January 1

" 𝑫𝒂𝒓𝒌 𝑫𝒆𝒔𝒊𝒓𝒆 "

𝑬𝒑𝒊𝒔𝒐𝒅𝒆: 8

.

.

.
Ariel bosh irg‘adi. Minnatdorchilik bilan. Xayrlashuv bilan. Jimin esa ichidan shunday dedi:

- Endi sen og‘rinmaysan. Va shu mening eng katta yutug‘im. Sen baxtlisan, hatto mensiz ham.

To‘y davom etdi. Kulgi, musiqa, baxt…

Va kimdir uchun bu yakun edi, kimdir uchun esa sevib, chekinishning eng toza shakli.
.
.
.

Author Pov:..

Oradan yetti oy o‘tdi.

     London shu kunlarda noyabr oyi boʻlishiga qaramasdan anchagina sovuq edi. Yomg‘ir tinmay yog‘ar, shahar chiroqlari, asfaltlariga yomgʻir sinib tushardi. Jimin uchun esa tunlarning ham, kunlarning ham bari bir xil, jim, uzoq va bo‘shliqdan iborat boʻlib qolgandi.

U Londondagi uyida yolg‘iz. Stol ustida ochilmagan hujjatlar, yarim sovigan qahva va deraza ortida tinmay urilayotgan yomg‘ir tomchilari ovozi. Jimin kresloga suyanib, ko‘zlarini yumdi. Oxirgi paytlarda uyqu ham, xotirjamlik ham unga begona bo‘lib qolgandi.

Shu payt…
Eshik taqqiladi!
Avvaliga u shunday tuyulyapti deb o‘yladi. Ammo yana.
Eshikdan ovoz kelganidan soʻng u oʻrnidan turdi.
Eshik xar safar kuchsiz, go‘yo oxirgi umid bilan urilayotgandek boʻlardi.

Jimin sekin o‘rnidan turdi. Yuragi nimagadir tez-tez ura boshladi. Qadam tashlar ekan, ichida noma’lum bir bezovtalik ko‘tarildi. Go‘yo eshik ortida oddiy mehmon kelgan emasdi.

U tutqichni ushladi.
Eshik ochildi.
Va shu lahzada Jiminning qo‘l-oyog‘i qotib qoldi.
Eshik ortida Ariel turardi.
Yoki… zo‘rg‘a turibdi desak to‘g‘riroq bo‘lardi.

Sochlari yomg‘irdan ho‘l, yuzlari oqarib ketgan, lablari titrardi. Ustidagi palto shalabbo, tanasi sovuqdan emas holdan toyganidan qaltirardi. Eng dahshatlisi esa… qo‘llari bilinar-bilinmas qornini quchib olgan edi.
Ko‘zlari Jiminga qadalgan.
Unda qo‘rquv, alam va so‘nggi umid bor edi.

Ariel -Ji…

Arielning ovozi chiqmay qoldi. Aynan shu onda, u Jiminga qarab turgancha, tanasi bo‘shashdi. Ko‘zlari yumildi.

Jimin - Ariel! Senga nima boʻldi! Ariel koʻzingni och...

Jimin oldinga otilib, uni quchog‘iga oldi. Agar bir soniya kechiksa Ariel polga yiqilardi. Jimin uni mahkam tutib qoldi. Uning tanasi muzdek edi. Yuragi esa haddan ziyod tez urardi.

Jimin - Yo‘q… yo‘q… iltimos…

Ichida oʻziga pichirlagancha eshikni oyog‘i bilan yopib, Arielni ko‘tarib ichkariga olib kirdi. Uning boshi Jiminning ko‘ksiga suyangan, lablari oqarib ketgan edi.

Jimin - Nega kelding… nega…

Ammo savollarga javob yoʻq edi. U Arielni divanga ehtiyotkorlik bilan yotqizdi. Qo‘llari titrar, ammo harakatlari aniqlik bilan bajarilardi. Uning qo‘lini ushladi sovuq. Nigohi beixtiyor Arielning qorniga tushdi.
U yutindi.
Bu savol tiliga kelmasdi, ammo yuragida allaqachon urar edi.

- Bu… mumkinmi? Eun Woo qayerda...

Yomg‘ir tashqarida tinmay yog‘ar, xuddi yetti oy ichida aytilmagan hamma so‘zlar, qilinmagan tanlovlar va kechikkan hislar shu tun bilan birga qaytib kelgandek edi.
Jimin Arielning yuziga tikilib qoldi.
Yana o‘sha qiz... yana oʻsha his... yana oʻsha ichki oʻgʻriqlar...

Va endi… hammasi yana o‘zgarayotgandek edi.
.
.
Korea, Seul...
Jk - Sen uchun afsusdaman. Senga oʻz vaqtida yordam bera olmadim. Seni yoningda boʻla olmadim...

- Ketishim kerak

Jk - Yaxshi! Ketamiz.

Jungkook Pov:...
Aslida juda achinarli yakun boʻldi sen uchun. Men hatto hech narsa qila olmadim. Bu uchun afsusdaman.
Qalbim titrab ketyapti, yillar davomida yonimda boʻlgan doʻstimdan bir kechada ayrilish qaysidir maʼnoda juda ayanchli ekan.
Hech narsa taskin bera olmaydigandek, hozir menga nimalardir bogʻlangan goʻyo....
Va oʻsha narsalar meni boʻgʻa boshlayotgandek.
.
.
.
Author Pov:...
Toʻrt kun avval boʻlgan voqea juda ayanchli.
Eun Woo Jungkook bilan birgalikda Mexmonxona ochish maqsadida Tendirda qatnashib yer sotib olishdi. Afsuski u yerga yana bir haridor bor edi. Ular Tendirda yutqazishganligi uchun alamidan Eun Woo yashaydigan uyga bostirib borishdi. Bir necha bor tihirlik qilib yerni qayta sotishni Eun Wooga aytishdi. Lekin Eun Woo buni hohlamadi, natijada ular yana kelib otishma uyishtirishdi. Buning oqibatida Eun Woo halok boʻldi. Oʻzi bilmagan holda qabul qilgan qarori oʻzini oʻlimi bilan yakunlandi. Arielni esa Londonga qochirishga ulgurgan edi.
.
.

Ariel ko‘zlarini ochganida birinchi bo‘lib tanasini kesib o‘tayotgandek bo‘lgan og‘riqni his qildi. Qorin pastidan tortib beligacha taralayotgan og‘riq nafasi ichiga urdi. U ingradi, qo‘llari bilan divan chetini mahkam ushladi.

Xona jim jit boʻlganligi uchun uning ovozi bemalol eshitilardi. Yorug‘lik pardalar orasidan xira tusha. Begona, sovuq boʻlmagan… lekin bo‘shliq sezilardi.

Ariel - Jimin…?

Ovozi zo‘rg‘a chiqdi. U sekin o‘rnidan turdi. Oyoqlari hali ham kuchsiz boʻlishiga qaramay. Xonadan chiqib, atrofga alangladi. Oshxona bo‘sh. Yo‘lak bo‘sh. Eshik oldida ham hech kim yo‘q. Jimin uyida yo‘q ekanligini sezdi.

Arielning yuragi siqilib ketdi. Ichida allaqachon to‘plangan qo‘rquv yana bosh ko‘tardi. U deraza yoniga bordi. Tashqarida yomg‘ir endi sekinlashgan, ammo shahar hali ham nam va sovuq sezilarli edi.
U o‘tirib qoldi. Oradan faqat vaqt o‘tardi.
Bir soat… ikki soat…

Ariel har bir daqiqani og‘irlik bilan sanardi. Qorni yana zirqiradi. U yig‘lamaslikka harakat qildi, ammo ko‘zlaridan yoshlar jimjimador tushardi. Ichida bitta savol tinmay aylanardi.

- Nahotki Eun Woo meni yolg‘iz tashlab ketdimi?..

To‘rt soatdan so‘ng, nihoyat eshik ochildi. Ariel seskanib boshini ko‘tardi. Jimin kirib keldi.
U tashqarida bo‘lgani aniq, sochlari biroz ho‘l, ko‘zlari esa charchoq va ichki og‘irlik bilan to‘la. Ammo Arielni ko‘rgan zahoti u to‘xtab qoldi.

Divanda bukilib o‘tirgan qiz… rangsiz yuz… titrayotgan qo‘llar… ko‘zlaridagi yosh.
Jiminning ichida nimadir og‘ir zarb bilan urildi.

Jimin - Uygʻonganmoding?

U ovozini past tutdi. Go‘yo balandroq gapirsa, Ariel yana parcha-parcha bo‘lib ketadigandek edi.
Ariel javob bermadi. Faqat lablarini qattiq tishlab oldi.

Jimin unga yaqinlashdi. Uning holatini ko‘rib, ich-ichidan achina boshladi. Bu achinish oddiy emasdi kechikkan, aybli, og‘riqli edi. Jimin barchasidan boʻlgan voqealardan behabar qolgandi.

Jimin - Nima bo‘ldi?  Nega bu ahvoldasan?  Nima sababdan… bu yerga kelding?
Ariel chuqur nafas oldi.
Ko‘z yoshlarini artmoqchi bo‘ldi, lekin uddalay olmadi. Yana oqib tushardi.

Ariel - Men… men boshqa joyga bora olmasdim…

U ovozi titrab so‘z boshladi.

- Eun Woo bilan bog‘lana olmadim… Telefonim ishlamadi… Odamlari bilan ham… hech kim bilan gaplasha olmadim…

U boshini egdi. Yelkalari silkinardi.

- Men qo‘rqdim, Jimin Juda qo‘rqdim…

Jimin sukut saqladi. U Arielning qarshisiga o‘tirib, sekin uning qo‘llariga qaradi. Qiz qo‘llarini qorniga bosib olgandi, go‘yo nimanidir himoya qilayotgandek.

Jimin - Nima bo‘ldi, menga barchasini bafurcha tushuntirib ber.

Bu savol og‘ir edi.
Ariel ko‘zlarini ko‘tardi. Uning nigohida endi faqat yig‘i emas, sinish, yolg‘izlik, umidsizlik bor edi.

Ariel - Men kuchli bo‘lishga harakat qildim…  Lekin bo‘la olmadim…

U yig‘lagancha so‘zlarini davom ettirdi.

- Hammasi bir soniya  ichimda boʻldi… Men ortoqcha gapira olmadim…

U chuqur nafas oldi, go‘yo aytmoqchi bo‘lgan gaplari tomog‘iga tiqilib qolgandi.
Jimin uni jim tinglardi. Har bir soʻzini tushunishga harakat qilardi.

Ariel - Eun Woo qandaydir Tendirda qatnashib yer sotib oldi. Biroq... biroq keyinchalik u yerni olish istagida boʻlgan boshqalar bilan muammolar paydo boʻlaverdi.

Jimin - Hozir... hozir Eun Woo qayerda. Yana nimalar qilib yuribdi.

Ariel allaqachon holdan toygancha, bazoʻr gapirardi. U yana kuch toʻplagancha soʻzini davom ettirdi.

Ariel - Eun Woo shoshgancha uyga keldi. Haydovchiga meni Aeroportga olib borishini aytdi va qoʻlimga pul bilan sizni manzilingizi berdi.

Jimin - Nimaga bu bola bunchalar oʻz voshimcha. Lanati! Jin ursin barchasini.
U bilan... u bilan keyin gaplashdingmi?

Ariel koʻzlari yoshga to'lgancha Jiminga qarab turarkan u bir so'z ham ayta olmadi. Jimin goʻyoki bo'lgan barcha voqeani uning ko'zlaridan o'qigandek, ichiga g'azab toʻlib, ust kiyimlarini olib uydan otilib chiqib ketdi.

Ariel qornini quchgancha, uning yuragi ostida yashayotgan farishtaga taskin bergandek boʻlib, unsiz, ovozsiz yigʻlab qoldi.
.
.
.
Jimin oʻz tanishlari va yordamchilarini ishga solib oʻsha kunning oʻzida Koreaga qaytdi. U qoʻl oyogʻi bogʻlangan insonga aylanib qolgandi.

Koreaga kelganidan, aeroportdan chiqishi bilan birinchi qilgan ishi Eun Wooning yashagan uyga borish bo'ldi. Hali uyga yetib kelmasadan turib ham uzoqdan allaqachon uyning harob boʻlgan holat ko'rinib turardi. Ichida ming hadik bilan mashina oynasidan qararkan, uyning bir tomoni buzilgan, bogʻ vayron qilingan, boshqa bir tomoni esa yondirilgan holat turardi.

Mashinadan tushishi bilan sekin asta uy tomon qadam bosarkan, boʻlgan ishlarda, oʻzi ham tushib qolgan bunday holatda oʻzini juda ham ayblardi.

- Ketmasligim kerak edi..! degan xayol unga tinchlik bermasdi. Buzilgan uyning malum joyiga yetib kelganda yerda suratlar yoyilib yo'tganini ko'rdi.
Ular orasida Eun Woo bu bilan tushgan suratni ko'rib uni qo'lga olgancha, oʻzini ushlab tura olmay baqira yigʻlay boshladi.

Kino pilyonka singari hayoti koʻz oʻngidan o'tarkan, Eun Woo bilan bog'langan eng baxtli, eng samimiy daqiqalarni eslagancha ayanchli yig'lardi.
Oradan ma'lum vaqt o'tganidan so'ng uning yoniga Jungkook ham keldi.
Jungkook Jiminga tasalli bergandek uning yelkasini qoqdi. Iliq va yengil teginishni sezgan Jimin Jungkookni Eun Woo deya his qilib o'rnidan turdi. Va koʼzlarini qattiq yumib ochganida  Eun Woo emas Jungkook turganini ko'rib behosdan uni bagʻriga bosib yanada qattiqroq baqirgancha yig'lashda davom etdi...
.
.
Jk - Sizning yoningizda aybdorman, aslida.

Jm - Ular kim edi. Nima sababdan shu darajaga kelguncha hal qilmadingiz.

Jk - Barchasi juda tez va kutilmaganda bo'lganligi uchun bizning qoʻlimizdan hech narsa kelmadi.

Jungkook ich-ichidan juda ham afsusda edi. U ham eng yaqin doʻstining vafotidan hali hamon oʻziga kelmagandi.
Jimin ham uni hozirgi vaziyatini ko'rib unga ortiqcha bosim o'tkazishni xohlamadi.

Jm - Sen endi kuyinma! Men oʻzim...oʻzim qolgan barcha ishlarni hal qilaman.

Jk - Ariel! Uning ahvoli yaxshimi u sizni oldingizga borish kerak edi.

Jm - Ha! Ha, u yaxshi.

Jimin shunday dedi-yu. Ammo aslida Arielning qay ahvolda ekanligidan o'zi hambiy xabar edi. Uni ogohlantirmasdan ham Koreaga kelgani yodida ham yoʻq edi.
Jimin telefonini olib uy xizmatchisiga xabar yubordi.

" Uyida mehmon borligini va unga Jimin qaytguniga qadar mehribonlik qilib qarab turishini takidladi".

Borada bir necha kun ham o'tib ketdi. Jimin o'zi xohlagan insonlarni qidirdi. Ammo ularni topish biroz qiyin bo'ldi.
Jungkook ham Jiminga qoʻlidan kelgancha yordam berdi.
Biroq bu ishni qilgan Ifloslar go'yoki yer yorilgan-u yer tagiga kirib ketgandek gumnon bo'lishgan edi.

Jimin hafsalasi pir bo'ldi.
Bu vaqtga kelib Jiminning uy xizmatchisi unga qo'ng'iroq qildi. Arielning ahvoli biroz og'irlashganini,  Zudlik bilan jarrohlik Operatsiyasi oʻtkazish kerak ekanligini aytdi. Shundan soʻng Jimin Londonga qaytishga toʻgʻri keldi.
.
.
Londonga qaytganida Ariel allaqachon operatsiya yo'li bilan farzandini dunyoga keltirgan edi.
Unda kuchli ogʻriq va qon ketishi boʻlganligi uchun u operasi orqali tugʻruqni boshidan oʻtkazdi.
Depressiyavi va stres bo'lganligi sabab u farzandini dunyoga keltirganini ham tushunmay qolgandi.

Bolakay 7 oylik dunyoga kelganligi uchun uni  kislorodli vakumga olishdi. 2 oydan so'ng hammasi oʼz orniga tushdi.
Biroq Ariel bilan bunday bo'lmagandi. U hamon koʻrganlarini tushunmas, eshitganlarini anglamas holatda edi.

Ilk bor chaqaloqni Jimin qo'llariga ko'tardi. Eun Woodan qolgan yagona yodgorlik, uning oʻgʻli deya unga
Eun Ho deya ism qoʻydi.
Ariel ruhsiz insoznga aylanib qolgandi. Bu holat unga juda kuchli taʼsir koʻrsatganligi uchun u oʻziga kela olmadi.

Davolash va Eun Honi shifoxonadan olib chiqqanidan soʻng Jimin qolgan ishini yakunlash maqsadida Koreaga qaytib keldi.
Oʻzini bilan birga Arielni ham, Eun Honi ham olib keldi.

Eun Ho tugʻilganiga endigina 3 oy bo'lishiga qaramasdan Jimin unga o'z farzandi kabi mehr va e'tibor bilan qarar, parvarishlarddi.
Bu orada Ariel ham sekin astalik bilan tuzala boshlagandi. Biroq hotirasi bilan bogʻliq kuchli uzulishlar sodir boʻlardi. U ba'zida olgan buyumlarini tez esidan chiqarar, nima qilayotganini ham xatto o'zi bilmasdan harakat qilardi.

.

.

.

Episode: 8 Tugadi....