek bu yerdan ketaymi? Yoki, yana uni oldiga qaytib men sabab boshi kulfatdan chiqmasligiga sababchi boʻlaymi? Aslida Mingyu haq. Men Jungkookga bosh ogʻriqdan boshqasini olib kelmayman. Yaxshisi uni tinch qoʻyganim afzal

•Uzoq muddatli oʻylovdan soʻng bir qarorga kelgan Aein ilojsizligidan Mingyuni taklifiga rozi boʻlishga majbur boʻldi va rozi boʻldi ham...

\\ • 𝗖𝗢𝗠𝗘𝗕𝗔𝗖𝗞 • //

-...bunisi bilan ishing boʻlmasin... Qaytib bu ishni takrorlama. Ertaga tunda new Yorkga uchib ketasan, ovqatlangach tezroq uxla. Ertalab oʻzim seni airaportgacha kuzatib qoʻyaman, tushunarlimi? — gapirish mobaynida beparvolarcha sochini orqaga silar edi

-ha tushundim — ...yigit oʻz uyiga ketgach Aein yuvinish xonasiga tinchlanish uchun bordi. Kiyimlaridan halos boʻlgach. Shishali dushga qadam bosdiyu iliq suvni tanasini silashiga qoʻyib berdi. Tashqaridan eshitganda bu suvning shivirlash tovushi quloqga yoqimsizdek tuyular goʻyo ammo shisha devorlar ichida bu tovushdan rohatlanayotgan inson bor edi...

Bir necha soat dushda suv ostida oʻylari orasida yuqolib qolgan qiz, hayollarini yigʻib shisha eshikni itarib ochdiyu yalang tanasiga oq xalatni ilib yotoq tomon harakatlandi. Oʻzini yotoqga otgach shiftga tikilib turdiyu eshik qoʻngʻirogʻi sabab hayol dengizini tark etdi

-deyarli yarim tun boʻldi. Kim boʻldi ekana? — tezda yupqaroq kiyimlariga joylashgach eshik tomon oshiqdi. Biroz oʻylanib turdiyu eshik ochdi...

-Salom Azizam... Umuman oʻzgarmabsan~...

// • 𝗗𝗘𝗩𝗜𝗟 𝗔𝗡𝗗 𝗛𝗜𝗦 𝗗𝗢𝗟𝗟 • \\

// • 𝗘𝗣𝗜𝗦𝗢𝗗𝗘 9 • \\

// • 𝗛𝗔𝗤𝗜𝗤𝗔𝗧 • \\

// • 𝗪𝗥𝗜𝗧𝗘𝗥: 𝗠𝗢𝗥𝗘𝗔𝗥𝗘 𝗔𝗘𝗜𝗡 • \\

// • 𝗖𝗛𝗔𝗡𝗡𝗘𝗟: 𝗡𝗜𝗚𝗛𝗧 𝗙𝗔𝗡𝗙𝗜𝗖 • \\

// • 𝗧𝗛𝗘 𝗘𝗡𝗗 • \\