MYSTERIOUS MURDER (SIRLI QOTILLIK) EP.13
"Bu dunyo dardlarimizdan qocholmaydigan darajada kichik,
Yoสปqotganlarimzni topolmaydigan darajada kattadir...."
~๐๐ข๐ฆ_๐๐ฒ๐๐ซ๐~
Daniel:Qanday qilib?Ayt qanday qilib u kelgindi qizni Jeonlar oilasiga qabul qilay singgiljon?
Daniella:Aka!Bas qiling.Jungkookga qarshi chiqa ko'rmang.U avvalgidek qo'rqoq va xotirasini yo'qotgan Jungkook emas,Jeon Jungkook u.Qo'lidan nimalar kelishini mendan ko'ra siz yaxshiroq bilasiz.Bekorga uni "Qora....
Daniel:Xo'sh?Nega birdan to'xtab qolding?Davom ettirmaysanmi gapingni DANIELLA??!
Daniella:A..a men haligi.Yani uni bekorga Mafia olamida qonxo'r va vaxshiy deb atashmagan.Jungkook hech kimning ko'zyoshlariga qaramaydi,demoqchi edim xolos.
Daniel singlisining yoniga yaqinlashgancha,uning atrofidan aylanarkan, qizning sochlarini changallagancha:
~Menga qara singgiljon.Aslo!Aslo menga mana bu kichik tovuqmiyang bilan o'yin qila ko'rma.Meni bilasan a?Singlim ekanligingga ham qarab o'tirmayman.
Daniella:Aka og'riyapti.Q..qo'yib yuboring.
Daniel qo'llarini singlisining sochlaridan bo'shatgancha,uni qattiq zarb bilan polga itarib yubordi va jahl bilan uydan chiqib ketarkan xona eshigini qattiq zarb bilan yopib ketdi.
pov Daniella:Bir kunmas bir kuni,hali hammasi uchun shunday hisob so'raymanki,menga qilgan muomalanggiz uchun oyog'imga tiz cho'kib kechirim so'raysiz,Jeon Daniel!
๐๐จ๐ฏ:๐๐๐จ๐ฎ๐ฅ,๐๐ฐ๐๐๐ก๐๐จ๐ง ๐ฌ๐ญ๐ซ๐๐๐ญ,"๐๐๐จ๐ฎ๐ฅ ๐๐๐ง๐" ๐ข๐ฌ๐ญ๐ข๐ซ๐จ๐ก๐๐ญ ๐๐จ๐ 'i
Fida:Aysh,qanday yaxshi muammolarni bir zum unutib uzoqlarda yashash.
Taehyung:Haa juda ham ajoyib,o'zimni juda qarib qolgan qariyadek his qilyapman.
Fida yigitga hayron qiyofada:A?Nimaga?Yoki biror joying og'riyaptimi?
Taehyung:Aniyo,shunchaki bir haftadan buyon muammolardan uzoqda,sen bilan vaqt o'tkazyapman shunga.
Fida:A..Tushunarli.Jungkook ayni damda sevgilisi bilan band,shu sababli bizga biror vazifa ham bo'lmabdi.
Taehyung:Ha shunday.Jungkook sevgilisi bilan go'zal hayotga qadam qo'yayapti axir.
Fida:Taehyung?
Taehyung:Eshitaman.
Fida:Sevganing bormi?A yani uchrashadigan qizing bormi?
Taehyung:A..haligi.Bor lekin unga sevishimni aytmaganman.
Qiz yigitning gapidan so'ng biroz mahzun bo'ldida:Ha..kech bo'lmasidan aytganing maqul.
Taehyung:Nega bunday deyapsan?Tinchlikmi?
Fida:Haa..o'zim shunchaki.Kecha tunda bir kino ko'rib qoldim.
Taehyung:Qanaqa?Oxiri fojiali tugaydigan sevgi qissasimi?
Fida:Bir yigit disk sotadigan bir qizga oshiq emish. Lekin u yigit saraton kasalligiga chalingan ekan. Shifokorlar unga 1oygina umri qolganini va vaqtini maroqli o'tkazishini aytishibdi. U bola har kuni u qizni koสปrish uchun disk olgani o'sha disk sotiladigan do'konga borar ekan. Shu xolat yigitning oสปlgunicha davom etibdi. Yigit vafot etibdi. Qiz yigit kelmay qoสปyganini sezib,uning yashaydigan manzilini qidirib borgan ekan. Borganida esa yigitning onasi o'g'li og'ir dardga chalinganini va bu darddan vafot etkanligini aytib xonasiga olib kiribdi.Qiz xonaga kirsa, xonada umuman ochilmagan disklar qalashib yotardi......
Eng alamli tarafi esa qiz disklar ichiga oสปz sevgi maktublarini yozib solib qoสปyardi.....
Taehyung:Izhor qilinmagan sevgi qissasi.Alamli va achinarli.
Fida:Ha achinarli.Ha mayli yuraqol ana u yerda muzqaymoq sotayotgan ekan,kettik,boraylik ~deya ko'zlarini mo'ltiratgancha yigitga qaradi.
Taehyung qizning bu odatiga keng tabassum qilgancha:Yosh boladan farqing yo'q a Fida.Mayli yuraqol...
Pov:๐๐๐จ๐ง'๐ฌ ๐๐๐ง๐ฌ๐ข๐จ๐ง.
Jungkook:Shahi,sevgilim
Hyera :Ha Jungkook.
Jungkook:Agar qarshi bo'lmasang kelayotgan haftada to'yimizni qilmoqchiman.
Jungkook:Shunchaki senga erishish va seni o'zimniki qilish istagi kundan kunga kuchayyabdi.Senga bu fikrim yoqmadimi?
Hyera:A..yo'q yaxshi.Biroz hayratlandim xolos.
Jungkook:Tushunarli sevgilim.Hammasi sen orzu qilgandek ajoyib va unutilmas o'tadi~deya qizning peshonasidan yengil o'pich qoldirgancha,tepa qavatga chiqib ketdi.
pov Hyera:Lan'ati.Akamga xabar bermasam bo'lmaydi shekilli.
Hyera xayol surgancha o'tirarkan eshikning taqillagani,butunlay xayollarini tarqatib yubordi.Qiz o'rnidan turdida eshik tomon harakatlandida va ochganida unga umuman tanish bo'lmagan qiyofani ko'rdi
:Salom
Hyera:Salom.
...:Aysh,siz manimcha Hyera bo'lsanggiz kerak.
Hyera:Ha ha,uzr lekin tanimayroq turibman.
:Albatta tanimaysiz,oldin uchrashmaganmiz axir.Balki ichkariga taklif qilarsiz?!
Hyera:Ha,ha uzr xonim.Men biroz shoshgandan...
Qiz soxta tabassum qilgancha uy tomon kirdi.
:Ha aytgancha mening ismim Namra~deya soxta tabassum qilgancha Hyera tomon qo'llarini cho'zdi.
Hyera:Tanishganimdan xursandman Namra.Mening ismim Hyera.
Namra:Ha sizni yaxshi taniyman bo'lajak Jeon xonim.O'zim haqimda aytadigan bo'lsam.Ismim Namra.Kim Namra.Taehyungning singlisiman.
Hyera:Taehyungning singlisi bormi?
Namra:Shubhanggiz bormi?
Hyera:Aa..yo'q..Haligi u hech qachon singlisi haqida gapirmagan.
Namra:Chunki 7 yildan buyon men Koreada yashamayapman.Jungkook mening xolavachcham.
Hyera:Ha tushunarli.Siz bilan kelishib ketamiz deb o'ylayman.
Namra yuzini biroz burushtirgancha:Men bunday o'ylamayman.Haddan tashqari go'l va sodda.Bunaqa zaif qizlar mening idealimdagi dugona bo'la olmaydi.
Xayr~deya tepa qavatga chiqayotganda hammasini kuzatib o'tirgan Jungkookni ko'rdida,yuziga tabassum paydo bo'lgancha:
Jungkook
~Kookie.Akajonim shu yerda ekanku.
Jungkook pastga tushar ekan,jahldan yuzlari yonayotgan va qoshlari chimirilgan sevgilisiga qarab kulgancha:Xolaginamning qizi,Namra.Ancha katta bo'lib qolibsanku,kichkintoy.
Namra:Aneyo,men kichkintoy emasman.Ko'rib turganiggizdek ancha ulg'aygan va mustaqil qizman.
Jungkook Namraning burnidan erkalab qisib qo'yarkan,xotini rashkdan yonayotgandek qizarib ketgan edi.
Namra Hyerani ko'rishi bilan:Ah ,men endi tepaga chiqa qolay.Buyoqda bitta landavur portlaydi hozir.
Hyera:Nimaaa...Kim landovur?
Namra qizning gapini eshitmagandek,qo'shiq xirgoya qilgancha yuklarini oldida tep qavatga chiqib ketdi.
Jungkook Shahining yoniga borarkan, uni asabiylashganini ko'rib:Azizim asabiylashmasangchi..
Hyera piching ohanggida:A..Siz uni quchoqlab erkalangu,men bu yerda kulib o'tiraymi?
Jungkook:U shunchaki jiyanim xolos.Uning muomalasiga etibor bermay qo'yaqol.Namra biroz sharttaki va qo'pol qiz.Yoshligidan buyon bu xarakteri saqlanib qolgan.
Hyera:O'rgildim sizlardan~deya jahl qilgancha uydan chiqib,biroz tinchlanish maqsadida go'zal va bir-biridan chiroyli gullar bilan burkangan bog' tomon ketib qoldi.
Hyera bog' ichida gullarning rang-barangligidan bahra olarkan,chetdan uni kimdir kuzatayotganligini sezib darrov o'sha tomon ko'zlarini olib bordi.
Hyera:Sen...
Namra:Bog'da ekanligingni aytishgandi.
Hyera:Ha gullardan bahra olayotgan edim.
Namra:Sening ham kulishlaring va chehrang mana shu gullarga o'xshab ketadi,bilasanmi?
Hyera:Ha bilaman.Gul kabi chiroyligim va oshiqlarim sabablidir balki.
Namra biroz kulgancha bog'ning o'rtasida gullagan oppoq atirgulni uzdida unga qaragancha:
~Dedi - Men gul ,oshiqlarim sanoqsiz
Dedim- Ey gul ,o'tkinchi husn ishqqa yaroqsiz.
~deya gulni Shahiga tutqazarkan,bu gapdan qizning biroz jahli chiqqandi.
Namra:Ha aytgancha Min Hyeraa yog'e Kim Hyera...Sening kutilayotgan o'yinlaringdan xabarim bor.Suga bilan akamga o'yin qilgudek bo'lsa mana shu guldek yuzingni o'zim so'ndiraman~deya orqasiga o'girilgancha ketib qoldi.
pov Hyera:Shibal.Bu bu kim bo'ldi?Qanaqasiga men va akamni?Qanday?Qanday bundan xabardor bo'lishi mumkin???Buni bir yoqlik qilmasak,bizni Jungkookga sotib berishi hech gap emas.Jin ursin seni.......
Pov:๐๐๐จ๐ฎ๐ฅ,๐๐๐ง๐ ๐ ๐๐ง๐ ๐ฌ๐จ๐ก๐ข๐ฅ๐ข,๐๐จ'๐ฒ ๐ฆ๐๐ซ๐จ๐ฌ๐ข๐ฆ๐ข,๐ฌ๐จ๐๐ญ 19:00
Sohil atrofi bo'lgani sababli,manzarani tasvirlash o'zgacha.Bir-biriga mavjlanib urilayotgan suvlar,qushlarning xushovandalikda sayrashlariyu, yosh va jajji bolalarning qiy-chuvi.Atrof shu qadar havas qilgudek darajada bezatilgan ediki,ko'rgan odamning ko'zlari quvonadi.Atrofda yangrayotgan skripka tovushlari har qanday insonning tuyg'ularini mavjlantira oladi.Atrof to'la kazo-kazo biznesmenlar,biznes olamidagi
muvaffaqiyatli insonlar va ularning rafiqalari.Odamlar qo'llarida ichimlik bilan dildan suhbat qurishar ekan,hammasi a'lo darajada rejalashtirilgandek edi go'yoki.Kimdir Jeonlar xonadoniga havas bilan qarasa,yana kimdir xasad ko'zlari ila qarar edi.
Daniel bu to'yga qancha qarshilik qilmasin,bu harakatlari samarasiz ekanligini anglashi murakkab emas edi.To'yga Yoongining ham tashrifi hech shubhasiz Danielni g'azablantirgandi.
Daniel:Kelmaysan deb o'ylagan edim.
Suga:Aniyo,mensiz bu to'y tatirmidi.Axir bugun "qadrli" do'stimning nikoh marosimi bo'lsa.Uni bu chiyabo'rilar orasiga qanday yolg'iz qoldirishim mumkin axir~deya nariroqda ularga soxta tabassum qilib o'tirgan Daniel va Jungkookning tender va biznes olamidagi dushmanlariga ishora qilib qo'ydi.
Daniel ayyorona kulgancha:Juda mehribonsanda Min Yoongi.Hatto men haqimda ham qayg'urishingni bilmagandim axir.
Suga:Nafaqat sen haqingda,butun Jeon oilasi haqida qayg'uraman axir.~deya yigitning yelkasidan yengil qoqib qo'ygancha mehmonlar orasiga kirib ketdi.....
๐๐จ ๐๐ ๐๐จ๐ง๐ญ๐ข๐ง๐ฎ๐๐.