Mysterious murder.Ep.1
"Hayotda birgina voqea yuz beradiki,mana shu butun hayotingni o'zgartira olishga qodir.Shu paytda hayotning bu o'yinlariga shunchaki o'yinchi bo'lasan xolos.Na g'olib na mag'lub..."
~ππ’π¦ ππ²ππ«π____
Pov: Seoul shahri tonggi soat 07:00
Pov Hyera: Har doimgidek kunim zerikarli boshlanarkan,men doim qayerdan o'qishim va yashashim uchun pul topishni o'ylar edim.Seoul gavjum shahar bo'lganligi sababli bu yerda ish topish ancha murakkab.Shu paytgacha 4marotaba ishdan bo'shadim,biri maoshim kamligi uchun bo'lsa,boshqa biri boshliqlarimning menga nisbatan hirs bilan qarashi.Ota onam juda erta vafot etganligi sababli men ancha oldin ulg'aydim.Yashash uchun faqat kurashish kerakligini o'rgandim.Men shularni o'ylab uyqudan turarkanman,bugun yana bir katta kompaniyada suhbatim borligi yodimga tushdi.Va kechikmaslik uchun tez kiyinib nonushta ham qilmay uyimni tark etdim.Deyarli kunim shunday boshlanar edi,ish topish haqida o'ylaganligim sababli deyarli o'qishimni ham e'tiborsiz qoldirar edim.Chunki menda boshqa yo'l yo'q edi.Boshqalar kabi faqat o'qishni o'ylay olmasdim.Yashash uchun esa pul kerak.
Bugun ishga suhbat bo'lganligi sabab kompaniya ishga ariza topshirgan yangi ishchilar bilan band va gavjum edi.Yangi ishchilarning hammasi yangi kiyimda suhbat uchun so'zlarini tayyorlar ekanlar,ular orasida biroz o'zimni noqulay his qilishni boshladim.Chunki ularning barchasi tashqi ko'rinishidan o'qigan va boyroq ko'rinar edi.
Xodim:Kim Hyera
Qiz ismini eshitishi bilan
:Menman~deya o'rnidan sapchib turarkan,ayni damda uni juda qattiq hayajon bosgan edi.
Xodim:Marhamat sizni kutishyapti.
Hyera suhbat bo'layotgan xonaga kirarkan, u yerda ikkita erkak va bir ayol uni sinchkovlik bilan qadamlarini va hattoki ustidagi kiygan kiyimlarini kuzatishar edi.
Kim Hanbin:O'tiring Hyera xonim.O'zinggizni tanishtirsanggiz.
Hyera:Salom hammaga,men Kim Hyeraman.Seoul Milliy Universiteti huquqshunoslik fakulteti 4-kurs talabasiman.Uchta tilni bilaman:ingliz,koreys va xitoy tillari.Agar meni ishga olsanggiz,har doim mas'uliyatli xodim bo'lishga so'z beraman.
Kim Hanbin:Ish tajribanggiz bormi?Avval ham bunday kompaniyalarda ishlaganmisiz?
Hyera:Yo'q Janob.Oldin faqat bir nechta kichik va unchalik mashhur bo'lmagan kafelarda ishlaganman.Maoshim kam bo'lganligi sababli bu ishga ariza topshirgandim.
Kim Hanbin:Kechirasiz xonim.Ammo siz bizning talablarimizga mos kelmaysiz.Eshitgan bo'lsanggiz bizning kompaniya eng ilg'or va rivojlanayotgan kompaniyalardan hisoblanadi va bizga tajribali va diplomga ega xodimlar kerak.
Kim Hanbin.
Qiz bu so'zlarni eshitarkan beixtiyor ko'zlaridan yosh toma boshladi.
Pov Hyera:Uchinchi bor rad etilishim.Yana bugun ham omadim kelmadi.Endi o'qishim uchun va ijara pulini qanday to'layman.Nega men?Nega bunchalar omadsizman~Hyera shularni o'ylagancha xonadan uzr so'ragancha chiqib,atrofga qaramagan holatda kompaniyani tark etdi.
Hyera juda harakatchan qiz bo'lganligi sababli ish qidirishdan to'xtamadi va online ish qidira boshladi.Hyera internetdagi elonlarni o'qirkan ikkita e'lon uning etiborini tortdi.
Pov:Birinchi elonda:
22yoshlar atrofida,qaddi qomatli,chiroyli,xushmuomala qiz enagalikka ishga olinadi.
Ikkinchi elonda:O'qigan,xushmuomala qiz enagalikka ishga olinadi.
Pov Hyera:Birinchi elon juda ahmoqona.Bular enagalikka ishga olishadimi yoki modellikgami?
Hyera ikkinchi elonda keltirilgan emailga ishga kirish uchun ariza topshirdi.
Topshirganiga besh daqiqa o'tmay javob ham keldi.
Xabarda:Ertaga soat 13:00da "Jeon Interpretation" ga suhbat uchun keling.
Hyera xabarni o'qishi bilan ich-ichidan sevindi.
Pov Hyera:Albatta ishga qabul qilinaman.Buni yuragim sezyapti.Yuragim hech qachon aldamagan.
Hyera yangi ish haqida o'ylarkan,kechasi bilan uxlamasdan faqatgina suhbatga tayyorgarlik ko'rib chiqdi.
Hyera ancha o'ziga qarab ,biroz pardoz qilib,suhbat uchun o'zi yoqtirgan kiyimini kiygan holda aytilgan manzilga qarab yo'l oldi.
Hyera katta kompaniya yonida to'xtarkan uning yirikligi Hyerani anchagina hayratda qoldirgan edi va kompaniyaga kirgan holda boshliq xonasini topib eshikni taqillatdi.
.....-kiring.
Hyera ichkaridan kelgan "Kiring"degan so'zni eshitishi bilan yuragida allaqandaydir tushunib bo'lmas qo'rquv paydo bo'lgan edi.
Hyera ichkariga kirishi bilan keng tabassum qilgan holatda:
Salom janob.Men haligi ish bo'yicha kelgan edim ya'ni online e'lon bo'yicha.Soat 13:00da suhbatga chaqirgan edinggiz.
Janob:ha keling xonim.Esladim.O'zinggizni tanishtirsanggiz.
Hyera:Mening ismim Kim Hyera.Seoul Milliy Universiteti Huquqshunoslik fakultetida 4-kurs talabasiman.
Janob:yaxshi.Oldin ham enagalik qilganmisiz?
Hyera:Yo'q janob.Ammo ishonavering men bolalar bilan juda ham yaxshi kelishaman.Faqat imkon bersanggiz bo'ldi.
Daniel:Yaxshi Hyera xonim.Mening ismim Daniel.Jeon Daniel va shu kompaniya rahbariman.Menga yoqdinggiz ya'ni muomalanggiz va doim tabassum qilib turishiniggiz maqul bo'ldi .Ishga qabul qilindinggiz Hyera xonim
Hyera ishga qabul qilinganligini eshitishi bilanoq o'zida yo'q xursand edi.
Hyera:N...nima,nahotki..
Daniel:Biror muammo bormi?
Hyera:yo'q yo'q kechiring janob men o'zim biroz xursandligimdan.
Daniel:Yaxshi ishga qabul qilingan ekansiz mana bu shartnomani o'qib chiqqandan so'ng unga imzo cheking.
Qiz shartnomani olarkan uni avvalo oylik maoshi qiziq edi.U shartnomani ocharkan avval maoshni qidira boshladi va qog'ozdagi ko'rgan summasidan hayratda qoldi.Chunki shu vaqtgacha biror kompaniya bunchalik katta miqdorda maosh taklif qilmagan edi.Hyera hech narsaga e'tibor bermay shartnomaga allaqachon imzo chekkan edi va hayotidagi qiyinchiliklarning boshlanishini boshlab bergan edi.
Daniel:Yaxshi Hyera xonim.Ertadan ishinggizni boshlashinggiz mumkin.Ha aytgancha yana bir shart bundan buyon enagalikda ishlarkansiz biz bilan yashashga majbursiz.Chunki ukamga ertalabdan kechga qadar g'amxo'rlik kerak Hyera xonim....