June 19

" Forever Blossed " 🔞

Reaksiya Fanfic!

Author: 𝑆𝓮𝓻𝓪𝓯𝓲𝓷𝓪 𝒀𝓪𝓷𝓰.

.

.

​Nafis billur qandillar nuri nimqorongʻi, qizgʻish-qora tusli hashamatli zalni yoritar edi. Skripkaning sokin, sirli navosi ostida poytaxtning eng nufuzli shaxslari toʻplangan bazm qizgʻin pallasiga kirgan. Havoda qimmatbaho atirlar, eski konyak va sezilarli darajada taralayotgan ehtiros hidi bilan toʻyingandi. Bu shunchaki bazm emas, balki niqoblar ortidagi yirtqichlarning uchrashuv joyi edi.


​
​Nam Jia zalning chekkasidagi barda, qoʻlida toʻq qizil vino toʻla qadahni aylantirib oʻtirardi. Uning egnidagi qora, orqasi ochiq atlas koʻylak qomatiga mukammal yopishgan, lablaridagi toʻq qizil pomada esa uning oʻziga boʻlgan cheksiz ishonchidan darak berardi. Jia bu yerdagi soxta tabassumlardan zerikkandi.


​Jia - Bu yerning havosi ham odamlari kabi soxta!

Pichirladi u oʻziga oʻzi.
​

- Siz esa bu soxtalik ichidagi yagona haqiqatga oʻxshaysiz.

Ortidan kelgan chuqur, baxmaldek sokin ovoz Jiani oʻgirilishga majbur qildi.
​Uning qarshisida Kim Namjoon turardi. Mukammal tikilgan qora smokingda, sochlari orqaga silliq taralgan, koʻzlarida esa xotirjamlik va ulkan aql-zakovat aks etgan. U suv kabi sokin, ammo tubi koʻrinmas ummondek xavfli tuyulardi.

"Pover holding" rahbari, har bir qadamini matematik aniqlikda hisoblaydigan odam.
​Jia qoshlarini biroz chimirib, uni boshdan-oyoq kuzatdi. Undan qoʻrqish u yoqda tursin, bu vaziyat qizning ehtirosini uygʻotdi.

Jia - Janob Kim Namjoon, adashmasam? Maqtovlaringiz ham xuddi biznes strategiyangiz kabi hisoblangan va sovuq.

Piching qildi Jia, labida nimtabassum bilan.
​Namjoon qizning bu qatʼiyati va soʻzga chechanligidan hayratda qoldi. Odatda ayollar uning qarshisida tilini tishlab qolishardi, ammo Jia aslo chekinmadi.


Namjoon - Mening strategiyam har doim kutilgan natijani beradi, xonim. Va hozirgi natija meni juda qoniqtiryapti.

Namjoon unga yaqinroq kelib, qadahini Jianikiga urishtirdi. Chiringlagan ovoz ularning orasidagi xavfli oʻyinning boshlanishi edi.
​Zalning ikkinchi burchagida, yarim qorongʻi VIP zonada mutlaqo boshqacha muhit hukmron edi.

Kim Taehyung charm divanda oʻtirar, uning oʻtkir, jiddiy nigohlari qarshisida turgan qizga qaratilgandi. Taehyung shafqatsiz, ehtirosli va hamma narsani oʻz nazoratida ushlashni xush koʻradigan erkak.


​Uning roʻparasida Lee Haru turardi. U oq, sodda va nafis koʻylakda, yonoqlari uyatdan qizargan, barmoqlari bilan koʻylagining chetini asabiy oʻynardi. U poklik va sokinlik timsoli edi.
​

Tae - Senga bu yerga kelishni kim ruxsat berdi, Haru?

Taehyungning ovozi past, ammo buyruqomuz va qattiqqoʻl edi. Undagi yashirin ehtiros Haruning tanasini titratib yubordi.
​

Haru - M-men... shunchaki otamning qistovi bilan keldim, Taehyung!

Haru koʻzlarini yerga qaratdi, uning sokin tabiati Taehyungning qattiqqoʻlligi qarshisida ojiz qolgandi.
​Taehyung oʻrnidan turib, sekin Haruga yaqinlashdi. Uning issiq nafasi qizning qulogʻiga tegdi.

- Sening bu uyalchangliging meni aqldan ozdiradi. Lekin bilasan, men qoidani buzganlarni jazolashni yaxshi koʻraman.

Haru qoʻrquv va ayni paytda tushunarsiz bir xohish bilan yutindi.
​Tungi soat birdan oshganda, bazm zali sezilarli darajada boʻshab qoldi. Namjoon va Jia bar peshtaxtasida oʻtirgancha chuqur suhbatga shoʻngʻishgandi. Jia oʻz fikrlarida qatʼiy, har bir gapida oʻtkir mantiqni namoyish etar, Namjoon esa uni diqqat bilan tinglab, oʻzining ogʻir, vazmin mulohazalari bilan qizni rom etgandi.
​

- Sizni yengish qiyin, Namjoon.

Dedi Jia, unga tik qarab.

- Men bilan kurashish shart emas, Jia. Menga taslim boʻlish ham yomon hissiyot emas.

Namjoon qoʻlini uzatib, Jianing yuziga tushgan soch tolasini qulogʻining ortiga oʻtkazdi. Uning barmoqlari issiq va qatʼiy edi. Jia bu teginishdan ich-ichidan titrab ketdi, ammo buni sezdirmadi.
​

- Men hech qachon taslim boʻlmayman.

Pichirladi qiz, erkakning lablariga qarab.

- Koʻramiz!

Namjoon oʻrnidan turib, Jianing qoʻlidan tutdi. Uning harakatlari sokin, ammo rad etib boʻlmas darajada kuchli edi.


​Shu vaqtda Taehyung Haruning bilagidan mahkam tutib, uni zaldan olib chiqib ketayotgandi. Haru uning ortidan arang yetishar, ammo qarshilik koʻrsatmasdi. Taehyungning qattiqqoʻlligi uni har doim oʻziga tortgan.
​

- Taehyung, iltimos, sekinroq... hamma bizga qarayapti.

- Qarayverishsin. Sen faqat menga qarashing kerak.

Taehyung liftga kirishlari bilan qizni devorga qisdi. Uning koʻzlarida jiddiy, ammo yonayotgan hissiyot bor edi. U Haruning bosiq va ozoda dunyosini ostin-ustun qilishni istardi.
​.

.
​Namjoon Jiani oʻzining maxsus penthausiga boshlab keldi. Xona ichi qora va toʻq qizil chiroqlar bilan yoritilgan, derazadan poytaxtning tungi manzarasi kaftgandek koʻrinib turardi. Atmosfera xuddi portlash arafasidagi vulqondek ogʻir va issiq edi.
​Jia eshik yopilishi bilan Namjoonga oʻgirildi. U hamon oʻz magʻrurligini saqlashga urinardi.

- Xoʻsh, janob biznesmen, keyingi rejangiz nima?


​Namjoon sekin boʻyinbogʻini yechib, yerga tashladi. U Jianing qarshisiga kelib, uni belidan mahkam quchoqladi. Uning sokinligi oʻrnini otashin bir xohish egallagandi.

-Reja tugadi, Jia. Endi navbat instinktlarga.

Namjoon qizning lablariga tashlandi.
​Bu boʻsa shafqatsiz, ehtirosli edi. Jia uning boʻynidan mahkam quchoqlab, boʻsalariga xuddi oʻziday qatʼiyat bilan javob bera boshladi.

Namjoon uni koʻtarib, katta yotoq sari yetakladi. Ikkala kuchli xarakter bir-birining ichida erib, bir-birini zabt etishga urinardi. Namjoonning har bir harakati ogʻir, ammo shiddatli edi, u Jianing tanasidagi har bir nuqtani oʻziniki qilayotgandek harakat qilardi.

Ogʻir qadamlar bilan boshlangan aloqa shiddatga aulanib ketdi. Namjoon qarshisida togʻ kabi egilmas qizning poklik ramzi bokiraligini oʻziniki qilishni hohlardi. Ikki tana bir butundek bir birini egalladi.

Namjooning kengligi va Jianing torligi va extirosga monan ovozi, Namjoonni aqldan ozdirardi. Sezilarli koʻkraklariga teginilganda esa Jia bardoshsiz baqirardi. Bor kuchi bilan uning ostiga kirganda esa Jia oʻzida kuchli ogʻriq shu bilan birga boʻshashish hisini tuyar. Yanada Namjoonga erkinlik berardi.

.

.


​Qoʻshni xonada esa butunlay boshqa ehtiros alangalanardi. Taehyung Haruni yotoqqa tashladi-da, oʻzi uning ustiga egildi. Haru nafas olishga qoʻrqib, uning koʻzlariga boʻysunish bilan tikildi.

-Sen juda itoatkor qizsan, Haru.

Taehyung uning tugmalarini birma-bir yecha boshladi, barmoqlari qizning oppoq terisiga tegganda Haru ingrab yubordi.

- Taehyung... men...


- Shshsh... gapirma. Faqat his qil.

Taehyung uning lablaridan qattiq, jiddiy va talabchanlik bilan oʻpdi. Undagi hissiyot shunchalik kuchli ediki, Haru butunlay uning ixtiyoriga topshirildi.
​Taehyung qizning sokinligini portlatib yuboradigan darajada shafqatsiz va ehtirosli tarzda harakat qilar, Haru esa uning qattiq qoʻllari ostida oʻzining haqiqiy ehtirosini kashf etayotgandi. Uning sokin dunyosi Taehyungning alangali ehtirosida butunlay yonib kul boʻlayotgandi.

.

.

.
​Ertasi kuni tongda, quyosh nurlari xonaga tushganda, penthausda faqatgina ogʻir nafas olishlar eshitilardi.
​Namjoon Jiani ortidan quchoqlab yotar, qiz uning baquvvat qoʻllari orasida tinchlangan, ammo hamon oʻz magʻrurligini yoʻqotmagan qiyofada uxlab yotardi. Suv va gaz nihoyat mukammal birikmani topgandi.


​Yana bir xonada esa, Haru Taehyungning keng koʻksiga bosh qoʻygancha, uning yurak urishini tinglab yotardi. Taehyung uni mahkam qisib olgan, tungi jiddiylik va shafqatsizlik oʻrnini cheksiz bir egalik qilish hissi egallagandi. Bosiq qiz va ehtirosli erkak bir-birlarida butunlay yoʻqolishgandi.

Tungi ehtiros oʻrnini tonggi reallik egallagan boʻlsa-da, bu toʻrt qalb oʻrtasidagi aloqa shunchaki bir kechalik sarguzasht emasligi tezda oydinlashdi. Ayniqsa, taqdir ularni ancha avval bogʻlagani maʼlum boʻlganda.


Shinamgina qahvaxonaning burchagida Nam Jia va Lee Haru oʻtirishardi. Tashqaridan qaraganda bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi boʻlgan bu ikki qiz aslida universitet yillaridan buyon eng yaqin, bir-birining siridan ogoh doʻstlar edi. Jianing oʻtkir va shijoatli xarakteri Haruning haddan tashqari bosiqligini himoya qilsa, Haruning sokinligi Jianing alangasini pasaytirib turardi.


- Demak... oʻsha jiddiy, hamma narsani nazorat qiladigan Kim Taehyung sening sirli yigitingmidi?

Jia qahvasidan hoʻplab, qoshlarini chimirdi.

- U senga nisbatan juda qattiqqoʻl, Haru. Bunga qanday chidayapsan?

Haru uyalganidan yonoqlari qizarib, koʻzlarini pastga tushirdi.

- U shafqatsiz koʻrinishi mumkin, Jia... lekin uning ehtirosi ortida chuqur hissiyot bor. U meni butunlay oʻzgartirib yuborgandek. Xoʻsh, sening 'sokin ummoning' Kim Namjoon qanday?


Jia istehzo bilan kuldi, ammo koʻzlarida tungi ehtirosning uchqunlari porladi.

- U suvdek sokin, lekin oʻsha suvda meni choʻktirib yuborishiga bir bahya qoldi. Oʻz fikrida qatʼiy turadigan erkaklarni yoqtiraman, lekin u haddan tashqari aqlli va vazmin.


Ikki doʻst bir-birlarining munosabatlarini muhokama qilar ekan, bu munosabatlar poytaxtning eng quvvatli ikki erkagi bilan bogʻliqligini va bu uchrashuv ularning hayotidagi eng katta sinovlarning boshlanishi ekanini hali toʻliq anglab yetishmagandi.

.

.

.
Lee oilasining ulugʻvor hovlisida muhit muzdek sovuq edi. Haruning ota-onasi, anʼanalarga sodiq va yuqori tabaqali aristokratlar, qizlarining Kim Taehyung bilan munosabatini mutlaqo qabul qila olishmasdi.

- U senga munosib emas, Haru!

Otasining ovozi xonada aks-sado berdi.

- Taehyung oʻz hissiyotlarini jilovlay olmaydigan, shafqatsiz va xavfli erkak. Biznes dunyosida uning qanchalik qattiqqoʻl ekanini hamma biladi. Sen kabi sokin va oqkoʻngil qiz uning soyasida yoʻq boʻlib ketadi. Bu munosabatlar darhol tugashi shart!


Haru hayotida birinchi marta ota-onasining qarshisida tik turdi. Uning koʻzlarida yosh boʻlsa-da, ovozi bosiq va qatʼiy yangradi.

- Siz uni bilmaysiz... U mening hayotimga rang olib kirdi.

Biroq oilasining qatʼiy taqiqlari Haruning nozik qalbiga ogʻir toshdek botdi.

.

.

.
Ayni vaqtda, "Kim Korporatsiyasi"ning bosh qarorgohida boshqacha bir boʻron qopayotgandi. Namjoonning otasi keksa va nufuzli janob Kim, oʻgʻlining xonasiga bostirib kirdi. Uning qoʻlida Namjoon va Jianing bazmdan keyin birga ketishgani aks etgan yashirin suratlar bor edi.


- Bu nima, Namjoon?

Baqirdi otasi, suratlarni stolga tashlab.

- Sizlar kompaniyamizning kelajagisiz, har bir qadamingiz hisoblangan boʻlishi kerak. Bu qiz Nam Jia, oʻta mustaqil, soʻzga chechan va jilovlab boʻlmaydigan ayol. U sening rejalaringni, obroʻyingni barbod qiladi! Bizga itoatkor va senga mos keladigan kelin kerak, oʻz fikrini senga oʻtkazadigan gaz qiz emas!


Namjoon oʻrnidan turdi. Uning yuzi odatdagidek xotirjam va sovuq edi, ammo koʻzlarida gʻazab uchqunlari chaqnadi.

- Mening shaxsiy hayotim korporatsiya aksiyalariga daxldor emas, ota. Va men oʻz qarorlarimni oʻzim qabul qilaman.

- Sening bu xotirjamliging bir kun kelib senga qimmatga tushadi.

Otasi eshikni qattiq yopib chiqib ketdi.
Otasi bilan boʻlgan ogʻir suhbatdan soʻng, Namjoon stressni bosish uchun Jia bilan uchrashdi. Biroq, ichki taranglik ularning suhbatiga ham taʼsir qilmay qolmadi. Jia uning kayfiyati yomonligini sezib, odatdagidek oʻz fikrini oʻtkir tarzda bildira boshladi.


- Sening bu ogʻir vazminliging ortida nima yashiringan, Namjoon? Otang senga bosim oʻtkazyaptimi? Nega doim hamma narsani ichingga yutasan?

Dedi Jia, uning koʻzlariga tik qarab. Namjoon charchagan ohangda javob berdi.

- Jia, hamma narsani hozir va shu yerda hal qilish shart emas. Baʼzan shunchaki sukut saqlash kerak.

- Sukut saqlash? Men muammolardan qochadigan ayol emasman! Agar sen oilangning bosimidan qoʻrqayotgan boʻlsang, buni ochiq aytaver.

Jianing magʻrurligi va soʻzga chechanligi bu safar unga pand bera boshladi. U chekinishni istamasdi.

- Yetar, Jia!

Namjoonning ovozi odatdagidan balandroq chiqdi. Bu sokin ummonning ilk bor mavj urishi edi.

- Sening bu tinimsiz qatʼiyating va har bir narsada haq boʻlishga urinishing baʼzan charchatadi. Men muammolarni aqlli va bosqichma-bosqich hal qilaman, janjal bilan emas.


Jia qotib qoldi. Erkakning bu sovuq va qattiq gaplari uning gʻururiga tegdi. Lablarini tishlab, u koʻzlaridagi yoshni koʻrsatmaslikka urindi.

- Agar mening xarakterim senga ogʻirlik qilayotgan boʻlsa... unda bu munosabatlarni davom ettirishdan maʼno yoʻq.


Jia sumkasini oldi-da, ortiga qayrilmay xonani tark etdi. Namjoon esa stulga suyanib, koʻzlarini yumdi. U suv kabi sokin edi, ammo ich-ichidan kuchli boʻron uni parchalayotgandi.

Jia Namjoonning xonasidan chiqib ketganidan soʻng, poytaxt koʻchalarini qora bulutlar qopladi. U oʻz mashinasida tezlikni oshirib borar, koʻzlaridan oqqan achchiq yosh tomchilari yuzidagi toshdek qatʼiyat asoratini yuvib tushira olmasdi. U magʻrur edi, hech qachon yigʻlamasdi, ammo Namjoonning oʻsha sovuq, charchagan soʻzlari uning yuragini tilib yuborgandi.


U toʻgʻri Haruning uyiga yoʻl oldi. Hozir unga faqatgina uning begubor, sokin dunyosi va sirdosh doʻstining tasallisi kerak edi.
Haru oʻz xonasida, deraza yonida maʼyus oʻtirgancha tashqaridagi yomgʻirni kuzatardi. Ota-onasining Taehyung haqidagi qatʼiy taqiqlari, uni boshqa bir badavlat oila farzandiga uzatish rejalari qizning nozik qalbiga ogʻirlik qilayotgandi.

Aynan shu mahalda eshik taqillab, xonaga koʻzlari yoshli, ammo nigohlarida hamon oʻsha isyonkor olov yonib turgan Jia kirib keldi.
Ikki doʻst soʻzsiz bir-birlarini quchoqlashdi. Sukunat xonani qopladi, ammo bu safar bu sukunat ayriliq va gʻam sukunati edi.


- U meni oʻzgartirmoqchi, Haru!

Jia, yerga qarab pichirladi.

- Mening gapirishim, qatʼiyatim unga ogʻirlik qilyapti. Men oʻzligimdan kecha olmayman. Namjoon oʻzining oʻsha rejalari va biznesi ichida muzlab qolibdi!

Haru doʻstining qoʻllarini mahkam qisdi.

- Jia... Namjoon senga yomonlikni ravo koʻrmaydi. U shunchaki muammolarni ichiga yutishga oʻrgangan. Xuddi... Taehyung kabi. Lekin Taehyung muammolarni kuch bilan hal qilsa, Namjoon aql bilan ish tutadi. Sen taslim boʻlma.


- Sening oʻzing-chi? Oilang seni oʻsha Taehyungdan uzoqlashtirmoqchi-ku, qanday chidab oʻtiribsan?

Jia koʻz yoshlarini artib, doʻstiga xavotir bilan qaradi.

- Mening qoʻlimdan faqat kutish keladi.

Dedi Haru mayus ohangda. Ammo u adashayotgan edi. Chunki Kim Taehyung hech qachon kutishni yoqtirmaydigan erkaklar toifasidan edi.
.

.

.
Lee oilasining kompaniyasi "Lee Industries" aksiyalari bir necha soat ichida keskin tushib keta boshladi. Hamkorlar birin-ketin shartnomalarni bekor qilar, banklar esa berilgan kreditlarni zudlik bilan qaytarishni talab qilayotgandi. Bu tasodif emas, balki aniq yoʻnaltirilgan iqtisodiy zarba edi.


Haruning otasi oʻz kabinetida asabiy holda telefon qoʻngʻiroqlariga javob berayotganida, kotiba qoʻrqibgina eshikni ochdi.

- Janob Li... Sizni koʻrgani 'Kim Holding' ijrochi direktori keldilar.


Eshikdan Kim Taehyung kirib keldi. Uning egnida toʻq qora palto, yuzida esa zarracha rahm-shafqat sezilmaydigan jiddiy va sovuq ifoda bor edi. U hech qanday ruxsatsiz kelib, otasining roʻparasidagi stulga oʻtirdi va stol ustiga bir dasta hujjatlarni tashladi.

- Bu nima degani, janob Kim?

Baqirdi Haruning otasi gʻazabdan titrab.

- Kompaniyamizni xonavayron qilayotgan siz ekansiz-da?


Taehyung joyidan sekin turib, stolga egildi. Uning oʻtkir, yirtqich nigohlari qariyaning koʻzlariga qadaldi.

- Bu shunchaki kichik bir ogohlantirish, janob Li. Siz mening mulkimga, mening boʻlajak ayolimga qoʻl choʻzmoqchi boʻldingiz. Haruning hayotini boshqalar bilan bogʻlash haqidagi xomxayollaringizni unuting. Agar yana bir marta unga qarshi chiqsangiz yoki uni mendan uzoqlashtirishga urinsangiz, ertaga ertalab 'Lee Industries' degan nom tarix sahifalaridan oʻchib ketadi.


- Sen... sen shafqatsizsan! Qizim senga hech qachon baxt keltirmaydi!


- Menga baxt kerak emas, janob Li. Menga Haru kerak.

Taehyung sovuq tabassum qildi-da, xonadan chiqib ketdi. U oʻz maqsadiga erishish uchun butun dunyoni yoqib yuborishga ham tayyor edi.
.

.

.
Namjoon esa otasining tanqidlaridan va Jia bilan boʻlgan janjaldan soʻng oʻz kabinetida yolgʻiz qolgandi. U xonadagi chiroqlarni oʻchirib, derazadan tungi shaharga tikildi. Uning fikri garchi yuzida aks etmasa-da, ichki dunyosida faqat bitta ism aks-sado berardi: Nam Jia.
U tushundi. Jianing oʻsha oʻtkirligi va soʻzga chechanligi aslida uning eng goʻzal xislati edi. Suv kabi sokin boʻlgan Namjoonga aynan mana shunday alangali, oʻz soʻzida turadigan ayol yetishmayotgandi.

Otasining korporativ qoidalari va jamiyat fikri uning uchun Jia bilan oʻtkazgan oʻsha issiq, ehtirosli tundan keyin hech qanday qiymatga ega boʻlmay qolgandi.
Namjoon telefonini oldi va otasiga qisqa xabar yubordi.

- Ertaga ertalab matbuot anjumani tashkil etilsin. Men shaxsiy hayotim va kompaniyaning yangi hamkori haqida rasmiy bayonot beraman.

U otasining taqiqlarini chetlab oʻtib, oʻz oʻyinini boshlagandi.
Yomgʻir tinib, yarim tun boʻlganda, Jianing telefoni jiringladi. Bu Namjoon edi. Jia dastlab javob bermoqchi emasdi, ammo uning qatʼiyati ortida erkakka boʻlgan kuchli ehtiros va sogʻinch ham bor edi.


- Eshitaman!

Dedi Jia ovozini iloji boricha sovuq chiqarishga urinib.

- Pastga tush, Jia. Men sening uying oldidaman.

Namjoonning ovozi odatdagidek sokin, ammo rad etib boʻlmaydigan darajada jozibali va qatʼiy edi.
Jia shoshilib derazadan qaradi. Yomgʻir ostida, qora mashina yonida Namjoon soyabonsiz, nam boʻlgan smokingda turardi. Qiz oʻz gʻururini chetga surib, pastga yugurib tushdi.


Eshikdan chiqishi bilan Namjoon unga yaqinlashdi va gapirishiga qoʻymay, uni bagʻriga bosdi. Uning issiq lablari Jianing sovuq lablariga bosildi. Bu boʻsa avvalgilaridan ham ehtirosliroq va ayni paytda tavbalarga toʻla edi.


- Meni kechir Malikam.

Pichirladi Namjoon boʻsalar orasida, uning belidan mahkam tutib.

- Sening alanganing soʻnishiga hech qachon yoʻl qoʻymayman. Otam ham, bu dunyo ham bizni ajrata olmaydi. Men hamma narsani hal qildim.


Jia uning boʻyniga qoʻllarini eshdi, koʻzlarida gʻolibona nimtabassum paydo boʻldi.

- Men senga osonlikcha taslim boʻlmasligimni aytgandim, Kim Namjoon.

.

.

.
Shu vaqtda, Haruning xonasi oynasi sekin ochildi. Xonaga qora kiyimdagi Taehyung kirib keldi. Haru qoʻrqib ketganidan qichqirib yuborishiga bir bahya qoldi, ammo Taehyung uning lablarini oʻz kafti bilan yopdi.


- Senga meni boʻrondan qoʻrqmaslikni aytgandim, oppogʻim.

Taehyung uni oʻziga tortib, quchdi. Uning koʻzlarida hamon oʻsha jiddiylik va cheksiz ehtiros bor edi.

- Ota-onang endi bizga qarshi chiqa olmaydi. Sen butunlay menikisan.


Haru uning koʻkragiga bosh qoʻydi. Uning qattiqqoʻl, ammo uni dunyodagi hamma narsadan himoya qila oladigan bu erkakka boʻlgan sevgisi barcha qoʻrquvlaridan ustun kelgandi.

.

.

Ertasi kuni ertalab "Kim Korporatsiyasi"ning bosh qarorgohi yuzlab jurnalistlar, miltillayotgan kameralar va shovqin-suron bilan toʻlgandi. Namjoonning otasi janob Kim vijdonsiz oʻgʻlining bu oʻzboshimchaligidan gʻazabda boʻlsa-da, jonli efir oldida oʻzini vazmin tutishga majbur edi. U Namjoonni omma oldida oilaviy qadriyatlarga boʻysundirishni rejalashtirgan edi.


Namjoon minbarga yaqinlashdi. Uning egnida mukammal tikilgan toʻq koʻk smoking, yuzida esa zarracha asabiylik belgisi yoʻq edi. U mikrofonni toʻgʻrilab, zaldagi shovqinni birgina nigohi bilan dars ketkazdi.


- Bugungi matbuot anjumanidan maqsad kompaniyamizning yangi strategik yoʻnalishini eʼlon qilish.

Uning ovozi zalda suvdek sokin, ammo zilziladek quvvatli yangradi.

- Biz xalqaro bozorga chiqishni rejalashtiryapmiz va bu yoʻlda eng katta ulushga ega boʻlgan mustaqil tahlilchi va huquqshunos xonim Nam Jia bilan rasmiy hamkorlik shartnomasini imzoladik.


Kamera chiroqlari zaldagi oʻrindiqlarning birida magʻrur oʻtirgan Jianing yuziga qaratildi. Jia qora, oʻta nafis klassik kostyumda, lablarida oʻsha oʻziga ishongan olovli tabassum bilan oʻtirardi. Namjoon otasining rejasini shunchaki buzibgina qolmay, Jianing mustaqilligi va aqlli xarakterini kompaniyaning eng kuchli quroliga aylantirgan edi.


- Va shuni qoʻshimcha qilmoqchimanki!

Namjoon toʻgʻri Jianing koʻzlariga qaradi.

- Nam xonim nafaqat kompaniyamizning, balki mening shaxsiy hayotimning ham yagona muhim insonidir. Bu borada hech qanday boshqa muhokamalarga oʻrin yoʻq.


Zal shovqin ichida qoldi. Janob Kim oʻgʻlining bu aql bilan oʻynalgan shaxmat yurishi qarshisida ojiz qolganini tushunib, indamay zaldan chiqib ketdi. Suv baribir oʻz oʻzanini topgan va alangani oʻchirish oʻrniga, uni oʻz ichiga yashirgan edi.
.

.

.
Ayni oʻsha soatlarda Lee oilasining hashamatli qarorgohida mutlaqo boshqa manzara bor edi. Haruning otasi bir kechada qariyb oʻn yilga qarigandek koʻrinar, uning qarshisida esa Taehyung qoʻllarini shimining choʻntagiga solgancha jiddiy tikilib turardi.


- Hujjatlar tayyor, janob Li!

Dedi Taehyung sovuq ohangda.

- Kompaniyangiz aksiyalarining 51 foizi hozir mening nomimda. Bu degani, 'Lee Industries' endi mening nazoratim ostida. Ammo men sizni koʻchaga haydamoqchi emasman Qaynotajon.


Haruning otasi boshini koʻtardi, koʻzlarida chorasizlik bor edi.

- Mendan nima istaysan, Taehyung?


- Men Haruning erkinligini istayman. Uni hech qachon oʻzingiz istagan badavlat yigitchalarga majburlab uzatmasligingiz haqida shartnoma imzolaysiz. U endi faqat menga tegishli va uni mendan hech kim tortib ololmaydi.

Taehyungning ovozidagi qattiqqoʻllik ortida Haruga boʻlgan cheksiz, aqldan ozdiruvchi ehtiros yashiringan edi.
Shu payt eshik ochilib, xonaga Haru kirdi. U oʻzining odatiy bosiqligi bilan Taehyungning yoniga keldi va uning baquvvat, sovuq qoʻlidan mahkam tutdi.

U endi oʻsha qoʻrqoq, uyalchang qiz emas edi, Taehyungning yonida u oʻzining zaifligini eng katta kuchga aylantira olgandi.

- Ota!

Haru sokin, ammo adashmaydigan ovozda.

- Men Taehyung bilan ketyapman. Uni hurmat qiling deb majburlamayman, lekin bizning hayotimizga aralashishingizga yoʻl qoʻymayman.


Taehyung qizning bu qatʼiyatidan mamnun boʻlib, uni oʻziga tortdi va otasining koʻz oʻngida uning peshonasidan muloyimlik bilan oʻpdi. Shafqatsiz boʻri oʻzining yagona va begubor gulasini topgandi.

.

.


Epilog:..

Toʻrt Qalbning Tungi Gʻalabasi
Yana oʻsha qora va toʻq qizil tusli, dabdabali shahar manzarasi koʻrinib turadigan penthaus. Bu safar u yerda faqat toʻrt kishi bor edi.
Katta yozgi terrassada Namjoon va Taehyung qoʻllarida konyak qadahlari bilan tungi shaharga qarab turishardi. Ikki quvvatli erkak, ikki xil xarakter, ammo bitta maqsaddagi insonlar.


- Otang buni osonlikcha hazm qila olmaydi, Namjoon.

Taehyung jiddiy ohangda qadahini hoʻplab gapirdi.

- U hazm qilishga majbur. Chunki bu oʻyinda qoidani men belgiladim.

Namjoon sokin tabassum qildi.
Ichkarida esa Jia va Haru divanda oʻtirgancha shirin suhbat qurishardi. Jia hamon oʻsha gapga chechan va quvnoq xarakterida Namjoonni qanday boshqarish sirlarini aytib berar, Haru esa uning gaplaridan uyalib, muloyimlik bilan kulardi.
Namjoon va Taehyung ichkariga kirishdi. Erkaklarning nigohlari oʻz ayollariga qadalishi bilan xonadagi muhit yana oʻsha tanish, ogʻir va ehtiros bilan toʻla boshladi.
Namjoon Jianing yoniga kelib, uni belidan quchdi va qulogʻiga pichirladi.

- Matbuot anjumanidagi gaplaring uchun hali xonada javob berishingga toʻgʻri keladi, Malikam.

Jia uning boʻyniga qoʻllarini tashlab, chaqnab turgan koʻzlari bilan qaradi.

- Men har qanday jangga tayyorman, janob Kim.


Taehyung esa Haruning nozik bilagidan tutib, uni oʻziga tortdi va lablaridan qattiq, talabchanlik bilan oʻpdi. Haru uning koʻkragiga suyanib, butunlay uning ixtiyoriga taslim boʻldi.
Bu shunchaki muhabbat emas, balki ikki butunlay qarama-qarshi dunyoning gʻalabasi edi.

.

.

.

FANFIC TUGADI....