November 1, 2024

Mysterious murder.Ep~8

Ep 8
"Qalb qanchalar oğrisa yuz shunchalik chiroyli tabasum qiladi...."
~Kim Hyera~

Pov: Seoul shahri, soat 23:00
in Min Mansion
Suga qahva ichgancha allanimalarni rejalashtirarkan,uning xayollarini eshikning taqillashi buzdi.
pov Suga:Allamahalda kim kelgan ekan a? Aysh bu vaqtda ham meni tinch qo'yishmaydi shekilli?

Suga eshikni ocharkan,eshik tashqarisida turgan ikki qiyofaga qarab qoshlarini chimirib qaradi.

Suga:Nega ertalabdan kayfiyatim yo'q ekan desam,sizlarni uchratishmni kayfiyatim bilgan shekilli.Qaysi shamollar uchirdi?

Taehyung:Hazilni qo'yda yo'ldan qoch.
Fida:Bugun uyingga kirishga ruxsat berasanmi o'zi yoki yo'qmi?

Suga:Mayli mayli kiraqoling~deya ularni ichkariga taklif qilar ekan,o'zi boshini chiqardiyu,yon atrofga bir alanglab eshikni qayta yopdi.

Taehyung:Lan'ati qachongacha bularning bir chaqaga ham arzimas marosimlari azosi bo'laman a?
Suga Fida va Taehyungning qo'llariga qaradida,gap nima haqida ketayotganini ilg'ab olishi qiyin bo'lmadi.

Suga:Aysh,yana marosimdan kelyapsizlar shekilli.
Fida:Bularning orasida yaqinda telba bo'lmasam bo'ldi men.Aqldan ozdirsa hech ham hayron qolmanglar.

Suga:Oz qoldi endi chidasanggizchi...
Fida:Yoongi agar bu o'yinda Hyeraga nimadir bo'lgudek bo'lsa,dunyoni ko'zinggizga tor qilaman.

Suga:Go'zalim asabiylashmasangchi,Qora ajal tugadi demaguncha bu o'yindan uchalamiz ham chiqa olmaymiz.

Taehyung:Men bu quzg'unlarning ahmoqona to'dasiga faqatgina Jungkook uchun aralashdim Suga.
Suga:Oz qoldi endi sal chidasanggizchi.Hoz tibbiy quticha keltiraman jarohatinggizni tozalab olinglar.

Taehyung/Fida:Yo'qol deya ikkovlon jahl ohanggida o'shqirar ekanlar divanda turgan yostiqlarni olgancha yigitga uloqtirishdi.

Suga ularni mazah qilib iljaygancha, tezlikda tepa qavatga yugurarkan,ayni damda ularning holati chetdan qaraganda juda kulgili edi.

Suga

Fida:Ahmoq!Boshimning balosi nega bu ishga aralashdim a?Fida o'limingni o'zing tilab olding axir.Endi boshingga tushadigan muammo va musibatga chidashga majbursan!!

Taehyung:Buncha ziqna bo'lmasang sen.Aysh,yo'qotadigan yagona narsang faqat joning bo'lsa shunga shunchalikmi?
Fida:Nima nima?Seningcha hayot shunchalik arzon narsami?Bilsang agar meni hayotim ukam uchun ham juda muhim.Oilang yo'q qayerdanam tushunarding hayot qadrini.

Taehyung qizning gapidan biroz xomush tortdida:To'g'ri.Hechkimi yo'q yetim bola inson jonining qadrini qayoqdanam tushunardi.

Fida labini tishlagancha pushaymonlik ohanggida:Kechir men bunaqa demoqchi emasdim.Nega yolg'izman deysan,yoningda tog'dek Jungkook bor axir.U seni juda yaxshi ko'radi.

Taehyung:Bilasanmi nima Fida,hayot nimaligini men ota onamdan ayrilgan kunim tushunib yetganman.Hayot shafqatsiz o'qituvchi.U imtihondan keyin dars beradi insonga.Hayot insonni har ne koʻyga soladi. Sen kim eding demaydi, qayerdansan demaydi, kimning bolasisan, kimning jiyani. Odamlar aytadi " Ha u boyning bolasida dardi, gʻami yoʻq, nega siqilsin" Oʻylamaydi, oʻylamaymiz. Har kimni oʻz dardi boʻladi. Senga bildirmas, yashirar, doim kulib yurar, ichidagini oʻzi biladi.

Dardi koʻp insonlar boshqalarga koʻp yordam bergisi keladi har soniyada. Bundan u insonga faqat uchta foyda bor.
Biri, sizga yordam beradi.
Ikkinchisi sizga yordam berish bahonasida oʻz dardini unutadi
Uchinchi Niqob (asosiysi shu)
Oʻylaysanki, menga yordam berayotgan insonni dardi qayerdan boʻlsin.Afsuski, adashasan. U shu bahona dardini yashiryapti.
Har kulib qaraganga ishonma Fida.Dardi dunyo qadar boʻlishi mumkin. Ichidagini oʻzi biladi.
Mening esa bolalikdagi orzularim hamma hammasi hayot so'qmog'idayoq sarobga aylangan~deya kostyumini olgancha uyni tark etdi.
Fida Taehyungni ortida qolarkan,ko'zlaridan sezilmas darajada yoshlar sizib chiqa boshlagan edi.
Hech nimadan xabari yo'q Suga qo'lida quticha bilan pastga tusharkan avval qizga va ochiq qolgan eshikka hayron qiyofada qaradida savol berdi:
Unga nima bo'ldi?
Fida:Men men ketishim kerak.Xayr Suga
Suga:Ammo qo'ling...

Fida:Hammasi joyida o'zim davolatib olaman.Xayr~ deya shoshgancha Taehyungning ortidan yugurdi.

✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦
Jungkook va Hyera ertalabdan biroz toza havo olish maqsadida bog'ga chiqishar ekan,go'yo ikki sevishgan

bu zolim dunyoda yolg'iz qolgandek edi go'yo.Hyera gullarning xilma xilligidan bahra olgancha,ularni nafis iforini hidlar ekan Jungkook qizning go'zalligini ko'rib yanada qattiqroq ishqqa bog'langandek edi.

Hyera:Bu gullarni qara Jungkook.Naqadar go'zal va maftunkor bo'lmasa

Jungkook:Bu gullar sening chehrangni ko'rishi bilanoq,sendek chiroyli emasligini anglagandek.
Hyera uyalgancha:Raxmat~ deya unga yorqin tabassum qildi.

Jungkook Hyeraning tabassumini ko'rarkan,unga nisbatan hislarini va hirsini boshqarishi huddi to'fonga qarshi turishdek edi go'yo.
Jungkook Hyeraga yaqinlashdida qulog'iga mayin shivirlarkan,ayni damda ikki sevishganning tuyg'ulari qo'shilgan edi.

Fida

Hyera:J.Jungkook n..nima qilyapsan?
Jungkook qizning qulog'iga shivirlagancha:Tabassumingga oshiqman.

Hyera ko'zlarini chirt yumdida,Jungkook sevgilisining uyalganini ko'rib miyig'ida kulib,qizning qirmizi shirin dudog'lariga o'z lablarini bosdi.
Qiz ham barcha hislariga yengilib yigitga javob qaytararkan,ayni damda ular o'zlarining olamlarida faqat ikkalaridek edi.

Sehun:Kxm kxm.Halaqit bermadimmi?
Hyera o'ziga tanish bo'lgan ovozni eshitishi bilan bo'sani uzdida,Jungkookni o'zidan itararkan,Sehun ikki sevishganni bu ishini suratga olgancha faxrlanib turar edi.

Hyera:Nima qilyapsan sen?
Sehun:Yaxshi emas Hyera xonim.Sizni uyning xo'jayiniga enagalikka olishgan axir,foxishalikka emas.

Hyera:Ey,o'rningni bil.Men hech qanaqasiga buzuq ish qilmadim.

Sehun:Tshsh.Begona erkak bilan bog'ning qoq o'rtasida o'pishish sizningcha odatiy holatmi?Balki men bilan ham sinab ko'rarsan~deya qizni mazah qilarkan,qiz yig'lagancha bog'dan chiqib ketdi.

Jungkook:Ey otboqar.
Sehun:labbay janob Jeon.

Jungkook:Sen iflos qanday hadding sig'di unga bunday ohangda gapirishga deya yigitga musht tushurarkan,Sehun ham bo'sh kelmay Jungkookga tahdid qila boshladi.

Sehun:Agar bu suratlar janob Danielning qo'llariga borsa,shaxsiy foxishanggizdan ayrildim deyavering.
Jungkook yigitni bo'g'gancha:Ablah.Senimi hali shoshmay tur...
deya yigitni zarb bilan yerga tashladida u yerdan ketib qoldi.

✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦
𝐏𝐨𝐯 𝐚𝐮𝐭𝐡𝐨𝐫(Kim Hyera):"Ibtido" jamoasi yana bir qurbonlik qilish maqsadida katta o'rmonga yig'ilisharkan,Danielning yuragi allaqandaydir xavfni sezgandek g'ash edi.
Daniel:Mana azizlarim.Yana birga yig'ilgan ekanmiz,bugungi qurbonligimiz mening bobom va bu jamoaning bu udumlarning asoschisi Jeon Jungseok nomiga bo'lib o'tadi.Danie har bir azoga diqqat bilan qararkan,ular orasida faqatgina Rohib Kang yo'qligidan havotirlana boshladi.
Daniel:Singlim.Rohibning yo'qliklari sababi nima?
Daniella:Bilmadim akajon.Ertalabdan buyon raqami o'chirilgan, hatto qo'ng'iroqlarimga javob ham bermayapti.Bunaqa odati yo'q edi shekilli.
Daniel:Qiziq.Nima muammosi bor ekan?Mayli marosimni boshlasak~deya endi olovni yoqmoqchi bo'lganida ranggi oqarib ketgan Fidaga hayron bo'lib qarab qoldi.
Daniel:Fida?Ahvoling joyidami?

Fida:U..u sh..shu yerda.. Deya daraxt tomonni ko'rsatarkan Daniel boshini tepaga ko'tardida,yuziga bir tomchi qon tomchiladi.Qolgan azolar ko'rgan manzarasidan na baqirishni bilar edi,na yig'lashni.Daraxt tepasida tomog'idan so'yilgan Rohib Kang ko'zlari ochilgan holatda bog'lab qo'yilgan edi.
Rohib Kang

Rohib kang

Daniel:B.bu nimasi?Darhol uni pastga tushiringlar~deya qolgan azolarga baqirarkan,Taehyung va Hanbin murdani pastga olib tushdilar.

Daniella o'likka qaragancha:Naqadar jirkanch o'lim bo'lmasa bu,ko'zlari o'yilgan,tanib bo'lmas ahvolga keltirilgan,sog' joyi qolmabdi.Qo'lida qanaqadir yozuv bor.
𝐘𝐨𝐳𝐮𝐯𝐝𝐚:𝐎'𝐥𝐢𝐦 𝐤𝐮𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐦𝐮𝐛𝐨𝐫𝐚𝐤!!!

Daniel darrov yozuvni o'qishga harakat qilar ekan,o'qigandan so'ng ko'z qorachig'i katta katta bo'lib bor g'azab bilan:LAN'ATI.BU IKKINCHISI.QORA AJAL.TOPSAM ONT ICHAMANKI,O'LIMINGNI O'ZING TILAB OLASAN HALI MENDAN.LAN'AT BO'LSIN SENGA.KIMSANNN??

Daniella:Aka bo'ldi o'zinggizni bosing.
Daniel:Qanday bosay Daniella.Birin ketin odamlarimizni yo'q qilayotgan vaqt men qanday qilib o'zimni bosib xotirjam turishim mumkin?

Daniella:Hali topgan vaqtimiz terisiga somon tiqamiz.Javob beradi hali hammasi uchun.

✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦✦

Hyera tuni bilan Sehunning gapini o'ylagancha, uxlay olmaganligi sababli,uning maqsadini bilishni istab,u bilan ochiqchasiga gaplashib olmoqchi bo'ldi.U bog'dan o'tib otxona tomon borarkan,yigitni topa olmagach,Sehun tunab qoladigan somonxonaga bordida eshikni ochib ko'rgan manzarasidan vahimaga tushib bor ovozi bilan baqira boshladi.

Sehun

𝐓𝐨 𝐛𝐞 𝐜𝐨𝐧𝐭𝐢𝐧𝐮𝐞𝐝.
#Hyera
@lewisia_fanfics - feel the pulse of your emotions...

Hyera