Mysterious murder(Sirli qotillik)Ep.3
"Sen mening tubsiz jarlikdagi qorong'u hayotimda yagona oy kabisan"
~Hyera~
Ep.3
Pov: ertasi kuni
Hyera kecha qilgan qo'polligi uchun Jungkookdan kechirim so'rash uchun xonasiga kirarkan,xonaning zulmati Hyerani biroz xavotirga solishni boshlagan edi.
Pov Hyera:Qanday qilib bunday zulmatda yashash mumkin a?Hayronman.
Hyera biroz xonaga yorug'lik olib kirish maqsadida deraza yoniga bordi va derazalarni o'rab olgan pardalarni ocharkan xona ancha yorug'lashdi.Qiz mamnuniyat bilan orqaga o'girilarkan ustida faqatgina dush xalati kiygan Jungkook turar edi.
Pov Hyera:U juda ham kelishgan.Buni tan olaman.Ayniqsa uning mushaklari meni o'ziga jalb qilyapti.
Jungkook Hyera tomon kelarkan Hyera hozir nima bo'lishini taxmin qilgandek ko'zlarini yumib oldi.
Jungkook Hyerani yoniga kelib to'xtadida qizni bir chetga surgan holatda ochilgan derazalarni qaytadan yopib qo'ydi.Yana o'sha zulmat.
Pov Hyera:Ahmoq qiz,nimani kutgan eding,kelib sendan bo'sa olishinimi?
-qiz ichida oʻz oʻziga dakki bera boshladi
Jungkook derazani yopgach u yerdan ketar ekan,Hyera o'zi anglamagan holda Jungkookni qo'lidan tutdi.
Hyera:Jungkook haligi ovqatlandingmi?Xohlasang birga ovqatlanamiz.
Jungkook yo'q degancha bosh irg'ab u yerni tark etdi.Deyarli kun bo'yi Jungkook bilan ko'rishmagan Hyera kechki soat 7 larda undan xabar olish maqsadida ovqat bilan xonasiga borarkan xonadan Jeonlar xonadonining yana bir xizmatkori Barbara Jungkookga baqirayorgani hatto tashqarigacha eshitilar edi.
Barbara:Ovqatingni yemaysan shundaymi?Unda senga bugun ovqat yo'q ko'rnamak!!!~deya Jungkook uchun tayyorlangan ovqatni axlat qutisiga tashlab yubordi.
Hyera bularning barchasini tashqaridan eshitar ekan,xonaga jahl bilan kirdi.
Barbara qizni ko'rishi bilan darrov buqalamunga o'xshab yuz ifodasini va muomalasini o'zgartirdi.
Barbara:Keling Hyera xonim biron yordam kerakmi ?
Hyera:Men Jungkookni ovqatlantirmoqchiman.Xonadan chiqsanggiz.
Barbara:Janob Jungkook ovqat yeyishni xohlamayaptilar ya'ni u och emas,yaxshisi xonaggizga borganinggiz yaxshi.
Hyera:Gapimni eshitmadinggiz chog'i,xonani bo'shatib qo'ying.
Barbara Hyeraga g'azab bilan qararkan, eshikni tars etib qattiq yopgancha u yerdan chiqib ketdi.
Qiz Jungkookga mayin jilmayib ,uning yoniga bordi.
Hyera:Jungkook,yaxshimisan?Men senga ovqat olib kelgandim.Kel birga yeymiz.
Jungkook "ha"degandek boshini irg'ib qo'ydi.
Yaxshi deya Hyera qo'lidagi ovqatni Jungkook bilan birga baham ko'rishni boshlarkan,ko'zlari beihtiyor Jungkookning mukammal tuzilgan yuziga tushdi.
Pov Hyera:Uning yuz ko'rinishi hammasi juda mukammal.
Hyera diqqat bilan kuzatarkan Jungkookning labining chetidagi qon qizning etiborini tortdi.
Hyera:Jungkook labing.
-Hayrat koʻzi bilan qaradi
Jungkook labing degan so'zni eshitishi bilanoq labidagi qonni artib tashladi.
Hyera:Buni kim qildi?Barbara shundaymi?
Jungkook uning gaplariga na ha derdi na yo'q.
Hyera:Demak aytishni xohlamaysan.Mayli unda men kettim ~deya o'rnidan turishi bilan Jungkook qizning qo'llaridan tutdi.
Hyera:Jungkook sen gapirding.Demak qolishimni xohlaysan.Unda buni kim qilganini ayt.Barbara shundaymi?
Jungkook ha degandek yana boshini irg'ib qo'ydi.
Pov Hyera:Senga ko'rsatib qo'yaman Barbara unga qo'l ko'tarishni.
Hyera Jungkook bilan biroz vaqt o'tkazib uning uxlab qolishini kutib turdi.Jungkook uyquga ketgach,Hyera chiroqlarni o'chirgach xonani tark etdi va shahdam qadamlar bilan Danielning xonasiga bostirib kirdi.
Hyera eshikni taqillatmasdan Danielning xonasiga beso'roq kirib bordi.
Daniel Ish stolida qog'ozlar bilan band ekan,qizning qo'pol harakati Danielning etiborini tortdi.
Daniel:Tinchlikmi Hyera.xonim.Biror muammo bormi?
hyera:Ha bor Janob.Nega bu uyda Jungkookga qo'l ko'tarishlariga jimgina ko'z yumyapsiz?
Daniel:Tushunmadim.Tushuntiribroq gapiring Hyera.
Hyera:Xizmatkoringgiz Barbara bugun Jungkookga qo'l ko'tardi.Qanday qilib akanggizga qo'l ko'tarishlariga jimgina rozi bo'lib o'tirdinggiz.
Daniel:Bundan xabarim yo'q edi.
Qiz kulgan ovozda:Jungkookni o'ldirib ketishsa ham sizni xabaringgiz bo'lmaydi.
Daniel:O'rninggizni biling Hyera xonim.
Hyera jahl qilgancha xonadan chiqib ketdi.
Hyera xonasiga borarkan uning hayollari juda ham chalkash edi.
Pov Hyera:Jungkookni o'ylasam o'zimni aybdor his qilyapman.Nega uni himoya qila olmayapman.Nega Jeonlar bunchalik g'alati oila?
Hyera uxlashga harakat qilarkan eshik taqilladi.Hyera o'rnidan turib eshikni ocharkan eshik ostida xat turgan edi.
Pov Hyera:Menimch bu Jungkookdan~degan xayollar bilan xatni ocharkan hayollari allaqachon juda chalkashib ketgan edi.
Pov Xatda:
Danielle edi.
Pov Hyera :Jungkook nimai nazarda tutdi?Nega bunchalik bu uyda sirlar ko'p??
Hyera qayta xonasiga kirmoqchi bo'larkan xonasining yonidan bir qora sharpa yashin tezligida o'tib ketdi.
Hyera qo'rquv aralash:K.kim bu?
Birdaniga Hyeraning xonasining yonida joylashgan xonaning eshiki tars qilib yopildi.Hyera qo'rqqanidan darrov xonasiga kirib yig'lashni boshladi.
Pov Hyera:Bu yerda nimalar bo'lyapti?? NEGA?
Hyera biroz tinchlangach pastga suv ichish uchun xonasidan chiqarkan,biroz avval eshiki tars etib yopilgan xonaning eshigi ochiq ekanligini ko'rdi va o'ziga o'zi gapirishni boshladi:Axir biroz oldin bu eshik yopiq ediku.Bu nimasi? Deya xonaning eshikini yopish uchun borarkan,ko'rgan manzarasidan qo'rqib bor ovozi bilan baqirdi.
Xona ichkarisida Barbara shiftda osilgan holatda turar edi.
Qiz qo'rqqanidan qaltirab yerga o'zini tashlab yig'lashni boshladi.
Hyeraning ovozini eshitgan barcha oila azolari u yerda yig'ilar ekan,hech kimda zarracha qo'rquv ham yo'q edi.
Daniel:Yujin xonimmmm
Yujin xonim:Eshitaman Janob.
Daniel:Bu go'shtni nimtalab itlarga bering.
Hyera:Nimaa?Qanday qilib odamni maydalash mumkin?Bu yerda axir qotillik bo'lgan?Nahot sezmayapsiz.Buni buni politsiyaga xabar berish kerak.
Daniel Hyeraga yaqinlashgancha:Kelishuv shartnomani unutdinggiz shekilli Kim Hyera!Bu uyda nima bo'lsa ham hech biri tashqariga chiqmagan bundan keyin ham chiqmaydi.
Hyera:Ammo..- qiz gapirmoqchi boʻlganida Daniel gap boshladi
Daniel:Bir qizcha hikoyasini eshitgandim.Eshitishni xohlaysizmi?
Daniel:Bir chiroyli ohu ko'zli enaga qiz bo'lgan ekan.Ammo bir kuni u zinadan tushayotganda oyog'i qayrilib ketibdi va o'sha enagani hech kim hech qayerda ko'rmabdi.
Hyera Danielning bu tahdididan jazavaga tushishni boshladi va qo'rqqanidan orqasiga qayirilar ekan Jungkook hammasini ko'z uzmasdan kuzatib o'tirar edi.
Pov Hyera:Nima ?Jungkook Barbaraning murdasini ko'rgan bo'lsa ham hech nima bo'lmagandek o'tiribdi.Demak bu birinchisi bo'lmagan.Men buyerdan tezroq ketmasam Barbarani o'rniga men bo'lishim mumkin.Ularga hatto odamning joni ham qiziq emas shekilli....
@lewisia_fanfics - feel the pulse of your emotions...