December 22, 2024

YETTINCHI QAVAT. Ep •1•

Yolg'izlik millionlab insonlar orasida yashab ular orasidan oʻzingni topa olmasliging emasmi?..)

• Hyera •

Pov:Erta tong,Seoul,Kim's Company

~Jungkook Oʻg'lim.Bunday loyihani oʻylaganing meni juda ham ajablantirib qoʻydi ochig'i.Bunchalar darajada yetim bolalarga boʻlgan mehring meni yanada toʻlqinlantirib qoʻydi.
~Bilasizku Janob Kim.Doim yangiliklarga boy insonman.Bu shunchaki ular uchun xayriya.Zotan biroz boʻlsada bunday har xil zamonaviylashtirilgan bolalar uyi ularni xursand qila olsa.Zero siz mening ustozimsiz.Muruvvatli boʻlishni sizdan oʻrganganman desam mubolag'a boʻlmaydi Seungmin amaki.
Janob Kim iliq tabassum ila Jungkookni biroz quchgancha yelkasidan yengil qoqib qoʻyarkan,yigit ham javoban uni quchib qoʻydi.

Pov Jungkook:Seungmin... Seni koʻrish tugul ovozingni eshitishdan ham nafratlanaman.Ammo maqsadim amalga oshmaguncha bu soxta lan'ati tabassumni yoʻqota olmayman.

Jungkook biroz Janob Kim bilan boʻlib oʻtgan suhbatdan soʻng kompaniyan tark etarkan,qoʻlini choʻntagiga solgancha qoʻl telefonini oldida doʻstiga qoʻngʻiroq qila boshladi.

~Eshitaman Jungkook.
~Qayerdasan Hyunjin.Men aytgan ish nima boʻldi?
~Hammasi hal Jungkook.Hozir hujjatlarni olib yoningga oʻtmoqchi edim.Qayerdasan?

~Men hozir qari cholning yonidan chiqdim.Hozir 10 daqiqalarda kompaniyada boʻlaman.

~Yaxshi koʻrishguncha .

Janob Kim

Yigit qoʻngʻiroqni yakunlagancha mashinasiga minarkan,toʻg'ri Jeonlar kompaniyasi tomon haydadi.Aynan bugun dushanba bo'lganligi sababli yoʻllar juda ham tirband.Aksiga olib Jungkook asabiy holatda tirbandlikning oʻrtasiga qolib ketgan.
Yigit asabiy mashina rulini qattiq ushlarkan,ahyon ahyonda soatga qarab qoʻyardi. 30 daqiqa....Aynan soat millari 9: 55 ni koʻrsatarkan,Yigitning asab tolalari birma bir cherta boshladi.Arang tirbandlikdan chiqib olgan yigit mashinani tezligini oshirgancha yoʻlida davom etdi.Katta tezlikda ketayotgan mashina zebra chizig'idan o'tayotgan yigitni koʻrdida mashina tormizini bosgancha yigitni yengil turtib yubordi.Jungkook odam urib yuborganligini anglab darhol mashinadan tushdida oʻsha odamni oʻrnidan turg'azishga urundi.

~Xudoning balosi?Sen qayerdan paydo boʻla qolding a?
~AyshKechirasiz janob.Ammo siz haydovchilik qoidalarini buzdinggiz.Men yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlakdan o'tayotgan edim shekilli.
~Uzr...Men biroz shoshilayotgan edim.
Ikki yigit bir biriga baland ovozda murojaat qilgancha tortisharkan,chetdan kelgan qizning ovozi ikkisining ham etiborini tortdi.

Sehun

~Sehuun...
Qiz yugurgancha Sehun va Jungkookni oldiga keldida,doʻstining ust boshini qoqa boshladi.
~Qattiq urmadimi?Ahvoling joyidami?
~Harin..Hammasi joyida.Shunchaki yengil turtilish xolos.
~Meni qoʻrqdim.Seni yoʻqotishdan qattiq qoʻrqdim~deya qizning ko'zlaridan marjon yoshlar oqarkan,yonidagi yigitni qattiq quchib olgandi.
~Aysh,Sevgi dramalariga xushim yoʻq.
~Qiz biroz oʻzini rostladida koʻz yoshlarini artgancha Jungkookning gaplariga keskin javob qaytardi:
~Koʻrmisiz?Yoʻlovchi qoidalarini bilmas ekansiz sizga mashina kalitini kim tutqazdi mana bu qoʻllaringgizga?Sal qolsa bir odamni o'ldirib yuborar edinggiz.
~Harin...Boʻldi yaxshiman.Qoʻy tortishma.
~Tshsh.Hey qizaloq.Birinchidan mana bu muomalangni sevgilingga qilasan menga emas.Ikkinchidan esa meni kimligimni sen bilmaysan shekilli.
~Kimsan? Kiygan qimmat kiyimlaringdan qaysidir boyning erkatoy oʻg'lisan.
Jungkook qizning gaplarini tinglarkan jahldan boʻrtib chiqqan tomirlari Sehunni biroz choʻchitdi.
Sehun Harinni qo'llarini tutdida, "Jim" degandek bosh silkib qoʻydi.
Jungkook bir qadam qoʻygancha Haringa yaqinlasharkan qo'llarini bigiz qilgancha qizga oʻqtaldi:
~Zinhor...Zinhor otamni qoʻsha koʻrma.
~Yuragingga tegib ketdimi?Haya senda yurak bormi?Bir odamni jonini og'ritganingni koʻrib miq etmagan yuraksizsan sen.Qalb tarnovlaring muzlagan bolsa, ovvora bolma erimaguncha ko'z yosh chiqmaydi...Endi esa yaxshi qol ~degancha Sehunni qo'llarini boʻynidan oʻtkazgancha yoʻlning narigi tomoniga oʻtib ketdi.

Jungkook asabiy kiyimlarini toʻg'irlab oldida mashinaga mingancha ketib qoldi.

Harin

Pov:Jeon's Cooperation

~10 daqiqa deb 1 soat kechikkaningni endi koʻrdim.Nahot kimsan Jeon Jungkook kechikkan boʻlsa.
~Hyunjin asablarim joyida emas.Asabimga tegma.Yoʻl tirband edi.Kamida bir yigitchani urib yubordim.Bir manjalaqi esa asabimni buzdi.
~Aysh,kim ekan u Jeonga qarshi chiqqan?
~Hujjatlar.Maydalashmay hujjatlarni choʻz.
~Boʻldi jimman.Mana hujjatlar
~Juda yaxshi.Hammasi rejadagidek ketyapti.
~ Jungkook bu yangi loyiha ayni muddao albatta.Ammo 7qavatdan iborat bolalar uyi uchun sotib olgan yeringgiz biroz kattaroq emasmi?
~Yoʻq albatta.Ommaviy axoborot vositalari oldida mehribon va saxiy inson boʻlib koʻrinish ahmoqlik lekin menga bu yetimchalarga saxovat koʻrsatishimiz qari Janob Kim uchun albatta.Bu qari cholni ishonchiga kirib olsak buyog'i ishimiz silliq kechadi.
~ Ajoyib reja.Soxta g'amxoʻr Jeon Jungkook.
~Hyunjin,Menga bu loyihani yanada jozibadorligini oshirish maqsadida tajribali rassom kerak.
~Nega ?
~Hyunjin,qadrdonim nahot bolalar rang barang olamga qiziqishini bilmasang.
~Unda men bugunoq harakatni boshlayman doʻstim.

Pov Jungkook: Kim Seungmin..Oz qoldi.Meni katta qilgan qoʻllaring bilan oʻzim sening hayotingga nuqta qoʻyaman.Ota onamni qotilini hech qachon amaki sifatida qabul qilmayman hech qachon.O'sha tun...Ota onamning qonini toʻkkan oʻsha tunda kichik boladan katta odamga aylantirgan oʻzingsan.Ajaling ham oʻzim boʻlaman.Bunga kafolat beraman hurmatli Seungmin amakijon

Hyunjin

Davomi bor...

#Hyera_Agreste ~ it's time to write a new story . . .🍄

@crazy_fanfic