BUZILGAN DRAMA 🔞
5-qism
ㅤㅤ
U Jeon Jungkookning atigi uch kun avval rafiqasiga aylangan ayol edi. Koʻzlarida hanuz yosh yaltirab turar, yuzida esa begʻuborlik va masumlik aks etardi. Goʻyo taqdir uni bu uyga, aynan mening qarshimga ataylab yetaklab kelgandek....
ㅤㅤ
Uzoq vaqt xonamda qolib ketganimdan soʻng men tashqariga ayolning yoniga chiqdim.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Kechirasiz. Ahvolingiz yaxshi emasdek tuyulyapti.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Hammasi joyida.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Lekin lablaringiz.... Ular oqarib ketgan
ㅤㅤ
Ayolning ko'rinishi chindan ham yaxshi emas edi. Men tez yordamga qoʻngʻiroq qilish uchun yugurgancha ichlariga kirib Mobil telefonim orqali ularga qoʻngʻiroq qildim. Va yana uning yoniga oshiqdim
ㅤㅤ
Uning nafas olish ritmi hammadan farqli ravishda gʻalati edi. Yerga tizzab oʻtirib qolgan lablari oqargan koʻzlari esa biroz qizargandek tuyildi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Tez yordamga qoʻngʻiroq qildim..hozir ular kelishadi
ㅤㅤ— Iltimos sumkamni keltiring.
ㅤㅤ
Men tezda uning sumkasini olib bordim. U qandaydir dorilarni olib ichganidan soʻng o'ziga biroz kelganga o'xshardi. Ammo barbir unda qandaydir kasallik alomatlari bor edi.
ㅤㅤ
Oradan chamasi o'n besh daqiqa oʻtgach tez yordam mashinasi kelib Jeonning ayolni koʻzdan kechirishdi. Men esa ularni yolgʻiz qoldirdim.
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ••••ㅤㅤ
ㅤㅤ
ㅤㅤ— So'nggi kunlarda tez tez shunday bo'lyapti.
ㅤㅤ
Shifokor ayol o'ylanib qoldi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Ohirgi marotaba qachon hayz koʻrdingiz.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— o'tgan oy 17- dekabrda.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— tushunarli. Biz bilan birga shifoxonaga borasiz va HGCHga qon topshirasiz. Embrion hali kichik, test orqali aniq javob ola olmaymiz
ㅤㅤ
Men biroz hayron qoldim . Necha yildan beri yurak yetishmovchiligida davolansam ham Embrion HGCH taxlillari haqida hech narsa eshitmaganman. Nima bu yana bir kasallikmidi?
ㅤㅤ
ㅤㅤ— men hech narsani tushunmayapman.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Iltimos Sohe xonim. Avval biz aytgan analizni topshiring. Javoblarga qarab sizga aniq tashxis qoʻya olamiz. Hozir sizni havotirga solishni istamaymiz
Men boshqa biror bir soʻz demadim. Boshimga kelmagan yana nima qoldi oʻzi? Meni endi hech narsa qiziqtirmasdi. Jeonning sevgilisini koʻrgan vaqtimdayoq yuragim ruhan urishdan toʻxtab qolgan.
Ular bilan shifoxonaga bordim, aytgan barcha narsalar uchun qon topshirdim
Taxlil natijalari esa bir soatda tayyor boʻldi. Ularni qoʻlimga olgancha shifokor huzuriga kirdim. U javoblarni birma bir koʻzdan kechirib ancha vaqt hech narsa demadi. Ammo keyin bergan maʼlumotlari meni hayratda qoldirdi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Jeon xonim. Men o'ylagandek havf yoqasida turibmiz.
ㅤㅤ
Yuragim uvishib qoldi va uning soʻzlarni qoʻrquv bilan eshitishga shaylandim.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Qon natijalariga koʻra bachadonda homila shakillana boshlagan. Deyarli 3 haftalik.
ㅤㅤ
Homilami?
Men aniq sezardim butun tanam bu soʻzdan keyin oqarib ketdi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Sizning kasalligingiz hozir uchinchi bosqichda. Yurak yetishmovchiligning eng yuqori nuqtasida. Homiladorlik vaqtida qon hajmi deyarli 50% ga oshadi. Buning natijasida zoʻrgʻa ishlayotgan yuragingiz qattiq zoʻriqib qolishi mumkin. Bundan tashqari bachadon yuqoriga koʻtarilganida oʻpka ham yuqori siljiydi. Bu sizning nafas olishingizga yanada qattiqroq xalal beradi. Kechirasiz xonim, sizning yuragingiz bola uchun qon aylantirib bera olmaydi. Bera olgan taqdirda ham 9 oy davomida siz qattiq qiynalasiz.
ㅤㅤ
Jar yoqasidan pastga qulashiim uchun birgina muammo yetib turgan vaqtda tanamdagi jajji farishta haqida bilib qoldim. Negadir men bundan xursand boʻlardim. Men 9 oy davomida chekadigan azoblar hech narsa emasdek tuyildi. Men qisqa vaqt ichidagina qaror qabul qilib boʻlgandim.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Bola hali juda kichik. Yurak urishi hali boshlanmagan. U shunchaki vujudingizda hujayra kabi turibdi. Uni olib tashlash kerak.
Men oxir oqibatda gapirdim.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Bunday qila olmayman.
ă…¤
ㅤㅤ— Siz azob chekishingiz mumkin.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— ahamiyatli emas. Agar umrim yetsa men bu bolani dunyoga keltiraman.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Jeon xonim siz tushunshingiz kerak. Taxlil natijalaringiz 3 oy umringiz qolganini koʻrsatgan. Hozir odatdagidek boʻlish mumkin. Ammo bola kattalashgani sari yuragingiz u uchun koʻproq harakat qilishni boshlaydi. Natijada siz azob chekasiz. Va 3 oy umrni ham yoʻqotishingiz mumkin
ㅤㅤ
ㅤㅤ— hech narsani eshitishni istamayman. Barbir ham qachondir o'lib ketishim aniq edii. Shuni bila turib men hudbinlik qila olmayman
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ••••
ㅤㅤ
Jeonning rafiqasini shifoxonaga olib ketishgandan soʻng men biroz hafsalasiz boʻlib qoldim. Uzoq vaqt shunday oʻtirganimdan soʻng eshik yengil taqilladi. Ameliya yoki Taehyung emasligi aniq edi. Ular kechagi kun tigʻiz ishlari tufayli ish safariga ketishgan
Balki Jeonningg rafiqasi qaytib kelgandir?
ㅤㅤ
Eshik tomon borib eshik darchasiga koʻz suqdim. Kelishgan erkak. Men oʻylab oʻtirmay eshikni ochdim.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Hayrli kech.
ㅤㅤ
Qarshimdagi erkak biroz tajublandi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Siz kimsiz? Sohe qayerda?
ㅤㅤ
ㅤㅤ— yaqin soatda uni tez yordam olib ketdi.
ㅤㅤ
Erkak avval hayron boʻldi. Keyin esa qoʻlini men tomon choʻzdi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Devid Kim, sizning ismingiz nima?
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Deva Cassel.
ㅤㅤ
U tomon qoʻl uzatib biroz hayajondan yuzimga qon yugurib kelganini his qildim.
U juda kelishgan yigit edi. Sochlari tim qora qoshlari aniq sezilib turardi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— tanishganimdan hursandman..
ㅤㅤ
Erkak mendan qoʻlini uzdi va koʻzlarim qaradi
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Iltmos Sohe kelsa, Devid kelganini aytib qoʻying.
ㅤㅤ
Men bosh irgʻadim. Ammo Devid Kimning oʻynoqi koʻzlari shubxali koʻrindi.
ㅤㅤ
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ••••
ㅤㅤ
2 kundan soʻng.
ㅤㅤ
Deyarli ikki kun shifoxonada qoldim. O'lmoqchi boʻlganimda bu hayotga qayta bogʻlab qoʻygan jajji yurakcha men uchun yengillik berdi. Jeon Jungkook. Bu uning farzandi edi. Men koʻp oʻyladim agar unga bu haqida aytsam Jungkook buni qabul qilmasligini aniq bilardim. Erimdan qochib farzandimni hech kim tanimagan joyda dunyoga keltirishni istardim ammo men ketsam Devid, Ameliyaga ziyon berishi aniq edi.
Uni, men bilan bir kecha uhlash istagi shu qadar kuchliki, bu meni tobora bo'g'yapti
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ••••
ㅤㅤ
ㅤㅤJungkook anchadan buyon ayol taftini his qilmagani uchundir balki, u Lilining ko'zlarida hech narsani koʻrmadi. Yuragi esa unga nisbatan endi erimaydigandek. Ha, u Soheni aynan uning sevgilisga o'xshaganligi uchun tanladi. Ammo nega endi, Lili qaytib kelganda u unga nisbatan iliqlikni his qilmay qoʻydi?
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Men to'xtayman.
ㅤㅤ
Jungkook yaqinlikni uzdi. Butun tanasi undan olinib qizning yalang tanasi bo'sh qoldi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Avvalgidek , meni aynamasligingni istardim
ㅤㅤ
Jungkook oq ko'ylagini kiyish davomida to'shakdagi bo'sh va mazmunsiz tanaga qaradi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Buni AQSHga kareyerangni baxona qilib ketib qolmasdan avval o'ylashing kerak edi
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Yaxshi men aybdorman. Ammo nega ishingni bitirib qo'ya qolmaysan?
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Mur xonim, kiyimlaringni kiyib ro'lingni yaxshiroq o'ynashda davom et. Ammo yolgʻiz qolganda, buni bajarishning shart emas. O'zingni menga sirdoshdek tutishni bas qil
ㅤㅤ
Jungkook tugmasining oxirgi qismni qadadi va davom etdi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— ha aytganchi bu tanaga shu qadar iflos insonlar tekganki, sendan jirkanib ketyapman.