" 𝑺𝒊𝒔𝒕𝒆𝒓 𝑪𝒊𝒏𝒅𝒆𝒓𝒆𝒍𝒍𝒂 "
Su Ho - Jin ursin siz va sizning Campaniyangizni, bu yangi soliq turimi?
Eshik ochildi, ichkaridan Su Ho chiqib keldi. Qoʻlida toʻpponcha ushab kutib turgan Jeongin uni itara, uy ichkarisiga kirdi.
Jeo - Ha! Ha Kang Su Ho bu yangi soliq turi! Yolgʻon gapirsang soliq solinadi yaniki oʻlasan. Haqiqatni aytib bersang soliqdan ozod boʻlasan....
.
.
.
Author Pov:..
Germaniyaga kelgan Jeongin haqiqatni qidirardi. Shu sababli hatto ikkilanishlarsiz u Lisunning oʻtmishi aslida qanday ekanligini akasidan bilishni istagandi.
Bu vaqtda esa Koreada mavsumiy yomgʻir yogʻar, atrof goʻzallashgandi. Taehyung doimiy Lisunning yonida parvona, bu gʻamxoʻrlik ham Lisunga juda yoqardi.
Lisun oʻtmishda yolg'iz bo'lganligi sabab, unga berilayotgan e'tibor, uni sevishlari oʻzini insonlardek his qilishiga sabab bo'lgandi.
Haqiqat esa Lisun aslida Injo edi...
.
.
.
Su Ho - Men... meni ota-onam erta vafot etishgan, men buvimni qo'lida katta boʻlganman, so'ng esa oʻqishga Davlat Granti asosida Germaniyaga kettim. Besh yil avval oʻqishmi tamomlagach, Koreaga qaytdim. Lekin chekka bir qishloq, tumanda turganligim sababli men Seuldan ish topdim. Endi qarzlarimni qaytarish maqsadida ishlab, yashay boshladim. Biroq... biroq o'sha kuni... men mast edim. Oʻzimni bilmasdim. Boshlig'imiz oʻsha kechada uyida ziyofat berdi. Men ham oʻsha ziyofatga bordim, boʻkkunimcha ichdim. Keyin boʻlsa mast ahvolda mashina haydadim va qaytayotganimda... menga yoʻl chetida kimdir qoʻl siltadi. U huddi arvoxdek koʻrindi koʻzimga va men... men bilmagan holda uni utib yubordim.
Avvaliga nima bo'lganini tushunmadim. Oʻzimga kelganimda esa mashina yo'l chegida to'xtab turganini bildim. Tushib qaraganimda esa yoʻl chetida qonga belangan bir qiz yotar edi. Men avvaliga nima qilishni bilmay qoldim, uni tashlab ketmoqchi ham boʻldim. Lekin keyinchalik bu bosh ogʻrigʻi boʻlmasligi uchun uni mashinaning ort tomoniga yotqizib to'g'ri buvinning uyiga, Yangsan qishlogʻiga haydadim.
Biz uyga shifokor chaqirdik. Shifokorlar uni shifoxonaga olib ketishdi. Bir necha kundan soʻng u oʻziga keldi... Lekin... lekin oʻziga kelganda u hech narsani eslay olmasdi.
Shunda nima qilishni bilmasdan uni meni singlim ekanligini aytdim va tanish bilishlarimni ishga solib 5 kun ichida unga soxta hujjatda tayyorladik. Aslida bu unchalik qiyin ish boʻlmadi hujjat aslida umuman farq qilmasdi.
Shundan so'ng men jazodan, U qiz bo'lsa oʻtmishidan ayrildi. Men bir necha bor u qizni qidirib e'lon berdim. Lekin uni so'rab hech kim kelmaganidan so'ng uni hech kim yo'q ekanligiga ishonch hosil qildim, soʻng buvimga qaraydi deya buvinning yonida qoldirib o'zim Germaniyaga ketdim.
Sakkiz oydan soʻng Buvim ham oʻtib qoldi. Aynan oʻsha kuni meni yonimga bir erkak keldi va katta pul berdi va evaziga men u qizni o'qitishimni, yaxshi qarashimni, har bir kamchiligini... kamchiligini toʻldirib berishimni aytdi.
Jeo - Lanat boʻlsin barchasiga. Seni yoninga kelgan kim edi. Ismi... ismi Yang Seomin edimi?
Su Ho - Yoʻq...yoʻq... u erkakning ismi.... Kim Taehyung edi.
U doimiy pul bilan taminlagan. Hatto oshigʻi bilan.
Jeo - IT EMGAN HAROMI TAEHYUNG! MEN UYLANDI VOS KECHDI JIM YASHAYAPTI DESAM GAP BU YOQDA EKANDA. UNI OʻZI UCHUN YASHIRGAN... LANATI.
.
.
.
Tae - Buni qara men nima topib oldim.
Tae - 1957 yilning eng yaxshi saqlangan sharobi.
Lis - Men ularni farqlay olmayman.
Lisun Pov:..
Taehyung meni yana Kapalagim deya erkalab qoʻydi. Men oʻzimni shunday yengil his qilmoqdamanki, Taehyung barmoq uchida teksa uchib ketadigandekman. Men ularni sevib, ularga ipsiz bogʻlanib boʻldim...
Tae - Tatib koʻr, faqat birdan koʻtarib yuborma.
Taehyung Pov:..
Mana Kapalagim seni parvoz qiladigan vaqting ham keldi. Irkit qurt eding. Soʻng 5 yil pilla ichida saqladim. Endi ochilish, kimligingni koʻrsatish vaqti yetdi. Kapalak boʻlib uchasan. Agar bugun harakat qilib seni o`zimniki qilmasam boshqa bunday imkon boʻlmaydi axir.
Germaniyada sevimli akajoning seni Injo ekaningni bilgani aniq. Qaytganidan so'ng esa qiyomat qilishi ham tayin. Meniki boʻlsang seni olib ham keta olmaydi.
Ha bu haqiqiy puhta oʻylangan reja boʻldi...
.
.
Lis - Negadir boshim bir oz aylanyapti. Yo menga shunday tuyildimi.
Lis - Uzur Taehyung meni boshim aylanyapti, uyimga ketishim kerak. Taxi chaqirib bera olasizmi?
Taehyung Pov:..
Sen oʻz uyingda san, hatto eng boshidan sen oʻzinga tegishli boʻlgan joyda boʻlgansan, Aniqrogʻi meni yonimda...
Seni juda uzoq kuttim. Yuragimga qarshi chiqib sevmagan ayolimga uylandim, farzandli boʻldim.
Aslida esa sen oʻzingni himoya qilish uchun zinadan oʻzingni tashlagan vaqtingdan boshlab men seni oʻzimniki qilish uchun reja tuzardim. Shifoxonaga har kuni oʻlib qolmasin deya habar olish uchun bordim. Seominga oʻlguncha ichirib, mast qilib qarz berdim. Oyingni onsongina koʻndirib uyimga olib keldim.
Ammo... ammo chaqir tikanak Jeongin seni doim himoya qilardi. Huddi ritsar kabi. Lekin endi u ham oramizga kira olmaydi mening nozik Kapalagim Injo...
.
.
Author Pov:..
Bazoʻr oʻzini tutib oʻtirgan Lisunning qoʻllaridan ushlagan Taehyung, unga tikilgancha ichi-ichidan yillar davomida Injoni oʻziki qilish istagida qilgan ishlarini hayolan sar hisob qilarkan. Nihoyada u qizni oʻziga tortib lablarini labiga bosti.
Lisun mast boʻlganligi sababli u ham bu boʻsalarga koʻmilib ketardi, qoʻllari ihtiyoriy Taehyungning yelkasiga bogʻlandi.
Taehyung boʻlsa uni belidan ushlab oʻziga yanada yaqin, yanada mahkamladi. Ohiri noaniq boʻsalar chuqurlashardi. Taehyung qizni quchogʻiga oldi. Yuziga tushgan sochlarini mayin silab, quloqlari ortiga oʻtkazdi. Barmoqlari lab va boʻyni boʻylab erkin harakat qilardi.
Taehyung Lisunni boʻyniga yuzini koʻma uni quchoqlab, dast koʻtarib oʻz yotogʻiga olib keldi.
Lis - Taehyung men... men qoʻrtyapman.
Tae - Sen 25 yoshdasan, oramizda qoʻrqadigan hech narsa yoʻq Kapalagim.
Koʻylagini tugmalarini yechgan Taehyungni, baquvvat qoʻl va mushaklariga mahliyo boʻlgan Lisun uning viqoridan bazida uyalardi ham.
Tae - Hammasi yaxshi boʻladi. Sen, seni sevadigan inson yonidasan...
Lisun har bir soʻzdan ikki karra masr boʻlar. U ham Taehyunga beeʼtibor emasdi. Ikki insonning hohishi va istaklari bir boʻlgan holda ular tunni birga oʻtkazishdi.
Silliq yelkadan tushgan koʻylak, barmoqlar silab oʻtayotgan soch, mayilik va extiros ila olinayotgan boʻsalar. Nihoyada ikki tana bir butundak boʻlib ketgandi. Lisunning tanasini oʻziga boʻysundirgan Taehyung uning butun vujudini egalab olgandi. Lisun boʻlsa sevgi ummoniga allaqachon gʻarq boʻlib, oʻzini Taehyungga topshirgandi. Endi u hohlasa ham hohlamasa ham Taehyunga tegishli ayol boʻlgandi.
Ikki tana bir-biriga bogʻlanib, Taehyung kuchli va oxirgi harakatdan soʻng aloqani tugatti. Quchogʻida musicha kabi beozor qiz yotarkan, Injoni uchratganidan buyon ilk marotaba Taehyung oʻzini tinch va hotirjam his qilardi. Ogʻushida mast boʻlgan qizning sochlarini silagancha u ham koʻp oʻtmasdan uhlab qoldi.
Lisun endi toʻla qonli Taehyungniki edi.
Agar bu holatda u oʻz oʻtmishini eslay olganida edi Injo oʻlsa ham otasini qotili va hayotini qora sahifalarga ochib bergan inson bilan tun oʻtkazish tugul unga yaqin bormagan boʻlardi. Baxtga qarshi u ayni damda Injo emas Lisun edi.
.
.
.
Author Pov:..
Germaniyadan barcha haqiqatni bilib qaytayotgan Jeongin ichididan barcha qoʻrquvlari oʻtgandi. Soʻngi 5 yil davomida u Injoni topa olmagani, Koreanibostun-ustun qilsada undan sado chiqmaganini sababini endi bilardi. Chunki Injo doimiy Taehyung nazorati ostida, yashiringan holatda yashaganini u shunchaki qoʻl siltab uylanib ketti deb hisoblagan Taehyung uni nazaridan bir kun ham qochirmaganini bilgandi.
Bu reja shu darajada puhta oʻylangandiki Jeonginning qaytishi ularning nikoh kuniga toʻgʻri kelgandi. Avvaliga u Taehyungni offeciga bordi. U yerdan ularni topa olmaganidan soʻng, Lisun yashaydigan mexmonxonaga bordi. Afsuskiy ular u yerda ham yoʻq edi. Keyingi manzil Taehyung uyi boʻldi.
Ken bogʻ chiroyli sahna, atrof toʻlaqonli oq va pushti gullar bilan bezatilgan, sanoqli insonlar va sahna markazida Taehyung qoʻlida uzuk bilan Lisunga tushmush qurish taklifini bildirayotgandi.
Jeongin ko‘z oldidagi manzarani ko‘rgan zahoti tanasidan issiq qon o‘tib ketgandek bo‘ldi.
Nafasi bo‘g‘ziga tiqildi.
Yuragi bir zumga to‘xtab, keyingi lahzada vahshiylarcha urib ketdi.
Oq va pushti gullar.
Tabassumlar.
Taehyungning qo‘lida uzuk.
Va uning qarshisida Lisun. Yo‘q... Yo‘q… u Lisun emas edi u Injo edi.
- Yo‘q…
Pichirladi u, ovozi o‘ziga ham eshitilmas darajada.
Atrofdagi olqishlar qulog‘ida shovqin bo‘lib yangrardi. Odamlar xursand, baxtli edi. Faqat Jeonginning ichida bir narsa parcha-parcha bo‘lib ketayotgandi.
Taehyung tiz cho‘kdi.
Uzukni qoʻlida ko‘tardi.
Tae - Lisun, Men bilan umr bo‘yi birga bo‘lishga tayyor misan?
Ishonchli ovozda, qatʼiy.
Jeonginning ko‘zlari qorong‘ilashdi.
- TO‘XTAT!
Deya baqirdi u birdan.
Hamma narsa jim bo‘lib qoldi.
Nigohlar unga qadaldi.
Lisun seskanib ketdi. Ko‘zlari Jeonginga tushdi.
Jeongin oldinga yurdi. Qo‘llari qaltirar, ko‘zlarida nafrat va alam aralash yong‘in yonardi.
Jeo - Uni qo‘yib yubor! Darhol.
Deya u Taehyungga qarab gapirarkan.
Taehyung esa… jilmaydi.
Bu oddiy jilmayish emasdi.
Bu qastdan, atayin qilingan zarba edi.
U tiz cho‘kkancha turib, Lisunning qoʻliga uzukni taqdi, soʻng belidan ushladi.
Va Jeonginning ko‘z o‘ngida uni asabini senagandek, sekin, chuqur qilib Lisunning lablaridan bo‘sa oldi.
Atrofda kimdir baqirdi.
Kimdir qimirlay olmadi.
Jeonginning ichida nimadir uzildi.
Baqirdi u.
Qo‘li ongiga qarshi tarzda kamzuli ichiga kirdi.
Metall sovuqligi kaftini kuydirgandek bo‘ldi.
Soʻngra to‘pponchasini chiqargancha harakatlandi.
- Jeongin, yo‘q!
Deya qichqirdi kimdir.
Ammo kech edi.
O‘q ovozi bog‘ni yorib o‘tdi.
Qushlar havoga ko‘tarildi.
Gullar orasiga qon sachradi.
Taehyung keskin orqaga silkindi.
Yelkasidan qon otilib chiqdi.
- Argh…! YOʻQ...
Lisun qichqirib yubordi.
U quloqlarini ikki qo‘li bilan yopdi.
Ko‘zlari dahshatdan kattalashib ketgan, nafasi uzilib borardi.
- Yo‘q… yo‘q… qon…
Dedi u titrab.
Taehyung tizzalariga tushdi. Oqarib ketgan yuzi, qonga belangan yelkasi bilan u hanuz tik qarab turardi Jeonginga.
Jeonginning qo‘li hamon havoda, to‘pponcha bilan qotib qolgan edi.
U qilgan ishiga o‘zi ham ishonmayotgandek edi.
Lisun Taehyungning yoniga choʻkdi. U ishona olmasdi..
Uni quchib oldi.
- Taehyung! Yo‘q, iltimos! Ko‘zingni yumma! Yig‘lardi u.
Qon uning oq ko‘ylagiga singardi.
Qizil rang gullar bilan aralashib, manzarani yanada dahshatli qilardi.
Lisunning qo‘llari titrar, nafasi notekis chiqardi.
- Men… men qo‘rqyapman… Nega bunday bo‘lyapti?..
U boshini ko‘tardi.
Jeonginga qaradi.
U ko‘z yoshlar ichida.
Bu savol Jeonginning yuragini tilib o‘tdi.
Ammo Lisun endi eshitmasdi.
Ko‘zlari sekin yumildi.
Tanasi bo‘shashdi.
Tae - Lisun!
Qichqirdi Taehyung, barcha og‘riqni unutib.
Qiz uning quchog‘ida hushidan ketdi.
Bog‘ ichida vahima boshlandi.
Kimdir tez yordam chaqirdi.
Kimdir qichqirdi.
Kimdir yig‘ladi.
Jeongin esa…
to‘pponchani qo‘lidan tushirib yubordi.
U kech qolgandi.
Juda kech.
Bu nafaqat sevgi.
Bu - urush e’loni boʻlgandi.
Va shu kundan boshlab…
hech kim endi ketda qolmasdi.
Qorongʼulik. Og‘ir bosib kelayotgan nafas. Lisun ko‘zlarini ochdi. Dastlab hech narsani ko‘rmadi. Atrof yorug‘ligi ko‘zlarini achishtirdi. Quloqlarida g‘alati shovqin eshitilib turar, yuragi esa haddan tashqari tez urardi.
Tae - Lisun… Lisun… iltimos, ko‘zingni och…
Pichirladi, ko‘zlari sekin-sekin tiniqlashdi. Oppoq devorlar. Oqarti choyshab. Gʻalati hid. U boshini ozgina burdi. Va uni ko‘rdi. Taehyungni, u adashmagandi.
U karavot yonida tiz cho‘kib o‘tirardi. Yuzi oqarib ketgan, ko‘zlari qizarib, lablari titrar edi. Yelkasi bintlangan, u bunga e’tibor ham bermayotgandek edi.
Tae - Shukur! Shukur ko‘zlaringni ochding.
U Lisunning qo‘liga uzandi.Shu lahzada Lisunning boshi ichida nimadir portladi.
Qon, bog‘. Qichqiriq, o‘q ovozi. Va undan oldinroq.
Zina.
Qorong‘u tun. Ortga qulash hissi.
-Qoch! Injo, qoch…
Lis - AAH!
Lisun qichqirib yubordi. U qo‘lini tortib oldi.