December 25, 2024

SEX FOR NIGHT EP.9🔞

"Yonsa tutun chiqmaydigon yagona joy... Bu Qalb"
~Hyera Kim~
Ep.9.

Pov:Seoul, Tatoo doʻkoni. .

~Eshitdinggizmi,oʻsha mashhur biznesmen xotini bilan Parklar xonadonida jinsiy aloqa qilgan suratlari tarqalibdi
~Voy qani,men ham koʻray...
~Shu ishni uylarida qilishsa boʻlmasmidi?Yoshlarga ham hayron qolasan?
~Juda ham ehtirosli suratga tushishibdi.Bir biriga mos.Xuddi uzukka koʻz qoʻygandek...

Pov Harin:Bugun negadir chap yonim bilan turgandek kayfiyatim yoʻq.Sababini bilmayman nega?Ammo ishxonaga kirishim bilanoq atrofdagi qizlarning shivirlashi bir biriga telefonidan allaqandaydir suratlarni koʻrsatishi meni biroz hayratda qoldirdi.Qiziq shu darajada nima boʻldiki ularni ishidan qoldiradigan darajada?
Qiz shularni oʻylagancha ish joyiga joylasharkan dugonasi Simining vahimali ovozda gapirishi Harinning hayollarini butunlay tarqoq qilib yubordi.
~Harin..Jungkook anavi oʻtgan kuni kelgan mijozimiz emasmi?Aynan seni tatoo chizishingni soʻragan kimsa.
~Ha oʻsha Jeon Jungkook.Nima bo'ldi?
~Aysh dugonajon...Sen ijtimoiy tarmoqlardan doim orqadasan.Soʻnggi yangiliklarni eshitmadingmi?
~Yoʻq..
~Toʻxta toʻxta.Jeon Jungkook va rafiqasining Parklar xonadonidagi ehtirosli bir tuni.Ayniqsa maqolaning yuzidagi sarlavhadagi suratlarni aytmaysanmi??? Ayshsh...

Pov Harin:N..nima...Ehtirosli tun....Simi telefonidan oʻsha maqola va suratlarni koʻrsatarkan,men tiriklayin jarlikdan itarildim.Jungkook...U meni qoʻli bilan o'sha tubsizlikka uloqtirdi.Nega?Nega meni aldadi?Axir..axir u kecha biznes hamkorlari bilan biznes uchrashuvda ekanligini takror takror aytarkan aslida u rafiqasi bilan edimi?Ular tunni birga oʻtkazishgan?Nahot Jungkook...Qoʻyningdagi men koʻnglingdagi esa Wonhoo boʻlsa?

~Harin...Harin hey meni eshityapsanmi?
~M..men men ketishim kerak Simi..
~A..aa qayoqqa..Shoshmasangchi...Boshliq seni aniq ishdan haydaydi...

Pov:Seoul,Jeon's Cooperation

Harin hech nimaga qaramay Jungkookning xonasiga bostirib kirarkan,majlis boʻlayotganligini koʻrib biroz boʻlsada jahldan tushgandek jimib qoldi.
~Harin?
~Jungkook gaplashib olishimiz kerak.
~Men hozir majlisdaman.
~Men hozir gaplashib olishimiz kerak dedim.
~HARIN.HADDINGDAN OSHMA.HOZIR ISHDAMAN.MAJLISDAN SOʻNG DEDIM SENGA
~Uyalyapsanmi?A?Jinsiy aloqa yoqib tushgan koʻrinadi..
~HARIN.Majlis tugadi.Hamma ish joyiga.Keyin davom etamiz.Bizni yolg'iz qoldiring.

Pov:Xodimlar qiqir-qiqir bir biriga koʻz urushtirib va pichirlab xonani tark etisharkan,bu uyatli holatdan toqati tugagan Jungkook Harindan hisob soʻray boshladi.
:Bu nima odobsizlik?Senga kim huquq berdi mening kompaniyamga bostirib kelishga? Yana xodimlarimning oldida uyatli gaplar aytishga?
~Nahot Jeon Jungkook bu holatdan uyaldi?Nima haqiqat yoqmadimi?Parklar xonadagi ehtirosli tuningdan uyaldingmi?
~Harin.Men u payt mast edim?
~QANAQA MASTLIK JUNGKOOK?MEN SENGA KIMMAN?
~Harin..
~Kimman?...
Qiz mayus yig'i aralash koʻzlari bilan tikilarkan,Jungkook bir ogʻiz lom lum deyolmasdi.
~Hech kimman..Shunchaki nafsingni qondiruvchi vositaman..Hammasi tugadi Jungkook.Shunchaki meni bezovta qilma xayr..
Qiz yig'i aralash xonadan chiqib ketarkan,Jungkook Harinning qo'llaridan tutgancha,unga iltijo koʻzi bilan qaradi.
Qiz esa shunchaki his tuygʻularni chetga surgancha qoʻllarini tortib olgancha xonadan chiqarkan,eshik oldida boʻlgan toʻqnashuv sabab muvozanatni yoʻqotarkan,belidan tutib qolgan baquvvat qoʻllarni sezdida darrov ozini rostlagancha yigitni oʻzidan itardi.
~Harin?
~H..yunjin..
~Sen bu yerda nima qilyapsan?
Harin Hyunjinni koʻzlariga tikildida va nihoyat koʻz yoshlarini tuta olmay yigitning bagʻriga otilib yigʻlarkan,yigitning qoʻlidan faqatgina qizni bagʻriga bosish kelar edi xolos.

Hozirgi vaziyatni zimdan kuzatib turgan Jungkookning qo'l tomirlari allaqachon boʻrtib chiqishga ulgurgan ekan,yigit hech ikkilanmasdan borib Harinning ingichka qoʻllaridan tortgancha yigitning bag'ridan sug'urib oldi.

~Hey Jungkook sen...

Hyunjin gapini yakunlay olmay yuziga kelgan mushtdan muvozanatni yoʻqotib yerga quladi.

Yigit raqibining oʻrnidan turishiga imkon ham bermay ketma ket zarbalar berarkan,Hyunjinning yuzi allaqachon alvon tusga kirgan edi.

~Jungkook bas qil.Jungkook...~deya Harin yigitning qoʻllarini tortqilarkan,bari befoyda.Harin oxiri chiday olmay bor ovozi bilan baqirarkan,bu qichqiriq ovozi ikkala yigitning ham mushtlashuviga nihoya yasadi.
Harin qo'rquvdan digʻ-digʻ titragancha xonadan yugurib chiqib ketdi.

Hyunjin qizning ortidan shoshgancha tashqari tomon otilarkan,atrofda qizning sharpasi ham koʻrinmas edi.Yigit tinmay qayta qayta Haringa qoʻngʻiroq qilarkan,oʻchirilgan abonent..25ta javobsiz chaqiruv...Butun Seoulning har bir burchagiga borgan Hyunjinning xayoliga biroz boʻlsada Harinning sevimli joyi kelmadi.6soatlik qidiruvdan so'ng Yigitning yodiga oʻsha bolalikdagi xotiralar gavdalana boshlarkan,yigit qoʻlini peshonasiga urgancha oʻziga o'zi shivirladi:

~Tentaksan Hyunjin.

Hyunjin Harinning yoshlikdan buyon tabiatan introvert odamligini bilganligi sabab yolgʻiz qolib sohilda vaqt oʻtkazishini juda yaxshi biladi.Hyunjin mashinasiga mingancha, Harinning yoshlikdagi sevimli joyi Daecheyon sohiliga haydadi.

Vaqt allaqachon allamahal boʻlib qolganligi sababli sohil atrofi jimjit,atrofdan faqatgina 4 5 ta sevishganlar birga qoʻl ushlagancha sayr qilishsa,yana kimdirlar ayriliq tamidan totib koʻrgandek yolgʻiz.

Pov Harin:Dardlarimga guvoh sohil.Mana yana bagʻringga yosh boladek yigʻlab keldim.Yana nega men?Nega sevgimni endi uchratdim deganida xiyonatga uchrayman?Shumi sevilish?Shumi suyukli boʻlish?Balkim taqdirimga yolgʻizlik yozilgandir.Barcha aytadi, sen ham o'z juftingni topasan deya.Ammo sevgi muhabbat ila.
Men bir narsaga hayronman, osmon va yer, oy bilan quyosh, cho'l bilan sohil, kun va tun. Nur va zulmat. Bunday juftliklar olamda juda ham kop. Ammo... ammo bular hech qachon birga bo'la olmaydi. Ularga birga bo'lmaslik baxti berilgan. Balki men ham shular qatoridadirman.

~Qiz sohildagi suvlarning mavjlanishini kuzatgancha xayol surarkan,yelkasiga tekkan qoʻldan seskanib sergak tortdi.

~Hyunjin?
~Haliham oʻsha o'sha Harin.Seni yana qaytib bu yerdan topaman deb oʻylamagan edim.
~Juda kulgili.Oʻsha kunni eslatish shartmi?Unutganman degandingku.....

To be continued.

! nechta odam oqigan boʻlsa ,ammo koment va reaksiya bunga mos kelmasa kanalni yopvoraman!Menga iltimos qilmang.