November 16

MYSTERIOUS MURDER (SIRLI QOTILLIK)EP.11๐Ÿšซ

Biz kutgan har narsa ham biz kutgandek boสปlavermaydi..."
~๐Š๐ข๐ฆ ๐‡๐ฒ๐ž๐ซ๐š~

pov:Oradan 3kun o'tar o'tmas Daniella na suv ichdi na tuz tortdi,bir xil holatda go'yoki tarki dunyo qilgandek bo'lib qolgan edi.Bu 3kunda ancha yuzlari burishib,rangida rang qolmagan edi.To'g'ri!G'am odamni ich etidan yemiradi,bechora qiz ham erini sog'ingancha o'z yog'ida o'zi qovurilib o'tirgandek edi go'yo.Qiz qo'llarini yuziga qo'ygancha xayol surarkan,eshikning ochilishi uning xayollarini butunlay tarqatib yubordi.
Daniella:S.siz bu yerda?

Jungkook:Turaqol ketamiz~deya qizni qo'llaridan ushlagancha,uni o'rnidan turg'izarkan,Daniella akasiga savol nigohi bilan qarab qoldi.
Daniella:Nega meni qutqaryapsiz,agar akam bundan xabar topsa,bu ikkimizga ham yaxshilik olib kelmaydi.Bundan tashqari men sizga qancha yomonlik qilgan bo'lsam ham meni qutqarasizmi?

Jungkook:Akang bilan bir chaqalik ishim ham yo'q.Senga keladigan bo'lsak,garchi menga dushmanlik qilgan bo'lsang ham senga nisbatan akalik tuyg'usini his qilaman men.Endi esa xonagga eltib qo'ygunimcha jim ket.
Daniella:Jungkook...

Jungkook:Eshitaman.

Daniella:Menga hali hamon ishonasizmi? ya'ni o'sha ko'lga qilgan yomonligimdan ham keyin ham kechirasizmi?
Jungkook:Bilasanmi Daniella,ishonch go'yoki asab tolalariga o'xshab nozik va qayta tiklanmaydi.Bu ishonch 1yil oldin yakson bo'lgan.Ko'l voqaeasiga kelsak,to'g'ri ikki aka-singgil birga kelishgan holatda meni suvga itarib yuborgandinggiz.Bu orada men ota onamdan ayrilganim uchun eng qiyin davrlardan birini boshdan kechirayotganligimdan foydalandinggiz,lekin singgiljon,bari o'tmish.Sizlarga bo'lgan ishonchim ham o'sha ko'lda g'arq bo'ldi,bo'ldi tugadi hammasi.Sizlarga bo'lgan akalik hissimni,andishani qo'roqqa yoydinggiz.Aslo endi yo'l qo'ymayman,his tuyg'ularimdan foydalanishinggizga jim qarab tura olmayman~Yigit shu so'zlarni aytarkan,allaqachon Daniellaning xonasiga kelib qolganliklarini ham sezmaygina qolishdi.

Jungkook:Endi esa biroz damingni ol
hademay o'g'ling maktabdan qaytadi.

Daniella:Raxmat aka.

Jungkook qizning xonasidan chiqishi bilan xizmatkori Yujin xonimni har tarafdan qidira boshladi.
Jungkook:Yujin xonim,Yujin xonimm...
Yujin xonim xo'jayinining ovozini eshitishi bilanoq oshxonadan apil tapil yugurib chiqarkan:Labbay janob Jungkook.

Jungkook:Daniella xonimga g'amxo'rlik qilsanggiz,uch kun tuz tortmagan,eng tansiq va kuch bo'luvchi taomlar bilan mehmon qilsanggiz uni.Hademay Jeonghun maktabdan qaytadi,onasini bu ahvolda ko'rib cho'chib ketmasin tag'in.

Yujin xonim:Albatta janob.O'zim nazorat qilaman.
Jungkook:Yaxshi.

โ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ขโ€ข

Hyera:Hammasi jonimga tegdi.Qachongacha bunday beozor va bu qotillar orasida yashashim mumkin aka?

Suga:Oz qoldi singgiljon.Axir sen Min Hyerasan Min Yoongining singlisi.Garchi familyang yetimxonada oสปzgartirilgan boสปlsa ham seni tanish qiyin boสปlmadi quvonchim mening.Jeonlarning urug'ini qurutmagunimizcha bu o'yindan chiqa olmaymiz.Bunga esa Jungkook bizga katta yordam beryapti.

Hyera:Tezroq ota-onamning qasosini olgim kelyapti axir.Ular sababli 20yil biz bir-birimizdan ayro yashadik axir.Agar o'sha kecha ziyofat uyushtirmaganinggizda balki siz uchratmas edim deb qo'rqaman.Bir umr akam tirik qolganini bilmay yashar edim.

Suga:Bu ziyofat aynan seni ko'rish uchun uyushtirilgan edi go'zal singlim mening~deya qizning peshonasidan mayin o'pich qoldirdi.

~๐…๐ฅ๐š๐ฌ๐ก๐›๐š๐œ๐ค 2๐ก๐š๐Ÿ๐ญ๐š ๐ข๐ฅ๐ ๐š๐ซ๐ข ๐Œ๐ข๐ง'๐ฌ ๐Œ๐š๐ง๐ฌ๐ข๐จ๐ง ๐๐š๐ ๐ข ๐ณ๐ข๐ฒ๐จ๐Ÿ๐š๐ญ~

Hyera har tomondan Jungkookni qidirarkan,xizmatkorlar uni tepa qavatga yuvinish xonasiga chiqib ketganligini aytganlaridan so'ng qiz ham tepa qavatga chiqarkan,allaqanday qo'l uning og'zini berkitgancha qorong'u bir xonaga tortib ketdi.
Hyera bu hodisadan o'zini anglolmay baqirishga harakat qilar ekan,yigit uni tinchlantirishga harakat qilar edi.
Suga:Hey tentak qiz,namuncha baqirmasang sen.Bu men Min Yoongiman.Agar baqirmaslikka so'z bersang,qo'llarimni og'zingdan olishim mumkin.

Hyera yigitning so'zlariga "ha" degandek bosh irg'ib qo'ydi.

-:Bu nima qilganinggiz?Esinggizni yedinggizmi siz?
Suga :Tshsh qizaloq.Ancha ulg'ayibsan Hyeram.
Suga: Hyera men akang Yoongiman.Nahot tanimayapsan.
Hyera:N..nima ?
Yo'q bo'lishi mumkin emas.Akam 20yil ilgari avtohalokatda butun oilam bilan vafot etishgan.Ishonmayman sizga.

Suga:Unda bu taqinchoq deya tomog'idagi taqinchoqning yarmini qizga ko'rsatar ekan,Hyera ko'rgan manzarasidan hayratda edi.

Suga:Ha bu oilaviy merosimiz.Yarmi senda yarmi esa menda.
Qiz akasiga bir qaradiyu ko'zlaridan beixtiyor marjon-marjon yoshlar oqa boshladi.Qiz Sugani shu darajada qattiq quchardiki,hech ham qo'yib yuborishni istamagandek edi go'yo.Ikki aka singgil shu darajada berilib bir birlarini quchoqlardilarki,bir birnining diydoridan,hidlaridan to'yishmasdi.

Hyera:Akajon,qanchalar sog'inganimni tasavvur qila olmaysiz.Qiynaldim.Mehribonlik uyiga familyam oสปzgarganligi sabab meni topa olmaysiz deb oสปylagan edim.Yolg'izlik meni o'z domiga tortdi,hatto har kun hayotga qarshi kurashishdan qayta o'rnimdan turishga qiynaldim.

Suga:Farishta singlim mening.Har qanday qiyinchilikni yolg'iz yengib o'tganingdan qattiq afsusdaman.Juda baxtliman yana seni iforingni tuyganimdan,munchoq ko'zlaringga yana termulish nassib etganidan behad baxtliman.Hozir shu darajada baxt osmonlarida sarmast bo'lib uchayapmanki,tasavvur qilish qiyin.

Hyera:Uchmoq uchun qush bo'lish shart emas,Kichik quvonchlar bo'lsa yetarli akajon.

Suga:Singiljon.Hali bizni oilamizni parchalab yuborgan Jeonlar bariga hisob to'lashadi.
Hyera:N.nima Jeonlar?
Suga:Ha Hyera.O'sha avtohalokatdagi odamlar Jeonlar bo'lgan.Shundan so'ng ikkimizni yo'llarimiz ayro bo'ldi,Xudoga shukurlar bo'lsinki,seni yana menga qaytardi yagonam.

~๐…๐ฅ๐š๐ฌ๐ก๐›๐š๐œ๐ค ๐ž๐ง๐๐ฌ~

Daniella ovqatlangancha xayol surib o'tirarkan,eshik taqillashi qizning hayollarini o'sha tomonga qaratdi.
Daniella akasi kirishiga ham etibor bermay,bir nuqtaga tikilgancha ovqatlanib o'tirar edi.
Daniel tomoq qirgancha:Kxm kxm,kechir singlim.Men o'zimda emas edim.Alamimni sendan olmasligim kerak edi.Biroz qizishib ketdim.
Daniella akasining ko'zlariga bir qaradiyu,ko'zlarida biroz afsuslanishni ko'rib:Yaxshi akajon.Hammasi joyida.Xafa emasman.
Daniel:Bugun kechga seni chiqarmoqchi edim,ammo Yujin xonim seni allaqachon xonangda ekanligingni aytganidan so'ng biroz hayratlandim.
Daniella:Ha shunday,Jungkook qutqardi.
Daniel:Jungkook?
Daniella shunchaki"ha " degandek bosh irg'itib qo'yarkan,akasi unga hayrat bilan qarab qoldi.
Daniel:Qora ajal Jungkook emas ekan Daniella.
Daniella:Bilaman.
Daniel:Nima?Qayoqdan?
Daniella:U meni ko'tarib xonamga eltayotganida,qo'llarida hech qanday jarohat yo'q edi.
Daniel:Tushunarli.Men ham ataylab o'tkan kuni buni sinab ko'rdim.
Jungkook bog'da gullar hididan bahra bo'lib o'tirganda,ukasining kelgani Jungkookning avzoyini buzdi.
Daniel qo'lida ikkita qahva bilan unga tirjaygancha kelar ekan,go'yo ataylab asabini vayron qilishga kelayotgandek edi.

Jungkook:Nega ertalabdan kayfiyatim yo'qoldi desam,sening sovuq turqingni ko'rar ekanimda.

Daniel:Axaxax,bu nima deganing.Biram hazilkashsizda akajon.Men sizni o'ylab qahva olib kelgandim.Aka-uka bo'lib bir dardlashaylik degan edimda~deya Jungkookga qahvani uzatarkan,ataylab qahvani yigitning qo'liga to'kib yubordi.
Daniel:Oh kechir kechir men bilmasdan deya cho'ntagidan dastro'molini chiqargancha Jungkookning qo'lini artarkan,ko'ylak yengini ko'targanida hech qanday jarohat yo'qligini ko'rib aqldan ozgudek bo'lib oqarib ketdi.
Jungkook Danielning ahvolini ko'rib:Yaxshimisan?Hoy
Daniel:M...men m..en ketishim kerak ~deya uyerdan yashin tezligida yo'qolib qoldi.

Pov Jungkook:Aysh.Qanchalar ahmoqsan ukajon.Ahmoq 1000$lik ko'ylagimni dog' qildiya,o'zi yaqinda shu uchun pul sarflagan edim lan'ati.
Jungkook shularni o'ylagancha bog'ni to'ldirib yovuzlarcha kular edi.

Jungkook:Yugur ukajon yugur.Sigirning yugurgani somonxonagacha axir.Bu syuprizim seni hayratlantiradi deb o'ylamagan edim axir...

Xullas shunaqa gaplar Daniella.Shu sababli necha kundan buyon asablarim biroz tarang.
Daniella:Tushunarli akajon.Lekin bir narsaga aminmanki,Jungkookning Qora Ajal bn bevosita aloqasi bor....

"Hech kimning qalbidan topmadik makon
Yuzlari gul edi Qalblari tikon..."
~๐€๐ฎ๐ญ๐ก๐จ๐ซ(๐Š๐ข๐ฆ ๐‡๐ฒ๐ž๐ซ๐š)

๐“๐จ ๐›๐ž ๐œ๐จ๐ง๐ญ๐ข๐ง๐ฎ๐ž๐.

@๐‹๐ž๐ฐ๐ข๐ฌ๐ข๐š_๐Ÿ๐š๐ง๐Ÿ๐ข๐œ