October 28, 2024

Mysterious murder.Ep~7

"Kel, Birga
Ketishni istagan o'sha uzoq manzillarga ketamiz...
Men sening qullaringdan tutaman, sen mening yuragimdan tutasan...
Yetarki, yonma-yon ketamiz!
Manzil axamiyatsiz!
BIZ KETAMIZ....."
~ ๐Š๐ข๐ฆ ๐‡๐ฒ๐ž๐ซ๐š~
Daniel:Ikki yil.Ikki yildan buyon mana shu "Qora ajal" ni izidan tushdim,qidirmagan joyim,kirmagan teshigim qolmadi.Hatto kimligi ham nomalum menga.Lekin ont ichaman topgan kunim uning ajali men bo'laman,hali hammasi uchun javob beradi.Onamning to'kilgan qoni haqqi joni bilan tovon to'lataman.
Daniella:Akajon.Endi yuraqoling ketishimiz kerak~deya Danielni qo'lidan tutgancha tashqariga olib chiqarkan,bir burchakda qo'llarini qattiq ushlab ko'z yosh to'kayotgan Jungkookni ko'rgan zahoti ikki aka-singgil ham akasining yoniga shoshilgancha yugurib kelishdi.
Daniel:Jungkook yaxshimisan?Q..qo'llaringga nima qildi?Nega ular qon?Kimning ishi bu?
Jungkook:U..u sh..shu yerda.U m.meni o'ldirmoqchi bo'ldi.
Daniella:Kim aka kim sizning joniggizga qasd qilishga haddi sig'di?Shu ondayoq buyragini sug'urib olaman o'sha iflosning.
Jungkook:Qora niqobdagi odam.U..shu yerda ~deya yigit duduqlangancha gapirar ekan Daniel singlisiga qaradida,Jungkookni olib pastga olib tushishga ishora qildi.Ular pastga tushar ekan,Hyeraning ko'zlari yigitning qontalash qo'llariga tusharkan,qo'rquv aralash shoshilgancha sevgilisining yoniga oshiqdi.
Hyera:Jungkook,qo'llaring?
Jungkook:M..men yaxshiman.Bu yerdan ketaylik dediyu hech kimga etibor qaratmasdan,uydan chiqib mashina tomon ketib qoldi.

Daniel esa bor qahr ko'zlari bilan Sugaga qarab to'g'ridan to'g'ri do'q-po'pisa qilishga tushdi:
Hali hisoblashamiz Min Yoongi.Har bir o'lgan odamlarim va jarohatlangan Jeon oilasi vakilining qoni haqqi tovon to'lataman.
Suga:Demak qonli o'yin boshlandi Jeonlar.Ilk qadam qo'yildi va Min Yoongi oldinda~deya butun zalni to'ldirgancha yovuzlarcha kularkan,Daniel qo'llarini musht qilgancha ayni damda Sugaga musht tushirishga tayyordek edi go'yo.
To'rtovlon mashinaga mingancha qo'rg'on tomon ketarkanlar,Jungkook hali hamon qaltirar edi.Yigitning bu holatini ko'rgan Hyera uni tinchlantirish uchun bag'riga qattiq bosdi.
Hyera:Jungkook barchasi o'tdi,iltimos o'zingni bos,hammasi yaxshi deya unga dalda berguncha yigitning boshidan mayin siladi.
Ular uyga yetib kelishgach hamma sukut saqlagancha har kim har tomonga tarqaldi.
Daniel zarb bilan xonasini ocharkan xona ichidagi barcha narsani yerga uloqtirgancha biroz bo'lsada xumoridan chiqishga harakat qildi.
Daniella akasining bu telbanamo harakatlarini ko'rib biroz tinchlantirishga urinib:Aka bas qiling,bundan foyda yo'q.Tezroq o'sha qotil "Qora ajalni" qo'lga tushirishimiz kerak.
Daniel:Qanday ayt qanday?Qanchalik uni tutishga harakat qilsam u meni doim mot qilib changida qoldirib ketadi.U shunchalar aqlliki,biz shoxida yursak u bargida yuradiganlardan.
Daniella:Guruhimizning bir a'zosidan ayrildik.Buni darhol qolganlarga ham yetkazishimiz kerak.
Daniel:To'g'ri."Ibtido'' jamoasi bir a'zosidan ayrildi.Hali bunga javob berishadi.Bugun kechki soat 22:00da hamma qabriston yoniga yig'ilishini e'lon qil.
Daniella:Xo'p bo'ladi akajon.

Hyera

โœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆ

Qiz Jungkookni biroz tinchlantirish uchun uyqu dori berarkan,yigit hech o'ylab o'tirmasdan dori ichishdan bosh tortdi.
Hyera:Jungkook,iltimos ichaqol.Sal bo'lsa ham uyquga ketganingdan so'ng tinchlanasan.Men uchun iltimos.
Jungkook:Hyera mening ahvolim yaxshi xavotirlanma.Mana yaramni bog'lab qo'yding endi hech ham xavotirga o'rin yo'q.
Hyera:Ammo...
Jungkook:Iltimos...
Hyera:Yaxshi demak ahvoling joyidami?Unda menga bor voqeani aytib ber.Tepada nimani ko'rding?U kim edi?
Jungkook:Iltimos bu mavzu yopilishini xohlayman.Meni majburlama.
Hyera:Yaxshi.Aytganingdek bo'laqolsin.Endi men ketaqolay...
Jungkook:To'xta.Bugunchalik men bilan qol.
Hyera:Ammo Jungkook..
Jungkook:Meni iltimosimni rad qilasanmi?~deya biroz xomush tortarkan,Hyera yigitni xafa qilmaslik uchun roziligini bildirish maqsadida boshini "xo'p" degandek chayqab qo'ydi.Jungkook va Hyera biroz dam olish uchun bir yotoqqa yotishar ekan,Jungkook Hyerani bellaridan qattiq quchdiyu,qizning yoqimli iforidan uzoq hidladida,mayin ovozda:Dengiz tubidagi qumlarga o'rnashgan osimliklar kabi, sen ham yuragimning tubida mustahkam qolasan Kim Hyera"~deya yoqimli tabassum qilgancha ko'zlarini ohista yumdi.

Pov Hyera:Jungkook menga nimalar bo'layotganini hatto o'zim ham tushuna olmayapman.Har safar seni ko'rganimda vujudumda,qalbimda allaqandaydir tuyg'ular tug'yon uradigandek go'yo.Balki bu ishq savdosimi hatto o'zim ham bilmayman.Boqishga koสปz qiymaslikmi...?
Yo boqa-boqa toสปymaslikmi ''ishq''.

๐‘ƒ๐‘œ๐‘ฃ ๐‘Ž๐‘ข๐‘กโ„Ž๐‘œ๐‘Ÿ(๐พ๐‘–๐‘š ๐ป๐‘ฆ๐‘’๐‘Ÿ๐‘Ž): ๐ผshq sening ruhingni davolashlari emas, sen kimningdir dardlariga hech qanday malollarsiz, hech narsa kutmay, hech narsa talab qilmagan holingda malham bo'lishing.Chin muhabbatda bitim bo'lmaydi...

โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†

๐๐จ๐ฏ ๐š๐ฎ๐ญ๐ก๐จ๐ซ:Seoul shahri,Kechki soat 22:00,Yanghwajin qabristoni.

Daniel:Bugun jamoamizning barcha a'zolari yig'ilgan ekan,sizlarga bir noxush xabar olib keldim.Guruhimizning yetakchi azolaridan bo'lgan Jekka suiqasd qilishdi.Albatta buning hisobi hali so'raladi.Bizga doim samoviy ruhlar madadkor bo'lgay.
Fida:Qotil kimligi ayonmi?
Daniella:Yo'q Fida lekin tez orada aniqlangan vaqti ,ko'z oldinggizda uni Jekning ruhi uchun qurbonlik qilamiz.
Taehyung:O'zim shu insonni yuragini sug'urib itlarga yem qilaman.
Daniel:Toki samoviy ruhlar bizni qo'llab quvvatlar ekan,biz va bizning davomchilarimiz uzoq umr kechirishadi.Endi esa o'liklarning ruhi uchun bir marosim o'tkazishimiz kerak~deya hamma jamoa azolari aylana shaklga kelgan holatda qo'llariga o'tkir tig'li pichoqni olishdida,biroz kesib qon chiqarishdi.Ular allanimalarni aytgancha,olov yoqib qonlarini olovga sachratar ekanlar,qabriston ularning ovozlari bilan hamohang holatda yanada qo'rqinchlidek tuyular edi go'yoki.

โœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆ
Suga:Qaytganing bilan "Qora ajal". Ancha vaqt o'yindan chiqasan deb o'ylagan edim.
....- Qachonki men o'lsamgina va men xohlasamgina bu o'yin tugaydi Yoongi.Ularning ildizini quritmagunimcha bu davom etadi.Endi keyingi navbat rohib Kang ga.Uni shunday jonini olamanki,o'sha ishongan samoviy ruhlari ham joniga orom bo'la olmaydi.
Suga:Seningcha Daniel bunga osonlikcha yo'l qo'yadimi?

....-U itdan tarqagan Daniel meni kimligimni bilmabdi hali,birma-bir hisob so'rash vaqti keldi endi...