Mysterious murder(Sirli qotillik)Ep.2
"Azob bergan narsa õzimga õzim edim.!
Tutqun bir insondek ichimdagi zindonga urilgan"
~Kim Hyera~
Pov Hyera: Ular bilan birga yashash.G'alati,ammo juda katta maosh to'lanadigan ishdan keta olmayman.
-Hyera yerga qaragancha hayolga berilib ketdi
Daniel:Meni eshityapsizmi xonim?
Daniel:yaxshi unda ertaga soat 8:00da kerakli kiyimlaringgiz bilan Dobongsan o'rmoniga kiraverishda katta "Jeon Mansion" ga keling- Daniel oʻrnidan turib ketmoqchi boʻlganida
-
Hyera:Janob kechirasiz ammo men Seouldan emasman men Daeugu shahridanman.Shu sababli yo'l bilan biroz muammo bo'ladi.Menga..
Daniel Hyerani gapini oxirgicha tugallashiga ruxsat bermasdan sovuq ovozda:Yaxshi sizga haydovchi yuboraman u sizga kelishinggizda yordamlashadi.
Hyera:Raxmat janob~deya xonani tark etdi.
Hyera kompaniyadan chiqarkan telefonidan o'ziga kerakli bo'lgan nomerni qidira boshladi va unga qo'ng'iroq qildi.
Fida:Hyera,ahvoling yaxshimi? Suhbat yaxshi o'tdimi?
Hyera:Meni tabriklaa.Men suhbatdan o'tdim.Bugun juda ham baxtliman -Hyera xuddi yosh bolalardek gapirar edi
Fida :Voy rostanmi?Sen uchun xursandman dugonajon.
Hyera:Kechga vaqting qanday?Birga ishga qabul qilinganimni nishonlar edik.
Fida :Albatta.Unda seni soat 7da uyim yonidagi "Insadong Cafe" sida kutaman.
Hyera:Albatta kechki soat 7 da o'sha yerda bo'laman.
Pov Hyera:Hayotim endi tubdan o'zgarishiga biroz bo'lsada umid paydo bo'lyapti.Albatta o'qishimni ham qayta tiklayman.Faqat bu uchun menga pul va biroz vaqt kerak
-Qiz xursand boʻlgancha kulib avtobus tomonga yurdi
Pov: Jeonlar xonadoni(Jeon's Mansion)
Hamma kechki ovqat uchun jamlangan va Daniel gap boshladi
Daniel:Suna xonim,Jungkookni chaqiring kechki ovqatga tushsin.
Suna xonim:xo'p bo'ladi janob
-Suna xonim tepa qavatga Jungkookni chaqirgani koʻtarilib ketdi
Daniella:Aka,yangi enaga ishga olibsiz deb eshitdim.
Daniel:Ha singiljon.Jungkook o'zi tanladi u enagani.
Daniella:Nima,Jungkookmi?U shu vaqtgacha enaga ajratmagan edi shekilli?
Daniel:Ha ammo bu safar o'zi tanladi.
Jungkook tepadan tushar ekan hammaning ko'zi Jungkookda edi.
Taehyung:Kel amakimning o'g'li.Seni ham koʻrar kunim bor ekanku .Ha Daniel qachondan Jungkook biz bilan ovqatlanadigan bo'ldi.
Daniel:Bas qil Taehyung.Jungkook ham bu oilaning azosi.U ham bu yerga o'tirishga haqli.Qolaversa u bilan ba'zi muhokama qiladigan ishlar bor.
-Daniel birdan Taehyungni gapini boʻldi
Taehyung:Yaxshi yaxshi.Darrov gapirmasimdan og'zimni yopishga urunmang.
Jungkook hech kimning gapiga etibor bermasdan ovqatlanishni boshlarkan,Daniel uning ovqat yeyishini diqqat bilan kuzatar edi.
Daniel:Xo'sh Jungkook.Ertadan sen tanlagan enaga Kim Hyera ish boshlaydi.
Jungkook Danielning gapiga javob ham qaytarmadi faqatgina bosh irg'ab qo'ydi xolos.
Daniel:Meni bir savol qiziqtiryapti,U qizda nima borki sening e'tiboringni tortadigan,ya'ni sen enaga tanlamasding.
Jungkook bu safar ham sukut saqlab o'tirdi xolos.
Daniel:Yaxshi akajon,gaplashishni xohlamasang seni majburlamayman.
-Daniel ham ovqatlanishda davom etdi
~~
Hyera aytilgan kafeda dugonasining kelishini kutib o'tirarkan sal o'tmay eshik yonida qizga tanish qiyofa paydo bo'ldi.
Hyera:Yana besh daqiqa kechikkaningda,bu yerdan jo'nab ketardim.
Fida:Kechir,kechir faqat jahling chiqmasin.Sunghoning qorni och ekan,uni och tashlab keta olmasdim.
Hyera:Biram mehribon opasanda Fida.Har doim ukang haqida qayg'urasan.Mening bo'lsa menga qayg'uradigan biror yaqinim yo'q.Amakim va kelinoyimning dardi esa faqat pul~deya biroz yuzi g'amgin qiyofaga kirdi.
Fida:Bu nima deganing Hyera men bormanku.Garchi qarindosh bo'lmasak ham sen menga xuddi opamdeksan.Seni qattiq yaxshi ko'raman dugonajon deya qizni qattiq quchib qo'ydi.
Hyera:Yaxshiyam borsan Fida doim kayfiyatimni ko'taradigan.
-Hyera ham Fidani qattiqroq quchdi
Fida:Endi kel biror narsa buyurtma qilamiz axir ishga kirganingni nishonlashimiz kerakku.
Hyera :Unda soju bilan tovuq oyoqchalariga nima deysan?
Fida:Aynan nima xohlayotganimni bilasan-a Hyera-a
Ular ovqat buyurtma qilgach ancha suhbat qurishdi,Fida va Hyera shunchalar yaqin dugonalar ediki doim barcha sirlarini bo'lishar edilar.
Pov: ertasi kuni.
Hyera bugun birinchi ish kuni bo'lganligi sababli kechasi bilan kiyimlarini yig'gan va o'zida yo'q xursand edi.Chunki Hyera bu uyida oxirgi marta tunab qolishi va qaytib uy egasining zahar aralash gaplarini eshitmaydigan kuni edi.Daniel tayinlagan haydovchi Hyeraning uyiga kelarkan,eshikni taqillatishni boshladi.
Hyera:Hozir ketyapman~deya eshikni ochgach haydovchi gap boshladi.
Haydovchi :Hyera xonim.Meni Jeon Daniel shu yerdan sizni olib ketishimni tayinladi.
Hyera:Ha ha men tayyorman~deya bir chamadon kiyimlarini olib chiqdi.
Mashina Seoul shahridan ancha uzoqroqqa borar ekan Hyerani yuragida biroz qo'rquv paydo bo'la boshladi.
Pov Hyera:Ularning uyi shahardan shuncha uzoqmi?Qiziq juda shubhali tuyulyapti.
-Hyera ora orada haydovchiga shubhali qarab qoʻyardi
Hyera shularni o'ylar ekan mashina bir katta darvoza yoniga to'xtadi.Va darvozani ikkita barzanki ochar ekan ularning barchasi qora kiyingan edi.
Hyera:Keldikmi?
-Derazadan boshini chiqarib atrofga alangladi
Haydovchi:Jeonlar hududiga kirdik xonim.Yana biroz yo'l bor.Mashina darvozadan kirar ekan,keyingi manzil juda katta hududni egallab olgan o'rmon edi.
Hyera:Sizdan bir narsa so'rasam maylimi?
Hyera:Jeonlar hududi shuncha kattami?
Haydovchi :Ha Hyera xonim.Bu Jeonlarga tegishli o'rmon.Bu yerdan so'ng bizni bir qayiqchi kutib oladi.Ya'ni keyingi manzilimiz Jeonlarga tegishli ko'l.Ko'ldan o'tganimizdan so'ng "Jeon's Mansion" ya'ni Jeonlar
qo'rg'oni Hyera xonim.
Hyera:Ha tushunarli.
-Qiz boshini tushundim degandek qimirlatib qoʼydi
Pov Hyera:Qiziq buncha shahardan tashqarida hududga egalik qilish nimaga kerak?Jeonlar juda g'alati ko'rindi.
Ular ko'lga yetib kelib ko'ldan o'tar ekanlar,ularning qarshisida bir deganda hammani hayratda soladigan katta qo'rg'on turar edi.
Atrofni 100da ortiq qo'riqchi qo'riqlar edi.
Hyera Haydovchi bilan qo'rg'on ichiga kirar ekan,mehmonxonada uni Jeon Daniel kutib o'tirgan edi.
Daniel:Keling Hyera xonim.Jeonlar Qo'rg'oni ga xush kelibsiz.
Hyera:Salom Janob Jeon.
Hyera:Yo'q yo'q Janob.Biroz uzoqligini hisobga olmasak hammasi juda yaxshi.
Daniel:Yaxshi.
Hyera:Haligi ukanggiz qayerda?U bilan tanishmoqchi edim.
- u yoq bu yoqga qaradi
Daniel:Ha Jungkookmi?U xonasida bo'lsa kerak.Hyera xonim siz bilan kelishib ketamiz degan umiddaman.Yani shartnomaga asoslanib ish tuting.
Hyera:Ha ha janob menga ishonavering.
Daniel:Unda yuring sizni Jungkook bilan tanishtiraman.
Daniel qizni ikkinchi qavatga olib chiqar ekan,bir xona yonida to'xtadi.Ular xonaning ichiga kirar ekanlar,xona juda ham qop- qorong'u,faqat kichik derazachadan yani deraza tirqishidan faqatgina biroz quyosh nuri tushib o'tirardi.Xona bo'ylab esa o'yinchoq poyezd poyezd yo'lakchasi bo'ylab harakatlanar edi.
Daniel:Jungkook?Shu yerdamisan?
Xonadan sado bo'lmagach
Daniel:Menimcha u bog'ga,sayr qilishga chiqqan.Poyezdga etibor bermang.Jungkook bunga qarab asablarini tinchlantiradi.
Hyera:Ha ha bu bolaga juda ham foydali deb eshitgan edim.U qorong'ulikni sevadimi?
Daniel:Jungkook juda ham odamovi,u bu xonadonda hech kim bilan munosabatda ham suhbat ham qurmaydi.U faqatgina savollarizga Ha yoki yo'q deya javob beradi xolos.
Hyera:Ha tushunarli.
Daniel:U bilan til topishashiz degan umiddaman endi bo'lsa yuraqoling tushlikka.Stol ustida Jungkook bilan tanishib olasiz Hyera ~deya unga yaqinlashdi.
Hyera:N.nima qilyapsiz?Uzoqroq turing janob.
Daniel:Shunchaki hazil deya Hyeradan uzoqlashdi.
Ular stol ustida o'tirarkan,stol boshida Daniel o'tirar edi.
Qiz borib Daniella ni yoniga o'tirdi.
Daniella:Salom Hyera xonim.
Hyera:Salom xonim~deya mayin tabassum qildi.
Hyera atrofga qarar ekan,ularning yoniga o'ta jiddiy ko'rkam bir yigit kelayotgan edi.Qiz unga qarab o'tirar ekan Taehyungning qo'pol munosabati unga qarab o'tirga nigohini uzishga majbur qildi.
Taehyung:Odamga tikilib o'tirishni sevasanmi ayniqsa ko'rkam yigitlarga?
Hyera:Aa yo'q janob.Bu nima deganinggiz men biroz chalg'idim xolos.
Taehyung:Ahmoq qiz
- deya stolga oʻtirdi
Daniel:Tae yangi kelgan qizga qo'pol munosabatda bo'lishni bas qil.
Taehyung Danielni gapiga faqat ensasini qotirib qo'ydi xolos.
Daniel:O'g'ling qayerda Daniella.
Daniella:Hozir aka.O'g'lim kechki ovqatga tush deya o'g'lini chaqirar ekan 7yoshga o'xshash bir bola yugurib onasining yoniga keldi.
Pov Hyera:Menimcha bu Jungkook.U bilan gaplashishning ayni vaqti.
Hyera:Salom Jungkook.Men Kim Hyeraman.Sening yangi enagang deya unga jilmayib qo'l uzatdi.
Bola:Aqldan ozganmisiz?Men Jungkook emasman.Men Sehunman.
-sehun Hyeraga hayrat bilan qaradi
Daniella:U meni o'g'lim Hyera.U Jungkook emas.
Hyera:Uzr men Sehunni Jungkook deb o'ylabman ming bor uzr.
Hech qisi yo'q Hyera u hozir kelib qoladi endi ovqatlanaversak,to'g'rimi akajon?
Daniel:Ha ovqatlanaveramiz.
Hyera ovqat so'zini eshitishi bilan ertalabdan hech nima yemagani esiga tushib ketdi.U hech kimga e'tibor bermay ovqatni juda tezlik bila yeyishni boshladi.
Sehun Hyeraning tezlik bilan ovqatlanayotgani ko'rib unga kulib gapira boshladi:- Hyera siz Tanga o'xshab ovqatlanar ekansiz.Juda kulgili deya xonani to'ldirib tabassum qildi
Hyera Sehunning kulayotganini ko'rib:Tan kim deya savol berdi
Sehun:U bizning kuchugimiz.deya Yeontanni chaqirdi.
Ularning yoniga bir yoqimtoy kuchuk yugurib kelar ekan Hyera tez yeganligi sabab o'zini lan'atlar edi.
Pov Hyera:Lan'ati u hozir meni kuchukka o'xshaysan dedimi?Nima bu Jeonlar meni ustimdan mazax qilishga kelishib olishganmi?
Taehyung:Sehun Yeontanni Tan deyishni bas qil.Uni mendan boshqa hech kim Tan deyishga haqqi yo'q.
Sehun Taehyungning gapini eshitishi bilan yig'lashni boshladi.
- Va oyisi tomonga yugurib bordi
Daniella:Taehyung qo'ysangchi Sehun hali bola axir.
Daniella shu so'zlarni aytarkan eshik tomonga qarab qo'ydi va u yerda Jungkook o'tirgan edi.
Daniella:Mana Jungkook ham keldi.
Hyera Jungkook so'zini eshitishi bilan darhol eshik tomonga qaradi.U Jungkookga qarar ekan o'zi bilmagan holda hayratda edi.
Pov Hyera:Nima Jungkook shumi?Axir qanaqasiga?Jungkook yosh bola emasmi?Lekin tan olaman U juda ham kelishgan.Qiziq nega hamma qizlar unga enagalik qilishga qarshi bo'lishgan ekan-a?Albatta Jungkook bilan kelishib ketaman degan umiddaman.
Hyera:Salom Jungkook.
Jungkook Hyeraga qarab o'tirarkan unga hech qanday javob qaytarmadi.
Ular ovqatlanib bo'lgach hamma o'z xonasiga qarab kirib ketdi.Hyera ham xonasiga kirar ekan,xona juda ham did bilan bezatilgan edi.
Pov Hyera:Xona juda ham chiroyli.Albatta Jungkookni biroz odamovi ekanini hisobga olmasak u bilan kelishib ketaman.
Pov :Jeon's Mansion kechki soat
12:00
Qiz xonaga qarar ekan xonada suv yo'qligini ko'rib biroz chanqaganligi sabab pastga ya'ni oshxonaga tushdi.U suv ichib bo'lgach xonasiga chiqmoqchi bo'lganida chetdan kimdir kuzatib o'tirgandek bo'ldi u tezda o'sha tarafga qarar ekan kresloda Jungkook o'tirgan edi.Uning sovuq qarashi Hyerai biroz cho'chitdi.U qo'rqqanligi sabab tezda xonasiga chiqar ekan Jungkook ham uning ortidan kelar edi.Hyera tezlashgan sari Jungkook ham qadamlarini tezlashtira boshladi.
Pov Hyera:Ey Xudoyim bu nima qilmoqchi.
Hyera chaqqonlik qilib xonasiga kirib eshikni qulflar ekan,Jungkook eshikni qayta qayta uraverdi.Eshik taqillashi tinchigach qiz tashqariga chiqar ekan polda bir xat turgan edi.
Pov Hyera:nima ?Jungkook shu xatni berish uchungina ortimdan ergashgan edimi?