" 𝑹𝓮𝓭 𝑨𝓵𝓹𝓱𝓪 "
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Bu Dunyo Lanatlangan...
U bizning koʻz yoshlarimizga qarab oʻtirmaydi.!
U bizning xalokatimizni kutib oʻtirmaydi.!
U bizning sinishimizga qosh qoqmaydi.!
U bizning barchalanishimizga izoh bermaydi.!
Bizgacha ham shunday boʻlgan...
Bizdan keyin ham shundayligicha qoladi...
Goʻyo Dunyo Aqldan ozayotgandek...
Insolar esa unda masqaraboz...
.
.
.
1950- Yildan soʻng dunyo 5 tabaqaga boʻlindi:..
Shimoliy Amerika (U.S.A) - Pidofillar...
Janubiy Amerika - Mexika - Giyohvand moddalar savdosi...
Avstraliya - Haqiqiy Jahannam...
Afrika - Sharqiy Yevropa - Oʻz joniga qasd qilish va Genotsid...
XXl asr boshida esa bu halokatli vaziyat tubdan oʻzgardi. 2003 yilda El Mencho Mexikada oʻz Karteli faoliyaniti yoʻlga qoʻyadi.
( Jalisco new Generation Cartel. Mexico 2003-y )
Cartel nomi- CJNG boʻlib u sekin astalik bilan butun dunyoga giyohvand moddalar, qurol-yarogʻlar va sunʼiy tarkibdagi dorilar savdosini boshladi.
Butun dunyoda bu savdoga qiziqish ortganligi sababli Qora bozorning 5 zodagonlari bunga qiziqish bildirdi ular:
Gʻarbiy Osiyodan - Kim Yohan
Oʻrta Osiyodan - Lian Mixail
Yevropadan - Rafael Castelioni
Amerikadan - Jey Max
Ularning beshinchilari nomaʼlum tomondan katta miqdorda pul kiritgan - Arlelie So edi.
Ular El Menchoning doimiy mizorlari edilar. Shu tartibda butun dunyoda giyohvandlik va qurolbozlik asri boshlangan edi.
.
.
.
Hozirgi Davr....
- Hayrli kun! Miss Yang. Men Kamisar Kim Taehyung, Ogʻir jinoyatlar va Criminalistika boʻlimidan boʻlaman!
Hosh siz hozir aytishingiz mumkin boʻlgan har bir soʻz, rost yoki yolg'on bo'lishidan qat'iy nazar suda o'zingizga qarshi ishlashi mumkin. Shaxsiy advakat yordamidan foydalanishingiz mumkin. Agarda advakatingiz boʻlmasa davlat tomonidan sizga beriladi. Shunday ekan politsiya bilan birgalikda hamkorlik qiling, o'zingizni ahvolingizni yanada ogʻirlashtirmang!
Yang Lina - Menga qiziq... aynan qanday jinoiy ayblov qoʻyib bu yergacha olib keldingiz?
Tae - Kutganimdek... siz buni hazil deb oʻylayapsiz chogʻi.
Siz jinoiy toda hisoblangan "Arlian Imperiasi" , undan tashqari CJNG jinoiy guruhlar birlashmasi va Kanistantinopal bilan hamkorlik qilishda gumonlanasiz. Yana siz Arlelie qotil sifatida bu yerda turibsiz.
Lina - Kamisar siz adashyotgandirsiz? Men hech qanday jinoiy toʻda, guruh va Arlelieni tanimayman. Men deyarli kim va nima haqida gapirayotganingizni bilmayman! Siz aytayotgan nomlar esa men uchun umuman begona.
Tae - Imkor etishingizni men tahmin qilgan edim...
Aslida Yang Lina ismi bilan emas balki... Red Alpha deya chaqirsam siz uchun yanada qiziq bo'lar.
Yang Lina! Haqiqiy Ayyorlik va Nafislik malikasi. Hayoti qil ustida turishiga qaramasdan o'zini ustamona harakatlari bilan har qanday jarlikdan oʻzini olib chiqa oladigan qiz.
Oʻtmishi juda koʻp chilik uchun mavhum. Qora bozorda uni Red Alpha nomi bilan tanishadi.
.
.
Chan - Janob Min jinoyat sodir etgan joyda Miss Yangning barmoq izlari topilmadi, undan tashqari. Goʻzallik salon kamera yozuvlarni tekshirdik, chindan ham ular qotillik bo'lgan vaqtda goʻzallik salonida bo'lgan.
Tae - Nima? Yaxshilab tekshirdingizmi ishonchim komilmi?
- Ha Janob, Yang Linaning Alibisi bor.
Sunho - Tadd... Uzur soʻroq qilayotganingni bilmabman. Taehyung zudlik bilan bosh kamisarni yoniga borishing kerak.
Tae - Soʻroq vaqtidami? Yaxshi men hozir chiqaman.
Taehyung soʻroq xonasidan chiqib, bosh kamisarni oldiga yoʻldi. U bosh kamisardan nimani eshitishni taxmin qilardi.
.
Bosh kamisar - Taehyung sen hech qanday guvoh va dalillarsiz Yang Linani hibsda ushlab tura olmaysan. Deyarli 6 soatdan buyon u shu yerda, seni odamlaring esa hech qanday dalil topishi olmadi. Xatto uni Alibisi bor bo'lsada sen uni ushlab o'tiribsan.
Kamisar - Gap tamom! Senda hech qanday dalil yo'q ekan uni qo'yib yuborishing kerak. 48 soatdan ko'p vaqt uni bu yerda hech qanday dalil va guvohlarsiz ushlab tura olmaysan. Senda Oʻrder ham yoʻq. Keyin boʻlsa katta ehtimol bilan Jurnalistlar shovqin koʻtarishadi, senga Hayfsan berishimizga to'g'ri keladi.
Tae - Sizni tushindim Janob kamisar.
Taehyung Pov:...
Goʻyoki bu ish oldindan puxta tuzilgan rejaga o'xshaydi. Hamma yerda uni ismi ta'kidlangan, ammo kameralarning birortasida u tushib qolmagan , hodisa joyida uni borligini aytishdi, biroq uning Alibisi tozza. Arlian Imperiasi rahbari hisoblangan Arleliening qotilligida ishtirok etgan yagona shaxs u. Lekin hech qaysi biri hisobga to'g'ri kelmayapti.
Xuddiki bu jinoyat uzun arqonga o'xshaydi. Arqonning bogʻichlarini yetish uchun har bittasining javobi aniq. Lekin aynan nima orqali yechilishi noma'lum.
Men bu ish uchun umrimning 5 yilini tikkanman axir.
Jin ursin barini...
.
.
Author Pov:...
Taehyung oʻz izlanishlari va guvohnomalariga ishonardi. Biroq doomgidek Linani ortidan hamma ishlarni berkitadigan, hatto soyasini izi tushmagandek tozalaydigan yordamchilari bor edi.
Tae - Yaxshi, yigitlar soʻroq va kuzatuv honasidan chiqib keting. Men Gumonlanuvchi bilan yolgʻiz gaplashib bormoqchiman.
Ijtimoiy ierarxiya va Psixologiya tushunchaga koʻra yetakchilik turlarga boʻlinadi.
Alfa - Guruhning mutlaq yetakchisi, eng kuchli va qaror qabul qiluvchi shaxs. U dominantlikka intiladi va boshqalarni boshqaradi.
Beta - Alfaning eng yaqin yordamchisi. U yetakchiga sodiq, tartibni saqlashga yordam beradi, lekin odatda birinchi raqam bo‘lishga intilmaydi.
Omega - Ierarxiyaning eng pastki pog‘onasi. Ular ko‘pincha tinchliksevar yoki guruhdan biroz chetda yuradigan, raqobatga qiziqmaydigan shaxslar deb hisoblanadi.
Siz Betta bo'lsangiz, men Alphaman. Arlelie Omega hisoblanadi.
CJNG! esa asos, qolgan barchasi esa shunchaki soya...
Tae - Arlelie bilan yaqin boʻlgansizlar. U senga Oppakalipsiesni vaʼda qilganmi? Yoki Kastelioniyanimi? Yoki sen uchun qirolichalik tojini vaʼda qilganmidi?
Lina - Hoy chegarani buzma. Sen shunchaki omadsizsan! Huddi avval doʻstingni oʻlimiga jim qarab turgandek hozirgi ishlarga ham jim boqishdan boshqa chorasi yoʻq omadsiz!
Tae - Luis seni hozirgi holatingni ko'rganda xursand bo'lmagan bo'lardi shuni aniq bilaman.
Lina - Baribir senga yordam berishni xohlamayman.
Tae - Hoʻsh nima seni bu darajada koʻzlaringni koʻr qildi?
Lina - Men quruq va'dalarga uchmayman.
Tae - Yang Lina! Balki Alpha...
Luisni qotilini oʻldirib endi o'zingni shunday oqlamoqchimisan.
Lina - Arlelie aslida sen qidirayotgan inson emas, sen noto'g'ri vaqtda noto'g'ri insonni tanlading.
Tae - Yaxshi! Ketishingiz mumkin Miss Yang, yoki Alpha.
Lina - Men xato qilmaganimni yana bir karra isbolab berganin uchun raxmat.!
.
.
Lina Pov:..
Otash boʻlib yongan muhabbat bir sonniyada kulga aylanish mumkin ekanligini bilganimda. Men aynan xuddi shu holatni tasavvur qilgan edim. Avvali bir birini sevgan - begonalarni. Qanchalar axmoq boʻlganimni seni har koʻrganimda tushunaman.
.
.
.
Author Pov:...
Haddan tashqari noaniq vaziyat, iyerarxiya tioriyalariga tayanadigan bo'lsak Alpha bo'lgan joyda Betta! Betta bo'lgan joyda esa albatta Omega bo'ladi. Bizning qahramonlarimiz ham avvaliga bir joyda tilga olinishi lozim edi.
Sen qoʻlingga pichoq ushlasang, uni albatta jang davomida ishlatasan.
Agarda mohir pichoqboz boʻlsang insonning qaysi nuqtasiga urilganda bir zarb bilan yiqilishini bilasan...
Hayot insonlarni yetarlicha azoblaydi, yetarlicha oʻz oʻyiniga oʻynatadi. Shu sababli men insonlarni azoblanib oʻlishi tarofdori emasman. Bir zarb va u oʻlim bilan yuzlangani maqul...
.
.
Lina Pov:...
2010 - yil Noyabr oyi, Seul.
Oyim barda qoʻshiq aytib pul topar edi. Men esa endigina 8 yoshni qarshi olgan qizaloq edim. Shunday bo'lishiga qaramasdan oyim menga deyarli e'tibor bermasdilar. Doimiy mastlik, ishlaridan kech kelishi, kunlari boʻlsa faqat uyqu bilan o'tardi. Men oʻz holimcha irkit joʻja kabi katta boʻlayotgan edim.
Qoʻlimga eski xalta ushlagancha kunim koʻchama-ko`cha yurish bilan o'tardi. Bu yil kuzda kutilganidan ham koʻra koʻproq yomgʻir yogʻdi. O'sha kuni yomg'ir yog'gani uchun men uyga yo'lni topolmadim. Koʻcha boshiga yetganimda kimdir menga ergashib kelayotganini sezdim. Ortimga oʻgirilmasdan tez-tez yura boshladim.
Koʻp oʻtmay oʻsha soya menga gapira boshlagandi.
- Qizaloq toʻxta!
Shoshmasang-chi!
Men qoʻrqib ketganimdan yigʻlab yubordim. Va ortimga qaramasdan yurur boshladim.
Ortimdan u inson ergachgancha yugurib kelardi. Men qoʻrquvgan dod solib, bor kuchim bilan yugura boshladim.
Koʻcha boshiga yetay deganimda men oyoq kiyimim sirlanib ketganligi sababli yiqilib tushdim. Men oʻrnimdan turishga urinarkanmna boshqa bir inson meni koʻtarib ust-kiyimlarimni toʻgʻirladi.
Ortimdan ergashib kelayotgan oʻsha inson bizni koʻrib ortiga qaytib ketdi. Qarshimda turgan baland boʻyli, yoshi chamasi 40-45 atrofidagi erkak meni boʻyim barobar engashidi.
- Qizaloq ustvoshim ivib ketibdi. Uying qayerda olib borib qoʻyaman.
Lina - Me...n... men... Royal bari yaqinida yashayman.
U inson meni uyimgacha olib keldi va men ularni oyim bilan tanishtirdim. Oyim barda qoʻshiq aytganliklari uchun oʻzlariga qaragan goʻzal ayol edi. U janob ham oyimga mahliyo boʻlib qoldi.
Koʻp oʻtmay oʻsha janob Oyim bilan yaqindan tanishib tez-tez barga keladigan boʻldilar. Men ularni baʼzida barda uzoq suhbatlashib oʻtirganini koʻrardim.
Bu orada oyim va oʻsha janob turmush ham qurdilar, biz birga bir oila boʻlib yashash boshladik. Janobni Seul markazida uyi bor edi. Biz oʻsha yerga koʻpdik. Keyin chalik ularni Janob emas - Dada deb chaqira boshladim.
Dadamni Luis ismli oʻgʻli bor edi. Yoshi menikidan ancha katta yuqori sinf oʻquvchisi edi.
Dadam meni ham maktabga joylashtirdi. Yana bilmagan narsalarimni oʻrgatardilar. Doim mexribonim va shirin soʻzli bilan meni erkalatishlari quloqlarim ostidan ketmasdi.
Dadam oʻzlari uchun meni Lusi deya chaqirardi. Oʻlar hech qachon meni oʻgay qizi sifatida koʻrmagan edilar.
Akam boʻlsa... ular tortinchoq boʻlsalarda, meni shoʻxliklarimni koʻtaradigan, ular ham meni ajratmasdi. Oʻz singlisi dek koʻrardi, har qanday injiqliklarimga ijobiy javob qilardilar.
Darslarimga qarashib meni tez-tez doʻkonga olib borardi.
Dadam va oyim bu orada kichik oshxona ochishdi, ular birgalikga oshxonani yurgizishardi. Akam boʻlsa meni maktabdan olib ketardi va biz birga ota-onam ochgan oshxonaga borib ovqat yeb uyga qaytadik. Luis doim meni uyimiz yaqinidagi bolalar maydonchasida oʻynatgach keyin uyga kirardik
.
.
.
Oradan toʻrt yil ham koʻz ochib yumguncha oʻtib ketti. Dadam va oyim bir-birini yaxshi tushunib ketishdi. Akam Luis boʻlsa universitet va boshqarma oʻqishlari sababli uyda kam boʻlardi. Endi uni vaqti ham tigʻiz avvalgidek menga vaqt ajratmasdi.
Men uni tushunardim chunki u bir yildan soʻng davlat xizmatiga ishga kirishi kerak edi.
Baʼzida u uyga oʻzining yaqin doʻsti Taehyungni olib kelardi. Ular birgalikda imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishardi...
Va oʻsha doʻsti menga juda yoqardi....
Bir yil oʻtgach Akam va doʻsti Seul Markaziy Politsiya Boshqarmasiga ishga kirishdi.
Men esa endigina 14 yoshimni qarshilagan edim va hammasi shundan soʻng boshladi...
.
Maktab va qoʻshimcha darslarimdan soʻng uyga qaytarkanman bolalar maydonchasida oʻyga tolgan akamni koʻrdim!
- Luis! Hoy, u yerda nima qilyapsiz?
Men akamni yoniga bordim ular meni argʻimchoga oʻtirishimni ishora qildilar.
Tebranayotgan arg‘imchoqning zanjirlarini sekin siqib ushlab o‘tirardi. Temir sovuqligi sezilarli. Bahor bo‘lishiga qaramay, havoda g‘alati bosim bilinardi. Atrofda bolalar qichqirardi, kimdir kulardi, plastik to‘plar yerga urilib, g‘alati tovush chiqarardi.
Luis argʻimchoqni sekin ehtiyotkorlik bilan silkigancha soatini tekshirardi. U doim shunday qilardi, ish odati boʻlsa kerak. Men buni sezardim, lekin hech so‘ramasdim.
Birdan, arg‘imchoqni sekinlashtirib unda oyoqlarimni uchida tushgancha gap boshladim.
- Men ham katta bo‘lsam, sizga o‘xshab politsiyachi bo‘laman.
Luis kulimsiradi. Ammo bu oddiy kulgi emasdi. Charchoq aralash og‘ir kulgi edi.
Luis - Nega aynan politsiyachi?
- Chunki… Yomon odamlar qo‘rqsin deb, yana men sizni himoya qilaman.
Luis bir zum jim qoldi. Ko‘zlari uzoqqa qarab ketdi, men buni sezdim.
Luis - Ba’zan yomon odamlar qo‘rqmaydi, kichkintoy! Ba’zan ular… juda kuchli bo‘ladi.
- Siz ularda ham kuchlidiz, toʻgʻrimi aka!
Shu payt Luisning telefoni tebrandi.
Bir soniya. Faqat bir soniya.
Luis ekranga qaradi. Rangi o‘zgardi. U telefonni cho‘ntagiga soldi va o‘rnidan turdi.
Lusini hafsalasi pir bo‘lib yelkasini siqgancha qaradi.
Uning ovozida bahsga joy yo‘q edi.
Ular maydonchadan chiqishdi. Temir panjaradan o‘tishayotganda Lusi orqasidan qarab turgan uchta odamni sezdi. Qora kiyim. Biri sigaret chekardi. Ikkinchisining qo‘li cho‘ntagida edi.
Luis Lusi qo‘lini mahkam ushladi. Juda mahkam. Bu esa og‘riq berardi.
Luis - Menga qarama. Oldinga yur faqat tezroq.
Luis tishlarini qisib gapirdi. Shu payt hammasi juda tez sodir bo‘ldi.
Bu ismni aytgan ovoz sovuq. Rasmiy ham, qo‘pol ham emasdi hukm kabi.
Luis to‘xtadi.
Ular Lusi tomonga egilib, pichirladilar.
Birinchi o‘q ovozi havoni yordi.
Lusi qulog‘ida qattiq shang‘illashni his qildi. U qichqirdi, lekin u o‘z ovozini eshitmadi. Luis uni orqasiga itardi.
Ikkinchi o‘q otildi va Luis yiqildi. U yiqilganda yerga emas balki, Lusining butun bolaligiga quladi.
Lusi uning yoniga o‘tirib qoldi, qo‘llari qonga botdi. Qon issiq. Juda issiq edi.
Luis - Lusi… meni goʻzal singlim... meni kichkintoy qizim. Kechir...
Luisning lablari oqarib ketgan, nafasi uzilib borardi.
Luis - Eslab qol… ularning belgisi… ilon… uch halqa… ular... dan....
U gapini tugata olmadi.
Uchinchi o‘q atayin otildi. Toʻgʻro boshiga.
Lusi qotib qoldi. Qichqirmadi. Biroq tinimsiz yigʻlardi. Qulog‘ida esa faqat bitta jumla qayta-qayta aylanardi.
“Ilon. Uch halqa.”
Bosqinchilar ketishdi. Sekin. Shoshilmasdan. Go‘yo ishlarini to‘liq bajarganlaridek.
Yon atrofda boʻlsa kimdir qichqirdi. Kimdir tez yordam chaqirdi. Kimdir Lusi yelkasiga qo‘l qo‘ydi. U sezdi, lekin javob bermadi.
U faqat akasining ko‘zlariga qarab turardi. Ular ochiq. Lekin ichida hayot soʻnib boʻlgandi.
Koʻp oʻtmay politsiya yetib keldi. Ular kelishi bilan ishni atrofdagilar bilan muhokama qilishardi. Luisni tez yordamda olib ketishdi. Lusi hamon shok holatida bir nuqtaga qarab turardi. Shu daqiqada uning yoniga Taehyung keldi.
Tae - Lusi ahvoling yaxshimi? Sen... sen qoʻlingdan kelgancha bo'lib o'tgan barcha voqeani unutishing kerak.
Taehyung sekin kastyumini yechim Lusini oʻradi.
Uni qoʻlidan ushlab mashinasiga yetaklab olib bordi. Taehyung va Luis birgalikda politsiyada birga ishlashganligi sababli u Lusini yaxshi tanirdi. 14 yoshli qizaloq koʻz oʻngida akasini olimini ko'rdi.
Taehyung Lusini uyga olib kelganida uyida allaqachon motam boshlangan edi. Onasi Lusini uyga olib kirib ketidi. U allaqachon hech narsani va hech nimani eshitmasdi, his qilmasdi.
Boʼlib oʻtgan ishlardan soʻng koʻp vaqt oʻtmay dadasi va oyisi ajrashib ketishdi.
Lusi yana avvalgi Linaga hayotiga qaytgandi. Biroq dadi oʻz uyini ularga berib oʻzi bosqa davlatga ketgandi.
Lina har safar maydonchadan oʻtganida hotiralar unga tinchlik bermasdi, Luis bilan aynan shu bolalar maydonchasida ko'risardi. Endi bo'lsa eng yaxshi xotiralar oʻrnini, eng alamli xotira egalladi.
.
.
Lina boʻlgan voqealdan soʻng baʼzoʻr maktabni tugatib oldi. Endi u uchun haqiqiy katta hayot boshlangandi. Tushlar - qonli. Hayoti avvalgidek yolgʻizlikdan iborat edi. 19 yoshda boʻlishiga qaramasdan, Ko‘zlarida bolalik yo‘q. Faqat oʻtmishning oʻgʻriqli manzaralari qolgandi.
U akasi Luis bilan bogʻliq eng soʻngi lagʻzalarnibunita olmadi. Oʻsha qotillarni topish uchun narkotik tashuvchi kuryer bo‘lib ishlay boshlagandi.
Pul uchun emas. Jinoyat uchun ham emas.
Barchasini ochish uchun.
U bilardi, Akasini o‘ldirganlar oddiy bosqinchilar emas. Ular katta narko bozorda yetarli darajada tartib oʻrnatgan insonlar ekanligini aniqlagan edi.
.
.
.
Sen qoʻlingga pichoq ushlasang, uni albatta jang davomida ishlatasan.
Agarda mohir pichoqboz boʻlsang insonning qaysi nuqtasiga urilganda bir zarb bilan oʻldirishing mumkin.
Men ham bir zarba bilan oʻldirishni istagan insonlarim bor..
Xonamdan tashqariga chiqishim bilan meni doimgi oyim bilan tortishuvlar kutardi.
Oyisi - Yana qayerga, oʻqishni baʼzoʻr tugating. Endi koʻchama-koʻcha yurishing nimasi!
- Oyi iltimos yetarlicha boʻldi, men yoshbola emasman.
Oyisi - Ha albatta! Bizni honim afandi oʻziga-oʻzi katta boʻlib qolgan. Sendan odamga oʻxshab soʻrayapman! Kechasi bilan qayerda daydib yurding?
- Baʼzida oʻyab qolaman. Agar otam biz bilan birga boʻlganda balki oʻrtamizdagi munosabatlar boshqa boʻlarmidi!
Oyisi - Nima? Oʻzingcha nimalar deyapsan! Sanvu ham seni otang!
- Hatto sizdan kichik boʻlgan erkak meni otammi? U siz bilan koʻngil hushlik qilish bilan band. Maqsadi esa... menman aslida...
Linaning oyisi uning gaplaridan jahli chiqib unga oʻzi bilmagan holda tarsaki tushirdi.
Oyisi - Qizim men... aslida... men hohlamagan edim.
- Kerak emas! Oyi siz avvalgi meni oyim emassiz!
Lina xonasiga kirib eshikni jaxl bilan yopdi. Uning oyisi Sunli esa yuz bergan bu hodisada oʻzini ayblay boshladi.
Lina hozirda kunduzgi 10:⁰⁰ dan, 16:⁰⁰ qadar ayollar manikyur salonida yordamchi boʻlib ishlasa, kechasi yarim tunga qadar kuryer boʻlib, yetkazib berish hizmatida ishlaydi.
Hayotda aslida orzulari va qiziqishlari juda koʻp edi. Biroq ota-onasi ajrashishganidan soʻng, uning ham hayoti orzu va maqsadlaridan ajraldi. Onasi oʻzidan 7 yosh kichik erkak bilan turmush qurdi. Otasi esa Tailandga ketdi va shu bilan uni qaytib koʻrmadi.
.
.
.
Lina Pov:..
Men barcha narsaga chidab kelayotgan edim. Lekin oyimning bizga begona boʻlgan erkak sabab menga qoʻl koʻtarganlari... bu narsaga endi chidab tura olmayman.
- Alo! Eshityapsanmi! Men oʻylab koʻrdim. Faqat... faqat shartlarim bor.
X - Albatta. Men har qanaqa shartingni qabul qilaman. Sen ikkilanmasang boʻlgani.
Soxta va Asl munosabatlar o'rtasida ikki xil tafovut bor! Siz qanchalik tabiiy boʻlsangiz sizdan ayb va nuqsonlaringizni topish shuncha qiyin bo'ladi. Agardasiz soxta bo'lsangiz! Ayb nuqsonlaringiz shunchalik ochiqdan ochiq bilinadiki insonlar sizni yakson qilish uchun aynan shu nuqson va kamchiliklaringizdan foydalanishadi.