October 25, 2024

Ali and Aliya.Ep~1

Bugungi kunlar boshqa kunlardan butunlay farq qiladi.Har doimgidan sokin , maʼnosiz, va juda umidsiz . Goʻyoki osmon ham buni sezgandek qovogʻini uyib olgan, har soniya dunyoni oʻzingiz shavqatsiz toʻfonu boʻronlariga choʻktira oladigandek.
Yigit yana qayta umidsizlik bilan eskirgan ,kuchli toʻqnashuvlardan yemirilib ketgan shifoxona devorlariga zoʻrgʻa suyanib yurardi.

Uning qoʻllari, yuzlari umuman butun tanasi ancha vaqtdan beri toza suv koʻrmagani yaqqol sezilib turar edi.Yuzlaridagi suyaklar koʻrinib hali 30ga ham kirmagan yigitni 50yoshlar qilib quygandi.

Ikkinchi qavatga zoʻrgʻa koʻtarilgan yigit tanish eshik tomon yurdi .Eshik yonida biroz toʻxtadi va u yoq buyogʻini toʻgʻirlab, biroz jilmaydi va chuqur nafas olib eshikni ochdi.Va karavotda farishtadek uxlab yotgan ayolini koʻrdi.U qanday qilib rafiqasini hayotni shuncha azoblari va qiynoqlariga chidagan holda bunchalik beozor yotishini hayoliga sigʻdira olmasdi.Yigit xonani biroz sovuq ekanligini sezdi va ustidagi yagona qalin kiyimini yechib uning ustiga yopdi va oʻzi unga jilmaygancha stulga oʻtirdi.

Pov Ali :meni ikki malikam yaxshi degan umiddaman .Yoʻq albatta ikkingiz ham yaxshi boʻlasiz bu uchun jonimni berishga ham tayyorman.

-yigit zoʻrgʻa koʻz yoshlarini oʻshlab turar edi.Karavatda uxlab yotgan ayolini peshonasidan mayin oʻpgancha uyoq boʻyogʻini toʻgʻirlash uchun shifoxonadagi hamma uchun moslashgan yuvinish xonasi tomon yoʻl oldi.
Yurar ekan har doimgi koʻradigan manzarasi koʻzga tashlandi.Karidorni bir burchagida azobdan chinqirayotgan bola, bir tomonida oʻgʻli hayotga qaytishi uchun tinmasdan yigʻlab duo qilayotgan mushtipar ona.Yana bir tomonda yurish uchun jonini beradigan oyoqsiz ,hali oʻn gulidan bir guli ochilmagan, navqiron yigit jim oʻtirar edi.

Ali har doim boʻlarni koʻrar ekan oʻzidan dunyodan nafratlanib ketar edi.Ularga yordam berishni xohlaydi ammo uni ham qolgan insonlardek oyoq qoʻli bogʻlangan edi.

Ali oyna qarshisiga keldi va oʻziga nazar soldi.
-Sen kimsan ,kimga aylanding ,hayot seni kimga aylantirdi.Qani oʻsha 25 yoshlik , hayotdan mamnun yashayotgan, orzu qilgan barcha orzulariga erishgan yigit.Qani meni kichik olamim . Allohim bizga nega bu kunlarni boshimizga solyabsan.

Oldin....
Katta zal , barchani xursandchilikdan boshi koʻkga yetgan edi...Buni asosiy sababi universitet bitiruvchilari edi .Hamma ota onasi bilan oʻtirar , gaplashar edi Shuningdek bizning qahramon Ali ham koʻzini eshikdan oʻzmas edi.U ham boshqalardek ota onasini kutar edi.Vaqt oʻtar ekan ammo ularni izi ham koʻrinmas edi.Bitiruv oqshomi boshlandi, hamma oʻz oʻrnini egalladi.
Sahnaga bosh direktor chiqdi va nutqini boshladi

-Hurmatli va qadrli talabalarim avvalambor sizlarni bu unutilmas kuningiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.Umid qilamanki kelajakda bundanda yuqori natijalarga erishasizlar.Advokat kasbi bu juda sharafli kasb ,siz albatta buni uddalaysiz.

Direktor birma bir diplomlarni talabalarga bera boshladi.Ammo hali ham Ali koʻzini eshikdan oʻzmas edi.Qachonki ismini eshitganda u yerga qarashni toʻxtatdi.Direktor tomon shahtam qadam ila bordi va tabassum bilan diplomni qabul qildi.Ortiga oʻgirilganda unga samimiy jilmayib turgan Aliyani koʻrdi...Aliya sekin qadam tashlab Aliga lewisia gullarini berdi va yon tomonidan oʻpib ortiga oʻgirilib pastga tushdi va joyiga oʻtirdi.Bu paytda Alini allaqachon yuzlari olmadek qizarib ketgan edi.

Barcha talabalar yigʻilib rasmga tushishdi va taxminan 2soatlardan keyin tarqala boshladilar.Albatta qolgan ziyofat kechqurun davom etadi.Ali ham eshik yonida uni kutib oʻtirgan Aliyani yoniga bordi.

-Rahmat senga Aliya...Shu kunda meni yolgʻiz qoldirmaganing uchun.
-Rahmat aytishingiz shart emas , doʻst degani aslida shunday boʻlishi kerak emasmi.Doim yonida turishi ogʻir kunida ham yomon kunida ham.

Ali bir tomondan xursand boʻlsa bir tomondan xafa edi ,sababi Ali Aliyani doʻstdan ham ortiq koʻrar edi.Ammo buni unga hech qachon aytmagan aniqrogʻi ayta olmagan.Har doim ichidagi soʻzlarni aytmoqchi boʻlganida boʻgʻziga tiqilib, tili aylanmay qoladi."Balkim shudir sevgi "

-Ali sendan bir narsani soʻrasam boʻladimi
Ali qizga qaradi va bemalol degandek boshini silkitdi
-Oying va dadang nima uchun kelishmadi...Agar xohlamasang aytishing shart emas.Seni tushunaman.Ba'zi gaplarni hech kimga ayta olmaymiz.

Ali biroz sukut saqladi va Aliyaga qaradi.
-Toʻgʻrisi bu gapni hech kimga aytmaganman ammo hozir negadir senga aytgim kelyabdi.Oʻzimni insonlarga ojiz koʻrsatishni xohlamaganman .Sen bizni oilamizda 3 kishi yashaydi deb oʻylaysan yuq aslida biz 4 kishimiz mendan katta akam bor

Aliyani koʻzlari birdan kattalashdi
-kichkinalimda akam bilan daraxtga chiqganmiz va oʻsha paytda akam toʻsatdan daraxtdan tushib ketdi va butun umrga shol boʻlib qoldi.Shundan beri ota onam akamni bu ahvolga tushishida meni ayblaydi.

Ali oxiriga chuqur nafas oldi.Aliya unga taskin berish uchun uni qoʻllaridan oʻshladi va
-Sen aybdor emassan men bilaman.Hali akang ham tuzalib ketadi va ota onang sendan uzr soʻraydi.

-Balkim shunday boʻlar.
-balkim emas aniq ,hali koʻrasan hammasi yaxshi boʻlib ketadi.