Saburyazov Islombek Qudratovich
Saburyazov Islombek haqida:
Saburyazov Islombek Qudratovich, 2001-yil 1-mayda Xorazm viloyati, Urganch shahrida tug'ilgan. 2019-yil Toshkent shahridagi 279-maktabni a'lo baholar bilan tamomlagan va hozirda Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Ommaviy huquq fakulteti 3-bosqichni tugatdi.
Qahramonimizning amalga oshirgan ishlari va erishgan yutuqlari:
Saburyazov Islombek 2019-yildan boshlab "Street Law" dasturida faol ishtirok etib kelmoqda.
Qahramonimiz har uch bosqichda ham ushbu loyixada faol ishtirok etgan va maktablarda "Street Law" dasturi doirasida huquq fani bo'yicha o'quvchilarga dars o'tgan.
Qahramonimizning "Model United Nations"ga kirib kelishi 2019-yilda boshlangan. Saburyazov Islombek ilk bor 2019-yil oktabr oyida Toshkent davlat yuridik universitetida o'tkazilgan "Talabalar oyligi" dasturi doirasida o'tkazilgan "TSUL MUN"da qatnashgan.
Saburyazov Islombek 2-bosqichda "TSUL Model United Nations" klubiga asos solgan va o'z va jamoasi bilan ko'plab xalqaro tashkilotlarning modellarini tashkil etgan.
Saburyazov Islombek universitet doirasida Birlashgan Millatlar tashkilotini, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini va Oliy Majlisini modellarini o'z jamoasi bilan birgalikda tashkil etishgan va, shinigdek, universitetda "Evening debates" loyihasini ham tashkil qilishgan.
"TSUL MUN" loyixasi "Прорыв года" nominatsiyasi g'olibi hisoblanadi.
Saburyazov Islombek shu kungacha 30-dan ortiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti modelida qatnashgan va 10-dar ortiq Modellarda raislik qilgan. Universitet doirasida Saburyazov Islombek 2021-yilda 4-ta BMT modelini tashkil qilgan.
Shuningdek, Saburyazov Islombek "TSUL COURT" dasturida 2021-yilda kordinator sifatida faol ishtirok etgan.
"The Square Times" TDYU ning Akademik yutuqlar, volontyorlik va koordinatorlik faoliyatiga ega TOP-20 istiqbolli talabalar ro'yxatidan joy olgan:
Saburyazov Islombek Universitet ko'plab stipendiyalar sohibi hisiblanadi va shuningdek barcha semestrlar bo'yicha o'zlashtiish ko'rsatkichi (GPA) 93 bo'lib, universitetning TOP-50 ro'yxatidan 2-kursdan o'rin egallab kelmoqda.
2020-yil Saburyazov Islombek "Adliya vazirligi" stipendiyasini qo'lga kiritgan.
Universitetdan tashqari, qahramonimiz ko'plab xalqaro va respublika tanlovlarida faol ishtirok etmoqda. 2021 yilda "EDU-ON" granti g'olibi bo'ldi va 2 million so'mlik grant sovrini sohibi bo'ldi.
Shuningdek, Saburyazov Islombek 2021 yilda TDYU doirasida xalqaro huquq bo'yicha olimpiadada g'olib bo'lgan va ushbu modul bo'yicha respublika darajasida ishtirok etgan.
Joriy yildan boshlab Saburyazov Islombek BMT qo'shidagi Preventiv Diplomatiya Akademiyasi talabasi hisoblanadi.
Bizning qahramonimiz "Förderung der Rechtsstaatlichkeit in Zentralasien" dasturining g'olibi hisoblanadi, bu Germaniyaning Gamburg shahridagi Altona tuman ma'muriyatining yuridik bo'limida amaliyot o'tashga imkon beradi (1 avgust - 28 avgust 2022 yil).
Шанс вашего рождения равен к 400.000.000.000.000.000. Так что будьте счастливее каждый день от мысли, что вы есть у себя и у этого мира. Как бы там не было, проводя тонкую параллель со словом "шанс", напоминаем себе важную вещь: "шансы" окружают нас каждый день!