November 4, 2024

NIGHT GLOW.Ep 1

.:
Pul topa olmaganim uchun oxirgi choram...dugonam Marinadan yordam so‘rash bo‘ldi....Marina anchadan beri f......alik bilan shug‘ullanardi....

-Merii...xali qiz bolasan...bugun bitta krasavchik klientim o‘zi bilan sherik olib kelaman degan...uncha buncha odammas yosh biznesmen....senga o‘zim yordam beraman...unga shantaj qilsang ancha pul ishlab olasan...-dedi Marina menga yordam berish uchun....
O‘ylanib qoldim..ota onasiz bir yetim qizni...boz ustiga amakisi teginmoqchi bo‘lgan..shu sabab uydan qochgan mendek qizni kimga keragi bor ekan...yagona chora pul...pul bilan o‘qishga tayyorlanishim mumkin....o‘qisam bas o‘z kunimni o‘zim ko‘rib keta olaman...qaytib bu ko‘chaga kirmayman....

-roziman Mari.....faqat uyqu dori ta‘sir qilarmikin....amakimdan keyin erkak zotidan nafratlanaman....
-javob Merii ta‘sir qiladi....ko‘p yoqmagan erkaklarimda sinayman...seni yaxshi ko‘raman asalim shuning uchun ham o‘sha tilla baliqcha senga....boplab sog‘amiz....ularda pul ko‘p....-dedi Marina sigaretini tutatib....-kiyin...hozir kelishadi....
Uyalib bo‘lsa ham kalta ko‘ylakcha kiydim.......hammasi kelajagim uchun....
Eshik jiringladi....Marina atirga burkangancha eshikni ochdi....
-Marinaaaa... -erkak kishining sho‘x ovozi eshitildi....
-Supersanda Jimii....-dedi Marina ularni ichkariga boshlab.. .
-mana bu bo‘z yigitga atalgan gulcha qani???-dedi Jimii degani atrofga alanglab....ko‘zim uni yonidagi ko‘rkam kelishgan yigitga tushdi...negadir unga bu yer yoqmayotgani yuz ko‘zidan bilinib turardi.....
-Ey Jimin...men ketaman...-dedi qoshi chimirilib....
-noz qilma JK...qara qanaqa asal....-dedi Marinani aylantirarkan....
-Meribellll....-Marinaning nozik ovozi eshitildi....kuzatib turgan joyimdan sekin chiqib ular tomonga yurdim.....
-vauuvvvv...krasotka...-dedi jimin degani teshib yuborgudek qararkan.....Jk degan yigit esa jirkangandek qarab qo‘ydi....o‘z holatimdan juda uyalardim...ammo oxirgi marta bu qabih ishga qo‘l urishim....
-biz ketdik Mari...yoshlar yolg‘iz qolsin...-deya Jimin Marini ko‘tarib olgancha boshqa xonaga kirib ketishdi..ketayotib Mari menga qarab sharbatga ishora qildi....bosh silkidim....sekin sharbatdan quyib Jkning yoniga o‘tirdim...u zo‘rg‘a jilmaydi....
-ko‘pini ko‘rganmisan???
Nima deyishni bilmadim....ammo majburman...
-ko‘nglingizni olaman degan umiddaman....-dedim soxta jilmayib...so‘ng sharbatni unga uzatdim....u menga sovuq qaragancha sharbatni olib xo‘pladi...yengil tortdim...faqat unga shantaj qilsam u ishonarmikin...bu ishlarda Mari ustasi farang...u yordam berar... yigit bilan biroz suhbatlashib uni ko‘zi yumilib ketayotganini sezdim....hozir ayni payti...o‘zimni yechinmoqchi bo‘lgandek tutdim...u buni ko‘rdi
..so‘ng uxlab qoldi....reja silliq kechmoqda....

-nima???-dedi Jk ko‘zlari ola kula bo‘lib...-menga shantaj qilayapsanmi???
-Mari....bu nimasi???-dedi Jimin g‘azab bilan Mariga tikilib....Mari bosh silkidi...
-bu qizni bunaqa deb o‘ylamovdim....-deb menga boshla degandek tikildi.....
-men bilmayman....ustingizdan yozaman...videotasvir ham bor...-dedim bezbetlarcha...JK vajohat bilan turib meni devorga tiradi....
-qancha????
Uning ko‘zlariga qarab qilayotgan ishimdan uyalardim...ammo hozir vijdonga qarab ish qiladigan holatda emasman...
-uylanasiz.....-dedim ko‘zlaridan ko‘zimni uzmay....u menga qahr bilan tikildi....
-Jk....kechir dostim...-dedi Jimin g‘azab bilan Mariga qarab...
-xotinim bo‘lganinga pushaymon qilaman halii....-dedi tahdidli ovozda mendan uzoqlashib....
-qachon ketamiz???-dedim surbetlik bilan....u bor nafratini ichiga yutib...
-yurrrrr....-dedi baqirgancha....ikkalasi chiqib ketdi...
-Meribel senga nimadir qilsa videokasseta mendaligini aytib qo‘y...senga tegina olmaydi...-dedi Marina havotir bilan...

-Raxmat Mari...-dedim minnatdorchilik bildirib...gohida yaqinlaring bermagan mehrni begonalardan toparkansan.....u menga samimiy jilmaydi...tashqarida meni sovuq nigohlar bilan Jk kutardi....mashinasi qimmatbaho...menimcha juda boy...bular menga qiziqmas...eng muhimi niyatimga erishsam bas...bu xudbinliklarim

bari....yorqin kelajagim uchun ham kerak....o‘qishga kirsam bas bu yigitdan ham kechirim so‘rayman....
-bitch.-mashinasiga o‘tirishim bilan haqoratlashni boshladi....e‘tibor bermadim....
-nikohdan qachon o‘tamiz....-dedim yuzimni qalin qilib....uni yuzi jaxl va alamdan qizardi...
-hoziroq....-dedi tishlari g‘ichirlab...-ersirab yurgan ekansanda.....
Uning gaplari yurak yuragimni teshib o‘tardi...men ko‘rgan azoblar oldida bu hech nima emas.....yo‘l bo‘yi meni tinmay haqoratlardi.....
Nikoh uchun ariza yozdik....hamma navbatda turgan baxtli yoshlarga qarab havasim kelardi....qaniydi men ham shunday baxtli bo‘lsam....
- Yoshing???-dedi Jk menga sovuq qarab....
-18.....
-18mingtasini ko‘rgandirsana shu paytgacha...-dedi shivirlab anketa to‘ldirarkan....ablax...o‘zing osmondagi oymiding...senku o‘shanaqalar yoniga boradigan...yana aybni ayollarga to‘nkashadi....u qo‘limni kuch bilan ushlab tashqariga sudradi....
-hali o‘z qo‘ling bilan ajrashish uchun arizaga imzo chekasan....-dedi qahr bilan....
-buni vaqt ko‘rsatadi....-dedim jilmayib....uning qalin qoshlari chimirildi....
-sendaqalardan jirkanaman....-dedi so‘ng tez tez yurib mashinasiga o‘tirdi...yengil tortdim shunisi yaxshi....meni pok nomusimni hech kim toptay olmaydi....uni mashinasiga chiqdim....
-sen bilan kelishib olsak....niyatingga erishding ammo seni xotin o‘rnida ko‘rmayman...bu bir....o‘zimga munosiblar bilan yuraman g‘ing demaysan..yo‘qsa bir tiyinsiz qoldiraman..bilaman sendaqalarga pul bo‘lsa bo‘ldi...-dedi ruliga mushtlab....
-meni har oy pul bilan ta‘minlaysiz...ommaga bu xotinim deyishingiz shart emas....kim bilan yurasiz menga farqi yo‘q...aytganingizdek menga faqat pul kerak...oyma oy....-dedim jiddiy boqib...u alam bilan jilmaydi...
-senlarniyam ona tuqqanmi???-dedi so‘ng mashinani haydadi....uning uyi judayam baland va hashamdor edi....Marina to‘g‘ri aytibdi u juda ham boyyy......
-xush kelibsiz...Janob Jeykey...-deya kutib olgan oqsoch meni ko‘rib dovdirab qoldi...
-bu yangi xizmatchi...-dedi JK menga qarab nafrat bilan...-nima ish bo‘lsa ayting qiladi.....
-yaxshi bo‘libdi...katta xonim va xo‘jayin qaytgunicha menga ko‘maklashadi...-dedi oqsoch hursand bo‘lib....Jk xonasiga chiqib ketdi....
-isming nima qizim??-dedi oqsoch menga jilmayib....
-Meribel....-dedim....oqsochni ismi Mila ekan....narsalarimni bir kichikroq xonaga joylab onamni suratini chiqarib yig‘ladim.....kechiring onajon...shunday qilishga majbur bo‘ldim....onamdan yodgorlik bo‘lgan

..guldek yigitni hayotini barbod qilish niyatim yo‘q....o‘qiyman ona...siz orzu qilgandek universitetda....hali hammasi yaxshi bo‘ladi....shu ko‘yi uxlab qolibman.....
-heyyy......

Kimdir chaqirardi...uyg‘onsam tepamda Jk turibdi....
-senga qancha kerak bugunga....-dedi katmonini chiqarib...
-100....-dedim repititorni chamalab...u pulni yuzimga otdi....
-xizmati shartmas...-dedi sovuq jilmayib.....yaramas ablaxey...hali o‘qishga kirib olay..shu pullarni bir kun yuzingga otaman....

-qaley Jk..yangi xotin???-dedi jimin kulib....
-o‘chirrr...o‘zi seni deb keldi boshimga shu balo....-dedi Jk mashinani kompaniyaga xaydab....
-hohlasang o‘zim yordam berib turaman...-dedi jimin iljayib....
-ol....senga ana...-dedi Jk jaxl bilan oynaga qarab qo‘yarkan....
Jimin qizni tasavvur qilib tamshanib qo‘ydi....naq ofatijon...chiroyli...qosh ko‘zlari tim qora....

Jk g‘amgin tortdi...axir ota chiroyli aqilli mehribon tagli tugli qizga uylanaman deb so‘z beruvdi....tasavvurlarida osha yorini o‘ylardi...ammo yetti uxlab tushiga kirmagandi allaqanday Bitchga uylanishi....ota onasi safardan qaytib kelsa uni bir amallab ketqizishga urinadi...

Pulni yonimga qo‘yib uyni aylanib chiqdim.... ko‘chaga chiqmoqchidim Mari telefon qildi....eski telefonimni ko‘tardim....

-aloooo....
-Meriiii....-hiqillashga o‘xshash tovush keldi......
-nima bo‘ldi????
-anovi yaramas amaking meni uyimni topib keldi....
-nima???
-kechir...unga manzilingni berib yubordim....
-jin ursin....
-kechir....hammayog‘imni ag‘dar to‘ntar qilib tashladi....-dedi Mari yig‘lamsirab....
-qachon ketdi???
-menimcha hozir uyga yetgan....

-meribel...seni bir erkak so‘rab keldi....-dedi Mila opa hayron bo‘lib...yuragim orqaga tortib ketdi...bu ablax hech qachon meni tinch qo‘ymaydigan ko‘rinadi.....shoshib ko‘chaga chiqdim...yoshi 40dan oshgan amakim uyga diqqat bilan qarab turardi...
Meni korib ko‘zlari suzildi...

-ooo...meni qochoq jiyanim....aniqrog‘i sevgilim...-dedi yonimga kelib pichirlarkan...qonim qaynadi...

-keting.....

-seni tashlabaaa.....-dedi sovuq jilmayib.....-ha aytgancha menga yordam beradigablar bor deb ketuvding...qani o‘shalar senga yordam berarmikin???-dedi masxaralab... .

- ovozingizni ochiring..-dedim alam bilan....amakim ko‘ylagimga yopishdi...
.
-menimcha qiz seni hohlamayapti....
Jkning yo‘g‘on ovozi eshitildi....amakim o‘girilb qaradi....

-sen kimsan???

Jk kelib uni yoqasini ushladi...

-bu uyni yaqinida yurganingni ko‘rsam ham holingga maymunlar yig‘laydi...ortiq bu yerda o‘ralashma...-dedi g‘azab bilan....amakim gapim tugamadi degandek menga tikildi va tez tez yurib ketdi....
-klientlaringga ayt meni uyim atrofida o‘ralashmasin....vaqtinchalik xotinim ekansan eski ishingni yig‘ishtir...-dedi nafrat bilan so‘ng uyga kirib ketdi....baxaybat darvozaga suyangancha unsiz yig‘ladim...nega meni erta tashlab ketdingiz onajon...dadajon....

So‘ng boshqalar ko‘zi tushmasin deya uyga kirdim....xonamga kirsam ortimdan Jk kirib keldi....
-nega ularni uyga chaqiryapsan???-dedi g‘azab bilan....

-men uni chaqirmadim....-nega ishonmaydiya bu yigit....

-agar yana shunaqa ish qilishni hohlasang o‘zim seni ishga joylab qo‘yaman yur....-dedi qo‘limdan
sudrab....
-qo‘vorrr....-deya baqirdimm...u meni eshitmagandek sudrab olib chiqib ketdi....mashinasiga otib yuborib o‘zi rulga o‘tirdi.....
Ablax....axir men chaqirmadimku....
U meni tungi klubga olib bordi...ichkariga sudrab olib kirdi....o‘rtada ustun yonida bir qiz yarim yalang‘och holatda raqsga tushardi....
-qara...rasmiy ish senga...rosa hohlayotgan bo‘lsang... -dedi qulog‘imga yaqin kelib.....qo‘limni siltadim....u meni davraga itarib yubordi...bir yigitga urilib ketdim....
-ko‘zzz.....-deya urushmoqchi bo‘lib ortiga qaragan yigit bir zum menga mahliyo bo‘lib qoldi....
-uzrrr....-dedim yelkamni ushlab...u jilmaydi....
-hech qisi yo‘q....
Atrofga qarasam Jk yo‘q edi...ablax meni tashlab ketganini....sekin yura boshladim....qo‘limni kimdir tutdi...

-hey ....qayoqqa shoshayapsiz????

-qo‘yvorrrr.....-deya yuziga tarsaki tortdim.....

-voy bitch...-dedi so‘ng sochimga yopishdi.....shu payt yigitning yuziga musht kelib tushdi....sochimni qo‘lidan tortib haloskorimga tikildim...boyagi yigit....
-yaxshimisiz???-dedi havotir bilan....

-rahmat....deya bosh silkidim...-u mamnun jilmaydida so‘ng boyagi yigitni olib ketinglar deya buyruq berdi.....2nafar qo‘riqchi uni olib chiqib ketdi....
-bunaqa joylarga kelmang maslahatim....-dedi yoqimli jilmayib.......o‘z xoxishim bilan kelmadim axir....

-xo‘p....-deya bosh silkib tez tez yurgancha ketayotgandim.....
-yaxshi qiz ismingiz???-dedi ortimdan.....
-maslahtim duch kelgan qiz bilan tanishmang....-dedim jilmayib....u kuldi....kim bo‘ldi bu yoqimtoy yigit....tez tez yurib chiqib ketdim....ablax Jk qanday yetib oldim endi........bir amallab uyni topib bordim....eshikni Mila opa ochdi....
-Meribel qayerlarda yuribsan???-dedi havotir bilan....uni tinchlantirib xonamga qaytaytogandim tepa qavatdan
-qancha ishlading???-degan tanish ovoz keldi.....tepaga qarasam Jk menga qarab masxoromuz jilmayib turardi......

Alam bilan jilmaygancha cho‘ntagimdagi videokassetani ko‘rsatdim....uning yuzi o‘zgardi....bir narsalar deb g‘oldiragancha xonasiga kirib ketdi.....xonamga kirib yana yig‘lab oldim....hayot doim bizni sinaydi...bardoshimizni....kuchimizni.. sabrimizni.....Jk har kuni kelib ketar men bilan uncha ishi bo‘lmasdi...hademay nikoh uyidan ham chaqirishsa kerak.....repititorga ham borib kela boshladim....hammasi rejam bo‘yicha ketayotgandi....uy ishlarida Mila opani urintirmasdim....bog‘bon amaki ham o‘z otamdek bo‘lib ketdi.....kunbo‘yi ochlik va tinimsiz harakat meni holdan toydirardi....intiqlik bilan soatga qarab qo‘yardim....vaqt yaqinlasha boshlagach suvni stol ustiga qo‘ydim....bir payt oshxonaga Jk kirib keldi....
-bu nima o‘tirish???-dedi jaxl bilan....
-haligi.....
-tekintomoqlik rosa yoqayaptiya senga???-dedi nafrat bilan tikilib....so‘ng kelib oldimdagi suvni yonimda polga to‘kdi....
-artib ollll.....
Ko‘zim yoshlandi....
-xudbinnnn......
Uni turtib yugurgancha yonidan o‘tib ketdim...axir ....

-Janob...Meribel qani???-xonaga Mila opa kirib keldi....
-ketdi....-dedi Jk beparvolarcha....
-...bechora qizim bugun umuman tinmadi ...-dedi Mila opa havotir bilan qo‘lidagi yegulikni stol ustiga qo‘yib....
Jkni ko‘z oldiga qizni yoshli ko‘zlari keldi....demak ishlayotgan ekanda