August 12, 2020

О‘qishini kо‘chirish (tiklash) bо‘yicha ayrim savollarga javoblar

5-avgust kuni о‘qishni kо‘chirish (tiklash) bо‘yicha rо‘yxatdan о‘tish jarayoni yakunlandi. Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi shu jarayonga oid ayrim savollarga javob berdi. Bu haqda huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o’zining rasmiy telegram kanalida ma’lum qildi.

1. Ariza haligacha "kо‘rib chiqilmoqda" statusida turibdi, bu nimani anglatadi? Muddat tugab qoldiku, endi muammo bо‘lmaydimi?

Javob: Yо‘q, muammo bо‘lmaydi. Hozirgi vaqtda mutaxassislar tomonidan topshirilgan hujjatlarning tо‘liqligi, tо‘g‘riligi va nusxa sifati kо‘rib chiqilmoqda.

Masalan:

🔺pasportning 1-sahifasi bor, biroq propiska belgilangan sahifasi yо‘q;

🔺sinov daftarchasi nusxasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript о‘rniga boshqa hujjat yuklangan;

🔺hujjatlar sifatsiz nusxalangan, ulardagi ma’lumotlarni о‘qish qiyin va h.k.

Kamchiliklari mavjud bо‘lmagan ariza “qabul qilinadi”, kamchiligi bо‘lsa, sababi kо‘rsatilgan holda “rad etiladi".

2. Agar arizamda xatolik bо‘lsayu, u 5 avgustdan keyin rad etilsa, unda men qayta ariza yubora olmaymanmi? Axir ariza topshirish muddati tugab bо‘ldiku.

Javob: Xavotir olmang, arizalari 5 avgustdan keyin rad etilgan talabalarga о‘z arizasini tahrirlash, ya’ni kо‘rsatilgan xatoni tuzatib, qayta ariza yuborish imkoniyati beriladi.

3. Arizam holati "qabul qilindi" degan statusda turibdi. Bu degani meni о‘qishni kо‘chirishimga ruxsat berildi deganimi?

Javob: Yо‘q, dastlabki kо‘rib chiqish natijalariga kо‘ra ariza qabul qilinganligi о‘qishni kо‘chirishga (tiklashga) ruxsat etilganligini bildirmaydi. Bu shunchaki onlayn ariza tо‘g‘ri yuborilganini anglatadi. Yakuniy qarorni vakolatli komissiyalar qabul qiladi.

4. Men ariza yuborishga ulgurmadim. Arizalari rad qilinganlarga tahrirlashga ruxsat berilgan paytda men yangidan ariza yubora olamanmi?

Javob: Yо‘q, yubora olmaysiz. Tahrirlash imkoniyati faqat 5 avgustgacha ariza yuborganlarga beriladi. Agar kimdir 5 avgustgacha onlayn ariza yuborishga ulgurmagan bо‘lsa, unda keyingi yilda qayta urinib kо‘rishi mumkin.

‼️Rо‘yxatdan о‘tgan fuqarolardan arizalari holatini transfer.edu.uz tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali muntazam kuzatib borishlari sо‘raladi.

Manba: https://t.me/xushnudbek/6527