November 9, 2024

Mysterious murder.Ep 10

Ep.10

U yomg'ir yog‘ib bo‘lgandan keyingi, men juda ham sevuvchi iforim kabi edi.."

~Kim Hyera~

Daniel ertalabdan yaxshi kayfiyatda oynaga qaragancha bo'yinbog'ini tog'irlarkan,xonaga singlisi kirganini ham sezmaygina qoldi.

Daniella:Qayoqdan buncha kayfiyat akajon,yoki men bexabar qolgan biror yangilik qildinggizmi?

Daniel:Bilasanmi singiljon,bugun Qora ajalning so'nggi kuni.Uning bir josusi,oramizdagi xoin Fidani aniqladik.Bugun uni tilga kiritsak,u bizni o'sha iblis tomon olib boradi.
Daniel

Daniella:Aysh,xuddiki tilla baliq kiritgandek xursandsiz a akajon?deya akasining yelkasidan ohista turtib qo'ydi.

Daniel:Ha singiljon,baliqchani ko'rsatadigan mo'jizasini bir miriqib tomosha qilaylikchi?

Aka-singgil bechora qizni tuzoqqa tushirishganini gapirib,xonani to'ldirib kular ekan,aslida bu o'yinning asl qo'g'irchoqlari ekanliklaridan mutlaq bexabar edilar.
Daniel cho'ntagidan qo'l telefonini olgancha,Fidaning raqamini qidirarkan,bularning barchasini Jungkook va Taehyung kamera yozuvlarida sinchkovlik bilan ukasining rejasini kuzatib o'tirardi.

Fida

Daniel:Alo Fida?
Fida:Eshitaman Daniel.Biror muammo bormi?

Daniel:Sen bilan bir masalada gaplashib olishimiz kerak.Bugun kechki soat 9larda Insadong ko'chasining chap muyilishidagi Joseon qabristoni yonida kutaman.

pov Daniel:Albatta ko'rishamiz va so'nggi ko'rgan qiyofang men bo'laman qafasdagi qushcham

••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••

Taehyung:Jungkook,seningcha bu rejamiz ishonarli bo'ladimi?
Jungkook:Eh Taehyung.Shuncha yil Daniel bilan bir uyda yashab uning qanchalik ahmoq ekanligini hali hamon tushunmabsan.Demak kechki soat 9larda.Tayyorlan Tae.Bizni qaltis ish kutayapti axir.

Taehyung:Seni bekorga "Qora ajal" deyishmas ekan Jungkook.

Jungkook:Ular boshlashdi.Ular oldingi yovuz Jungkookni uyg'otishdi.O'yin bo'lsa o'yinda.Lekin bilasanmi Taehyung,men ulardan xiyonatni kutmaganman.O'z jigarlarim orqamdan pichoq suqqanida ham "yo'q,ular emas.Ular bunday qila olmaydi''deb o'zimni yuz martalab aldadim.Lekin arzishmadi.Haqiqatdan ham,inson birdan o'lib qolmaydi..!
Taehyung: Qachon?
-Yana yana va yana bo'laklari o'ladi...Keyin katta o'lim keladi.Arzimas bo'lib ko'rinsada kichik kichik ko'ngil og'rishlari , Yurak siqilishi, kun kelib katta o'limimizga sabab bo'ladi.O'z yaqinlarim meni ruhan o'ldirishdi.
Taehyung:Ochig'i senga achinaman Jungkook.

Pov:kechki soat 21:00,Seoul,Insadong ko'chasi,Joseon qabristoni.
Daniel Fidani kutgancha qo'lidagi sovuq qurolini artarkan,bir-bir atrofga ehtiyotkorona nazar tashlab qo'yar edi.

Fida:Daniel..
Daniel qizning ovozini eshitishi bilanoq miyig'ida kuldida,qurolini yashirgancha ortiga o'grildi.

Daniel:Xush kelibsan Fida.Ahvollarim joyidami?
Fida:Ha yomon emas.Tinchlikmi allamahalda bunday ko'rimsiz joyga chaqirganing.G'alati emasmi?

Daniel:Bilasanmi Fida!Kuzda tõkilmay qolgan barg, boshqa barglar nazdida xoin, daraxt nazdida vafodor, fasllar nazdida esa isyonkordir.Ilohlar kechirmaydigan yagona odam xoin qardonim.

Fida:Tushunmadim?!Sen bu gaplaring bilan meni...
Qiz gapini yakunlashiga ulgurmay orqasiga kelib tekkan o'qdan pastga quladi.
deya Fidani uyg'otish uchun qizning yuziga urarkan,ulardan sal uzoqroqda odam sharpasini ko'rishi bilan darrov o'sha tomon chopdi.

Ammo u Danieldan ustunlik qilib,bir zumda u yerga qorasini ham ko'rsatmadi.

pov Daniel:Lan'ati.Jin ursin hammasiga.Juda qulay imkoniyat edi.Qo'ldan boy berdim afsus.Fida...
~dediyu yashin tezligida qizning yoniga borarkan,qiz bir ahvolda yerda qonga belanib yotgan edi.

Daniel Fidani dast ko'targancha mashina tomonga yugurdi va tezlik bilan mashinasini shifoxona tomonga haydab ketdi.

Taehyung:Ilk bor kimdirga o'q uzayotganimda qo'llarim o'ziga bo'ysunmas darajada qaltirashni boshladi.Fidadagi qon xaltachasini mo'ljalga olayotganimda shu darajada qo'rqdimki,mana shu o'q Fidani jarohatlaydimi deb qattiq qo'rqdim.Lan'ati.

Thv

Jungkook yigitga qoshlarini chimirgancha:Sevib qolganman desang hech ham hayratlanmayman.
Taehyung:Esing joyidami?Sevgi yo'q bo'lgan mavhum tushuncha xolos!
Jungkook:Men ham 4oy ilgari shunday deb o'ylardim.Adashgan ekanman.Sevgi bor narsa, agar bo'lmaganida, hech kim boshqa kimdirning odatiy kuni qanday o'tayotkaniga qiziqib o'tirmas edi.

Taehyung:Aysh yaqinda aqldan ozaman.Men Fidaning ahvolidan xabar olay.Bo'pti ko'rishguncha oshig'u beqaror.
Daniella:Bu nima deganinggiz aka?Fidachi?

Daniel:Fida aybsiz ekan.Qabristonda Qizga nisbatan suiqasd uyushtirildi.Qora ajal qildi barchasini.
Daniella:Yuzini ko'rdinggizmi?Sizga tanishdek tuyulmadimi?Biror belgi degandek..

Daniel:Qorong'uligi sabab ko'ra olmadim.Lekin...Shoshma shoshma...Qo'lini men otgan o'q silab ketdi.Aysh,aqlingga qoyilman singlim.Eng katta gumonim Jungkookdan.Agar menga o'yin qilayotgan bo'lsa sog' qo'ymayman uni.

Daniella:Nima?Aka qachongacha davom etadi bu qasosinggiz?To'g'risini aytsam barchasidan charchadim.Bunaqa hayotdan,qotilliklar-u,qon tõkishdan tõydim men..
Daniella:Qachongacha axir?Aslida hammasiga siz aybdorsiz.
Daniel:Nima???!!
Daniella:Go'zal hayotim bor edi bundan 1yil muqaddam.Oilam,suyukli yorim,farzandim.Baxtli edim.Barini siz yo'qqa chiqardinggiz.Erimning qotili sizsiz.

Daniel singgilisini gaplarini tinglarkan,ko'zlarini tushunib bo'lmas g'azab egallab olgan edi.
Daniel:Seni tiling chiqib qolibdimi?Tarbiyalashim kerak menimcha~dediyu singlisini bilagidan qattiq siqqancha,yerto'la tomon sudrab ketdi.
Daniella:Qo'yib yuboring,qo'lim...og'riyapti aka~deya dod solib yig'lar edi.

Daniel qizni sudragancha yerto'laga olib tushib qattiq yerga uloqtirdi.Qiz yerga zarb bilan tushar ekan,akasiga namlangan ko'zlari bilan iltijo qilgandek qaradi.
Daniella

~𝐅𝐥𝐚𝐬𝐡𝐛𝐚𝐜𝐤~

Jeonmin:Daniella,qo'y shu qõlingdagini.Qachongacha bu ishlaringni davom ettirmoqchisan.Aqalli bolamizni õylasangchi.Erta ulg'ayganida "Qotilning bolasi" degan tamg'ani qanday ko'tarib yuradi axir.

#lewisia_fanfics - feel the pulse of your emotions

Daniel:Vadabozlikni yig'ishtir itdan tarqagan.Singlimni ortiq aldolmaysan dediyu,Daniellani qo'lidan ushlagancha,qurolni bosdi.Õq borib Jeongminning yuragiga tegarkan,yigit beihtiyor yerga quladi.Daniel hech nima bo'lmagandek mamnun jilmaygancha,xonadan chiqib ketdi.Daniella erining ahvolini kõrib,tezlikda uning yoniga oshiqdi.Jeongmin shu darajada sekin nafas olayotgan ediki,hozir eng sõnggi lahzalari ekanini bilib,xotinining yuzlariga qonga belangan qõllarini tekkizib silarkan:
~Daniellam.Farishtam mening.S..senga h..hech qachon xiyonat qilmadim.Miso kotibam xolos...S..seni sevaman...Bolamizni.... ~gapini oxiriga yetkazolmay ko'zlari bir umrga yumildi.
Daniella erini mahkam quchgancha dod solib yig'larkan uning ovozidan xonadagi barcha jihozlar larzaga kelayotgandek edi gõyo

"Faqatgina kichkina dardlar va iztiroblar kimlargadir soʻzlanadi, soʻng yengil tortiladi...
Eng ogʻir dardlar hech kimga aytilmaydi...Ular tilsizdir!"

Jeongmin
Daniella
Daniella

@lewisia_fanfic