November 20

MYSTERIOUS MURDER EP.12๐Ÿšซ

Ep 12.

Biz nimani izlaymiz xotirjamlik, baxtnimi? Biz qanchalar dahshatli va jirkanch boสปlmasin, haqiqatni izlaymiz..."
~Kim Hyera~

Pov:Seoul,Jeon's Cooperation
Daniel qog'ozlarni diqqat bilan ko'zdan kechirar ekan,ayni damda kompaniya ravnaqiga kelayotgan sezilarli krisis,yigitni aqldan ozgurgidek darajada jahlini chiqarayotgan edi.Yigit xonaning u burchagidan bu burchagiga yurarkan,qanday qilib bu katta muammoni hal qilish haqida bosh qotirar edi.

Pov Daniel:Yana bir muammo.Muammo kelsa,ustiga ustak kelarkanda,lan'ati.Bu tashqi qarzni yopmasam,Jeonlarga katta inqiroz kelishi hech gap emas.Nima qilsam,nima??Uydagi muammolar bilan bo'lib kompaniya ishlariga ham befarqligimning oqibati bu

Daniel shularni o'ylar ekan,xonaga kotiba kirganini ham sezmaygina qoldi.
Kotiba:Janob Jeon,kirsam bo'ladimi?
Daniel:Kiring Mina xonim.

Kotiba:Janob xodimlarning aksariyati ishdan bo'shash uchun ariza topshirishibdi.Maoshlarning vaqtida berilmayotganligi va o'tgan oyga nisbatan kam haq to'langanligi ularning g'azabini keltirganga o'xshaydi.

Daniel:Lan'ati!!!!Kompaniya hozir biroz og'ir ahvolda.Noshukurlar.Shundoq ham qolgan kompaniyalarga nisbatan katta haq to'lasam,yana nima xohlaydi bular.Hoziroq hammani Yig'ilish zaliga yig'ing.Ular bilan ochiqchasiga gaplashishim kerak shekilli.
Kotiba:Xo'p bo'ladi janob~deya boshlig'ining g'azabi qaynayotganini ko'rib,qo'rqa pisa xonadan chiqib ketdi.

Kuz fasli bo'lganligi sababli,Daniel biroz deraza tashqarisidan daraxtlar barglari to'kilishiyu tilla rangga burkanishini biroz mamnuniyat bilan kuzatarkan,haqiqatdan ham tashqaridagi manzara odamga biroz bo'lsa ham kayfiyat ulashar edi.
Daniel

pov Daniel:Barglarning to'kilishi sababli,bekorga seni ayriliq fasli deyishmasa kerak.Bu oy menga ancha katta ayriliqlaru,qalbimda isyon olovlarini yoqgan fasl bo'lgan,afsus.

Yigit nafasini biroz tiklagancha,bo'yinbog'ini to'g'irladida,majlis bo'ladigan xona tomon shahdam qadamlar bilan xonasini tark etdi.
Daniel katta majlislar zaliga kirarkan,hamma unga soxta tabassum qilgancha o'rnilaridan turishdi va boshlarini biroz eggancha hurmat yuzasidan salom berishdi.
Daniel hammani bir ko'zdan kechirdida:

~O'tirishinggiz mumkin.Avvalambor kompaniya biroz inqirozga uchraganligi haqida bu noxush xabarni sizlarga yetkazsam.Bu sizning maoshinggizga ta'sir qilganligi uchun ham kechirim so'rayman va bu muammo tez kunlarda hal qilinishi haqida vada bera olaman.Hammasi avvalgidek bo'lishiga albatta ishonaman va buning uchun menga sizlarning ishonchinggiz va qo'llab quvvatlashlaringgiz eng katta dalda beradi..

~Daniel xodimlariga kayfiyat bag'ishlaydigan nutq so'zlarkan,eshikning ochilishi va unga tanish qiyofani ko'rishi bilanoq biroz yigitni sarosimaga solib qo'ydi.
Daniel:Sen bu yerda...
Jungkook:Salom hurmatli va qadrdon xodimlar va qadrli ukajonim Daniel.

Jungkookning kutilmagan tashrifi xodimlar orasida pichir pichirlarning boshlanishiga sabab bo'ldi.
Jungkook:Aysh,1yil bo'lmaganimga xodimlarning yuzini ham unuta yozibmanku,ammo xavotir olmang bu holat boshqa qaytarilmaydi,chunki kompaniya egasi va haqiyqiy Jeonlar merosxo'ri Jeon Jungkook kutilmagan tashrif va qaytish bilan keldi.

Kompaniya xodimlari Jungkookning gaplarini eshitishlari bilanoq,yuzlariga sezilarli darajada kulgu yugurdi.Chunki Jungkook rahbarlik vaqtlarida "Jeon's Cooperation" eng yirik va ilg'or kompaniya bo'lib ancha rivojlanayotgan edi,va xodimlarga qilinadigan muomala va to'lanadigan maosh boshqa yirik kompaniyalarga nisbatan ancha yuqoriligi bilan mashhur edi.
Daniel akasining gaplarini bir burchakda o'tirgancha tinglar ekan,ayni damda akasining yoqasidan ushlab musht tushurishga tayyordek edi go'yo.Chetdan Danielning g'azabini ko'rgan odam go'yo o'ljasini ovlashga tayyor och bo'rining qonli ko'zlarini ko'rgandek bo'ladi go'yoki.

Yigit hech ikkilanmasdan Jungkookning yoniga bordida,akasining yoqasidan qattiq siqqancha:
~Tomosha qo'yishni bas qil Jungkook,har xolda atrof to'la xodimlarimiz.
Jungkook miyig'ida kulgancha ukasining qo'llaridan yoqasini qutqargancha:
~Tshsh yo'q ukajon.Xato.Kattalarga yaxshi muomalada bo'lishni suyuqoyoq onang o'rgatmaganmi?

Daniel g'azab bilan Jungkookga musht tushurgancha:Hey Jeon,og'zingga qarab gapir.Kimning onasini foxisha deyapsan sen.Haddingni ko'rsatib qo'yaman seni -deya yana qo'llarini ko'targancha musht tushurishga tayyor bo'lganda Jungkook yigitning qo'llarini mahkam tutdida g'azab ko'zlari va qat'iyatli ovoz bilan:
~O'rningni bil otamning o'g'li.Sen aslida meni kimligimni bilmaysan.Seni kimligingni juda yaxshi bilaman.Mol-mulk uchun atrofidagi barcha yaqinlarini qurbon qilishga tayyor bir qo'rqoq va ablahsan sen.Hatto singlingning boshiga itning kunini solgan hayvondan farqing yo'q ~deya yigitni irg'itib tashladi.

Daniel akasiga hech bir so'z deyaolmay,o'rnidan turdida shahtamlik bilan xonadan chiqib ketdi.
Jungkook bo'yinbog'ini to'g'irlagancha,keng tabassum qildida:Tomosha va majlis tugadi hurmatli hamkasblarim,endi hamma o'z ishiga -deya u ham xonadan chiqib ketib qoldi.

Jungkook mashinasiga o'tirgancha cho'ntagidan qo'l telefonini olib,Taehyungning raqamini qidira boshladi va unga qo'ng'iroq qilib gap boshladi.

Jungkook:Alo Taehyung qayerdasan?
Taehyung:Aysh,muhim ishlarim bilan tashqarida edim.Biror nima bo'ldimi?
Jungkook:Haa muhim ish degin.Fida bilan qahvaxo'rlik qilish sen uchun muhim ishdek bo'lib qoldi~deya yigitning ustidan mazah qilgandek kula boshladi.

Taehyung:Voy Lan'atiey,sen Fida bilan ekanligimni qayerdan bila qolding.Yashashga ham qo'ymaysan sen.
Jungkook:Sen bilmaydigan yashirin ayg'oqchilarim juda ko'p qadrdonim.Qahvangni ichib bo'lgan bo'lsang darhol yetib kel muhim vazifa bor.

Taehyung:Shibal.Yaxshi yaxshi yarim soatda yetib boraman.
Jungkook:Xayr Romeo deya telefonni o'chirib qo'ydi.

pov Taehyung:Voy ablahey.Xuddiki sen sevmaganda,Hyeraning telbalarcha oshig'i,uchrashuvni ham beliga tepdi shibal.

pov:๐‰๐ž๐จ๐ง'๐ฌ ๐Œ๐š๐ง๐ฌ๐ข๐จ๐ง,๐ฌ๐จ๐š๐ญ 21:00

Jungkook kechga yaqin shu xonadonda kim yashayotgan bo'lsa hammani katta zalga to'plashini xizmatkorlarga buyruq bergan edi.Xonada Jungkookni yarim soatdan buyon kutayotgan barcha xizmatkorlardan tortib to uyning har bir azosiga Jungkookning qanday muhim masalada to'plagani qiziq edi.Jeon tepa qavatdan mag'rurlarcha tushib kelarkan,uning haybati va yuzidagi jiddiylik biroz odamni cho'chitar edi.

Jungkook:Hamma Jeonlar va ularning xizmatchilari va mening suyukli enagam Hyera ham shu yerda ekan,o'ta jiddiy qarorimni barchaga e'lon qilsam.Xullas men Jeon Jungkook yana oldingi holatimga qaytdim,endi beozor va hech nimaga so'zsiz bo'ysunadigan Jungkook yo'q.Va yana qo'shimchasiga ayta olamanki shu yerda menga qadrli bo'lgan Hyeraning qo'lini hammaning guvohligida so'ramoqchiman~deya kostyumiga qo'lini solgancha chiroyli va bejirim uzuk qutichasini chiqarib egildida hammaning ko'z oldida qizning qo'lini so'radi.Qiz bu holatdan biroz hayajonlangancha:
~Jungkook...S..sen jiddiy gapiryapsanmi??

-Ha azizam,buni ertaroq taklif qilmaganligim uchun kechir.
Xo'sh Hyera xonim Jeonlar kelini bo'lishga rozimisiz?
Hyera quvonch ko'zyoshlari bilan yigitga boqarkan beixtiyor yuzlarida kulgu paydo bo'lgancha:
~Haaa,umrimning oxirigacha mening juftim bo'lishingga roziman deya qo'llarini Jungkook tomon uzatarkan,yigit qutining ichidan noyob va ko'zga tashlanadigan,mayin ishlangan kichik o'lchamdagi brilliant uzukni oldida qizning qo'llariga taqib qo'ydi.

Jungkook:Hyera borlig'im mening,yagona qalbimdagi unib chiqqan gulim.Seni uchratgan kunimga ming rahmat aytaman.Toki ko'zlarim seni ko'rmaguncha,sevgi men uchun shunchaki oddiy bir besh harfli so'z edi xolos.Hayotimga kirib kelgan oning,shu so'zga ma'no bag'ishlading.Umrimning oxirigacha toki jonim uzulganga qadar oshiq bo'laman senga.

Meeting

Hyera:Jungkook.Meni juda hayron qoldiryapsan ochig'i.
Jungkook:Sevgilim bu hali xolvasi,sen uchun hattoki tunlari go'zal misralardan yaralgan sherlar ham to'qib chiqdim desam ham mubolag'a bo'lmaydi.
Taehyung:G'irt Romeoni o'zikusan,qani eshitaylikchi!!!!
Jungkook:Aniyo,bu faqat Hyera aytiladi
Taehyung:Hyera xonim siz iltimos qilingchi zora sizga rozi bo'lsa.

Hyera Taehyungning gapiga mayin tabassum qilgancha:Mayli ular ham eshitsin Jungkook.
Jungkook:Aysh sen so'raysanu men yo'q deya rad javobi berarkanmanmi.Unda eshit sevgilim deya tomog'ini biroz qirdida:
KECHIR...

Qo'limdan kelgani dunyoday sevgi
Osmonday muhabbat, yerday keng mehr.
Kulmasang, Ko'zimga kelmaydi uyqu
Bundan ortig'iga ojizman ,kechir!

Qo'limdan kelgani dengizdayin rashk
Qordayin sof sevgi, sahroday sabr
Buloqday to'karman balki selday ashk
Bundan ortig'iga ojizman ,kechir.

Qo'limdan kelgani tog'day tayanchman
Xohlasang sel oqiz, xohla qor ko'chir
Ista qirlarga bosh egishim mumkin
Bundan ortig'iga ojizman, kechir

Qo'limdan kelgani bir umr sevish
Ko'r bo'lguncha kutish, ming ogสปu yutish
Sevmasang jonimdan kechishim mumkin
Bundan ortig'iga ojizman, kechir

Hyera yigitning bu misralarini eshitishi bilanoq ko'zlari namlandida,sevgilisini qattiq quchgancha ko'ksiga boshini qo'ygancha quvonch ila yig'lashni boshladi.

Jungkook:Aysh,Hyera sevgilim yig'lamasangchi,meni ham juda tasirlantiryapsan deb qizning namlangan ko'zlarini artdida,qirmizi lablariga o'zining issiq lablarini bosib chuqur bo'sa oldi.

Bu manzarani chetdan kuzatib o'tirgan Taehyung ensasini qotirgancha:Aysh hali shu oshiqning she'riyu,bo'sa olishlarini ko'rish maqsadida sevgilimni tashlab kelibmana.Shibal,Taehyung ahmoqsan deya peshonasiga yengil urib qo'ydida,uydan chiqib ketdi.
Bir tomondan buni ko'rgan Daniel jahlini jilovlagancha gap boshladi:
Qanaqa turmush Jungkook?O'ylab gapiryapsanmi sen?Hyera oddiy oila qizi va bu bizning Jeonlar imidjiga katta tasir qilishini bilasanmi?Men bu nikohga mutlaqo qarshiman!

Jungkook bo'sani uzgancha:Bunga roziliging haqida so'ralmadi Daniel.Ikkinchidan esa bu xonadonda shu paytgacha mening qarorim muhokama qilinmagan, bundan keyin ham qilinmaydi.

Daniella Jungkookning qahrli ko'zlariga qaradida,akasini turtgancha xonadan olib chiqib ketishga harakat qildi.
~yigit gapini tugatmasidan singlisining "kettik" degan ko'z ishorasiga hayron holatda qarab qoldi.........

๐“๐จ ๐›๐ž ๐œ๐จ๐ง๐ญ๐ข๐ง๐ฎ๐ž๐.
#Hyera