November 5, 2024

MYSTERIOUS MURDER. EP.9

Episode 9

"Dard uni his qilishni istaydi"

~Kim Hyera~

(π‘ƒπ‘Žπ‘–π‘› π‘‘π‘’π‘šπ‘Žπ‘›π‘‘π‘  π‘‘π‘œ 𝑏𝑒 𝑓𝑒𝑙𝑑)

Pov:K orea, Seoul, Jeon's Mansion, soat 09:45
Hyera kechadan buyon ko'rgan manzarasidan hali ham o'ziga kelmagan edi. Haqiqatdan ham o'tkan 2-3 kun orasida suhbat qurgan insonning ayanchli o'limi har qanday insonni ham esankiritib qo'yishi aniq edi.
Pov Hyera: Bu yana qanday o'yin bo'lmasa. Nega bu uy bunchalar sirlarga to'la bo'lmasa. Bu men guvoh bo'lgan ikkinchi qotillik. Nega nega bu ishlar faqat men bilan sodir bo'layapti? Bu qotillikda ana u ikki vaxshiy aka-singilning qo'li borligiga hech qanday shubha yo'q. Hisob so'rash vaqti keldi. ~dediyu shahd bilan xonasidan chiqib, Danielning qo'rg'ondagi ish xonasiga bostirib bordi.Hyera hech ikkilanishsiz eshikni ochdiyu, qog'ozlarga tikilib turgan Daniel qizga hayron qiyofada qarab qoldi.

Daniel: Buncha jasorat qaydan Hyera xonim? Deya o'rnidan turdiyu qizni bir ko'zdan kechirib: Yoki nima sizga eshikni taqillatib kirishni o'rgatishmaganmi?
Hyera qat'iy ovozda: Qachongacha? Qachongacha bu razil iflos ishlaringgiz davom etadi?
Daniel: Tushunmadim?
Hyera: Aysh qanday ikkiyuzlamachi odamsanlar sen. Avvaliga Barbara keyin esa Sehun. Balki keyingi o'ljanggiz men bo'lsam hech ham hayron qolmayman.
Daniel: Nima haqida gapiryapsan? Ochiqroq gapir. Sehunga nima bo'ldi?
Hyera: Bas qiling janob!! O'zinggizni hech nimani bilmagandek tutishni bas qiling. Bu o'yininggiz menga o'tmaydi. Sehunni mayda bo'laklarga bo'lib, qotillikni siz qilgansiz.
Daniel: N..nima? Qayerda bo'ldi bu?
Hyera: Sizni xabaringgiz...
Daniel: Agar men bilganimda sendan so'ramasdim Hyera.
Hyera: Haligi..somonxonada Sehunning murdasi mayda bo'laklarga bo'linib, ayanchli o'lim uyushtirilgan.
Daniel bu gaplarni eshitib ko'zlari katta-katta bo'ldiyu: Qani yur~dediyu ikkisi ham otxona tomon yugurishdi.
Daniel somonxona eshigini shahd bilan ocharkan, ko'rgan manzarasidan ko'ngli behuzur bo'lib ketdi.
Daniel: Ha Hyera?
Hyera: Endi nima bo'ladi? Bu qotillikda kimning qo'li bor deb o'ylaysiz?
Daniel somonxonaning har tarafiga qaradiyu, bu katta qo'rg'onning har bir teshigiga kamera yozuvlarini o'rnatgani yodiga tushdi.
Daniel miyig'ida kulib: Eh qafasdagi qushcham, albatta hozir bilib olamiz. Bu yerda axir guvoh bo'lgan kamera tasvirlari borku.

Daniel cho'ntagiga qo'lini solgancha qo'l telefonini oldida va o'ziga kerakli raqamga qo'ng'iroq qila boshladi.

Daniel: Alo, Nik.

Nik: Eshitaman janob. Biror muammo bormi?
Daniel: Menga hoziroq somonxonaning video yozuvlarini yubor. Bazi bir muammolar paydo bo'lib qoldi.
Nik: Hozir janob Daniel.
Daniel darrov qo'riqchisi jo'natgan videotasvirlarni diqqat bilan kuzatishni boshlarkan, qora niqobli odam Sehunni shu darajada do'pposlardiki, ko'zlarida na qo'rquv bor edi. U Sehunni zavq bilan choparkan, uning harakatlari go'yoki maniyak, telba odamning hatti-harakati edi.
Hyerai: B..bu kim?

Daniel: Qora ajal.

Hyera: N..nima? Qora ajal kim?
Daniel qizning savollariga javob berishni ham xohlamay tezlikda singlisini qidirish uchun butun qo'rg'on bo'ylab bor ovozda "Daniella" deb baqirardi.

Daniella akasining jahli chiqqanini sezib: Akajon. Biror muammo bormi?
Daniel: U shu yerda tu𝐬hunayapsanmi? Qora ajal hattoki qo'rg'onga ham bemalol kirib chiqa olyapti. U bu bizni shunchalik tezlikda ahmoq qilyaptiki, uning yonida biz hech nima bo'lib qolayapmiz.
Daniella: Nima bu nima deganinggiz aka? Qanday qilib bu yerga kirishi mumkin axir?
Daniel: Shu savol meni ham qiziqtiryapti singiljon. Bu 3chi o'lim avvaliga Jack, keyin Rohib Kang, Minji endi esa otboqarimiz Sehun.
Daniella: Nima Minjiga nima bo'ldi?
Daniel: Kecha jasadini "Jeon's Cooperation"ning yoniga tashlab ketishgan.
~𝐅π₯πšπ¬π‘π›πšπœπ€~
Daniel xodimlar tayyorlagan hisobotni birma-bir ko'zdan kechirar ekan, ayni damda u juda asabiy bo'lib qolgan edi. Aksiga olib Jahon tenderida katta yutqazish nafaqat Danielga, balki Jeon's cooperation obro'yiga ham tasirini o'tkazmay qo'ymadi.
Pov Daniel: Naqadar omadsiz kunlar.Ammo ishonaman, oyning 15 qorong'u, 15 yorug'. Yaqinda bu muvaffaqiyatsizlik botqog'idan chiqib keta olaman, axir men Jeon Danielmanku.
Daniel xayollariga g'arq bo'lgancha o'tirarkan, kotibaning eshikni taqillatganiga ham pinagi pir ham qilmadi.

Kotiba Yung: Janob Jeon. Kirsam bo'ladimi?

Kotiba Jung

Daniel: Ha Yung xonim. Kelishinggiz muddaosi nima bilsam bo'ladimi? Yoki yana yomon xabar olib keldinggizmi?
Kotiba Yung: Ha..ligi janob. Noxush voqea sodir bo'ldi. Ya'ni kompaniya hududiga tegishli axlatxonada inson jasadi topildi.
Daniel: Nima? Bu ahmoqona ishni kim qildi?
Kotiba Yung: Shu sababdan sizga xabar berishni lozim topdik. Balki politsiyaga xabar berarmiz.
Daniel: Shart emas o'zim hal qilaman.
Kotiba Yung: Janob lekin bu jinoyat axir. Buning ustiga jasad ayol kishiga tegishli va uning qorin sohasiga qichoq bilan qirilgan holatda: O'lim eslatmasi"deb yozilgan. Bu tasodifiy emasligi yaqqol ma'lumku.
Daniel: N.nima yozilgan dedinggiz? deya ko'zlari g'azabga to'la boshladi. Buni sezgan kotiba dudug'langan holatda: H..haligi "O'lim eslatmasi"
Daniel shamolday xonadan chiqdiyu to'g'ri jasad topilgan axlatxona xoniga keldi. Murdaning ustiga oq mato tashlanganini ko'rgan Daniel iltijo ko'zlari bilan uni ochdi.
Daniel: M..minji. Nahot bu sensan sevgilim.~deya ko'zlaridan beixtiyor yoshlar sizilib chiqdi.

Minji

Daniel ko'z yoshlarini artgancha: Qora ajal. Sabrim tugab bormoqda. Endi yaqinlarimga ziyon yetkazishga o'tdingmi? Minjini o'ldirganing hali qimmatga tushadi. Lekin ishonaver sevgilim Minjim mening, senga tekkan o'sha iflosni qabring yoniga qiynab o'ldirmasam Jeon familyamni boshqa qo'yaman~deya matoni yopdida, mashinasiga mingan holatda katta tezlikda ko'zdan g'oyib bo'ldi.

~𝐅π₯πšπ¬π‘π›πšπœπ€ 𝐞𝐧𝐝𝐬~

Daniel: Lekin hamma qotillikning ortida bir inson turibdi.
Daniella biroz o'ylangancha: Aka menimcha bu yerda bir bog'liqlik bor. Jumboq yashiringan.
Daniel: Ya'ni?
Daniella: Endi yana qaytadigan bo'lsak, odamlarimizning o'ldirilishi ketma-ketlik bo'yicha bo'lyapti. Qarang Jack
"Ibtido" to'dasiga avval boshidanoq qo'shilgan edi, so'ngra Janob Kang, ammo o'rtada bir odam qoldi.
Daniel: Fida.
Daniella: Bu sizga shubhali emasmi? Fida o'ldirilmadi, ammo Minjiga suiqasd uyushtirildi. Akajon oramizda xoin bor va uning kimligi yaqqol ayon.
Daniel: Bekorga sen mening singlim emassan ayyor tulkicham.

Daniel: Fida bizni Qora ajalni yoniga olib boradi.
Ikki aka singgil xonani to'ldirib kulisharkan, bularni kamera orqali kuzatib turgan Suga va Qora ajal ham barchasi rejalari asosida borayotganiga miyig'ida kulib qo'yishdi.
Suga: Boss endi nima qilamiz?
Qora ajal: Ah Suga meni bunday chaqirmasangchi do'stim-deya yuzidagi niqobni yecharkan: Bu lan'ati niqob bilan yuzimni yopaverish, bu kelishgan yuzimga aniq zarar yetkazib qo'yishi mumkin.
Suga: Shundoq ham Hyera sen qanday bo'lsang shunday sevaveradi Jungkook, a yog'e Qora Ajal~deya yigitni mazah qilishni boshladi.
Jungkook: Aysh, sen hech o'zgarmaysan Yoongi. Endi esa Taehyung va Fidaga xabar ber. Ah, o'z ukam va singlimga qarshi urush ochish, qanday zavqli a Suga?
Suga: Onang uchun shu ishni qilayapsanmi Jungkook?
Jungkook: Bir tarafdan, ha. Bu ikkisi mening zaifligimdan foydalandi. Nima alamli bilasanmi Yoongi? Ota-onamni yo'qotgandan so'ng kimdirga muhtoj edim men. Garchi bitta qorindan talashib tushmagan bo'lsak ham men ana shu ikki xudbinlardan mehr kutdim. Ular nima qildi? Ortimdan hech ikkilanmay pichoq sanchishdi. Avvaliga onam, so'ngra xotiramni yo'qotishlari. Bularning barchasi Jeonlar mol mulki uchun edi xolos. Onam yoshligimda bir gapni faqat uqtirardi: Kimgadir haddan ziyod ishonma.....

Chunki oΚ»zingni soyang ham kech kirsa seni yolgΚ»iz qoldiradi~deb. Ana endi shu gaplarning yaqqol isbotini jigarlarimda ko'rdim.
Suga: Shunday do'stim. Ishonch xuddi shishaga o'xshaydi, sinsa tiklanmaydigan narsa. Har kimga ham ishonma Jungkook.​​ Insonga ishonch berishing, uni qo'liga pichoq tutqazishingdir. U bilan balki seni himoyalaydi... va yoki yo'q qiladi do'stim.
Jungkook: Endi bu o'yindan qaytish yo'q.

✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦
Daniella bolasi Senghunni maktabga qo'ygancha mashinada Qora ajalni o'ylagancha uyga qaytarkan, unga bo'lgan qo'ng'iroq butunlay xayollarini tarqatib yubordi.
Daniella: Nega bugun quyosh chap yonimdan chiqdi desam sen eslabsanda.
...- Aysh, xatto muomala qilishni bilmaysiz a kelinoyijon, a yog'e sobiq kelinojiyon.
Daniella: Maqsadga o't Jimin. Sen bekorga meni yo'qlamaysan.
Jimin: Juda aqlli ayolsanda Daniella. Jiyanim yaxshimi?

Daniella: Qachondan beri mening farzandimni ahvoli seni qiziqtirib qo'ydi.
Jimin: U har holda akamning farzandi. Bolang otasi qotili sevimli oyisi ekanligini bilsa senga qanday munosabatda bo'larkin a?
Daniella: Agar bolamga nimadirni churq etgudek bo'lsang,tilingni sug'urib, itlarga yem qilaman.
Jimin: Ahh, qanchalar ojizsan qizaloq. Tahdiddan boshqa narsalarni ham bilasanmi?Eshitdim hozirda akang ikkoving o'z yog'ingda qovurilib yotganmishsan. Qora ajal xuddi qo'g'irchoqdek qo'lida o'ynatayotganini ko'rib qanchalar zavqlanayotganimni bilganingda edi.
Daniella: Jimin. Akangni o'limiga asosiy sababchisi buning o'zi. Agar menga o'z dugonam bilan xiyonat qilmaganida hozir bizdan baxtli odam bo'lmasdi.
Jimin: Zinhor, Zinhor akamni ayblay ko'rma. Sendek bemehr ayol mehr bermagandan so'ng nima qilishi kerak edi. Yetarlicha nayrang qilding Daniella. Endi navbat menga. Seni yo'qotmagunimcha men ham tinchimayman~deya qo'ng'iroqni yakunladi.
Daniella: Jin ursin seni. Jin ursin hammanggizni. Falokat kelsa birvarakayiga kelyaptimi, ah~deya mashina rulini bor zarb bilan urib baqira ketdi.
Jimin: Ah, Daniella. Hali qilgan ishlaring uchun barini burningdan buloq qilmasammi..Hali shoshmay tur. Meni Park Jimin deyishadi.

Xana: Jimin, balki kerak emasdir. U juda xavfli ayol, hech nimadan tap tortmaydi. Sizga nimadir qilsa men nima qilaman?

Xana

Jimin: Sevgilim, bu nima deganing? Bu chayon menga nima ham qila olar edi.nAyni damda uning dardi Qora ajal yani Jungkook. Biz ham unga chap tomondan zarba beramiz.
Xana: Hammasi yaxshilikka bo'lsinda azizim. Siz menga va tug'ilajak bolamizga keraksiz deya ancha bilinib qolgan qorniga ishora qilarkan Jimin ayolini ohista quchib, qirmizi lablaridan yengil bo'sa oldi....

To be continued.