November 14, 2024

Night glow ep 3

Night glow

Uning jilmayishini sababini tushunmadim....narsalarimizni yig‘ishtirib ketarkanmiz tun kira boshlagandi.....negadir Jungkook g‘alati sukut saqlardi....
-qayoqqa ketyabmiz????-dedim boshqa tomonga haydayotganini ko‘rib....u oynadan tahdidli qaradi....
-borganda ko‘rasan....
Bu yigitdan har narsa kutsa bo‘ladi....Meribel o‘z boshingni o‘zing o‘tga urding....mashinadan qayerga ketayotganimizni taxmin qilishga urindim...ammo qop qora tun bunga imkon bermasdi...qandaydir dachaga keldik...mashinadan tushdida men tarafni ochdi....
-tush.....
Atrofga qarab qo‘rqdim...tushmayotganimni ko‘rib jaxl bilan ushladi...
-tush......
U meni tortib tushirib eshikni yopdi...
-bu yerda nima qilamiz???-dedim uni baquvvat qo‘llaridan chiqib ketishga urinarkanman....u menga qarab sovuq jilmaydi....
-o‘yin o‘ynaymiz.....
Etim seskandi...demak u hammasini bilgan....shu yerlarda o‘ldirib ketsaya....dacha hovlisida bizni 4ta barzangi kutib turardi...u meni ularni o‘rtasiga itarib yubordi....
-senga haqiqiy nomusdan ayrilishni ko‘rsataman...bu senga butun umr saboq bo‘ladi...ortiq nomus bilan o‘ynashmaysan....ochiqrog‘i o‘ynasha olmaysan....-deya nafrat bilan tikildi......

-boshlanglar........

-iltimossss.....-yalina boshladim...bitta barzangi meni mahkam quchdi.....Jungkook esa ortiga qaramay ketayotgandi....
-majbur edim.....-baqira boshladim barzangini siltab....u to‘xtamay yurardi....
-eshityapsizmi majburman....Jungkook..men yetimman.....
U to‘xtadi sekin ortiga o‘girildi...kiyimimni yirtib tashlagan barzangiga to‘xta ishorasini qildi....
-shuning uchun mendan foydalandingmi???-dedi alam bilan...
-ishoning boshqa vaziyat bo‘lganda hech qachon bu ishga qo‘l urmasdim...-yig‘lay boshladim.....
-mendan nima istaysan????-dedi men tomonga yaqinlashib....
-boshpana.... vaqtinchalik....bor yog‘i 6 oyga.....o‘qishga kirib olgunimcha....-dedim iltijo bilan....boshqa choram yo‘q....ishonchim komil bo‘lmasa ham shu onda uni yordam berishini hohlardim.....
-moddiy yordam hammi???-dedi biroz yumshab....
-ish topaman...va‘da beraman...menga uylanishingiz ham shart emas....shunchaki boshpana va pul kerak.....-dedim hijolat bo‘lsam ham boshqa ilojim yo‘q...kvartiraga pulim yo‘q....Mariniki xavfli....
Jungkook biroz o‘ylanib turgach oppoq ko‘ylagini yechib menga kiydirib qo‘ydi....ko‘ylak bilan tanamni to‘sdim....ko‘ylakdan xushbo‘y qimmat atir hidi ufurardi.....
-roziman...-dedi ko‘zlarimga tikilib....-faqat 6 oy....so‘ng ketasan....

Ha deya bosh silkib uning ochiq yelkasiga ko‘zim tushib boshqa yoqqa burildim.....
-baribir men uchun foxisha bo‘lib qolaverasan....bilib qo‘y....-dedi sokin ovoz bilan...-uyga kirib dam olishing mumkin.....-dedi....
Nima desa ham haqqi bor men uni aldadim....eng muhimi u menga boshpana beradi...baribir uxlash xavfli...shuncha erkak orasida.....uyga kirarkanman hashamatdan og‘zim ochilib qoldi...biram chiroyli va tartibli...tepaga chiqib dush qidira boshladim...antiqa dush ekan...qayeridan suvi chiqadi buni...oddiygina qilib qurishsa nima qilar ekana....hashamatni sevuvchi boylar...jilmaygancha suvni ochmoqchi bo‘ldim...hech ochilmadi...knopka ham foyda bermadi...qo‘lim bilan urivdim boshi osilib qoldida suv sharillab hammayoqqa sachray boshladi.... obbo ovsarmanda....endi nima qildim....
-kim borrrrr????-deya baqira boshladim...hammayoqqa suv sachrab kiyim boshim ham ho‘l bo‘lib ketdi....
---Jungkooookkk...... Jkkkkk
Eshita qolsachi???
-nima gap???-deya dushga kirgan Jkni yuziga kulgu yugurdi...
-sen aniq jinnisan!!!
Bunisi oshib tushdi....
-bunaqa dushni endi ko‘rishim...buni uchun haqorat qilish shartmas....-dedim jaxl bilan....hamma tomonim suv.. sochimdan ham suv tomchilardi...u tez tez yurgancha qo‘limdagi shlankni olib sozlay boshladi....
-o‘rgan tungi kapalak bu dushni bunday yoqadi...-dedi jilmayib...ablax...tungi kapalakmish...o‘zichi tungi bo‘rimi....

-bilaman....-dedim jaxl bilan...
-axvolingni qara....essiz ko‘ylagim...-dedi ko‘ylagiga achinib qarab qo‘yarkan...nima yana boymish...xasis...yonidan jaxl bilan o‘tib ketayotuvdim oyog‘im sirpanib ketdi...meni ushlab.

(Havotir omela ushlab qomidi baribir bunaqasi hindcha shedavrlarda boladi😂😂)

qolaman deb Jungkook ham kafelga ag‘anadi...kafelda suvga botib yotarkanman Jkga kulgum keldi...hozirgina yana qimmatbaho kiyim kiygan ekan....
-essiz kiyim....-dedim kafeldan turishga harakat qilayotgan Jungkookga qarab...kiyimi ho‘l bo‘lib ketgandi....kulgudan o‘zimni tiya olmadim...anchadan beri bunaqa mazza qilib kulganimni eslolmayman ham....u kulishimni bir zum kuzatib turgach jaxl bilan...
-kafelni tozalab qo‘y...-deya chiqib ketdi....sovuqqon maxluq...ammo ko‘rkam...kiyimimni almashtirish uchun xonaga kirdim....eshik birdan yopildi...qo‘rqib ketdim.....

-sizzzz.......

Eshik oldida qo‘lida bitta paket bilan Jk turardi....
-modomiki meni uyimda yasharkansan..-dedi men tomonga sovuqqon qadam tashlab...-birinchi qoida...meni doim xo‘jayin deb chaqirasan Jk deb emas....
Ikkinchi qoida....hech qachon ustimdan kulma...va menga gap qaytarma....chunki men erkak kishiman.....-dedi menga yaqin kelib.....
Oxxo...qoidalar ajoyibku....

-Jungkook .to‘g‘rirog‘i xo‘jayin...siz ham meni tungi kapalak deyishni bas qiling...-dedim ho‘mrayib....u jilmaydi....
-ho‘p tungi kapalak...buni kiyib ol....-degancha qo‘limga paketni tutqazib xonadan chiqib ketdi....yaramas...ablax...xudbin...paketni yerga otdim...ichidan qandaydir ko‘ylak chiqdi...olib qarasam bironta yopiq joyi yo‘q...to‘r nima bu nima??? Jaxl bilan yirtib tashladim..meni kim deb o‘ylayapti...tinchlan...sen uni uyidasan....qilgan qilig‘ichi...qornim ochqay boshladi...har doimgidek ochlik muammosi...qonim kamligiga ovqatni darrov yemasam qo‘lim titrab boshim aylanardi...qo‘llarim qaltiray boshladi...uzun Jkni ko‘ylagida sekin pastga tushdim...kiyim ho‘lligiga etim junjikdi...oshxonani topib muzlatgichni ochdim...qoyil yo‘q narsani o‘zi yo‘q...ayniqsa cola...sipqora boshladim...
-senga bergan kiyimimni nega kiymading???-ortimdan Jkning ovozi eshitildi...ishtaxamni ham beliga tepdi...
-axir u kiyimmasku...-dedim ortimga qarab....u ochiqchasiga kuldi...
-senga shunaqa yoqadi deb o‘ylovdim....
Ko‘zim yoshlandi...ortiq u bilan tortishish niyatim yo‘q...indamay xonamga qarab chopdim...yotog‘imga cho‘zilib yig‘lay boshladim...yaxshisi ketaman..mayli boshqa ilojini toparman.....ko‘zyoshlarim yuzimni xo‘l qildi.....shu ko‘yi uxlab qolibman....
Ertalab eshikni oxista taqillashidan uyg‘onib ketdim.....

-buni kiyib pastga tusharkansan...xo‘jayin kutyapti...-dedi so‘xtasi sovuq barzangi....qo‘lida chiroyli paketni tutqizib....so‘ng ketdi....albatta xo‘jayinni buyrug‘i qonunku....paketni ochsam...ichidan yenglari uzun...etaklari tovonga yetadigan bejirim libos chiqdi...axir bunday ko‘ylak kiyish orzuyim edi........libos menga juda yarashdi...didi chakkimas Jkni...qimmat libosligi sharqona naqshlaridan ham ma‘lum edi...sekin pastga tushdim...mashinada meni Jk kutib o‘tirardi....
-xayrli tong...-dedi menga qarab qo‘yarkan....negadir ovozi biroz yumshabdi....
-rahmat....men ketmoqchiman..-dedim mashinaga o‘tirmay oynadan qarab...u jilmaygancha....
-o‘tir...tashlab qo‘yaman...-dedi...voy bezbetey...qayoqqa borasan ham demaydiya...o‘tirgim kelmadi...
-o‘zim yetib olaman....-dedim jaxl bilan...
-Felix .-deya barzangiga baqirdi...-uni o‘tqiz.....
Felix degani meni majburlab mashinaga tiqdi....
.
-men bilan o‘ynashma....
G‘irt telbaga yo‘liqdim shekilli...albatta Meribel qilgan gunohingga yarasha jazo olasanda...
Jk bilan restoronga kirsak telefoni jiringladi..u meni majburlab bilakimdan ushlab turardi....
-Alooo....
-....
-kim???
-......
-meni unaqa qarindoshim yo‘qqq...
-.......
-kutib tursin....1soatlarda boraman......

To be continued

@lewisia_fanfic