" 𝐃𝐚𝐫𝐤 𝐃𝐞𝐬𝐢𝐫𝐞 "
.
Eun Ho tugʻilganiga endigina 3 oy bo'lishiga qaramasdan Jimin unga o'z farzandi kabi mehr va e'tibor bilan qarar, parvarishlardi.
Bu orada Ariel ham sekin astalik bilan tuzala boshlagandi. Biroq hotirasi bilan bogʻliq kuchli uzulishlar sodir boʻlardi. U ba'zida olgan buyumlarini tez esidan chiqarar, nima qilayotganini ham xatto o'zi bilmasdan harakat qilardi.
.
.
Na - Hayrli kech Janob Park.
Jm - Sizga ham hayrli kech Na honim, Eun Ho qayerda?
Na - Haligi... sizga aytmasam boʻlmaydi Janob... bilasizmi honimning axvoli yaxshi emasga oʻxshaydi.
Jm - Nima demoqchisiz? Ochiqroq gapiring.
Na - Eun Honi uhlatib honadan chiqdim. Bir oz vaqtdan soʻng esa Ariel honim uni koʻtarib chiqdilar va ... uni choʻmiltirishini aytdilar.
Men ishlayotgan bolani bezota qilmasliklarini soʻradim. Shunda... ular Eun Honi choʻmiltirmasa...
Jm - Iltimos Na honim, men aniq nima boʻlganini bilmoqchiman.
Na - Ular ... Eun Honi hannaga suv toʻldirib oʻzi suza oladi deya tashlab yubordilar ...
Bu gaplar haqiqiy daxshat kabi eshitilardi. Ariel oʻz bolasini, oʻzi hohlamasada oʻldirishga urungandi. Uni enagasiga berishni hohlamadi. Uning sogʻligʻida chindan katta muammo sodir boʻlayotgandi.
Jm - U qayerda? Hozir Eun Honi ahvoli yaxshimi?
Jimin savol bera Eun Honi honasiga oshiqdi. Na honim ham uning ortidan qolmasdan ergashdi.
Na - Eun Honing yonida Sohae bor. Uning ahvoli hozir yaxshi.
Jimin Eun Honing yoniga kirdi. Ken xona, bolakay uchun tayyorlangan yotorda jajji chaqaloq Eun Ho shirin boʻlib uhlaridi. Jimin uning uyqusini buzgisi kelmadi. U mayinlik bilan boshini silab, chiqdi.
Jm - Na honim oʻzingiz Eun Hoga yaxshilab qarang, Arielni ruhiy holati hali toʻliq tuzalmaganligi koʻrinib turibdi, ularni yolgʻiz qoldirmaslikga harakat qiling.
U qayerda men u bilan koʻrishishim kerak.
Na - Janob Ariel honim uyda emas!
Jm - Qayerda? U qayerga ketdi ?
Na - Janob Jungkook kelgan edilar. Ular ham honimning axvolini koʻrib biroz tashvishlandilar, soʻng oʻzlari bilan olib ketdi.
Jm - Tushunarli! Siz oʻz ishingizga boravering, raxmat barchasini ochiqligicha aytganingiz uchun.
Na - Albatta Janob, men kerak boʻlsam shu yerdaman.
Jimin Pov :...
Ariel oʻzida emas, buni qaysidir maʼnoda qabul qilaman, tushunaman. Lekin... lekin nima sababdan Jungkook bilan ketadi. Savollarim koʻp, javob esa mutlaqo yoʻq. Balki men hato qilgandirman. Menda koʻngli boʻla turib uni oʻzimda sovutdim.
Eun Wooga imkon berdim. Men ohirigacha borolganimda Eun Woo chekinarmidi! Biroq oʻtmish uchun afsus kechgandan foyda yoʻq. Men Arielga kech boʻlsada yordam berishim kerakdir balki...
Kunduzgi shahar sokin, yomg‘irdan keyingi havo sovuq, ammo toza, koʻngilni tinchlantirar edi. Jungkook mashinani sekin haydar, orqa o‘rindiqda esa Ariel jim o‘tirardi.
Arielning nigohi oynadan tashqariga qadalgan, lekin ko‘rayotgan manzarasidan koʻra, ko‘zlarida faqat xotiralar bor edi.
Ariel past va qaltiroq ovozda gapirdi. Jungkook yon tomonga qaradi.
Ari - Meni… Eun Wooning qabriga olib bora olasizmi?
Bu so‘zlardan soʻng mashina ichidagi havo bosimi og‘irlashdi. Jungkook chuqur nafas oldi, rad etmay bosh irgʻadi.
U mashinani burib, qabriston tomonga yo‘l oldi. Deyarli 1 soatdan soʻng ular yetib kelishdi.
Kechgi sokinlik, shamolda shitirlab turgan daraxt yaproqlari, yerga tomayotgan suv tomchilari… Hammasi Arielning ichki holatiga o‘xshardi - sovuq, og‘ir, jim.
Ariel sekin mashinadan tushdi. U qaltiroq va afsus bilan qabrlar orasidan yurardi. Jungkook bir oz orqada, jim kuzatib borardi.
Nihoyat ular Eun Wooning qabr oldida to‘xtashdi.
EUN WOO PARK
Sevgi bilan eslanadi...
Ariel tizzalari ustiga cho‘kdi.
Ariel - Meni... kechira olasanmi? Bu qoʻlingdan kelsa... kechir… Men juda kech qoldim… yolgʻiz qoldirdim... Afsusdaman...
Sensizlik boʻlsa aqldan ozdirib bormoqda ...
Arielni ovozi tirar, ko‘zlaridan yoshlar jim oqar, qoʻllari bilan esa koʻksini gʻijimlagancha unsiz qolgandi.
Ariel - Sen yonimda bo‘lsang… Men kuchliroq bo‘lardim…
U qo‘lini qabr toshiga qo‘ydi. Chuqur goʻyo u ham barchasiga tayyordek.
Ariel - Eun Ho… sening nomingni oldi… U seni hech qachon ko‘rmaydi… Lekin men unga sen haqingda gapirib beraman…
Shu payt Jungkookning telefoni jiringladi.
Jungkook ekranga qarab, bir lahza ikkilanib turdi. So‘ng javob berdi.
Jungkook - Eshtaman!
Jimin (telefon orqali) - Qayerdasiz?
Jungkook qabr tomonga qaradi. Bir on yutundi.
Jungkook - Qabristondamiz. Eun Wooning oldida.
Telefonning narigi tomonida sukut choʻzildi.
Jimin - Men ham yoʻldaman ketib qolmang!
Qo‘ng‘iroq tugadi. 20-30 daqiqadan so‘ng, qora mashina qabriston darvozasi yonida to‘xtadi. Jimin mashinadan tushdi. Uning yuzida tashvish, ichida esa aybdorlik aralash xavotir bor edi.
U uzoqdan Arielni ko‘rdi.
Qabr oldida cho‘kkan qiz… yelkalari titrab yig‘layotgan holatda. Jiminning yuragi siqila boshladi.
U sekin yaqinlashdi.
Ariel uning kelganini sezdi, lekin boshini ko‘tarmadi.
Jimin past ovozda uni chaqirdi. Ariel jim qogandi.
Jimin - Kechirasan… Men seni oʻzim olib kela olmadim!
Ariel asta boshini ko‘tardi. Uning ko‘zlari qizarib ketgan, lekin nigohida g‘azab yo‘q, faqat charchoq chizilgandi.
Ariel - Men hammasini unutib qo‘yyapman, Jimin…
Ba’zan o‘zimni ham. Faqat Eun Hoo uni yo‘qotishdan qo‘rqyapman.
Jimin bir qadam oldinga yurdi. U ichida oʻzi bilan oʻzi kurasha boshlagandi.
Jimin - Sen yolg‘iz emassan. Hech qachon bunday ham bo‘lmaysan.
Jungkook ularni jim kuzatar, ular o‘rtasidagi og‘ir, murakkab bog‘liqlikni his qilardi.
Aynidam ifodalab boʻlmas holat yuzaga kelgandi. Va o‘tmish, hozirgi vaqt, hamda kelajak bir nuqtada to‘qnashdi.
Allaqachon tun kirib ham ulgurgandi. Ariel oyoqlari titragancha oʻrnidan turdi. U holdan toyigan, ancha vaqt yaxshi ovqatlanmaganligi uchun boshi biroz aylandi.
Bu holatda Jimin unga yordam bermoqchi boʻldi. Ammo uni Jungkook undan avvalroq yiqilmasligi uchun ushlab qoldi. Bu holatdan gʻazablangan Jimin oʻzini bazoʻr ushlab turdi.
Jk - Yaxshimisan? Oʻzing yura olasanmi?
Jm - Nima yura olmasa koʻtarib olarmiding!
Jimin alam ustida gapirganini sezgan Jungkook unga hayrat nigohini bilan qaradi.
Ari - Men yaxshiman, hammasi joyida.
Jk - Unday boʻlsa yaxshi.
.
.
__Olti Oydan Soʻng__
Olti oy, Ariel uchun juda og‘ir, ammo barchasini qabul qilishi uchun kerakli vaqt boʻlgandi. U sekin-asta o‘ziga kelishni boshladi, xotirasi ba’zan yana uzilib qolsa-da, ko‘zlarida avvalgidek bo‘shlik kamayib borayotgandi. Yana kulgulari qaytib, Eun Honi bag‘riga bosib, kelajak haqida qo‘rqib bo‘lsa ham o‘ylay boshlagandi.
Lekin Eun Wooning o‘limi Ariel qalbida ochiq jarohat bo‘lib qolgan edi. Ba’zi kechalari u uyg‘onib ketar, yuragi siqilib, nafas ololmay qolar, Eun Wooning kulgusi quloqlarida yangragandek bo‘lardi.
Bu orada Jungkook, Ariel va Eun Hooni koʻrish uchun doim kelardi, Jungkook ularning yonida bo‘lardi.
U Arielni shifokorga olib borar, dori-darmonlarini vaqtida ichishini eslatardi, eng muhimi jim turib ham uni tushunardi. Jungkook Arielga bosim qilmas, savol bermas, faqat yonida bo‘lar. Sekinlik bilan ularning orasida iliq bir yaqinlik paydo bo‘la boshlagandi.
Jungkook Arielni himoya qilardi. Ariel esa Jungkook yonida o‘zini xavfsiz his qilardi.
Jimin oʻzini avvalgidek mashina savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullana boshladi. Aslida bu bir ermak boʻlsada, endi u ham barcha boʻlgan voqealardan oʻzini oz boʻlsada chalgʻitishga urinardi. Jimin ham, Jungkook ham bir maqsadga koʻra harakat qilishardi.
- Eun Wooni nima sababdan oʻldirishdi? Aybdorlar aslida kimlar? Nima sababdan ular jazodan onson qutilib qolishdi?
Jimin, Jungkook va Janob Yang birgalikda harakat qilisha boshlashdi.
Janob Yang ham Yaponiyadan qaytib Jimining yoniga qaytgandi.
Janob Yang Arielni boqib olgan otasi boʻlganligi uchunmi? Yoki Eun Woo unga ham yaqin boʻlganligi uchunmi?
Janob Yang ham Eun Hooga mexr bergandi.
Janob Yang baʼzan Eun Hooni bogʻga olib chiqar, sayr qildirar, u bilan miriqib oʻynardi.
Oz boʻlsada oʻzini Bobo sifatida his qilib koʻngli toʻlar edi.
Jm - Katta Bobo deya chaqiramiz shekilli endi sizni!
Yang - Qoʻysangizchi! Bir pastda vaqt ham suv kabi oqib ketar ekan.
Jm - Ha! Bu gapingizga qoʻshilaman.
Yang - Uzoq oʻylamang, biz albatta jinoyatchilarni topamiz!
Jm - Albatta! Ularning har biri... har biri javob berishadi.
.
.
.
Jungkook ham oʻz izlanishlarini olib borayotgan bir vaqda.
U Eun Wooning o‘limini tasodif deb qabul qila olmasdi. Ich-ichidan bu ish ortida kimdir turganini sezardi. U yashirincha tekshiruv boshladi.
Shahar arxivlari.
Eski hujjatlar.
Telefon yozuvlari.
Oʻzi tanimagan odamlar bilan uchrashuvlar.
Va nihoyat… bir ism, bu izlanishlarga tub burilish yasadi.
Bu ism Jungkookni ikki karra hayratga soldi.
- Bu mumkin emas, qanday qilib...
Ammo hujjatlar yolg‘on gapirmasdi. Arielning otasi ilgari yirik noqonuniy ishlar bilan shug‘ullangan, so‘ng barcha hujjatlarda boshqa ish paydo boʻlib, ular birdan g‘oyib bo‘lgan edi. Eun Woo bilan bog‘liq ishlar ham aynan oʻsha davrda sodir bo‘lgan bir bogʻlanishni paydo qilardi.
Jungkook bu ma’lumotni Jimin bilan koʻrib chiqishi zarur edi.
Jimin bu xabarni eshitgach, ichida allaqachon mavjud bo‘lgan shubha kuchaydi.
U darhol Janob Yangdan yordam so‘radi.
Jm - Menga Arielning otasi haqida hamma narsani toping. Har bir qog‘oz, har bir iz, oʻtmishda nima sodir boʻlganini bilmoqchiman.
Janob Yang ishga kirishdi. U eski aloqalarni ko‘tardi, hujjatlarni titkiladi, guvohlarni topishga harakat qildi.
Lekin…
Hech narsa topilmasdi.
Go‘yo Arielning otasi hech qachon mavjud bo‘lmagandek.
Yang - Janob Park, bu odam goʻyoki izsiz yo‘qolgan. Hamma hujjatlar yo‘q qilingan. Hatto oʻlim qayd nomasi soxta boʻlishi mumkin.
Bu javob Jiminni yanada bezovta qildi.
Jm - Demak, kimdir uni ataylab yo‘q qilgan. Yoki juda katta sir yashiringan boʻlishi mumkin.
Ular bu haqiqatni Arieldan sir tutishga qaror qilishdi. Chunki Ariel endigina o‘ziga kelayotgandi, yana bir zarba uni sindirib qo‘yishi mumkin edi.
.
.
Bu orada Jimin, Jungkook va Ariel o‘rtasidagi yaqinlikni ko‘ra boshladi.
Ariel unga kulardi. Jungkook yonida bo‘lganda ko‘zlari yorishib ketardi.
U bilan ochiq gaplashardi.
Jimin esa uzoqdan kuzatardi.
Va uning ichida g‘alati his paydo bo‘ldi.
Rashk.
U buni tan olishni xohlamasdi. Chunki u Arielni o‘zidan uzoqlashtirgan, o‘zi yo‘l bergan edi. Ammo endi Jungkook uning yonida bo‘lganda, Jiminning yuragi siqilib ketardi.
- Men uni himoya qildim…
Lekin sevishga jur’at etmadim…
Jungkook esa Arielga boʻlgan yaqinlikni hech kimdan yashirmasdi. U ochiqchasiga uning yonida bo‘lar, uni qo‘llab-quvvatlar edi.
Bu esa Jimin uchun og‘riqli edi.
.
.
Janob Yang esa tinchlanmasdi.
U sezgandi, bu ishlar ortida juda kuchli odamlar turibdi. Kimdirga Eun Wooning o‘limini, Arielning otasini, barcha hujjatlarni ataylab yo‘q qilinoshi juda kerak edi.
U oxirgi bor Jimin bilan uchrashdi.
Yang - Janob Park, men hujjatlarda berkitilgan bir omborga yaqinlashyapman! U joy xavfli boʻlishi mumkin.
Jm - Janob Yang nima boʻlganda ham ehtiyot bo‘ling.
Koʻp oʻtmay Jimining telefoniga habar keldi.
Ammo bu ogohlantirish uchun kech boʻlgan edi.
.
.
Bir kechadan soʻng…
Janob Yangning mashinasi yo‘l chetida topildi.
Ichida esa u… harakatsiz va hushsiz yotar edi.
- Rasmiy sabab:
Baxtsiz hodisa.
.
.
Lekin Jimin va Jungkook bu tasodif emasligini bilishardi.
Kimdir ularning iziga tushgan edi.
Va kimdir haqiqat ochilishini xohlamasdi.
Jimin Janob Yangning o‘limidan so‘ng butunlay o‘zgardi.
U yanada sovuqlashdi.
Yanada ehtiyotkor bo‘ldi.
Yanada oʻz qobigʻiga oʻralib yopilib o‘ldi.
Ariel esa bu oʻzgarishlarni sezardi, lekin sababini bilmasdi.
Jimin javob bermasdi.
Jungkook esa Arieldan haqiqatni yashirishdan qiynalardi. Ammo uni himoya qilish uchun sukutni tanlashdi.
.
.
Shahar ham, ularning hayotiga ham jimlik aralashib ketti.
Lekin bu jimlik - bo‘ron oldidan keladigan sokut edi.
Ariel har qancha yashirishga urinishmasin u ich-ichidan chuqur oʻzgarishni sezib turardi.
Ariel ham Janob Yangni bir necha bor Jimindan soʻradi, biroq Jimin uzoq sukut bilan javob berardi.