my death angel
Kechki ovqat stoli ustida har doimgidek bugun ham ona va qiz tortishmoqdalar.
Luna:
-senga nechi marotaba aytishim kerak otangga bunday ohangda gapirma deb
Mina:
-u mening otam emas mening otam Londonda
- hozirda sen Jeonlar xonadonidasan va sening otang Jeon Ji Bin
-Men Jeon emas Cullenman Edward Cullenning qiziman!!
-qizim otang bizni eslamaydi ham endi uning boshqa oilasi bor
-ammo oyiiiii uu...u nima boʻlganda ham mening otam
-uning ikkinchi xotini sening dugonang Pancy. u qizi tengi qizga koʻngil qoʻydi va oʻz oilasidan voz kechdi. Sen shunda ham uni yaxshi koʻrasanmi?
Minaning qoʻllari qaltirab yigʻlay boshladi
Jeon Jungkook:
-bas qiling!! Koʻrmayapsizmi bu gaplar bilan uning ahvolini ogʻirlashtiryapsiz u oʻtgan safargidek oʻziga nimadur qilib qoʻysachi‽
Luna Jkning gapidan qotib qoldi.
Luna pov☆
Rostan ham oldingidek yana tomirini kessachi yoki oʻzini mashina tagiga otsachi? Keyin nima qilaman usiz qanday yashayman
Mina Cullen 20yosh. 18yoshigacha u juda ham quvnoq qiz boʻlgan ammo bir yıl oldingi ishlardan soʻng unda travma bor. Tez asabiylashadi, nima qilayotganini anglolmay qoladi hatto oʻzini oʻldirmoqchi boʻlgan ham
Fleshback ¤
o5.o4.23
Mina otasi quchogʻida oʻz dugonasi Pancyni koʻrib qotib qoldi.
-ss...senn mazam boʻlmayapti deb universitetdan uyga ketish uchun javob soʻragan edingkuu... mening uyimda nima qilyapsan
-mm.meen sendan bir kitobni olib ketgani kelgandim. Bugun... modellik kursing bor emasmidi
-aynan! sen bugun modellik kursim borligini bilarding va kitob olish uchun bunday erta kelmasding
-qizimmm...,-gapga aralashdi Edward
-Dada... siz doim uyga kech kelar edingiz oyim qani nega siz ishda emassiz?
-Men senga barini chuntirib beraman
-hojati yoʻq! Sizlar meni yotoqxonada birga dars tayyorlayapmiz deb aldamassiz har holda‽ men hammasi chundim ikkingizdan ham nafratlanamaaaaan😣😖
Shundan soʻng hammasi oshkor boʻldi. Pancy 6 oydan beri oʻz dugonasining otasiga oʻynash boʻlib yurgan ekan. Va buni ochiq oydin tan oldi. Buni Mina koʻtara olmadi. Chunki Otasini va dugonasi Pancyni ham juda yaxshi koʻrar edi. Bu voqeadan qattiq stressga tushdi hatto ozini oʻldirmoqchi boʻldi. Onasi Luna uni koreaga qaytarib olib keldi. 4oydan soʻng Mina oʻzini qoʻlga ola boshladi. Soʻng korea universitetiga kirdi. Bu orada onasi Luna bir biznesmen qoʻlida ishladi. U ayoli vafot etgandan so'ng yolgʻiz qolgan edi. Jeon Ji Bin Lunani yoqtirib qolib, turmush turish taklifini berdi va oila qurishdi. Janob Jeon aslida yomon odam emas u Minani juda yaxshi koʻradi. Lekin Mina uni otasi sifatida qabul qila olmaydi Ji Bin unga otadek munosabatda boʻlsa darrov urush boshlaydi. Janob Jeonning Jungkook ismli oʻgʻli bor. U ham Mina kabi Lunani qabul qila olmadi lekin oʻgay singlisi Mina bilan yaxshi kelishadi. Uni qoʻllab quvvatlaydi, dalda boʻladi.
Jeon Jungkook 24 yosh. Otasining kompaniyasida hisobchi menejer boʻlib ishlaydi va u yerning merosxoʻri hisoblanadi
Luna yaqin oʻtmishni oʻylab divanga oʻzini tashladi va boshqa bir ogʻiz ham gapirmadi.
Jk:
-boʻldi Mina oʻzingni bos hammasi yaxshi hammasi joyida
-Jun...jungkook iltimos meni xonamga o..olib bor..
Uning butun badani qaltirar edi juda asabiylashib yigʻlayotgandi. Jk uni ehtiyot qilib koʻtardi, Mina uning boʻynidan mahkam quchdi. Jk Minani 2chi qavatdagi xonasiga olib chiqib, asta yotoqqa yotqizdi. Javondan kerakli dorilarni olib unga ichirdi. Mina biroz tinchlangach Jkga yoshga toʻla koʻzini tikdi.
-rahmat Jungkook.
-yaxshimisan axir
-hh..ha
-boʻldi oʻzingni qiynama sen hech nimaga majbur emassan muhimi oʻzing boʻl oʻzingni asra
-Jungkook...
-eshtaman
-hayotimda borliging uchun rahmat..)
-senga ham... haqiqiy aka singil boʻlmasak ham seni yaxshi koʻraman mening goʻzal singlim
-🥹🤍
-endi biroz dam ol, o'zingga kel hopmi
-hoʻp❤️🩹
Jungkook Minani ustini yopib chiroqni oʻchirdi va xonani tark etdi.
•••
Qorongʻu tun. Tulki dovonida yoʻl chetida 3ta odam nimanidur kutib turibti. Ular qop-qora kiyingan, har biri shlapada va har birining qoʻlida konvert bor. Ulardan biri qiz bola edi. Ularning oʻrtasida qandaydir sovuq sukunat bor. Uzoqdan 212-avtobus koʻrinish berdi. Ammo u haligi odamlar yoniga yetar-yetmas portlab ketti. Buni qora kiyimlilar hotirjamlik bilan kuzatib turishdi. Oradan hali yarım soat oʻtmasidan bu yer shovqin boʻlib ketti. Politsiya, oʻt oʻchiruvchilar, tez yordam xodimlari, muxbirlar hammasi shu yerda edi.
- voqea taxminan 23.35lar atrofida boʻlib, avtohalokatning asosiy sababi yonilgʻi backida chiqqan portlash deya expertlar xulosa qilishdi. Avtohalokatda jami 13ta odam vafot etdi, qolgan 4 nafar yoʻlovchi esa qattiq jarohatlangan. Biz vafot etganlarning oila a'zolariga chuqur afsuslarimizni yetkazamiz. Bizda hozircha shular! Siz bilan "K-news" kanali muxbiri Lisa boʻldi.
Olomon orasida nima boʻlganini haligacha tushunib yetmagan odamlar bor edi. Ularning yoniga shlapali janoblar va yosh xonim keldi.
-Jo Shua, Do İl Nam va Ku Min Woo. o2.o3.24. Soat 23.36, 23.40 va 23.33larda vafot etishdi. Oʻlim sababi avtohalokat,- dedi ulardan biri oʻzining sovuqqonligini saqlagancha.
-Bb...bizz nima biz oʻldikmi?...
-Ha.
-Ammo, men...mening singlim... u yerda singlim ham bor edi.. unga nima bo'ldi ,- dedi Jo shua havotirli ohangda
-bugungi roʻyxatda Jo Yuri yoʻq. Singling bugun oʻlmaydi.
-hayriyat,- dedi Joshua boʻshashib.
-hosh bizga endi nima boʻladi,- dedi qoʻrqqanidan yuragi yorila yozayotgan Do İl Nam.
-Biz bilan ketasiz.
Ular uchovi hamma oʻlganlarning ruhlarini olib ketishdi. Ularni hujjatlarini toʻgʻirlab so'nggi manziliga kuzatishdi.
Joshua:
-sssiz...sizdan bir narsani ıltimos qisam boʻladimi?
-hosh
-Men.. mening singlim... u yolgʻiz qoldi. Uning mendan boshqa hech kimi yoʻq edi. Unga koʻz quloq boʻla olasizmi? Mening so'nggi ıltimosimni bajara olasizmi‽..
-albatta,- gapga aralashdi Ava,- men unga oʻzim koʻz-quloq boʻlib turaman)) xohlasang sen ruh holatida qolishing mumkin ammo buning badali keyinchalik ogʻir boʻladi...
-mmm...mayli meni bu narsa havotirga solmaydi yaxshisi uning yonida ruh boʻlib qolay
-yaxshi unda ketishing mumkin
Tae unga bir oʻqrayib qoʻydi ammo indamadi.
Kim Taehung. Koʻrinishidan 25-27yoshlar atrofida. 251yildan beri oʻlim farishtasi lavozimida ishlaydi.
Park Jimin. Koʻrinishidan 30yosh. Salkam 300yildan beri oʻlim farishtasi.
Min Ava. Koʻrinishi 21yosh artofida. Oʻlim farishtasi boʻlib ishlayotganiga 220yil boʻldi. Akasi Min Yoongi (Suga) oʻlim farishtasi va ularning bosh direktori.
Ishlar tugagandan soʻng ular "Olivia" qahvaxonasida biroz taomlanib, suhbat qurib oʻtirishdi.
-hoʻsh nega unday qilding, Ava,-jiddiy ohangda Tae
-hosh nima qilibman,-dedi Ava ham bosh kelmasdan,- xato qildimmi. Sen uni ahvolini kordingmi ozi?
-Baribir unga arvoh boʻlib qolishni maslahat bermasliging kerak edi buni boshliqqa qanday tushuntiramiz
-akamga oʻzim tushuntiraman sening ishing boʻlmasin va yana agar bunda kimdur jazo olishi kerak boʻlsa ham o'sha men boʻlaman
-hech qanaqasiga! sen aralashgan hamma narsada bizning ishimiz boʻladi chundingmi
-Unda diydiyo qilishni bas qil va menga yordam ber
Oxiri Jiminni toqati toq boʻldi:
-boʻldi qilasizlarmi yoki yoʻq! Tae rostan ham bu iltimosni bajarish bizga qiyinlik qilmaydi shunday ekan jim boʻl !! Ava kuyinma biz sen bilanmiz
-rahmat Jimin oʻzi sendan yaxshisi yoʻq
Tae:
-vay vayey buyoqda men ortiqchaman shekilli😒
Jimin:
-🤦🏻 bemani gaplarni bas qil arazlamagin endi
Ava:
-Baribir seni yaxshi koʻamiz sen bizning yoʻlbarschamizsan
Tae:
-hmmm qarangga🗿
••••
Erta tong. Mina erinibgina koʻzlarini ochdi va atrofga koʻz yugurtirdi va yonida turgan bir talay oʻyinchoqlarni koʻrdi. Yonida esa 2 enlik xat
"Dunyodagi eng goʻzal qizga uni yaxshi koʻruvchi akasidan))"
Mina buni oʻqib juda hursand, kayfiyati koʻtarildi. Turib oʻz joyini saranjomlab yuvinib chiqdi. Oʻziga juda yarashadigan kiyimini kiyib, universitetga tayyorlanib, pastga nonushtaga tushdi.
Zinadan tushayotib pastda nonushta qilib oʻtirgan Jkni koʻrdi va borib yelkasida quchib unga rahmat aytti
-rahmat akajonm meni juda hursand qildingiz
-yoqtimi?
-albatta
-hursandman doim hozirgidek kulib yur
U shunday deb Minaning yanogʻidan qisib qoʻydi.
-Hosh endi nonushta qilib ol keyin oʻqishingga tashlab qoʻyaman
-hoʻp boʻladi
••••
Har bir burchagida qoʻlyozma, hisobotlar bilan toʻldirilgan javonlari bor naqshinkor xona. Xona oʻrtasida katta ish stoli bor, yonida esa 6 kishiga moʻljallangan kreslolar mavjud. Erta tongdan boʻyi xona bilan teng boʻlgan derazadan quyosh oʻz nurlarini sochmoqda. Kreslolarda esa kechagi qahramonlarimiz Tae, Ava va Jimin oʻtiribti. Ularning tepasida Yoongi asabiy holda uyoqdan buyoqqa yurib, leksiya oʻqiyapti.
-Nima uchun bunday qildingiz?
Tae qoshini chimirgancha qoʻli bilan Avaga ishora qildi. Ava buni koʻrib past ovozda vishillagancha "sotqin" deb qoʻydi.
-Ha nima kecha oʻzing aytmadingmi hammasiga oʻzim javob beraman, ishingiz boʻlmasin deb
-ha men ayttim lekin bu gapimdan keyin kimdur "sen aralashgan hamma narsada bizning ishimiz boʻladi" degandi.
Suga:
-bas qiling hozir bu muhim emas!! Ava, Sen karyerang davomida nima uchun bunday hato qilding? Rux qochib ketganda ham mayli edi lekin sen oʻzing arvoh boʻlishni taklif qildingmi?
-Ha chunki u singlisi Yuri uchun juda havotir oldi. Hech boʻlmasa shu orqali uni himoya qilaman deb hisobladi.
-nima boʻlganda ham buning badali ogʻir boʻladi. Sen buni qilmasliging kerak edi. Sening karyerang mukammal boʻlib kelayotgandi. Bu qasddan qilgan ishing uchun senga jazo berish kerak.
-hosh qanday jazo ekan. Nima mening oʻtgan hayotimdagi xotiralarimni qaytarib berasizmi? Axir mening oʻtmishim yoʻqku
-Toʻgʻri oʻlim farishtasi boʻlib tug'ilganlarda bunday jazo bo'lmaydi. Ular oʻlim farishtasi boʻlib bir marta dunyoga keladi ularda ikkinchi hayot yoʻq. Lekin bilasanmi nima? Aynan bizlarning xatoyimiz uchun berilgan jazo boshqalarinikidan ancha qiyin boʻladi
-Hop roziman
-aqlingni yigʻ Ava. Bu ishni hisobotiga qochib ketti deb yoziladi chunarlimi? Hech qaysingiz buni inkor etmaysiz. Hammasini oʻzim izga qoʻyaman
Shu payt ular uchun Min Hari qavha olib keldi.
-boʻldi Suga ularni hadeb urshavermang. Baqirishingizdan boshimga ogʻriq kirdi.
-yaxshimisan oʻzi
-Ha lekin bunaqa baquraversangiz meni emas sizni ahvolingiz ogʻirlashadi
-hosh nima bolarkan?
-bilmadm balki koʻziz koʻkarar yo boshqa narsa
Suga birdan kulib yubordi. Unga qoʻshilib bizning uchlik ham kuldi. Buni koʻrib Yoongi:
-boʻldi endi keting sizga ruxsat,- deb ularni haydab yubordi.
Yoongining qarorgohidan chiqayotb hali ham kulishdan toʻxtamagan Jimin soʻradi:
-Hop endi qayerga boramiz?
Ava:
-avvalo Yurini koʻrgani boramiz u yaxshiligiga ishonch hosil qilib u bilan Joshuaning dafn marosimiga ketamiz
-yaxshi unda kettik
Tae buni hohlamasa ham doʻstlari uchun zoʻrgʻa oyogʻini bosib odimladi. Ular toʻgʻri shifoxonaga yoʻl oldilar.
•••
Jk Minani universitetiga olib borib oʻzi esa ishga yoʻl oldi. Mina doimgidek auditoriyaga kirib quloqchinda oʻzining yoqtirgan qoʻshiqlarini eshitib biroz tin oldi. Uni sinf sardorining ovozi sergaklantirdi.
-Hoyy Mina. Qalaysan.
-yaxshi shekilli
-Yuri uchun afsusdaman
-chunmadim nima uchun afsusdasan?
Mina yaxshi eshitmay qoldim degan hayol bilan quloqchinini olib qayta soʻradi
-Yuri uchun. Eshitishimcha u hozir shifoxonada ekan. Ahvoli yaxshimi oʻzi?
-Yuriga nima qilibti?,-dedi bu xabarni eshitib koʻzlari katta-katta boʻlib ketgan Mina
-xabaring yoʻqmi? U akasi bilan avtohalokatga uchrabdi. Akasi vafot etibdi oʻzi esa qattiq jarohatlanibdi.
Mina bu gapni eshitib muzlab qoldi. Uning eng yaxshi doʻsti Yuri edi. U oʻrnidan sapchib turdi va narsalarini olib tezda universitetni tark etti...