December 17, 2025

BUZILGAN DRAMA 🔞

ㅤㅤ4- qism
ㅤㅤ
Men 3 yil davomidagi o'tmishimni eslab yuragimdagi ogʻriqni bartaraf etishga harakat qildim. Endi birgina xato tufayli men aloqa qilish huquqidan ham mahrum etildim.

ㅤㅤ
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ••••
ㅤㅤYaqin kunlarda ko'p gapirmayman. Chunki hayot menga, o'zimni his qilganimdan kuchliroq bo'lishni so'radi. Odamlar meni ishlayotganimni, kulayotganimni, harakat qilayotganimni ko'rishadi. Ammo, ular meni asta sekin so'nib borayotganimni ko'rishmaydi.

Oradan 3 kun vaqt o'tib, men yana o'z ish joyimga qaytdim. Jeonning g'urbatxonasiga. Hayot meni taxlikalar bilan sinagan vaqtda, ortimdan tanish qoʻllarni taftini his qildim.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Voy! Lika, cho'chitib yubording.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— 3 kundan beri qayerda eding !!!

ㅤㅤ
ㅤㅤ— shaxsiy hayotim tufayli taʼtil olishga majbur boʻldim.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Nima bo'lsa ham, bugun Jeonning biznes hamkori va uni 5 yillik sevgilisi Amerikadan qaytib kelgan koʻrinadi.
ㅤㅤ
ㅤㅤ— Sevgilisimi?
ㅤㅤ
Soxening yuragi alamdan yonib ketdi. Boshiga barbandimon qilingan muammolar yengillik qilgan sheklli, unga Xudo tomonidan yana bir yuk tashlandi. U nima qilgan ediki? Yeklasidagi muammolar bunchalar ogʻriqli?

ㅤㅤ
ㅤㅤ— Ha Mur xonim. Kechagina kutilmagan sabab tufayli bu yerga uchib kelibdi. Sen bu haqida bilmaysanmi?
ㅤㅤ
— Yo'q
ㅤㅤ
Uning dimogʻidan chiqgan birgina javob yetarli edi. Jeon doim extiyotkor boʻlgan.

Chamasi yarim soatlik sukutdan soʻng Jeon va uning sevgilisi liftdan yuqoriga koʻtarildi. Sohe kompyuterlar yonida Lika va Bella bilan edi. Va hammaning shovqunidan soʻng uchchala qiz ham o'sha tomon bordi

Uning 5 yillik sevgilisi ohir oqibatda Sohening qarshisida edi.
Bella ularni ko'riboq tezda yuzlari oqargan qarshisidagi qizga yuzlandi.
ㅤㅤ
— Sohe, Lili xonim sizga o'xshashini sezib lol qolgan ko'rinasiz.
ㅤㅤ
Sohe qizga ahamiyat bermadi. Uning ikki nigohi Jungkook va Lili xonimning tutashgan qo'llariga tikilgan. Ammo u ko'proq o'ylab oxir oqibatda Mur xonimning ko'rinishiga naraz tashladi.
ㅤㅤ
Uning qaddi qomati oddiy qizlardan farqli emas. Soch turmagi va teri rangi ham hech kimdan farqli ravishda ajoyib emasdi. Ammo Sohe so'nggi nigohni uning yuziga qaratdi va qaraganidan muzlab qoldi.
ㅤㅤ
U so'nggi daqiqada aynan nima uchun Jungkook uni tanlaganini tushundi. U unga o'xshash ekanligi uchun Jeon uni tanladi. Boshqa sabab kerak emas edi.

Sohening qalbi yana bir bor barbandimon qilindi. Shartnomani vaqtidan avval bekor qilgani ham tushunarli edi. Ammo u nega unga turmushga chiqqani tushunarsiz ravishda chalkash edi.
ㅤㅤ
" Hech qisi yo'q, Jeonning tinch hayotida bir shovqin edim xolos. Shunday qilib, uning harakatlari oqlandi. Men yaxshiman hammasi joyida, u meni hayotidan suqib chiqargan bo'lsa men ketaman, chunki u xatto turmushimizni hech kimga ovoza qilmadi"

Menda yurak yetishmovchiligi bor ekanligi haqida aytgandim. Buning oqibatida nafas olishim bazida qiyinlashib menga kasallik haqida eslatardi. Yillar davomida o'lib qolmaslik uchun doimiy ravishda dorilar bilan jon saqladim. Ammo barcha narsa abadiylikga mo'ljallanmanagan. Men o'lmoqchi edim.
ㅤㅤ
Ayollar xonasiga kirgach sumkadan tabletkalarni chiqarib ularni ichish uchun dorilarni saraladim. Rakvina suvni ochib ularni birini ketin ichdim. Ishimni tugatgach esa eshikning sekin ochilishi meni ko'proq hayratga soldi.
ㅤㅤ
— Xonim.
ㅤㅤ
Bosh egib mulozamat ko'rsatdim.
ㅤㅤ
— Hayrli kun - dedi Lili. Ammo biroz qo'vishmagan xolda.
ㅤㅤ
— men bu yerda yangiman. Biroz qo'visha olmayman. Shunday ekan mazur tutasizmi?
ㅤㅤ
U huddi so'zlarimni eshitib qolgandek tutdi o'zini. Men bosh irg'ib uning yonidan o'tib ketmoqchi bo'lganimda uning menga yuzlanishi oyoqlarimni to'xtatdi.
ㅤㅤ
— Kechirasiz iltmos, men joylashgan xonaga qahva olib kira olasizmi? 2 kishi uchun
ㅤㅤ
Qanchalik qarshilik qilishga uringanim sari ko'proq azoblanardim.
ㅤㅤ
— albatta Mur xonim.
ㅤㅤ
Ayollar xonasidan chiqib qahva olish uchun pastgi qavatga tushib ketdim. Men Jungkook bilan boshqa yuzlashmoqchi emas edim. Uning sevgilis atay qilgandek qahva keltirishni menga yukladi. Men qayta tepa qavatga ko'tarilib uning xonasiga kirdim. Ammo xona bo'sh edi. Men Jungkookni ko'rmaganimdan hursand bo'lib qahvalarni qo'yib chiqib ketmoqchi bo'lganimda o'sha tanish ovoz bir burchakdan eshitildi.
ㅤㅤ
— Sohe xonim qahvani bu yerga olib keling.

ㅤㅤ
Yuragim yaralanganidan yirtilib ketdi. Men qadamimni burib Jungkook turgan joyga bordim. Barchasi huddi atay qilingandek. Uning nigohiga qarasam faqat u uchun qoplama ekanligimni his qilardim.
ㅤㅤ
U indamadi ammo nigohni ham mendan uzolmadi. Men qahvalarini unga berib eshikdan otilib chiqdim. Bino tashqarisigacha yugurib eshikdan chiqganimdan so'ng to'xtab qoldim. Men qarshimga qaradim. O'sha bir necha haftadan beri meni tinimsiz tinch qo'ymagan erkakni ko'rib bugun men uchun omadli kun emasligini yana bir bor angladim. U yonimga tobora yaqinlasharkan yuragimni yo'qotib qo'ydim. Labimni bir chiqizga bosib qo'rquvimni yashirishga harakat qildim.
ㅤㅤ
— Lee xonim.
ㅤㅤ
Uning shafqatsiz ohangi meni ko'proq daxshatga solardi.
ㅤㅤ
_Sohe u yerdan shunchaki ketmoqchi bo'lganda Devid uning qo'lini tutib bag'riga soldi.
ㅤㅤ
— salomlashish bu sizni yanada jozibali qiladi xonim
ㅤㅤ
Devid shivirlab Sohega mulozamat ko'rsatdi va bag'ridan biroz bo'shatdi.
ㅤㅤ
— Janob Kim tashqarida ekanligimizni unutgan ko'rinasiz.
ㅤㅤ
— Albatta unday emas.
ㅤㅤ
Devidning iflos o'ylari doim uning Sohe bilan birga uxlash xohishni oshirardi. Devid bir necha hafta avval Soheni hujjatlarni majlislar zaliga olib kirgani ko'rgan va unda jirkanch o'ylar paydo bo'lgan. Devid sanoat olamida qizlarga suyagi yo'q yigit sifatida tasvirlangan. Sohe ham buni bilardi ammo u undan uzoqlashishni tushuna olmasdi.
ㅤㅤ
— Sohe xonim , siz maftunkorsiz. Men bilan bir kecha uhlash taklifni o'ylab ko'rdingizmi? Hm?
ㅤㅤ
Sohe uning bag'rida harakat qila olmadi. Ammo u JUNGKOOKni ko'rdi va qo'rquvdan daxshat zindoniga tushdi. Jungkook qadamlar bilan ularning yoniga kelib Nigohni sira Deviddan uzmadi.
ㅤㅤ
— Janob Jeon hayrli kun - dedi Devid, Soheni darxol ozod qilib.
ㅤㅤ
— Agar tartib qoidalarini bilmasangiz , eng asosiy qoidani tushunib oling.
ㅤㅤ
Jungkookning ohangi bu qadar qo"pol yangrashi odatiy emas edi. Va u davom etdi — Bu yerda ishqiy munosabatlarga yo'l qo'yilmaydi
ㅤㅤ
_Va men qaraganimda, uning qo'llari bir birga ixtiyorsiz ravishda qattiq qisilib musht boʻlib qolganini koʻrdim.
Nima u meni Deviddan qizg'onadimi?

Jungkook so'zlarni tugatganiga ishonch xosil qilib ularni yolgʻiz qoldirdi. Devid o'zini tiklab qayta Sohega yuzlandi
ㅤㅤ
— Men bilan birga bo'lish taklifni tez orada ko'rib chiqishingizdan umidvorman xonim.
ㅤㅤ
— Men jirkanch kimsalar bilan uhlamayman.
ㅤㅤ
— Hm? Shundaymi?. Sizga bir narsa haqida eslatishim kerak ekanligini anglaganga o'xshayman.
ㅤㅤ
Keyin Devid yuziga tabbasumni chuqur tizdi.
ㅤㅤ
— Ameliya. Adashmasam u siz bilan katta bo'lgan. Va yaqin orada nikoh toʻyi? Shunday emasmi?
ㅤㅤ
Devid Sohening nozik tomonidan tutgan edi. U uning nigohiga qo'rquv bilan qaradi va biroz jasoratni yo'qotdi.
ㅤㅤ
— menimcha nimaga shaʼma qilganimni yaxshi tushungansiz xonim.
ㅤㅤ
Sohening chorasizligiga uzum donalari o'ralashib qolgandek edi. U hech narsa demadi. Qo'rquvdan ivib ketdi va u yerdan tezroq ketdi.
ㅤㅤ
U butun hayollarni yarimta qilishni istamay barcha narsa haqida ko'proq bosh qotirdi. Devid Ameliya va uning nikohi haqida so'z ochgan ekan, nega endi u ularni Sohe bilan birga bo'lmaslik uchun azoblamasligi kerak edi?
ㅤㅤ
Sohe Ameliyaning uyiga kelgandan so'ng eshikni qulf ekanligini tushunib uni o'zi ochdi.
ㅤㅤ
Uyga kirishdan avval esa Jungkookga xabar yubordi.
ㅤㅤ
💬: Men bir necha kun, Ameliyaning uyida qolaman. Shusiz ham uch kundan beri sizni qoʻrgʻonda ko'rmadim. Mur xonim ikkingizni oʻrtangizga toʻsiq qoʻyishni istamayman
ㅤㅤ
U xabar yuborgach, Dugonasining ijaradagi uyiga kirib bordi. U Jeon bilan tanishmasidan avval shu yerda Amaliya va Taehyung bilan birga yashagan. Shuning uchun u bu yerga bemalol kira oladi

Kim bilsin, Sohe bu yerda qancha vaqt yolgʻiz oʻtirganini. Vaqt sezdirmay oʻtardi xonani sukunat qamrab olgan, faqat yuragidagi gʻalati bezovtalik tinchlik bermasdi. Nihoyat, ancha vaqtdan soʻng eshik qoʻngʻirogʻi chalindi

Amelia boʻlsa kerak… degan oʻy bilan Sohe shoshilinch eshik tomon yurdi.

Eshik ochilishi bilan u beixtiyor qotib qoldi. Qarshisida unga begona qiz turardi
ㅤㅤ
— Kechirasiz sizga kimdir kerakmi?
ㅤㅤㅤㅤ
Deva esa ichkaridan chiqqan bu ayolga hayrat bilan tikilib qoldi. U ham kutilmagan holatdan biroz dovdirab qoldi.

— Men shu yerda ijarada yashayman oʻzingiz kimsiz?
ㅤㅤ
Sohe Devaga boshdan oyoq sinchiklab qaradi.
ㅤㅤ
— Men ham avval Ameliya bilan birga shu uyda yashaganman, Lekin bu yerga yana kimdir koʻchib kelganidan biroz hayron bo‘ldim. Agar gaplaringiz rost boʻlsa, marhamat, ichkariga kiring

PovDeva:
Ichkariga kirib, menga ajratilgan xonaga toʻgʻri yoʻnaldim. Ammo yuragimda gʻalati bir tuygʻu paydo boʻlgandi. Bu ayolning yuzi… juda tanish edi. Xotiramni titkilab, uni qayerdandir koʻrganimni eslashga harakat qildim.

Yoʻq, balki adashyapman… deb oʻyladim. Yoki uni doramalardan birida koʻrganmanmi?
ㅤㅤ
Ammo bir zumda xayolimga kelgan oʻy meni larzaga soldi. Nafasim ichimga tushib ketdi.

Bu… aynan oʻsha edi.

U Jeon Jungkookning atigi uch kun avval rafiqasiga aylangan ayol edi. Koʻzlarida hanuz yosh yaltirab turar, yuzida esa begʻuborlik va masumlik aks etardi. Goʻyo taqdir uni bu uyga, aynan mening qarshimga ataylab yetaklab kelgandek…

4- Qism.
Soxe Aragon