Mysterious murder(๐ฆ๐ถ๐ฟ๐น๐ถ ๐พ๐ผ๐๐ถ๐น๐น๐ถ๐ธ)๐ฒ๐ฝ.5
"๐๐ฌ๐ก๐ช ๐ก๐๐ฆ๐ฆ๐๐ง๐ข ๐ฎ๐ง๐ ๐ ๐จ'๐ฑ๐ฌ๐ก๐๐ญ๐ข๐,๐'๐ซ๐ง๐ข๐ ๐ ๐ก๐๐๐ก ๐ค๐ข๐ฆ๐ง๐ข ๐ช๐จ'๐ฒ๐ ๐จ๐ฅ๐ฆ๐๐ฌ๐ฅ๐ข๐ค๐๐ข๐ซ"
~๐๐ข๐ฆ ๐๐ฒ๐๐ซ๐~
Hyera ikki aka-singilning tahdididan biroz vaxima qilishni boshlagan edi.Daniella o'sha atrofda turgan baseball tayog'ini olib qizning yoniga yaqinlashar ekan, uning hozir nima qilishini taxmin qilish qiyin emasdi.
Hyera:N..nima qilnoqchisan?
Daniella:Hozir ko'rasan go'zalim ~deya miyig'ida kulib qo'lidagi tayoq bilan hali to'liq tuzalmagan Hyeraning oyog'ini majaqlanguncha ura boshladi.Shunchalar qattiq urardiki,Hyera hali hech kimdan bunchalik darajada kaltak yemagan edi.Oxiri bu zarbalarga chidolmay xushini yo'qotgan qizni Daniel ko'targan holatda qo'rg'ondan biroz chekkaroqda joylashgan yerto'laga etib tashladi.
Pov Daniel:Ana endi biroz aqling kiradi kichik xonim.
Shu tarzda oradan bir hafta o'tarkan,Daniel har kuni faqat ikki mahal Shahining yoniga kirardi xolos.Hyera mana shu bir hafta ichida tanib bo'lmas ahvolga kelib qolgan ediki,ko'rgan odamning rahmi kelardi go'yo.
Daniel har kungidek qo'lida patnis to'la ovqat bilan Hyeraning oldiga kelarkan, qiz unga xuddi yovga qaragandek qarardi.
Hyera:Y..yana qancha saqlamoqchisilar bu jahannamda?
Daniel:Aqling kirguncha kichik xonim.Seni ogohlantirgandim aslo bu qo'rg'onning ishlariga mana bu uzun burningni suqma,bo'lmasa jon bilan to'laysan badalini deb ogohlantirgan edim.Agar aqlli qiz bo'lsang bu yerdan chiqishing mumkin qizaloq.
Hyera:Yaxshi endi meni o'ldiringlar.To'ydim senlarning bunday itdek munosabatlaringdan.
Daniel xonani yovuzlarcha to'ldirib kularkan:Seni osonlikcha o'ldiradigan ahmoq yo'q go'zalim.Ha aytgancha Danielladan xafa bo'lma,biroz jarohat berganini hisobga olmasak u juda yaxshi qiz.
Hyera:Lan'at bo'lsin ikkovinggaham.Jungkook shuncha yil davomida qanday qilib senlarni uka-singil sifatida ko'rib yashagan qiziq.
Daniel:Tilingga erk bermadingmi Hyera xonim yoki shunchalik tezroq o'limingni tilab olayapsanmi?
Hyerai:.....
Daniel ovqatni yerga qo'pollik bilan qo'ygancha u yerni tark etdi.
Pov Hyera:Bu yerdan chiqishim kerak.Bu yerdan chiqishning yakkayu yagona yo'li bu ikki iblisning ishonchiga kirish.Lekin.... lekin ko'rgan manzaramni unuta olmayapman.Ular qurbonlik qilgan odam Barbara edi.Aniq o'sha edi,uning qo'llaridagi uzuk...Ha ha to'g'ri aynan uning olmossimon uzuki edi u.Demak Barbaraning o'limi tasodif emas...
Pov :tungi 01:45
Hyera bu muhitga ko'nikmaganiligi sababli zax joyda tunash u uchun juda qiyin edi.U Jungkookni o'ylagancha ko'zlari yumuq yotarkan,eshikning ochilayotgani butunlay xayollarini tarqatib yubordi.
Hyera eshikni kimdir ochishga harakat qilayotganini ko'rib qo'rquv aralash so'radi:K..kim u?
Eshik ortidan ovoz kelmagach Hyera yon atrofga qararkan atrofida tuzukroq urish uchun hatto bir dona bo'lsa ham qurol yo'q edi.
pov Hyera:Lan'ati endi shunday o'lib ketamanmi?Nega bunchalar omadsiz ekanman a?
Eshik ochilishi bilan Hyera o'ziga tanish bo'lgan qiyofani ko'rib yuzi ancha yorishgudek bo'lgan edi.
Hyera:Taehyung.Sen bu yerda.
Taehyung:Bu yerda gap sotish uchun kelganim yo'q.Qani tur ketdik.
Hyera:Ammo men..
Taehyung:Uf yana nima?Namuncha mijg'ov bo'lmasang sen qiz? dediyu Hyera keskinlik bilan oyog'iga ishora qildi.
Taehyung Hyeraning oyoqlariga qararkan uning oyog'i haqiqattan ham achinarli holga kelgan edi.
Taehyung noilojlikdan qizni qo'llarida dast ko'targancha u yerni tark etdi va o'zining xonasiga etdi.
Hyera:Tae meni u yerda ekanligimni qayerdan bilding?
Taehyung:Meni bunday atama ey enaga.Sen esi yo'q ahmoq tovuqmiyaga boshidan ogohlantirish berilgan edi bu ishga aralashma deb.
Hyera:Demak sen bularni boshidan bilarmiding?
Taehyung:Shunchalar ahmoq ko'rinyapmanmi?Agar Jungkook bo'lmaganda hayotimni xavfga qo'yib seni qutqarmas edim.
Hyera:Jungkook.?U qayerda Taehyung?Uni.. uni ko'rishim kerak.
Taehyung:Hademay u ham shu yerda bo'ladi.Bunchalar ham toqatsizsan a sen qiz?Ha aytgancha oyog'ing ancha jarohatlangan ko'rinadi.Ruxsat bersang uni qayta bog'lab qo'yaman.
Taehyung Hyeraning oyoqlarini mahorat bilan bog'lar ekan,ikkisining o'rtasida sukunat kechgan edi.Hyera bu sukunatni oxiri buzish maqsadida gap boshladi:
Haligi Jungkook bilan qanday aloqang bor,ya'ni bu oilada kimsan?
Taehyung ham biroz Hyeraga tikildiyu gap boshladi:Xolavachchamiz.Jungkookning oyisi va mening oyim opa-singil.Oyim haqida so'ramoqchi bo'lsang ota-onam yoshligimda vafot etishgan.Shu sababli meni Jeonlar oilasi katta qilishgan.
Hyera:Ha tushunarli.Jungkook bilan munosabating haqida bilsam bo'ladimi?
Taehyung jahl aralash qizga qaradiyu keskin javob qaytardi:Buni sen bilishing shart emas.Bugunga bilganing yetadi.Keyingi safar.
Hyera Taehyungni boshqa gapirishga majburlamay shunchaki bosh irg'ab qo'ydi xolos.
Taehyung :Ana bo'ldi.Jungkook kelgancha bu yerdan jilma Hyera.Meni muhim ishlarim bor deya xonadan chiqib ketdi.
Pov Hyera:Yana o'sha yolg'izlik.Jungkookni sog'indim.Uning kelishgan yuzi,tabassumi va hidi mana shu bir hafta oralig'ida o'ziga ohangrabodek tortgandek edi go'yo.
Eshik ochilarkan Hyeraning butun vujudi hayajon qoplagandek edi go'yo.
Jungkook Hyerani ko'rishi bilan yugurib uni shu darajada qattiq quchib olgan ediki,Hyera ham bundan mustasno emas edi.
Jungkook:Hyera
Hyera:Jungkook.Kechir meni.Seni xavotirga qo'ymoqchi emas edim.
Jungkook qizni quchog'idan olar ekan,uning oyog'ini ko'rgach qosh chimirgancha:Kim qildi?
Hyera:Haligi.yo'q bu shunchaki ehtiyotsizligim sababli.
Shu payt eshik ochilarkan Daniel xotirjamlik bilan ichkariga kirdi va yoshlarga yovqarash qilib yolg'on tabassum bilan gap boshladi:Hurmatli enagamiz va uning xaloskori mening suyukli akam Jungkook.
Jungkook:Seni ishingmi bu?
Daniel:Kechir akajon.Biroz aqlini kirgizmoqchi edim xolos.
Jungkook qo'llarini musht qilgancha Daniel tomon yo'nalmoqchi bo'lganida Hyera uni qattiq quchoqlab oldi.
Hyera:Jungkook kerak emas iltimos.
Jungkook Danielga bosh barmog'ini bigiz qilgan hokatda tahdidli ohangda gapirishni boshladi:Menga qara otamning haromisi.Haddingdan oshyapsan shekilli.
Daniel:Bas qil Jungkook MEN HAROMI EMASMAN.MEN HAM JEONLAR AVLODIMAN.
Jungkook:Sen nikohsiz Jeonsan xolos.Hatto bizni familyamizga ham to'g'ri kelmaysan.Sen va ana u singiljoning foxishaning bolalarisan xolos.Zinhor men bilan tenglashishga urunma.Ikkalaring ham.
Daniel:Xotirang qaytayotgan ko'rinadi Jeon.
Jungkook:Xotiram butunlay tiklangan kun senlarning ajal kuning bo'ladi.Bu intiqom alangasi ikkinggizni ham yondirib kulga aylantiradi~deya Hyerani dast ko'targancha u yerdan olib ketdi.
pov Daniel: Sen yonasan bu olovda suyukli akajonim tiriklayin yoqaman hali.
Jungkook Hyerani ehtiyotkorlik bilan yotoqqa qo'yar ekan,ular orasidagi masofa hech qancha emas edi.Ikki oshiq kabutarlarning yurak urushlari bir birlariga shu darajada yaqqol eshitilardiki,Jungkook Hyeraga qaraganda uning totli lablaridan bir bor bo'lsa ham bo'sa olishni xohladi.U qizga shu darajada qattiq yaqinlashar ekan Hyera hozir nima bo'lishini taxmin qilgandek ko'zlarini yumdi.Jungkook Hyeraning bu qilig'iga biroz miyig'ida kulgancha Hyeraing lablaridan ehtiyotkorona mayin bo'sa oldi.
pov Hyera:Negadir bu bo'saga qarshilik qila olmadim.Butun vujudim ruhim bilan uning bo'salariga javob qaytarishni xohlayotgandek edi go'yo.Jungkook shunchalar mayin bo'sa olardiki,bu bo'sa hech qachon tugashini xohlamayotgandekman.Nahotki men unga oshiq bo'lgan bo'lsam.Sevgi.Anglab bo'lmas tuyg'u.Faqatgina ko'zlaring hislaringda tarjimondir, mening esa sukutim muhabbatdir...)