" 𝑫𝒂𝒓𝒌 𝑫𝒆𝒔𝒊𝒓𝒆 "
.
- Nega meni og‘ritadi? Nega har safar shunday qiladi? Nega?
Men o‘zimni quchoqlab o‘tirardim. O‘sha jarohat, o‘sha alamning hidi yana qaytdi.
Jimin esa shu paytda boshqa honada, o‘zi bilan olishib, puchaygan xotiralariga qarshi kurashar edi.
Biroq u ikkimiz oramizda qanday jarohat qoldirganini o‘zi ham bilmasdi…
.
.
.
Author Pov:...
Oradan deyarli uch oy o‘tdi.
Bu uch oy ichida Ariel hayotida sekinlikda muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Eng avvalo, u 18 yoshga to‘ldi. Bu sana ajoyib nishonlanmasada, ammo Ariel uchun ichki jihatdan burilish nuqtasi bo‘ldi. Jimin uning kollejda o‘qishiga ruxsat berdi. Bu ruxsat buyruq kabi qisqa aytildi, lekin Ariel buni ozodlikka ochilgan kichik eshik sifatida qabul qildi.
Shundan so‘ng Jimin tobora uyda kam ko‘rinadigan bo‘lib qoldi. Ba’zan bir haftalab, ba’zan undan ham ko‘proq vaqtga g‘oyib bo‘lardi. Qayerdaligi haqida so‘ralmasdi, faqat qisqa xabar berardi halos:
- Mehmonxonadaman.!
Uyning devorlari Ariel uchun sukutga to‘lib ketardi. Avvallari qo‘rqinchli bo‘lgan bu jimlik endi Ariel uchun biroznyengilroq edi.
Hayot o‘z yo‘liga tushgandek ko‘rinar edi.
Kollejda Ariel asta-sekin odamlar orasiga qayta boshladi. Uyda esa Eun Woo bilan, muloyim, doim kulgi bilan gaplashishlari Ariel uchun yaqinlik yaratardi. U Arielga ko‘p savol bermasdi, faqat yonida bo‘lar, tinglar edi. Uning yonida Ariel o‘zini himoyasiz his qilmasdi.
Eun Woo orqali Ariel Jungkook bilan ham yaqinlashdi. Jungkook butunlay boshqa xarakterli yigit edi, ochiqko‘ngil, kulgusi baland, ammo ba’zan ko‘zlarida jiddiylik chaqnab ketardi. U Arielga singlisidek munosabatda bo‘lar, bu singillikdek samimiy g‘amxo‘rlik bor edi.
Ular bilan birga bo‘lish Ariel uchun oddiy hayot tushunchani qayta o‘rganish edi. Qahva ichish, darslardan keyin yurish, mayda kulgular… va eng muhimi qo‘rqmasdan nafas olish.
Shu bilan birga, Ariel bilan Jimin o‘rtasidagi masofa tobora kengayib borardi. Ular bir uyda yashashsa-da, go‘yo boshqa-boshqa dunyolarda edilar. Jimin kechalari kelmas, kelsa ham Ariel allaqachon uxlab qolgan bo‘lardi. Ularning suhbatlari qisqa, rasmiy va sovuq edi.
Ariel ichida esa savollar ko‘payardi.
U meni nega olib qoldi? Nega qutqardi-yu, keyin chetga chiqdi? Bizning oramizda aslida nima bor?
Bu savollar javobsiz qolavergach, Ariel nihoyat qaror qildi. U Jiminning ishxonasiga darslardan soʻng bordi.
Kichik bino, sovuq va rasmiy emasdi. Oynali devorlar, oppoq marmar pollar hammasi Jiminning dunyosini eslatardi. Ariel bu yerga ilk bor kelayotgan boʻlsada, bugun yuragi boshqacha urardi.
Qabulxonadagi kotiba unga qisqa qarab:
- Janob Park hozir band emas. Kirishingiz mumkin! Deya ruhsat berdi.
Ariel chuqur nafas oldi va eshikni sekin ochdi.
Jimin oʻrindiq ortida o‘tirardi. Qog‘ozlar, planshet, telefon… hammasi tartibli. U ko‘zlarini ko‘targanida Arielni ko‘rib bir lahza qotib qoldi. So‘ng nigohi odatdagidek sovuqqa qaytdi.
Ariel eshikni yopdi. Orqaga qaytish yo‘q edi. U ikkilanishlarga toʻlgan qalbini boʻshatishni xoxlardi.
Ari - Siz bilan gaplashish uchun keldim.
Jimin kreslosiga suyanib, qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirdi.
Jm - Uyda gaplashsak bo‘lmaydimi? Sen darsda boʻlishing kerak emasmidi aslida.
Ari - Uyda... siz ohirgi marotaba qachon uyga bordingiz!
Bu so‘z xonada og‘irlik bilan osilib qoldi. Jimin nigohini Arielga qadadi. Nigohda g‘azablanishdan koʻra charnash bor edi.
Ari - Siz meni qutqardingiz. Buni unutmayman. Lekin keyin… go‘yo meni yarim yo‘lda tashlab qo‘ygandek bo‘ldingiz.
Jimin jim qolgandi. U ichidagilarni ochiqlab berolmasdi.
Ari - Men sizdan hisob so‘ramayapman. Faqat tushunmolmayapman! Bizning munosabatimiz qanday? Men bu uyda kimman oʻzi?
Jimin asta o‘rnidan turdi. Stolni aylanib, deraza yoniga bordi. Pastdagi shahar manzarasiga qaradi.
Jm - Ariel… ba’zi odamlar himoya qilishni biladi, lekin yaqin bo‘lishni emas. Men seni himoya qildim deylik, senga qilgan nohaqliklarimni unut.
Ariel yutindi. U ichidan nimalarnidir his qilgandek boʻldi.
Ari - Unda nega meni yoningizda qoldirdingiz?
Jimin javob bermadi. Faqat qo‘lini musht qilib siqdi. Bu sukut ularning orasidagi eng baland suhbat edi.
Ariel shunda tushundi,
bu munosabat nomi yo‘q, chegarasi noaniq, ammo ikkisiga ham tinchlik bermaydigan bog‘liqlik va boʻgʻoqlik bilan davom etardi.
Ari - Men javob izlashni bas qilaman. Lekin bilib qo‘ying… men endi faqat kutib yashamayman.
Jimin esa yolg‘iz qoldi.
Va ilk bor, u ketayotgan Arielning orqasidan qarab turib, ichida nimadir kech qolganini his qildi. Uning ichki hissiyotlarini ifodalab boʻlmasdi. Jimin oʻzi hohlasada u Ariel qoʻyib yuborayotdandi. Oʻtmish uchun uni himoya qilgan boʻlsa, kelajak uchun uni qoʻyib yubordi.
.
.
.
_Jimin hayolan oʻtmishnin esladi_
Katta ken yashil maysazor. Burchakda kichik bogʻ va hovuz joylashgan. Hovuz chetida 8 yoshli kichik qizaloq Ariel va uning yonida 13 yoshli bola Eun Woo yuvga oyoqlarini solgancha oʻynab oʻtiribdi.
Uy ichida esa shodon kulgular yangrarkan ikki oil doʻstlar davrasida suhbat qurishardi. Bu vaqt Jimin 20 yoshlar atrofidagi oʻsmir yogit edi. U ukasi Eun Wooni va Arielni uyga olib kirish uchun ularning yoniga bordi.
Jm - Hoy ikkingiz kettik ovqatlanish vaqti boʻldi sizlarni uyda kutishyapti.
Eun Woo sekin oʻrnidan turdi, uning ortidan jajji Ariel ham, ammo u muvozanatni saqlab qololmay hovuzga tushib ketti. Jimin yuhurgancha uning ortidan hovuzga sakradi. Eun Woo boʻlsa uyga ota-onasini chaqirish uchun yugurdi.
Ariel kichik qizaloq boʻlganligi uchun u hali suzishni bilmasdi. Tanasi batamom suvga gʻarq boʻlarkan uni qoʻlidan Jimin ushlab tortib oldi. U koʻzlarini arang ochdi soʻng hushidan ketdi...
.
.
Bu voqealarni eslagan Jimin, oʻtmish har qanday holatda boʻlsada. U Arielni yillar davomida oʻsib ulgʻayishiga guvoh boʻlgandi. Uni uyiga olib kelga kundan boshlab yaxshi koʻrib qolgandi.
Biroq Arielning bolalik vaqtlaridan buyon sevadiga yana bir inson Eun Woo bor edi. Ariel Eun Woo uchun ham juda qadrli inson boʻlganlidi uchun Jimin ularning baxtli hayot qurishi uchun chetga chiqdi. U sevgi uchburchagini hosil qilishni hohlamadi. Uchunchi shaxs boʻlishni oʻzi unga ogʻirlik qildi. U ham koʻngil qoʻyib ulgurgan boʻlsada, hali chekinishga imkon bor deya oʻz yoʻliga qaytdi.
.
.
.
Toʻrt Yildan Soʻng ...
Jm - Kutilmagan yangilik boʻldi, sen uchun hursandman.
Eun - Lekin yaxshi koʻrinmayapsiz!
Jm - Hammasi joyida mening axvolim oʻz yoʻliga sen baxtli boʻlsang boʻldi...
Jimin stakanni stolga qo‘yar ekan, barmoqlari bir zum titradi. U buni yashirardi. Har doimgidek.
Eun Woo qarshisida sokin o‘tirardi. Yillar uni o‘zgartirgandi yuzida balog‘at, nigohida esa qat’iyat paydo bo‘lgan. Endi u o‘sha hovuz bo‘yida oyoqlarini suvga solib o‘tirgan bola emasdi.
Eun - Aslida sizni shuning uchun ko‘rishga keldim.
Jimin nigohini ko‘tardi. Yuragining qayeridadir nimadir allaqachon tayyor turardi bu gapni eshitishga.
Eun Woo chuqur nafas oldi. Ovozi sokin, lekin aniq edi.
Eun - Ariel bilan… to‘yimizni katta qilmoqchi emasmiz, asosan yaqinlar, tanishlar va oila aʼzolarimiz boʻladi.
Bu so‘z xonaga sekin tushdi. Go‘yo shisha sinmadi, lekin ichdan darz ketdi. Jimin bir lahza javob bermadi. Nigohi oynadan tashqariga, uzoq-uzoqlarga qadaldi. Shahar odatdagidek shovqinli, uning ichida esa chuqur sukunat cho‘kardi.
Jm - Qachon? Toʻyingiz qachon?
Eun - Ikki haftadan so‘ng. Albatta kelasiza sizni kutamiz!
Jimin bosh irg‘adi. Yuzida tabassumga o‘xshash nimadir paydo bo‘ldi, lekin u ko‘zlariga yetib bormadi.
Jm - Kutilmagan yangilik bo‘ldi… lekin chin dildan aytaman xursandman. Sizlar uchun boshim osmonga yetdi.
Eun Woo unga sinchikovlik bilan qaradi.
Eun - Sizning ko‘zlaringiz bunday demayapti.
Jimin yengil kuldi. Ichidagi bor gʻuborini yashirishga harakat qilardi.
Jm - Ko‘zlarim har doim ham rostini aytavermaydi. Muhimi sen baxtli bo‘lasan. U baxtli bo‘ladi.
Bu so‘zlar bilan u o‘rnidan turdi. Suhbat tugagan edi. Eun Woo esa chiqib ketar ekan, Jiminning orqasidan qarab, ichidan birgina gap o‘tdi.
“Siz uni juda yaxshi ko‘rgansiz…”
.
.
To‘y kuni hammayoq tong kabi oppoq edi.
Osmonda bulut yo‘q, quyosh esa muloyim nur sochardi, go‘yo bu kun uchun ataylab yaratilgandek. Bog‘ bilan o‘ralgan ochiq maydonda oq gullar, yengil shamolda hilpiragan lentalar va sokin musiqa jaranglab turardi.
Ariel oynaga qarab turardi.
Oq libos yelkasidan yengil tushgan, belini nozik qilib ko‘rsatardi. Sochlari soddalik bilan turmaklangan, yuzida esa ortiqcha bezak yo‘q u shusiz ham chiroyli edi. Ammo eng muhimi ko‘zlari. U ko‘zlarda qo‘rquv yo‘q edi. Ilk bor hammasi aʼlo darajada efi.
Ariel Pov:..
Men tirik qoldim. Men yashashni tanladim. Va bugun juda - juda ham men baxtliman.
Mehmonlar orasida Jimin ham bor edi.
U orqaroqda, sokin joyda turardi. Qora kostyum, oq ko‘ylak har doimgidek jiddiy. Uni ko‘rgan hech kim uning ichida qanday bo‘ronlar bo‘layotganini sezmasdi.
Yoʻlak boʻylab Arielni qoʻlidan ushlagancha Janob Yang yetaklab yurib kelishardi Har bir qadami bilan o‘tmish undan uzoqlashayotgandek edi. Janob Yang Eun Wooning roʻparasigacha Arielni olob keldi va qoʻllaridan mayin ushlab Eun Wooning qoʻllariga tutqazdi. Eun Woo unga qarab jilmaydi, bolalikdan beri faqat unga atalgan jilmayish, mexr oʻz egasini nihoyat topgandi.
Jimin esa bu manzaraga qarab turib, yillar avvalidagi hovuz yonidagi ikki bolalarni, suvga tushib ketgan jajji qizni, va uni qutqarish uchun sakragan o‘zini esladi.
Jimin Pov:..
Men seni o‘sha kuni hayotga qaytargandim. Bugun esa hayotingni senga munosib insonga topshiryapman. Biroq ichimda nimadir kuyib ketyapti.
.
Nikoh so‘zlari yangradi. Qo‘llar tutashdi.
-Ha! degan ovozlar eshitildi.
Qarsaklar chalinardi!
Jimin ham bazoʻr qarsak chaldi. Sekin, sokin. Ko‘zlari namlandi, lekin u yoshini ko‘rsatmadi.
Ariel bir lahza atrofga qaradi. Nigohi Jimin bilan to‘qnashdi. Ular bir-biriga uzoq tikilishdi. So‘zsiz, ammo hamma gap aytilgandek.
Ariel bosh irg‘adi. Minnatdorchilik bilan. Xayrlashuv bilan. Jimin esa ichidan shunday dedi:
- Endi sen og‘rinmaysan. Va shu mening eng katta yutug‘im. Sen baxtlisan, hatto mensiz ham.
To‘y davom etdi. Kulgi, musiqa, baxt…
Va kimdir uchun bu yakun edi, kimdir uchun esa sevib, chekinishning eng toza shakli.
.
.
.