January 4

SEX FOR NIGHT EP.10🔞

Bir kun hammamiz baxtli bo'lamiz! Yo orzu qilgan orzularimiz bilan, yoki o'zimiz kutmagan tasodiflar bilan...

~Hyera Kim~

Ep.10

Hyunjinning lablarida ogʻir xoʻrsinish aks etarkan,yelkasidagi kastyumini yechgancha Harinning ustiga tashlab qoʻydi.Qizning mayin kipriklari orasida to'xtamay siljigan yoshlar quyosh botar chog'ida dengizning mavjlariga o'xshab, go'yo uning ichidagi barcha iztiroblarni oqizib ketayotgan edi.

~Yanada goʻzallashibsan Harin.Lekin oʻsha oʻsha qat'iyatli va Qaysar qizaloq o'zgarmagan.
~Insonlar oʻzgarishadi.Vaqt oʻzgartiradi.Yosh boʻlishimga qaramasdan hayotning koʻplab zarbalarini totidim,xiyonat,aldov,razillik,ikkiyuzlamachilik...
~Bilaman.Hammasidan xabarim bor.Men ham seni bu holatingda tashlab ketmasligim kerak edi.
~Shunchaki oʻsha kuni barchasiga yakun yasagansan.Asl haqiqatni oʻsha kunni oʻzida koʻrgan edim Hyunjin.

Pov:5yil ilgari,Pusan,Korea, Yeonwang tungi klubi.

Tungi klubning yorug‘ va g‘ala-g‘ovurga to‘la muhitida Harinning ko‘ngli notinch edi. U Hyunjinni izlab kelgan, ammo hali uni topolmagandi. Musiqa va qiy-chuv ovozlar ichida bosh aylantiradigan shovqin quloqlarini tinimsiz to‘ldirib, yuragini siqardi. Oyoqlarini ildam qadamlar bilan maydonning narigi burchagiga bosarkan, to‘satdan u ko‘zi bilan tasodifiy manzarani ko‘rib, yuragi gursillab ketdi.

Hyunjin~ U bar yonida boshqa bir qizning yelkasiga qo‘l tashlab, unga shirin gaplar aytayotgan edi. Qiz kulib, yengilgina uning ko‘kragiga suyanar, ular bir-biriga shunchalik yaqin ko‘rinardiki, bu manzara Harinning ko‘z oldida dunyosini ag‘dar-to‘ntar qildi.Harin ilk bor muhabbat degan tuygʻuni biroz boʻlsada Hyunjinda his qilgan boʻlsa ham,buni oshkora qilishdan qattiq qoʻrqardi.Deyarli 10 yildan 10yoshidan beri yigitga pinhona oshiq Harin Hyunjinni yoʻqotishdan qoʻrqar edi xolos.Harin dadil qadamlar bilan Hyunjinning yoniga borib yigitni tortqilar ekan Hyunjin qoʻllarini tortib olgancha qizni itarib yubordi.

~Hyunjin,bu nima qilganing?
~Menga qoʻllaringni tekkizma foxishaning qizi.
~Hyunjin?B..bu nima deganing?Men senga nima yomonlik qildim?
~Oʻzingni jinniga solma Harin.Hech oʻylab ko'rdingmi?Otam nega senga bu darajada mehribon ekanligini.Chunki sen oʻsha shallaqi onangga oʻxshaysan.Manovi lanati yuzing sochlaring bari bari oʻxshash.Sening onang ha sening onangni deb meni oyim oʻz joniga qasd qildi.
~Qiz koʻzlari toʻla yosh bilan yigitga tikilarkan,uning aytayotgan gaplaridan behabar qiz shunchaki unga tikilib turardi xolos.
Harinning nafasi ichiga tortilib qoldi. U go‘yoki yelkasiga bosilgan ulkan yukning og‘irligini his etib, oyog‘ida zo‘rg‘a turgan edi. "Bu gaplar nimani anglatadi?" degan o‘y uning ongida yangradi, lekin uni tiliga ko‘chirishga kuch topolmadi.

— Hyunjin… bu hazil… to‘g‘rimi? — Harinning ovozi qaltirardi. — Sening onang… mening… bu yolg‘on bo‘lishi kerak!
Hyunjin yuzida nafrat soya tashlab, qahr bilan o‘z so‘zlarini davom ettirdi:
— Bu hazil emas, Harin! O‘sha kunni juda aniq eslayman. Mening oilam buzilganda, mening dunyom qulaganda, sening onang…
U chuqur nafas oldi, ko‘zlarini yumib, ichida o‘rtanayotgan dardni tiya olmadi.
— Sen bunga sabab emassan, lekin har safar senga qaraganimda o‘sha yuzni, o‘sha ko‘zlarni ko‘raman! Shunday ekan, mendan uzoqroq yur!

Harinning ko‘z yoshlari to‘xtovsiz oqardi. Yuragi tilka-pora bo‘lib, go‘yoki har bir tomchida uning orzulari, sevgisi va umidlari singib ketayotgandek edi. Uning titroq qo‘llari bilan Hyunjinning bilagidan mahkam ushladi.

— Demak, shu sabab mendan yuz o‘girding? Shu sabab sevgimni rad etding? Meni emas, onamni jazolayapsanmi?
Hyunjin jim turdi. Bu jimlik qizni yanada ko‘proq iztirobga solardi. Harinning ovozi endi yanada kuchli va qat'iy chiqdi:
— Bu sening ichki janglaring. Meni undan ayblama. Men senga hech qachon zarar bermaganman. Sen esa... mening yuragimni chilparchin qilding!

Harin Hyunjinning qo‘lini qattiq itarib, orqaga chekina boshladi. U ketmoqchi edi, lekin oxirgi bor ortiga o‘girilib:
— Sevgi odamni baxli qilishi kerak, buzishi emas. Sen esa menga faqat azob berding, Hyunjin.

Harin o‘sha so‘nggi so‘zlarini aytar ekan, ko‘zlari ortidan silkinayotgan barcha iztiroblarini yashira olmadi. Uning yuragi tamomila ezilgan, lekin o‘zgacha bir qat’iyat bilan ketayotgan edi. Qadamlaridan chiqqan tovushlar xuddi uzoqlashayotgan umidlarning sadolari kabi Hyunjinning qalbida aks-sado berdi.

Hyunjin esa o‘sha yerda, sokin tunning quchoqlovida muzlab qolgandek turardi. U Harinning har bir so‘zini, har bir nigohini o‘ziga qattiq botgan pichoq kabi his etdi. Nafrat, ayb, va o‘zidan qochish istagi birlashib, uning vujudida g‘alayon ko‘targan edi. Lekin yuragining eng ichki burchagida… o‘sha joyda… har doim yashiringan bir haqiqat bor edi. Sevgi.

U Harin ortidan qadam tashlashni istadi, lekin oyoqlari bo‘ysunmadi. Tili bilan "To‘xta!" deb baqirishni xohladi, lekin so‘zlari og‘zida tug‘ildi. Faqat yuragi ich-ichidan hayqirar edi:
"Men ham seni sevardim, Harin. Lekin bu sevgidan qochdim."

Klubning olisda tovlanayotgan chiroqlari ostida Harin o‘zini butunlay yolg‘iz his qildi. U ko‘chaga chiqib, toza havodan chuqur nafas oldi. Lekin bu havo uning yuragidagi og‘irlikni yengillatolmadi. Har bir nafasida his-tuyg‘ulari yomon xotiralar kabi uni ta’qib etardi. Qulog‘ida Hyunjinning aytgan gaplari jaranglardi:
"Foxishaning qizi."

— Bu so‘zlar menga emas edi… lekin…
U ko‘zlarini yumib, ho‘l yonoqlaridan o‘tgan yoshlarini artdi. So‘ng osmonga qaradi. Yulduzlar go‘yoki uni ovutishga harakat qilgandek miltillardi, lekin ular ham befoyda edi. Chunki yurak yarasi faqat vaqt bilan tuzalardi, yoki… boshqa bir sevgi bilan.

O‘sha kun Pusan tongiga yetdi, lekin Harin uchun butun dunyo qorong‘ulikda qolgan edi.

Pov:hozirgi vaqt

Sening hali hamon "foxishaning qizi" degan iborang qulog'imdan ketmaydi.Hatto menga nisbatan boʻlgan tuygʻularingni tan olganingdan keyin ham buni unuta olmadim.Lekin hayotimga Jungkook kirib kelgan on men oʻtmishimni ortga qoʻydim Hyunjin.

~Harin....Jungkook senga mos emas...U oilali erkak.
~Shu sababdan ham sen ham oilali ayolni boshini aylantirdingmi?
~Demak baridan xabaring bor shundaymi?
~Shunchaki sendan eshitishni xohlagandim.Shu sabab ham Jungkokga nima aloqang bor deb soʻragan edim.Bilardim...Jungkookning xotini Wonhoo bilan ishqiy munosabatda ekaningni bilardim Hyunjin.
~U shunchaki qondiruvchi boʻlgan xolos.Sendan boʻlak yuragimdagi boʻshliqni toʻldira olmadi Harin.

~Menga buni qizigʻi yoq~degancha oʻrnidan turarkan,ortida turgan odamdan choʻchigancha soʻzsiz jimib qoldi.
~J..Jungkook sen bu yerda?
Jungkook katta qadamlar bilan qizning yoniga kelarkan,qizning yonida turgan Hyunjinga musht tushirdi.Hyunjin ham boʻsh kelmay Jungkookga musht tushurarkan,bu mushtlashuv borgan sari katta toʻpolonga aylandi.Ikki yigit bir birini ayamay urarkan,qiz ularni ajratishga urunishi befoyda edi.Atrofdagi odamlar astasta yigʻilar ekan,kimdirlar ikki yigitning mushtlashuvini videoga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashni boshladilar.Harin atrofdagilardan yordam soʻrarkan,ommadagi insonlar shunchaki qizni rad etib tekin tomoshaga guvoh boʻlib turdilar.Harin oxirgi chora topa olmay politsiyaga qoʻngʻiroq qilarkan,10daqiqa oʻtar oʻtmas atrofni politsiya egalladi.

Politsiya xodimlari ikki yigitni boʻlimga olib borib soʻroq qilarkan ikki yigitning koʻzlarida ham afsusdan asar ham yoʻq.

~Xòsh bu janjal nimadan boshlandi?
~Bu landovur mening boʻlajak rafiqamning oldida koʻp oʻralashyapti.Bu menga yoqmaydi janob.
~Tilingni tiy Jeon.Qanaqa boʻlajak rafiqang.Sen allaqachon oilali erkaksan.Bundan tashqari Harinni sendan oldin men uchratganman.
~Voy ablahey unda oldinroq qayeda eding?Ha ha aytgancha sen u payt Wonhoo bilan koʻngilxushlik qilib bir biringgizni qondirib yurgandinggiz a?
~Xotiningni oʻzi menga osildi.Sendan qoniqmagan shekilli.
~Jungkook bu gaplarni xazm qila olmay yigitga musht tushirish uchun oʻrnidan turarkan, yigitni ikkita politsiya xodimlari tutib qoldi.
~Oʻzinggizni bosing janob Jeon bu obroʻyinggizga toʻgri kelmayapti.
~Hyunjin vada beraman,bu gaplaring uchun tovon toʻlatmasam Jeon Jungkook emasman.

Harin ularning ustida xuddi uch yoshli bolalardek janjallashayotganini kuzatarkan, qo‘lini peshonasiga qo‘yib, chuqur nafas oldi. So‘ng politsiya xodimiga murojaat qilib, iloji boricha jiddiy ohangda gapirdi:

— Ikkalasini ham bolalar bog‘chasiga jo‘nating. Tarbiya olishlari shart ekan.
Politsiya xodimi kulgini tiyishga harakat qilarkan:
— Janoblar, bu janjalga rasman bolalar mushtlashuvi deb qaraymizmi?

Jungkook yuzini burishtirib, qizarib ketdi. Hyunjin esa, vaziyatdan chiqish uchun o‘zining klassik kinoyasini ishga soldi:
— Ha, mushtlashuv emas, raqobat deb yozing.

Yarim soat oʻtar oʻtmas politsiya boʻlimidan chiqqan ikki yigit bir biriga yovqarash qilarkan,Jungkook Harinning qoʻllarini qattiq ushlab tortqilagancha mashinaga olib ketdi.

~Jungkook meni qoʻyib yubor.
~Mashinada barini tushuntiraman.
~Nimani tushuntirasan?Xotining bilan oʻtgan kechanggiznimi?
~Ha deb yuzimga solaverma.Oʻsha payt men mast edim Harin.Wonhoo koʻzimga goʻyo sen boʻlib koʻrinayotgan edi.Hatto u homilador degan soʻz ham meni ishontirib qoʻydi.
~N..nima?Wonhoo homilador?
~Bola mendan emas Harin.Iltimos kechir.Bilaman mendan jahling chiqqan.Mayli baqir urush faqat sukut saqlama..
Harinning yuzida hayrat va iztirob aks etarkan, u Jungkookning so‘zlarini hazm qilishga harakat qildi. Yuragi dahshatli og‘riq bilan ezilar, lekin ko‘zlari qat'iyat bilan porlardi.

— Homilador? Demak, u homilador va sen buni mendan yashirdingmi? — ovozi past, ammo titroq bilan chiqdi.

Jungkook chuqur nafas oldi, so‘ng ko‘zlarini yumib, haqiqatning og‘ir yukini tan oldi:

— Ha, lekin bu bola mendan emas, Harin. Bu faqat o‘yin edi, meni ushlab turish uchun uydirma,xolos.U koʻchadan orttirgan bolasi anavi Hyunjindan ekanligi oydek ravshan axir.

— O‘yin? Bu "o‘yin" sening oilang haqida gapiryapmiz, Jungkook.Men o‘yinchoq emasman, men insonman! Qo‘yib yubor!

Jungkookning yuzida umidsizlik ifodasi aks etdi. U qo‘lini Harinning qo‘llaridan sekinlik bilan qoʻyib yubordi va ovozini pastlatib gapirdi:

— Ha, haqing bor. Men sening qalbingni shikastladim. Har bir xato, har bir yolg‘on uchun afsusdaman. Lekin men seni sevaman, Harin. Har doim sevdim.

— Sevgi yetarli emas, Jungkook. Sevgi sadoqat, ishonch va to‘g‘rilik bilan birga keladi. Menda esa faqat jarohat qoldi.

U yigitning yuziga so‘nggi bor tikildi. Bu ko‘zlarda o‘tgan barcha sevgi, iztirob va xayr bilan xotima bor edi. So‘ngra, jimlik ichida, Harin mashina eshigini ochdi va chiqib ketdi. Ko‘chalarda yomg‘ir yog‘ayotgan edi, har bir tomchi xuddi uning yuragidan oqayotgan alamning bir bo‘lagi kabi yerga tushardi.

Jungkook esa, mashinada qolgancha uning ortidan qarab qoldi. Orzular, afsuslar va kechirilmagan xatolar bilan to‘lgan yuragi chuqur bo‘shliqni his qildi......

Keyingi qismda:

~Sen oʻsha qizsan menga turtilib ketgan qiz.
~Uzr eslolmadim...qayoqda???

~Seni bu yerda koʻrganimdan xursandman yoki xafa bilmay qoldim mening noshut ukajonim..
~Aysh qanaqa akasiz a?Men sizga telefonda aytgan qiz mana shu edi?
~Harin???

~Oʻyin boshlandi Jeonlar....Demak Harindan foydalanish Jeonga zarar yetkazishdek bir gap qanday ajoyib a??

To be continued.