October 28, 2024

Mysterious murder.Ep.6

"Muhabbat uyg'otgandan ko'ra, qo'rquv uyg'otgan afzalroq. Qo'rquvni boshqarsa bo'ladi, muhabbatni esa yo'q"
~Kim Hyera ~

Pov:Jeonlar xonadoni
Hamma bir stol atrofida o'tirgancha nonushta qilishar ekan,qiz bir Danielga bir Daniellaga ko'z qiri bilan nazar tashlab qo'yardi.

Pov Hyera:Qanday qilib hech nima bo'lmagandek muloqot qilish mumkin.Bu ikki aka-singgildan haqiqatdan ham qo'rqish kerak shekilli.

Bu sukunatni buzish maqsadida Daniel bir atrofga qaradida gap boshladi.

Daniel:Bugun Min Yoongi xonadonida qaytgani munosabati bilan katta ziyofat uyushtiryapti.Va bu ziyofatga biz Jeonlar ham taklif qilingan,ayniqsa Jungkook.

Daniella:Demak Suga qaytibtida akajon~deya masxaranomuz kulib qo'ydi.
Jungkook:Yoongi kim?

Daniel va Daniella Jungkookning javobidan biroz hayratlangancha,bir birlariga soxta tabassum qilib qo'yishdi.
Daniel:Jungkook,haqiqatdan ham uni eslay olmayapsanmi?

Jungkook javob berishni istamaygina shunchaki "yo'q"deb qo'ya qolarkan, yonida hayron qiyofa bilan o'tirgan Hyeani ayni damda Suganing kimligi qiziqtirardi.

Daniel:Ha..haligi u bizning azaliy dushmanimiz Jungkook.Menimcha bugun u bizga hech qanday muammo tug'dirmaydi.Ha keyin Hyera xonim,vazifanggizga biroz mas'ulyatli bo'lgan holatda Jungkookga ziyofatda siz ko'z quloq bo'lasiz,biror muammo bo'lgudek bo'lsa hisobini sizdan so'rayman.

Qiz Danielning tahdididan biroz qo'rqqandan ranggi oqarib shunchaki "ha" degandek bosh silkib qo'ydi.

Nonushtadan so'ng Hyera shoshgancha bu uyda anchadan buyon xizmat qilayotgan Yujin xonimni qidira boshladi.U oshxonaga kirarkan,Yujin xonim allanimalar pishirish bilan band edi.

Hyera tomog'ini qirgancha ayolning etiborini tortishga urunarkan,u buning uddasidan chiqdi.

Yujin xonim:Hyera qizim,biror muammo bormi yoki Janob Jungkookga nimadir kerak ekanmi?

Hyera:Yo'q yo'q Yujin xola,men shunchaki siz bilan suhbatlashmoqchi edim xolos.
Yujin xonim:Ha qizim,gapir nimani so'ramoqchi eding?

Hyera:A..haligi Min Yoongi.U kim?Ya'ni uning Jeonlar bilan nima aloqasi bor?

Yujin xonim qo'rqa pisa atrofga qaradiyu, hech kim yo'qligiga amin bo'lib gap boshladi.

Yujin xonim:Janob Suga Jungkookning yoshligida birga ulg'aygan do'sti.Lekin Daniel va Daniella xonim uni boshidan xush ko'rishmagan.Ya'ni ular doim Jungkookga choh qaziydilar.

Hyera:N..nima qanaqasiga axir?Ular axir bir qorindan talashib-tortishib tushgan aka-singgillar,bir-biriga jigarlarku.

Yujin xonim:Yo'q qizim.Jungkook va bu aka singgilni yagona bog'laydigan narsa ularning otasi.Daniel va Daniella janob Jeonning o'ynashidan bo'lgan farzandlari.Bu uyning va Jeonlar sulolasining to'laqonli merosxo'ri janob Jeon Jungkook.

pov Hyera:Shu sababli Daniel Jungkookni o'zidan itarar ekanda.

Hyera:Yujin xonim,Jungkook qanday xotirasini yo'qotgan?Iltimos bilsanggiz ayting.Mendan buni sir tutmang.
Yujin xonim:Eh qizalog'im buni tarixi uzun.Janob Jungkook o'tmishda hozirgi Jungkookdan shu darajada farq qiladiki,go'yoki hozir yangi Jungkook tug'ilgandek.U shunchalar hissiz,qo'pol va butun dunyo tanigan mafia bo'lgan.U faqat aybdorlar bilan hisoblashar edi,hatto Daniel va Daniellani ham bu borada hech ham ayamagan.Unga mehr tuyg'usi umuman yot bo'lgan.Sugaga keladigan bo'lsak u Jungkookning azaliy ishongan odami edi.Toki o'sha kun kelmaguncha.

Hyera:Keyin nima bo'lgan xonim?
Yujin xonim:Janob Jeon 2yil ilgari Daegu shahridagi uyushtirilgan suiqasdda jon talvasasida bu dunyo tark etdi.Bu ulkan yo'qotish Janob Jungkookga juda qattiq tasir qildi.U nafaqat otasini balki ikki oydan so'ng onasini ham ya'ni Jeon xonimni ham yo'qotdi.Jeon xonim mashum voqeadan ikki oy o'tar o'tmas izsiz yo'qoldi.Uning haligacha na o'ligi ma'lum na tirigi.Janob Jeon bu ulkan yo'qotishga ko'nikish maqsadida yolg'iz qayiqda sayr qilishni xohlab ko'lga suzayotganda,oyog'i biroz yalanglikda tayrilib suvga tushib ketdi va boshi qattiq jarohatlanib xotirasini yo'qotdi.Shundan buyon Janob Jeon hayotdan uzilgandek na odamlar bilan suhbat qiladi na tashqariga,ommaga ko'rinish beradi.Ammo sen kelgandan buyon umuman barchasi o'zgardi.

Ko'rib turganinggizdek bugun hatto ko'pchilik bo'ladigan ziyofatda ko'rinish berishga ham tayyor.
Hyera:Hammasi yaxshilikka bo'lsin deya siniq tabassum qilgancha,oshxonani tark etdi.Qiz Jungkookning xonasiga keldiyu biroz nafas rostlagancha,eshikni taqillatdi.

Jungkook:Kiring.
Hyera ichkariga tabassum qilgancha kirarkan,Jungkookning sovuq qarashlarini o'rniga tabassum qurshab oldi.

Hyera:Bezovta qilmadimmi?
Jungkook yo'q degandek boshini chayqab qo'ydi.
Hyera:Unda yaxshi Jungkook deya Jungkookni yoniga yaqinlashgancha unga tabassum qilib gap boshladi.

Hyera:Demak ikkimiz ham ovqatlanib olgan ekanmiz,kechki ziyofatga tayyorlanishga nima deysan?
Jungkook:Yaxshi.

Hyera:Demak,ishimizni avvalambor senga kiyim tanlashdan boshlaymiz deya kiyim javonidagi barcha kiyimni yotoqqa tashlagancha Jungkookni tanlovini kutdi.

Jungkook kiyimlarga yaqinlashgancha,ularni diqqat bilan ko'zdan kechirar ekan,ular orasidan boshqalariga o'xshamaydigan qop-qora smokingni tanladi.

Hyera:Didingga qoyil.Juda o'zgacha stildagi kiyim.
Jungkook:Senga birga kiyim tanlashga qarshimasmisan?
Hyera:A..haligi menga?
Jungkook:Ha.

Shahi:Yaxshi unda ammo Jungkook, mening ziyofat uchun mo'ljallangan tuzukroq kiyimim yo'q.

Jungkook:Muammo emas.Men hammasini tayyorlab qo'yganman,deya telefonini olgancha allaqandaydir raqamga qo'ng'iroq qilar ekan,yigitning qo'ng'iroq qilganiga besh daqiqa o'tmasdan,haydovchi xonaga kirgancha qo'lidagi bir nechta paketlarni xonaga qo'ydi-da,xonadan chiqib ketdi.

Hyera:Nima,besh daqiqadaya?
Jungkook:Muammo bormi?

Hyera:A...yo'q haligi sen juda ham odamni lol qoldirasan.
Hyera kiyimlarni yotoqqa yoyar ekan,ular orasidan qirmizi rangdagi uzun ko'ylakni Jungkookga ko'rsatganda yigit ham unga javoban tabassum qilgancha:
Juda bejirim.Menga ham maqul deya qizning nozik belidan ushladida qirmizi dudog'idan qisqa bo'sa oldi.

โœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆโœฆ
Pov:Kechki soat 20:00 Minlar xonadoni.
Jeonlar birgalashib qimmatbaho mashinalardan tusharkan,ularni Min Yoongi iltifot ila kutib oldi.

Yoongi:Xush kelibsizlar aka- singgil Jeonlar va notanish go'zal xonim deya Hyeraga qaragancha ayyorona kuldi.
Shahi:Salom.Men Kim Hyera Janob Jungkookning enagasi.

Yoongi:Salom Hyera xonim.Men Min Yoongi.Jeonlarning necha yillik qadrdon do'sti deya Danielga soxta tabassum qildi.Istasanggiz Suga deya murojat qilsanggiz ham bo'ladi Hyera.

Hyera:Tushunarli janob deya bir biri bilan qo'l qisib qo'yisharkan,Jungkook chetda ularni g'azab ko'zlari bilan kuzatib turardi.

Suga:Marhamat ichkariga deya ularni katta qasrga o'xshagan uyiga taklif qildi.

Uy to'la odam ediki,hamma Jeonlarni ko'rishi bilan bir birlari bilan allanimalarni g'iybatlashishar edilar.Hyera Jungkookni yolg'iz his qilmasin deya uni yonida doim suhbatdoshdek o'tirarkan Jungkook atrofdan yuvinish xonasini qidira boshladi.

Jungkook biroz bo'yinbog'ini bo'shatgancha chuqur chuqur nafas ola boshladi.Bu holatni ko'rgan Hyera xavotirlangancha yigitning qo'llaridan ushlagancha:
Jungkook ahvoling yaxshimi?O'zingni yomon his qilyapsanmi?

Jungkook ha degandek bosh chayqab:M.menga yuvinish xonasi kerak deya shoshgancha tepa qavatga chiqib ketdi.
pov Hyera:Menimcha yoqmaydigan narsa yedi shekilli,mayli kelsinchi.

โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†โ˜†

Daniel:Anchadan buyon ko'rishmadik Suga.
Suga:Bir yil-u 35kun.
Daniel:Hali ham o'sha o'sha zehni bilan hammani lol qoldiradigan Yoongi.

Suga:Men 25yildan buyon shundayman,bir xil na o'zgaraman na zaiflashaman.
Daniel:Kel biroz o'yin o'ynaymiz.

Suga:Yutqazishdan qo'rqmaysanmi Jeon? deya shaxmat donachalarini terarkan,o'yin boshlanib ketdi.

Daniel:Ko'rib turganingdek,bu bir yil ichida ancha narsa o'zgardi.Jungkook zaiflashgan sari men o'zimdan o'zim yuksalyapman

Suga:Yo'lbars qanchalik arslondek nara tortishga urinmasin,u arslon bo'la olmaydi,yo'lbarsligicha qoladi.Arslon esa umrbod shoh bo'lib qolaveradi.

Daniel Suganing gapiga masxaranomuz kularkan:Lekin o'sha yo'lbars bir kun arslonni yer tishlatadi deb kim o'ylabdi deysan?

Suga:Lekin bir kun arslon qaytsa iningga berkinmaysan degan umiddaman.Bilasanmi nima Daniel?

Daniel:Xo'sh?

Suga:Shaxmatda nega shoh birinchi harakat qilmaydi.Chunki u avval o'yinni kuzatadi yani avval piyodalari harakatga kirishadi~deya bitta piyoda donani oldinga surdi.

Daniel:Lekin o'sha piyodalari bir kun rejani chippakka chiqarishini shoh qayerdan bilsin~deya Suganing to'rasini olib ayyorona kulib qo'ydi.

Suga:Lekin shohni himoya qiladigan feruzi bo'ladi.Agar shoh harakat qilgudek bo'lsa o'yin tugaydi ~deya shoh donasini yuritarkan Danielni bir urunishda o'yinda mot qilgan edi.

Suga:Shoh va mot.
Daniel:Hayot doim ham o'yin emas Suga,yutqazish bilan birgalikda g'alaba ham bor.

Suga:Xuddi shunday.Agar Jungkook xotirasi qaytganida qay ahvolga tushishingga to'g'rirog'i tulki singling bilan tushishinggizga qiziqyapman.
Daniel xonani kuldurgancha:Xo'sh senmi o'sha xotirasini qaytaradigan?A?

Suga:Yo'q aksincha boshqa odam."Qora ajal"bilan yuzlashishga nima deysan?
Daniel:Nima?
deyishi bilan tashqarida o'q ovozi eshitildi.Daniel shoshgancha xonadan chiqarkan katta zalning o'rtasida Danielning eng ishongan odami Jekning murdasi yotar edi.
Daniel murdani ko'rishi bilanoq tezlikda yuvinish xonasiga chiqarkan Daniella ham uning ortidan ergashdi.

Daniella:Aka nimalar bo'lyapti?Nega uni o'ldirishdi?
Daniel:U qaytdi Daniella qaytdi~deya yuvinish xonasiga kirishi bilan oynada qonli yozuv bilan "SEN KEYINGISAN "(YOU ARE NEXT) deya yozilgan edi.

Daniella:A..aka b..bu n..nima?
Daniel qo'llari bilan ko'zlarini ishqalarkan:Qora ajal qaytdi Daniella.Intiqom olishga qaytdi.Agar u Jungkook bilan birlashsa nima bo'ladi bilasanmi?Bu bizning nafas olayotgan so'nggi kunimiz bo'ladi.....

#lewisia_fanfics -feel the pulse of your emotions...

๐“๐จ ๐›๐ž ๐œ๐จ๐ง๐ญ๐ข๐ง๐ฎ๐ž๐