November 22, 2025

UNING JINOYATI — UNING GO'ZALLIGIDIR 🔞

| Bob-1 | 1-qism | QIROLLIKNI HAVF OSTIGA QOʻYISH |

18 asr boshlariga kelib, o'z qasamyodga sodiq qolgan ritsarlar deyarli yoʻqolib ketdi. O'q otar qurollar ixtiro qilingani bois ritsar qirollikda faqatgina ulugʻvor lavozim sifatga aylandi . Faqatgina Jungkook bundan mustasno tarzda chetga chiqib qoldi. U butun umr dadasining qirollikga sodiq hizmat qilganiga guvoh bo'lgan. Va u ham qirollik xonadoniga fidokorona hizmat qilishni istardi.

Qirol Ardion nasl ko'ra olmagani bois, Goreoo qirolligidan nasli toza bo'lgan goʻdakni asrab oladi. Yosh yigitcha butun umri davomida kiborlardek ulgʻaydi. Ammo doim Jungkook uning yonida edi. Ularning o'sha vaqtdan yoshlari teng ekanligi uchun barcha kunlarni , o'yin kulgu va mashgʻulotlar bilan o'tkazdilar

ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ••••ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
ㅤㅤ
Jungkook qasrning baland minorasiga chirmashgancha, Scarletning yoniga koʻtarildi. Eshik oynasini avvaliga sekinginga urib qoydi. Ichkaridan berilmagan javobdan mukammal qoshlarni koʻtarib qattiqroq urdi. Javob yana kelmadi. U ohir oqibatda derazani ochib kirishga majbur boʻldi. U extiyotkorlik bilan ichkariga kirib oldi. O'sha vaqtlarda qirollik odoblariga koʻra qiz va yigit bir xonada yolgʻiz boʻlishlari qatʼiyan man etilgandi. Bu odobsizlik deb tajub qilinardi.

ㅤㅤ
ㅤㅤ— Scarlet xonim.
ㅤㅤ
U sekin qizaloqni chaqirdi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Siz bu yerda nima qilyapsiz?
ㅤㅤ
Scarlet koʻzini ochganida, guvoh boʻlgan manzarasidan tajublanib ketdi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Kecha tunda , uchrashuv joyiga kelmaganingiz uchun biroz havotirlandim.
ㅤㅤ
Jungkook Scarletning koʻzlariga bir zum qarab qoldi. Dumaloq xonaning markazidagi kravatda o'tirgan ohu, uning mukammal sevgilisi edi

Scarlet shoshilmasdan o'rnidan turib issiq oyoqlarni muzdek pol ustiga bosdi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Men yaxshiman
ㅤㅤ
U undan yuzini burdi. Qizargan koʻzlari bir zum Jungkookdan berkitishga harakat qildi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Lekin nima uchun koʻz yosh toʻkdingiz.
ㅤㅤ
Jungkook qancha harakat qilmasin masofani saqlashni eplay olmadi. U kravatni bir burchagida yuzini burib oʻtirgan sevgilisi yoniga oʻtirdi. Zirxli poʻlat kiymi, ohuning tanasiga tekganida qizaloq nigohni ohir oqibatda Jungkookga qaratdi.

ㅤㅤ
ㅤㅤ— Hammasi joyida. Ammo dadamni sogʻindim. Uni koʻrishni istayman.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Dadangiz, elchi sifatida Goreeoga yuborilgan. Yaqin orada kelishiga ishonchim komil

ㅤㅤ
Scarlet o'rnidan turdi. Bir burchakda turgan tosh oyna yoniga borib aksiga tikilib qoldi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Dadam kecha xabar yoʻlladi. Maktubda yozilishicha u yana bir necha oy Goreooda qolar ekan.
ㅤㅤ
Jungkook biroz shubxaga bordi. Ammo buni bildirmadi
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Shundaymi? Bir necha oy tezda oʻtib ketadi ishonchim komil

ㅤㅤ
ㅤㅤ— Jungkook uni yoniga oʻzim bormoqchiman. Iltimos menga yordam bering.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— xonim lekin bu havfli

Kim bilardi Jungkookni rozi qilish uchun Ohu qancha vaqtini ketqazdi. Ammo bir haftadan soʻng u Scarletni Goreoo hududiga olib borishga rozi boʻldi. Sadoqat va sevgi bir yerda hech qachon gullab yashnamaydi. U qiroliga sadoqatni biroz chetga surib sevgisi koʻmagiga oshiqdi.
ㅤㅤ
Jungkook yoʻlga chiqishdan bir kun avval Taehyung bilan yuzlashdi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Scarlet shuni istadi. Men rozi boʻldim.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Qirol Ardion bu haqida biladimi?
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Davlatni havfga qoʻyish mumkin boʻlgan masalalarda u eshitishni ham istamaydi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— shunday ekan, Aqilsiz qizaloqni deb u yerga borish ahmoqlik ekanligini tushungandirsan

ㅤㅤ
Taehyung biroz qo'pollashdi. Jungkookning tik qaragan koʻzlari yerga qadalib qoldi. Katta qasr ichida Valiyaxt oʻylagancha u yerdan bu yerga qadam tashlardi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Jungkook, qirolga sadoqating qizaloqni deb inqirozga uchrashi kerak emas

ㅤㅤ
Jungkook sukut saqladi. Ammo u Scarletni iltmosni koʻproq esladi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Taehyung
ㅤㅤ
{ ular yoshlikdan birga katta bolganliklari uchun yolgʻiz qolganlarida bir birlariga doim ismlari bilan murojat qilishardi}
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Bilaman, sen qirolni buyrugʻidan xatlab o'ta olmaysan. Ammo oʻrmon ichida havf yuqori. Agar xushyorlikni yo'qotsam, Scarletga nimadir boʻlishdan qoʻrqaman.
ㅤㅤ
Taehyungni yuzi biroz so'roqli bo'lib qoldi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— demoqchisanki? Senga soqchilar kerakmi?
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Yoʻq.
ㅤㅤ
Jungkookning ohangi hijolatda yangray boshladi

ㅤㅤ— Sen Goreooni hammadan yaxshi bilasan. Balki biz bilan borarsan.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Bu ahmoqlik.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Taehyung men uchun... Doʻsting uchun shunday qil...
ㅤㅤ
Kim bilardi Taehyung qancha vaqt bu haqida o'yladi. Ammo u do'sti uchun barchasiga tayyor edi. Tabbiyki Jungkookning iltmosga rozilik berdi. Va bu kelajagi uchun salbiy qaror boʻlsa ham u do'sti bilan birga Scarletni olib Goreooga borishga qaror qildi

ㅤㅤ
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ••••
ㅤㅤ
• Bir kundan soʻng •
ㅤㅤ
ㅤㅤ— dadasini etagidan chiqolmagan qiz, qirollik uchun muhim insonlarni havf ostiga qoʻyishdan boshqa narsalarni ham bilarmkin

ㅤㅤ
Scarlet indamadi. Hamma yer qorongʻu. Uning butun e'tbori atrofda sergak turardi. Nigohi biroz shubhali harakatlari esa havflidek koʻrinardi. Jungkookning qalbni egallab olgan muhabbat uning nigohlarni koʻr qilgan. Ammo Taehyung Scarletda nimadir notoʻgʻri ekanligini tushunardi.

ㅤㅤ— qarshingda kim turganligini bilmaysanmi nima?
ㅤㅤ
Taehyung hamon Ohuga qopollik qilishda davom etdi
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Kechiring kichik shaxzoda.
ㅤㅤ
Taehyung tajublandi. Scarletdan qarama qarshi javobni ololmagan yigit shubxalarni tasdiqlash uchun qizaloqdan koʻzini uzmadi.

ㅤㅤ
Oradan ancha vaqt oʻtdi. Jungkook tunggi navbatchilikda turdi. Ammo nimadir sabab boʻldiki u hushyorlikni uyqu bilan alishtirib yubordi.
Ammo qayerdandir eshitilib qolgan shovqun uni ziyraklikga qayta chaqirdi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Bu yerda kimdir bormi?
ㅤㅤ

ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ•••••
ㅤㅤ
📕: Ba’zan odam seni tark etgani emas, balki ketishidan oldin allaqachon boshqasiga yo‘l topgani eng og‘riqli haqiqat bo‘ladi. Shunda tushunasan ayriliq vaqtni oladi, lekin xiyonat ishonchingni ham, ichingdagi eng sokin joylarni ham o‘g‘irlab ketadi.