June 22

"𝐻𝔂𝓪𝓬𝓲𝓷𝓽𝓱  || 3-𝓠𝓸𝓲𝓭𝓪"

𝓔𝓹𝓲𝓼𝓸𝓭𝓮: 6
.
.
.

Agar meni qarshimda doimiy zugʻum va zoʻravonlik qilib kelayotgan inson toʻsatdan menga boʻlgan oʻy-hayoli oʻzgarsa! Bu holat men uchun yaxshimi? Yoki yomon?
Aslida eng yomoni men uchun boʻlishi mumkin boʻlgan hodisalarning natijasa qanday tugashi edi. Agar Jungkook oʻlsa men qutilib ketamanmi? Balki uning yordamchilari meni oʻldirishar? Hali hamon javobi noaniq savol girdobida qolgan edim....

Author Pov:..

Shu zaylda kunlar kunlarga ulana boshladi. Yasmin endi bu ulkan uyda o‘zini bir oz bo‘lsa-da erkinroq his qilar, qalbidagi qo‘rquvlar o‘rnini sekin-asta umid uchqunlari egallayotgan edi.

Jungkookning ham ahvolida sezilarli o‘zgarishlar bor edi, yaralari kundan-kunga bitib, u oyoqqa tura boshlagandi. Uning ich-ichida muhrlanib qolgan yovuz va toshbag‘ir inson go‘yo havoga singib ketgandek, vujudida mutlaqo boshqa haqiqiy Jungkook uyg‘onayotgandek edi. U o‘zgarayotgan edi, biroq qalbida uyg‘onayotgan bu g‘alati, yangi hislarni hech kimga oshkor qilgisi kelmasdi.

Mayckel bu orada uyga hujum qilgan maxfiy shaxslarni topish uchun bor kuchini ishga soldi. Afsuski, barcha urinishlar besamar ketdi. Bosqinchilar ortidan zarracha iz qoldirishmagan, tutilgan bir nechta asirlar esa gapirishga ulgurmay, o‘z jonlariga qasd qilishgan edi.
Jungkook bu xabarni eshitgach, g‘azabdan o‘zini bosa olmay qoldi. Bu suiqasd shunchalik toza va ustalik bilan bajarilgan ediki, asl aybdorlar qora tun qa'riga berkinib bo‘lishgandi.

Jk - Bu ishni shunchaki unutib bo‘lmaydi!

Jungkook asabiy baqirdi. Uning gʻazabi tiyib boʻlmasdi.

- Ular avval ko‘chada menga hujum qilishdi, so‘ng shaxsiy rezidensiyamgacha bostirib kelishdi. Biroq zarracha iz ham, ularni bu ishga bog‘laydigan bitta ham tirik guvoh yo‘q... Lanat bo‘lsin barchasiga!

Jungkook jahl ustida yonidagi stolchada turgan guldondagi Hyacinth (giyohvand) gullarini qo‘li bilan uloqtirib yubordi. Shisha guldon devorga borib urildi-yu, chil-chil bo‘lib ketdi. Gullar esa pol bo‘ylab sochilib ketdi. Eshik yonida bu manzaraning guvohi bo‘lgan Yasmin qo‘rquvdan qotib qoldi. Uning vujudini yana o‘sha eski titroq paydo boʻldi, u Jungkookning yana o‘sha avvalgi vahshiy zo‘ravonga aylanishidan, hayoti yana doimiy azoblarga to'lishidan dahshatga tushgan edi.

Yasminning kelganini sezgan Jungkook unga qarab to‘xtadi, g‘azabdan yonayotgan ko‘zlari qizning qo‘rquv to‘la nigohiga to‘qnash keldi. Yasmin nima qilishini bilmay bir muddat toʻxtab turdi, so‘ng vaziyatni yumshatish uchun shoshilib singan guldon bo‘laklarini yig‘ishga tushdi. Uning titrayotgan qo‘llariga qarab, Jungkook qizni naqadar qo‘rqitib yuborganini tushundi.

Jk - Ularga tegma, xizmatchilar kelib o‘zlari yig‘ishtirib olishadi.

Jungkook ovozini bir oz pasaytirib.
Biroq u o‘z so‘zlaridan o‘zi ikkilanib qolgandi. Axir Yasmin ham boshqalar qatori shu uydagi oddiy xizmatchi emasmidi? Ammo nega so‘nggi paytlarda Jungkook unga umuman boshqacha munosabatda bo‘lyapti? U buni o‘zi ham sezmay unutayotgan edi.

Yasmin esa uning gapiga quloq solmay, yerda yotgan o‘tkir shisha parchalarini terishda davom etaverdi. Jungkookning ichidagi yovuzlik yana uyg‘ondi.

Jk - MENI ESHITMADING CHOG‘I, YASMIN, BAST QIL!!!

Jungkookning hayqirig‘idan Yasmin kutilmagan cho‘chib ketdi va ehtiyotsizlik qilib, o‘tkir shisha bo‘lagiga barmog‘ini qattiq kesib oldi. Qizil qon tomchilari polga toma boshladi. Buni ko‘rgan Jungkook unga yordam berish uchun yotoqdan turmoqchi bo‘ldi, biroq undan avval eshikdan kirib kelgan Mayckel bu vaziyatni koʻrib darhol Yasminning yoniga tiz cho‘kib, jarohatini ko‘zdan kechira boshladi.

Ushbu manzarani chetdan kuzatib turgan Jungkook vujudida ilgari hech qachon tuymagan, o‘zi uchun mutlaqo begona va g‘ayritabiiy bir tuyg‘uni his qildi. Bu nima edi? Rashk? Qizg‘onish? Yoki aqldan ozish darajasidagi egalik hissimi?
Qoʻllari musht holatda koʻzlarida rashk chaqnab turardi. Mayckel har Yasminga teginganida u aqldan ozardi.

Go‘yo " Boshqalar Yasminga tegishi taqiqlanadi!" degan muhr bosib qo‘yilgandek edi. Biroq Mayckel bu uydagi barcha qoidalardan mustasno insonidi.

U Yasminni ehtiyotkorlik bilan qo‘lidan ushladi-yu, xonadan olib chiqib ketdi.
Tashqarida Mayckel uning qo‘liga birinchi yordam ko‘rsatarkan, xavotir bilan so‘radi.

Mc - Ahvoling yaxshimi?

Ysm -  Buning hojati yo‘q edi, men yaxshiman...

Yasmin pichorlab gapirdi, ko‘zlari esa hamon xona eshigida edi.

- Jungkook... u yana...

Mc - Hammasi joyida, Yasmin, endi meni yaxshilab eshit!

Mayckel uning gapini toʻxtatdi va atrofga qarab soʻng davom etdi.

- Jungkook va men taxminan 3 yoki 4 haftadan so‘ng yangi yirik mijoz bilan uchrashish uchun Avstriyaga borishimiz kerak.

Ysm - Men... men sizni unchalik tushunmayapman, Mayckel.

Mc - Gapimni bo‘lmay eshit. Biz mamlakatni tark etganimizdan so‘ng, sening nomingga yashirincha pochta keladi. Uning ichida sening yangi pasporting va chet elga chiqib ketishing uchun samolyot bileti bo‘ladi.

Ysm - Mayckel, bu juda xavfli!

Yasminning rangi o‘chib ketdi. U taxmin qilayotgan edi, nima haqida gap ketayotganini.

Ysm - Agar buni Jungkook bilib qolsa... ikkimizni ham tirik qoldirmaydi.

Mc - Sen haqiqatdan ham Jungkookning shunchalik oson o‘zgarib qolishiga ishonyapsanmi?

Mayckel istehzoli jilmaydi.

Mc - Men esa unga zarracha ishonmayman. U istalgan soniyada portlashga tayyor bo‘lgan, zararsizlantirib bo‘lmaydigan tirik bomba kabidir.

Ysm - Men... men qayerga ketaman unda?

Mc - Amerikaga. Sen endigina 18 yoshga kirding, Yasmin. Butun hayotingni mana shu qorong‘u qasrda unga xizmat qilib, xazon qilma. Jungkook baribir o‘sha qonxo‘r Jungkookligicha qoladi. Bunday qulay vaziyat boshqa boʻlmasligi mumkin.

Ysm - Yaxshi... men... sizni tushundim.

Mc - Iltimos, ikkilanma! Bu sen uchun ozodlikka chiquvchi so‘nggi va yagona chora. Mening qo‘limdan keladigan yagona yordam shu...
.
.
.

𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐦𝐚: 12 Yil Avval.
Germaniya.

- Mayckel, singling Elizabethni o‘zing maktabiga kuzatib qo‘y!

Oshxonadan Mayckelning onasi Lizaning ovozi eshitildi.

- Oyi, mening shaxsiy darslarim bor! Undan tashqari, bizning maktablarimiz mutlaqo teskari yo‘nalishda-ku!

Norozi ohangda Mayckel etiroz bildirardi.

- Mayckel, agar bugun muhim seminarim bo‘lmaganida, uni o‘zim olib borgan bo‘lardim! Iltimos, gap qaytarma.

- Uuuf! Shu narsalarning barchasi jonimga tegdi... Yaxshi, mayli!

Mayckel ko‘chaga chiqqach, 15 yoshli singlisiga yuzlandi:

- Meni eshit, Elizabeth. O‘zing maktabingga bora olasanmi?

- Albatta boraman, men yosh bola emasman-ku!

- Ha, ha, yosh bola emassan, kichkina shaytoncha.

- Meni bunday atamang.

- Yaxshi, unda men ketdim. Oyimga buni ayta ko‘rma, kelishdikmi?

- Ok, sizni tushundim, aka.

Mayckel va Elizabeth ko‘cha boshida xayrlashib, o‘z yo‘llariga ketishdi. Elizabeth maktabga borish uchun yo‘lni qisqartirmoqchi bo‘lib, odamlar kam yuradigan kichik bog‘ ichidan o‘tuvchi so‘qmoqni tanladi...

Kechga yaqin Mayckel uyga qaytganida, darvoza oldida chiroqlari lipillab turgan bir nechta politsiya mashinalarini ko‘rib yuragi orqasiga tortib ketdi. U qo‘rqqanidan uy tomon yugurdi. Ostonada ko‘zlari shishib ketgan onasi turardi.

- Oyi, oyijon nima bo‘ldi? Nimaga politsiya keldi?

Liza yig‘idan o‘zini tiya olmay, zo‘rg‘a gapirdi:
- Mayckel... singling... singling Elizabeth... u yo‘qolib qoldi. Ertalab maktabga bormagan. Menga o‘qituvchisi qo‘ng‘iroq qildi... U bugun darslarda qatnashmabdi...

- Janob Mayckel Dayren!

Politsiya ofitserlaridan biri unga yaqinlashib soʻroqa oldi.

- Ertalab uy atrofida yoki ko‘chada biror shubhali narsani sezmadingizmi?

Liza yoshli ko‘zlarini o‘g‘liga tikdi.

- To‘xtang... Axir... Mayckel, sen Elizani maktabigacha kuzatib qo‘ygan eding-ku, to‘g‘rimi? Gapir, uni o‘zing olib bording-a?

- Men... men haligi...

Mayckelning tili qotib qoldi, u buni hohlamasada bu voqea sodir boʻlgan edi.

- Uni o‘zim olib bormagandim... Uni yo‘lda qoldirdim...

- Nega, Mayckel? Nega? Axir senga ishongandim!

Lizaning faryodi uyni tutdi.
Shu mahall boshqa bir ofitser ichkariga shoshilib kirdi.

- Kechirasiz, ofitser, bir daqiqaga mumkinmi?

- Biz qizni topdik... Faqat... Uni avval vahshiylarcha zo‘rlashgan, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirib, jasadini soyga tashlab ketishgan.

Soyning ichidan o‘ligini chiqardik.

Buni eshitgan Liza baqirib faryod bilan yigʻlay boshladi. Bu holatni ko'rib turgan Mayckel toshdek qotib, afsus bilan yashay boshladi.

Bu mudhish voqeadan so‘ng, Liza o‘g‘lini hech kechiraolmadi va u bilan gaplashmay qoʻydi. Aybdorlar esa katta pul evaziga sudyani sotib olib, deyarli suvdandan quruq chiqishdi.
Ularga shunchaki 3 Yilga ahloq tushatish jazosi berildi. Buni hazm qila olmagan Mayckel, 18 yoshga to‘lgan yili o‘sha uchta yigitni ham fojiali tarzda o‘ldirib, Koreyaga qochib ketadi. Uni o‘z qanoti ostiga Janob Jeon (Jungkookning bobosi) olgan edi.  Jungkook bobosiga mutlaqo o‘xshamasdi... U rahm-shafqat nimaligini bilmasdi.

Mayckel singlisi bilan bog‘liq o‘tmishning mana shu qora sahifalarini eslar ekan, ko‘zlari nafratga to‘lardi. Balki Yasmindagi chorasizlik unga o‘z vaqtida qutqara olmagan singlisi Elizabethni eslatayotgandir... Nima bo‘lganda ham, u Yasminga bu jahannamdan qochish uchun imkoniyat yaratishga qaror qilgan edi.

Kechga yaqin Yasmin stol ustiga yangi uzilgan Hyacinth gullari solingan guldonni olib Jungkookning xonasiga kirdi. Jungkook uxlamagan, qorong‘ulikda o‘ychan o‘tirardi.

Jk - Mayckel qo‘lingni bog‘lab qo‘ydimi?

- Nima? Ha...

Jk - Mayckel bilan qachon bunchalik yaqin bo‘lishga ulgurdingiz? Men esa seni har soniya ko‘z o‘ngimda ushlab turibman deb o‘ylabman...

- Yo‘q, unday emas. Ular shunchaki... qo‘rqib ketganimni ko‘rib, yordam berdi.

Yasmin o‘zini oqlashga urindi. U hayolan Mayckel aytgan gaplarni oʻyladi.

Jk - Mendan hali ham qo‘rqasanmi, Yasmin?

Yasmin bu savolga javob bera olmadi. U chindan ham Jungkookdan qo‘rqarmidi? Bu savolning javobi uning ko‘zlarida yaqqol yozib qo‘yilgandi. Ha, u Jungkookdan daxshatli darajada qo‘rqardi! Bu rad etib bo‘lmas haqiqat edi. Axir Jungkook bir yil davomida unga ko‘rsatmagan azobi, qilmagan zo‘ravonligi qolmagan edi-ku. Bobosining o‘limi uchun butun alamini begunoh Yasmindan olgandi.

Vaholanki, bobosining o‘limida Yasminning ota-onasining zarracha aybi yo‘q edi. Ularning yagona xatosi asl aybdor kimligini bila turib, qo‘rquv tufayli buni Jungkookga aytishmagani edi. Endi esa Jungkookning o‘zi ham Yasminga ozor berishni istamayotgandi. Negaki, haqiqiy qotil va uning hayotiga suiqasd uyushtirgan inson Jungkookdan unchalik ham uzoqda emasdi...

.

.

.

Avstriyaga ketishlariga ataga bir hafta vaqt qolgandi. Jungkook allaqachon butkul oyoqqa turgan, yaralari deyarli bitgan edi. Bu safar shaxsan uning ishtiroki shart bo‘lgan shartnoma tufayli u safarga borishga majbur edi.

Ertalab Yasmin nonushta patnisini ko‘tarib Jungkookning xonasiga kirdi. Oyna poyida turgan Jungkook ortiga o‘girilib, qizni yoniga chorladi. Yasmin patnisni stolga qo‘yib, unga yaqinlashdi.

Jk - Bilasanmi, menga Hyacinth gullarining yoqishining bir sababi bor.

Jungkook bog‘ga tikilgancha Yasminga gapira boshladi.

- Oyim yoshligimda uyimiz ortidagi bog‘da doim shu gullarni parvarish qilardilar. Erta bahorda butun uyimiz ularning ifori bilan to‘lardi... Bu menga xotirjamlik beradi. Ba'zida sen ham menga onamni eslatib yuborasan. Ayniqsa, bog‘da shu gullarga mehr berayotganingni ko‘rsam, ich-ichimdan quvonaman.

- Demak, shu sababli ham bu gullarga mehringiz bo‘lakcha ekanda.

Jk - Ha. Oyim vafot etganidan keyin hech kim bu gullarni ular kabi o‘stira olmadi. Faqat... faqat sendan tashqari.

Yasminning ichida dahshatli bo‘ron ko‘tarildi. Nahotki Jungkook shu darajada mehribon bo‘la olsa?

Jungkook sekin qizga yuzlandi. Yasmin unga yordam bermoqchi bo‘lib qo‘l uzatgan edi, Jungkook kutilmaganda uning bilagidan tutib, o‘ziga qattiq tortdi. Muvozanatni yo‘qotgan Yasmin qo‘rqqanidan ko‘zlarini yumib oldi.

Ko‘zlarini ochganida esa, o‘zini Jungkookning baquvvat quchog‘ida oʻzini ko‘rdi.
Yasmin avvaliga uni o‘zidan itarishga urindi. Biroq Jungkook qizni yanada mahkamroq bag‘riga bosdi va tinchlantirish maqsadida yelkasiga mayin urib qo‘ydi. Uning bu harakati go‘yo "Tinchlan, hammasi yaxshi, men endi senga ozor bermayman" degandek edi.

Yasmin Pov:..

Men ilk bor Jungkookdan bunday iliqlikni his qilayotgan edim. Uning issiq nafasi, yuragining urishi, hatto yuzidagi nim tabassum... Shok holatiga tushib qolgandim. Ayni shu soniyalarda Jungkook sekin yuzimga egildi, qo‘llari belimdan sirg‘alib yuzlarimni kaftlari orasiga oldi. Vujudimda jilovlab bo‘lmas hislar uyg‘onib, qornimda kapalaklar uchayotganini tuydim. Bu bizning hech qanday tazyiqsiz, kuch ishlatmasdan amalga oshgan ilk shirin bo‘samiz edi.

Nafaslarimiz urilarkan Jungkook juda oʻtkir hohish bilan boʻsa olardi. Ular oʻzini toʻxtatishga harakat qilmasdi. Chuqurlashib borayotgan boʻsadan soʻng u kuch oʻtkiza boshladi.

Avvaliga yotoq tomonga orqa qadamlar bilan bir birimizdan uzilmagan holda yaqin keldik. Ular toʻxtadi.

Jk - Oʻsha kecha sen bilan *aloqada boʻlmagan edim. Bugun men oʻzimni toʻxtata olmayman Yasmin.

Ularning pichiri quloqlarim ostida qichqiriqdek eshitildi. Men hohlamasdim, tezroq bu honadan ketish men uchun toʻgʻri qaror deya bildim.

- Meni... ishlarim bor... ketganim maqul.

Ular buni qabul koʻrmadi, qaytamga jahl ustida menga qarab turardi.

Jk - Sen tushunmading chogʻi.

Author Pov:..

Endi haqiqatdan ham kech edi. Jungkook ichidagi ehtiros va hirs toʻlqinini tiya olmadi. Yasmin oʻzini olib qochishga urinishiga qaramasdan, yigit uni shafqatsizlarcha oʻziga tortdi. Avvaliga yana bir bor qizning lablariga yopishdi, soʻng kutilmaganda uni oʻz ustiga chiqarib, oʻzi yotoqqa oʻtirdi.

Yasminning belidan mahkam qucharkan, uni har oʻpganida ichidagi vahshiy erkak uygʻonib borar, bor kuchi bilan qizni oʻziga boʻysundirishga urinardi.
Jungkook sekinlik bilan Yasminning ustidagi kiyimlarini yecha boshladi. Oʻz koʻylagining tugmalarini ham shoshilib yirtgudek boʻshatdi va qizning yigʻilgan sochlarini yoyib yubordi. Yasmin hamon qoʻrquv aralash qaltirar, ich-ichidan buni istamas edi. Biroq qarshisidagi kuch va Jungkookning oʻtkir xohishi ustun kelib, chorasizlikdan jim boʻlishga majbur boʻlayotgandi.

Bu holat Jungkookga yanada cheksiz hukmronlik hissini berardi. Uning qaynoq kaftlari Yasminning tanasi boʻylab sirgʻalib, uning nafasini boʻgʻadigan darajada qattiq siqardi. Har safar uning teginishlaridan vujudida ogʻriq va gʻalati bir titroq uygʻongan Yasmin beixtiyor ingroq ovoz chiqarib yuborardi.
Bu ovoz esa yigitning ichidagi nafsni yanada alovlantirardi. Beldan sirgʻanib pastlayotgan qoʻllar, chuqur va kuch bilan olinayotgan boʻsa, Yasminning ojizona ingrashi... Jungkook bir lahzada oʻsha oʻziga boʻysunmaydigan, vahshiy erkakka aylangandi. U Yasminni yotoqqa yotqizdi va uning tanasini koʻzdan kechira turib, toʻsatdan toʻxtadi.

Jk -  Osting shilingan ekan-ku...

Jungkook kutilmaganda, ovozida shubha va gʻazab aralash ohang yangradi.
Jungkookning bu soʻzlari qizni hayratda qoldirdi, vujudi muzlab ketdi.

- Men... men hali... bokiraman...

Pichirladi Yasmin, yigʻi aralash qoʻrquv bilan unga tikilib.

Jk - Unda oʻzingni oʻzing qondirarkansan-da?

Jungkook istehzoli va sovuq ohangda kuldi.
U shunday dedi-yu, kutilmaganda qizning oyoqlariga tarsaki tushirdi. Bu zarb xonada aks sado berdi.

Jk - Mendan avval shu barmoqlaring ostingga tegdimi, laʼnati? Xohishing boʻlganida mening yonimga kelishing kerak edi! Mayckelga koʻz suzmasdan!

Uning gʻazabi portlagan, koʻzlari qonga tolgan edi.
Yasmin ogʻriq va kamsitishdan oʻzini sekin ortga, yotoqning burchagiga olib qochishga urindi. Biroq uning bu urinishlari besamar edi. Jungkook uning qochishiga yoʻl bermay, qizni oʻziga mahkam bosdi va qoʻllarini harakatga keltirdi. U qizning qarshiligiga qaramay, uning jismiga yaqinlashdi.

Yasmin kutilmagan kuchli ogʻriqni va haqoratni his qilib, bor ovozi bilan baqirmoqchi, yordam soʻramoqchi boʻldi. Lekin uning ovozi uydan chiqishiga ulgurmadi, Jungkook Yasminning ogʻzini oʻzining baquvvat bilagi bilan toʻsib, uni butkul ovozsiz qoldirdi. Xonada faqatgina boʻgʻiq nafaslar va yirtqichlarcha ehtirosning sovuq nafasi qolgan edi...

Jungkook Yasminni o‘zidan uzoqlashishiga zarracha imkon bermadi. Uning baquvvat tanasi qizning ustiga butunlay og‘irligini tashlagan, bilagi esa Yasminning baqiriqlarini ostonadan nariga chiqarmaslik uchun og‘zini mahkam to‘sib turardi. Xonadagi yagona yorug‘lik manbasi bo‘lgan quyosh nuri ularning soyasini devorga daxshatli tarzda aks ettirardi.

Jk - Jimgina yot... Baribir mening aytganim bo‘ladi.

Jungkook qizning qulog‘iga gapirarkan, uning ovozi sovuq, ammo ichidagi ehtiros to‘lqinidan titrar edi.
Yasminning ko‘zlaridan oqayotgan achchiq yosh tomchilari Jungkookning bilagiga toma boshladi. Qiz vujudidagi daxshatli og‘riqni his qilib, oyoqlari bilan yigitni o‘zidan itarishga, bu qarshilikdan qutilishga urindi.

Ammo Jungkook uning har bir harakatini chil-chil qilib, uning oyoqlarini yanada qattiqroq kishanladi. U o‘z nafsini va g‘azabini boshqara olmaydigan darajaga yetgandi.
Kutilmaganda butun tanani zirqiratgan o‘tkir va shafqatsiz og‘riq Yasminning vujudini teshib o‘tdi. Uning bokiraligi, o‘zi asrab kelgan so‘nggi pokligi mana shu oppoq to‘shakda, yirtqichlarcha ehtiros qurboniga aylandi. Yasmin Jungkookning bilagi ostidan bor ovozi bilan ingrab, baqirishga urindi, ammo tashqariga faqatgina bo‘g‘iq, fojiali bir faryod chiqdi.

Jungkook bir lahzaga to‘xtadi. U pastda, oppoq choyshab ustida paydo boʻlgan qizil qon tomchilarini ko‘rdi. Bu Yasminning chindan ham bokira ekanligining, unga aytgan so‘zlari haqiqat ekanligining isboti edi. Biroq bu qon yigitni to‘xtatish o‘rniga, uning ichidagi vahshiy egalik hissini yanada alovlantirib yubordi. U qizning og‘zidan qo‘lini oldi-yu, uning lablariga qaytadan yopishdi.

Jk - Endi sen butunlay menikisan... faqat menikisan.

Pichirladi Jungkook har safar uning lablaridan tishlab, chuqur va shafqatsizlarcha bo‘sa olarkan.
Yasmin endi qarshilik ko‘rsatishga majoli qolmagan, faqatgina o‘zini to‘shakka tashlab, ko‘zlarini mahkam yumgancha bu azobning tugashini kutardi. Jungkook esa uning ojizligidan foydalanib, o‘z harakatlarini yanada tezlashtirdi.

Xonani faqatgina yigitning og‘ir nafas olishi va qizning pinhona to‘kilayotgan ko‘z yoshlari to‘ldirib turardi. Uzoq davom etgan bu ehtirosli va vaxshiyona aloqadan so‘ng, Jungkook nihoyat qizning ustidan chetga o‘tdi.

Yasmin o‘zini burchakka oldi, singan va haqoratlangan vujudi bilan adyolga burkandi. Mayckelning aytgan gaplari uning miyasida qayta-qayta aks sado bera boshladi...

"U zaryadsizlantirib bo‘lmaydigan tirik bombadir..."

Jungkook yuvinib chiqganida Yasmin uhlab qolganini koʻrdi. Avvalgi yuziga barmoq uchida tegsi. Soʻng yoz yoshlarini oʻrnini mayinlik bilan silarkan, buni sezgan Yasmin uygʻonib ketdi. Jungkook uni extiyodlab oʻtirishiga yordam berdi.

Ustida adyolni extiyodlab olib, Yasminni koʻtarib oldi. Jungkook Yasminni suvintirish uchun ichkariga olib kirdi. Yasmin hamon oʻzida emas ogʻriqni his qilardi. Suvni Yasmin uchun issiq-sovuqligini ketshirdi. Mayinlik bilan suv Yasminning tanasiga tegarkan, uning tanasini baʼzi joylari suvdan achishdi.

Suv tekganda oʻzini olib qochayotganini koʻrgan Jungkook uni oʻziga yanda yaqin tutib yelkasiga Yasminni boshini qoʻydi, oʻzi boʻlsa sekinlik bilan suvni ustidan quyib yuvintira boshladi. Extiyodkorlik bilan, har bir qarich joyga suv tegishini taminlardi.

Yuvintirib boʻlgach uni katta sochiqga extiyodlab oʻrab, koʻtarib oldi. Huddi Ota oʻz erka qizini extiyodlagandek eʼtibor berardi. Yasmin boʻsa Jungkookga bir marotaba boʻlsa ham qaramadi. Bu vaqt davomida Jungkookning ham ovozi chiqmadi.

Ichidagi olovni yoqgan, uni shu darajagacha olib kelgan aslida Rashk edi...
Ular chiqishganida allaqachon yotoq va xona tozalanib avvalgi holatiga keltirib boʻlingan edi.

Jungkook Yasminni extiyodlab yotoqga qoʻydi. Soʻng boshqa sochiq olib uni spchini quritish davomida tilga kirdi.

Jk - Kechir... Aslida senga bundan qilishni istamagandim.

Yasmin Jungkookning soʻzidan soʻng koʻz yoshlarini tiya olmadi.

Jk - Bilaman, senga hozir qiyin va... ogʻriqli. Men oʻzimni tiya olmadim, rashk meni koʻzlarimni koʻr qildi. Mayckel senga nisbatan qiladigan munosabatidan qoʻrqdim.

Jungkook soʻzlarini tugatib Yasmini qarshisiga keldi. Uning koʻz yoshlarini artib, koʻzlaridan mayin oʻpib quchoqlab oldi. Jungkook ich-ichidan qoʻrqardi. Yasmini yoʻqotishdan, lekin unga buni sezdirmaslikka harakat qilardi.

Jk - Sen shu yerda qolib damingni ol. Meni borishim kerak boʻlgan joyim bor.

Shkafdan Yasmin uchun kiyim olib uning yoniga qoʻydi. Boshqa tortmadan boʻlsa u uchun dori olib kelib ichirdi. Soʻng oʻzi ham kiyinib chiqib ketdi.
.
.
.
Avstriyaga ketishdan bir kun avval...

Yasmin o‘z xonasida kiyimlarini yig‘ishtirar ekan, xayolan oʻsha tun haqida, Jungkook bilan boʻlgan aloqa va bo‘sasini o‘ylardi. Shu mahal eshik taqillab, Mayckel kirdi.

Myc - Biz ertaga tonggi reys bilan uchamiz,  Senga jo‘natma ertaga soat 17:00 larda keladi. Uni olgach, soat 19:00 dagi qo‘riqchilar almashinuvi paytida ort eshikdan chiqib ketasan. Rezidensiyadan 50 metr narida seni qora mashina kutib turadi, u seni to‘g‘ri aeroportga olib boradi.

- Mayckel, bu yordamingiz uchun sizdan cheksiz minnatdorman... Ammo men ketmayman.

Myc - Nima?

Mayckelning ko‘zlari qinidan chiqqudek bo‘ldi.

Myc - Aytmoqchisanki, shu yerda, Jungkookning yonida qolasanmi? Yasmin, sen qattiq adashyapsan! Imkoning borida qoch, uning shirin so‘zlariga uchma!

- Mayckel, siz sezmayapsiz, u avvalgidek emas, u o‘zgardi...

Myc - U hech qachon o‘zgarmaydi, eshityapsanmi. Ko‘zlaringni och!

Mayckel qizning yelkasidan tutib oʻziga kelishi uchun silkitdi.

Myc - Jungkook hamon o‘sha qonxo‘r mahluq, sen shunchaki aldamchi tuyg‘ular asiriga aylanding! Singlim ham o‘shanda o‘z qotillarining yolg‘on va'dalariga ishongandi! Pul evaziga qutulgan o‘sha uchta vaxshiy bir yil o‘tmay yana boshqa qizlarning hayotini barbod qildi. Shundan keyin men ularni o‘ldirib Koreyaga qochganman va Janob Jeonning qo‘lida qotillikka o‘qitilganman. Jungkook  bobosidek emas, unda zarracha rahm ham, shafqat ham yo‘q!

Mayckel eshik oldiga borib, so‘nggi bor ortiga o‘girildi.

Myc - Senda o‘ylab ko‘rish uchun yana bir kun bor. O‘sha jo‘natma baribir keladi, mashina ham seni kutadi. Tanlov o‘zingda, Yasmin. Faqat unutma, biz Avstriyadan qaytganimizda, sen hozir ko‘rib turgan "mehribon" Jungkookdan asar ham qolmagan bo‘lishi mumkin... Yosh umringni xazon qilma.
.
.
.
Author Pov:..

Erta tongda quyosh hali nurini spchmasidan avval Jungkook qoʻlida kichik sovgʻa idishni ushlagancha Yasminning eshigi tagiga keldi. Biroz ikkilanish bilan xona eshidini taqillatdi. Bir necha daqiqalardan soʻng Yasmin eshikni ochdi.

Jk - Uyqingni buzdim chogʻi!

- Hechqisi yoʻq, men shundoq ham uygʻonmoqchi edim.

Jungkook kulimsiram yerga qaradi.

Jk - Ketishimdan avval sen bilan xayrlashib ketishni istadim... va bu sovgʻa senga.

U qoʻlidagi sovgʻa idishni sekin ochib undagi zanjirni Yasminning boʻyniga taqdi.

Jk - Buni sen uchun oldim. Qaytganimda barchasi boshqacha boʻladi bunga soʻz beraman.

Jungkook soʻzini tugatib Yasmini extiyodlab mayin boʻsa oldi. Soʻng hayrlashib u yerni tark etdi. Jungkook Mayckel bilan birinchi reysda Avstriyaga uchib ketishdi. Ular chet eldagi omborlarini toʻldirish va yangi shartnoma imzolash uchun ketishgandi. Avstriya Jungkookning amakisi Jeon Hyun Jin yashardi. Ular toʻgʻri uning uyiga borishdi. Bu vaqt Seulda vaziyat biroz tarang edi.

Yasmin uchun pochta ketdi, qoʻriqchilardan biri uni olib kelib beridi. Yasmin muqovani yirtib hujjatlarni olar ekan ichida boʻron aralash qoʻrquv uygʻonardi.

Bir tomondan u bu uydan zulm va ozorlardan qutilib yashashni orzu qilsa. Ikkinchi tomondan u allaqachon Jungkookga koʻngil qoʻyib ulgurmagan edi. Ikki oʻt orasida qolgan Yasminda tanlash uchun atiga 1 soat vaqt bor edi...

.

.

Episode-6 Fine. Davomi uchun Reaksiya bildirib, Fikr albatta uzun qilib yozib ketila Lilialarim 🫀🖇️