June 26

𝓗𝔂𝓪𝓬𝓲𝓷𝓽𝓱  || 3-𝑄𝓸𝓲𝓭𝓪

𝓔𝓹𝓲𝓼𝓸𝓭𝓮-7

.

.

.

Yasmin uchun yashirin pochta keldi. Qo‘riqchilardan biri atrofga hadiksirab qarab oldi-yu, jo‘natmani tezda uning qo‘liga tutqazib, xonani tark etdi.

Yasmin titrayotgan barmoqlari bilan qalin konvert muqovasini yirtib, ichidagi hujjatlarni olar ekan, vujudida daxshatli bo‘ron aralash qo‘rquv uyg‘ondi.
Qo‘lida yangi pasport va Amerikaga uchuvchi samolyot biletini ushlab turgan qiz chorasiz edi. Bir tomondan, u mana shu qorong‘u qasrda chekkan zulmlari, haqoratlari va kechagi mudhish tundan keyingi ozorlardan butunlay qutilib, tinch yashashni orzu qilardi.

Ikkinchi tomondan esa, u o‘zi ham bilmagan holda, o‘ziga cheksiz azob bergan o‘sha insonga Jungkookga allaqachon ko‘ngil qo‘yib ulgurgan edi. Qalbi va aqli o‘rtasidagi daxshatli kurashda, ikki o‘t orasida qolgan Yasmin uchun tanlov qilishga atigi 1 soat vaqt qolgan edi.

Author Pov:..

Ayni shu daqiqalarda dunyoning boshqa chekkasida,  Avstriyada ham hayot-mamot o‘yinining navbatdagi bosqichi boshlanayotgan edi.
Jungkook yangi yirik shartnomani muvaffaqiyatli imzolash uchun Avstriyalik hamkorlar bilan o‘tgan og‘ir uchrashuvdan so‘ng, amakisining hashamatli villasiga qaytdi. Amakisi Hyun Joong uning yuzidagi charchoq va o‘ychanlikni kuzatib, zal ortidagi zalvorli mehmonxonada o‘tirgan jiyanining yoniga qadam tashlab keldi.

Hyun Joong - Shartnoma ishlari ham bo‘ldimi?

Jk - Ha!

Jungkook charchoq bilan ko‘zlarini yumib, boshini o‘rindiq suyanchig‘iga tashlagancha davom etdi.

Jk - Ikki yillik ijara va qo‘riqlash xizmati. Italiyadagi omborimizdan joy ajratganimiz uchun 70 million dollar o‘tkazishadigan bo‘lishdi. Menimcha, natija yomon emas.

HJ - Yaxshi, albatta. Moliyaviy tomondan hammasi joyida.

Hyun Joong istehzoli jilmaydi, uning ko‘zlarida yashirin bir g‘azab uchqunladi.

HJ - Bobong vafot etganiga ham mana 1 yil to‘ldi. Uning o‘limida aybdor bo‘lganlarning barchasini o‘z qo‘llaring bilan o‘ldirding... Lekin, eshitishimcha, o‘sha qotillarning qiziga ko‘ngil qo‘yibsanmi?

Jungkookning ko‘zlari shiddat bilan ochildi. Nigohlari birdan o‘tkirlashib, amakisiga tikildi.

Jk - Buni sizga Mayckel aytdimi?

HJ - Kim aytganining nima farqi bor?

Hyun Joongning ovozi balandlashdi.

HJ - Savol baribir javobsiz qoldi, Jungkook. To‘g‘rimi?

Jungkook bir muddat jim qoldi. Ichidagi yashirin tuyg‘uni yashirishning endi foydasi yo‘q edi. U chuqur nafas olib, tan oldi.

Jk - Ha, amaki... Men unga befarq emasman.

Hyun Joong g‘azabdan o‘rnidan turdi va Jungkookning tepasiga keldi. U o‘zida ulkan kibr va kuchli psixologik bosim taratgan holda, jiyanining yelkasidan bosib, unga qarab tahdidli ohangda gapira boshladi.

HJ - Sen oilamizning nomiga isnod keltirasan chog‘i, Jungkook. Nima, o‘sha iflos qotilning qizi bilan oila ham qurmoqchimisan? Kelajakda undan tug‘ilgan farzandlaring sening tomog‘ingga pichoq tirab, seni ham o‘ldirsa, aslo hayron qolmayman!

Jk - Amaki...

Jungkook e'tiroz bildirmoqchi bo‘ldi, ammo amakisi uning gapini shafqatsizlarcha kesdi.

HJ - Menga gap qaytarma! Jungkook, esingda bo‘lsin, qotil har doim qotilligicha qoladi! Ularning qonidagi yovuzlik hech qachon yoʻqolmaydi. Aqlingni yig‘, uni yaxshisi darhol gumdon qil! U qiz bizning oilamiz uchun ortiqcha yuk, xolos. Otam yani sening bobong senga shuncha vaqt davomida qonxo‘rlik dunyosida qanday yashash bo‘yicha ta'lim-tarbiya berdi. Seni bobongdan olgan bor darsing, sadoqating mana shu birgina qiz uchun hamma narsadan voz kechishmi?

Hyun Joongning so‘nggi so‘zlari xonada go‘yo momoqaldiroqdek aks sado berdi. Jungkook butkul jim bo‘lib qoldi. U xuddi amakisining daxshatli va sovuq gaplaridan qaytadan jonlanayotgandek, har bir og‘ir so‘zdan o‘z ichidagi shafqatsizlikni uyg‘otayotgandek edi.

Uning yuz va butun tanasi muzlab, qotib qoldi.
Sekin-asta, uning qalbida arang miltillab turgan o‘sha g‘aribgina sevgi va iliqlik uchqunlari so‘na boshladi. Ularning o‘rnini esa yana o‘sha qora tun qa'ridan otilib chiqqan cheksiz qahr, nafrat va daxshatli g‘azab alangasi egallay boshlagan edi...

Jungkookning xayolida amakisining zaharli, sovuq so‘zlari tinmay aylana boshladi. Har bir so‘z uning qonida bobosidan qolgan shafqatsizlik instinktini uyg‘otayotgandek edi.

Qolgan ikki muhim uchrashuv ham yakunlanib, ular Koreyaga qaytish uchun shaxsiy samolyotga o‘tirishdi.
Samolyot bortida o‘tirgan Mayckel allaqachon Jungkookning o‘zgarib qolganini, uning nigohlaridagi o‘sha ilgarigi qonxo‘r va sovuqlik ifodasi qaytganini sezgan edi.

Biroq Mayckelning ich-ichida g‘alati bir xotirjamlik bor edi, u Yasmin o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilib, AQShga qochib ketganiga va hozir allaqachon ozodlikda nafas olayotganiga ishonardi.
Biroq o‘sha mash'um kecha hammasiga mudhish yakun yasashini u xayoliga ham keltirmagan edi...

Author Pov:...

Ular Seul markazidan uncha uzoq bo‘lmagan o‘sha ulkan villaga qaytib kelishdi. Mashina to‘xtashi bilan Jungkook qat'iy qadamlar bilan tushdi. Uning cho‘ntakdagi qo‘li to‘pponchasini otishga shay holatda qisib ushlab turardi.

Amakisining - U qiz qotilning qizi, uni darhol gumdon qil! degan hayqirig‘i miyasida portlayotgan edi.
Villa eshiklari shiddat bilan ochilib, Jungkook shaxdam va sovuq qadamlar bilan ichkariga kirdi. Uning ovozi butun uyni titratib yubordi.

Jk - YASMIN! YASMIN!

U xuddi o‘z o‘ljasini qidirayotgan yirtqichdek baqirardi. Shu mahalda, yuqori qavatdan yorug‘lik taralgandek bo‘ldi. Yasmin samolyot biletini yirtib tashlab, shu yerda qolishni, o‘z sevgisi yonida bo‘lishni tanlagan edi. U Jungkookning ovozini eshitib, cheksiz quvonch va sog‘inch bilan zinalardan pastga oshiqdi.

Jungkook dahlizda paydo bo‘lgan qizni ko‘rib, bir lahzaga to‘xtab qoldi. Avvaliga uning ko‘zlarida kutilmagan baxt va beixtiyor bir kulgi chaqnadi — u tirik edi, qochib ketmagandi, uning yonida edi! Biroq ko‘p o‘tmay, amakisining gaplari va g‘ururi bu iliqlikni shafqatsizlarcha bo‘g‘ib tashladi. Jungkookning ko‘zlari qora tun kabi qorong‘ulashdi.
Yasmin yugurib kelayotgan joyida to‘xtab qoldi.

Qarshisidagi erkakning nigohida o‘zi bir necha hafta avval his qilgan o‘sha mehribon insondan asar ham qolmaganini, u hamon o‘sha zararsizlantirib bo‘lmaydigan qonxo‘r - bomba ekanligini anglab yetdi. Qizning ko‘zlaridagi quvonch o‘rnini daxshatli qo‘rquv egalladi.
Jungkook qisqa va dahshatli ikkilanishlardan so‘ng, cho‘ntagidan sovuq qurolini chiqardi va to‘g‘ri Yasminning ko‘kragiga qarata o‘q uzdi.

Jk - Sen shunga loyiqsan...

Jungkook daxshatli sovuqqonlik bilan pichirladi.
Va undan soʻng...

Baaaaam!

Mudhish ovoz xonada aks sado berdi. O‘q Yasminning nafaqat vujudini, balki uning Jungkookga bo‘lgan sof sevgisini ham teshib o‘tgan edi. Qizning oppoq ko‘ylagida xuddi u yaxshi ko‘rgan to‘q qizil Hyacinth gullaridek qon dog‘i yoyila boshladi. Yasmin zinalar poyiga holsiz yiqildi. Uning yarim ochiq ko‘zlarida Jungkookning sovuq qiyofasi va so‘nggi pushaymonlik yoshlari qotib qolgandi. Va hammasiga, uning yosh umriga butunlay nuqta yasaldi...

Jungkookning ortidan ichkariga kirib kelgan Mayckel yerda qonga belanib yotgan Yasminni ko‘rdi-yu, go‘yo butun dunyosi ag‘darilib ketgandek bo‘ldi. Uning vujudi muzlab, aqldan ozish darajasiga keldi.

Mc - YO‘Q!!!

Mayckel daxshatli faryod urdi.
U Yasminning yoniga o‘zini otdi va qizning holsiz, sovuqlashayotgan tanasini quchoqlab oldi. Mayckelning ko‘zlaridan yosh emas, go‘yo qon oqayotgandek edi. U hozir Yasminning timsolida yana o‘sha 12 yil avval o‘z aybi bilan qutqara olmagan singlisi Elizabethni ko‘rayotgan edi. U Yasminni qutqarmoqchi, unga hayot bermoqchi edi, ammo yana kechikkan edi. Yana bir begunoh qiz uning ko‘z o‘ngida qurbon bo‘lgandi.

Mayckel boshini ko‘tarib, qo‘lidagi to‘pponchasini hamon tushirmay, toshdek qotib turgan Jungkookga tikildi. Uning ko‘zlarida endi qo‘rquv emas, cheksiz nafrat va qotillik olovi yonardi.

Jungkook hech qanday emotsiyasiz, yerda yotgan jasadga va yig‘layotgan yordamchisiga qarab turardi. Biroq uning ich-ichida allaqachon daxshatli bir bo‘shliq va o‘zi ham bilmaydigan mudhish bir pushaymonlik ildiz ota boshlagan edi.

Mc - Sen vaxshiysan... Sen odam emassan, Jungkook!

Mayckel shunday deya bo‘g‘ildi, uning tishlari g‘azabdan bir-biriga urilardi.

Mc - U seni sevgan edi! U ketishi mumkin edi, lekin senga ishonib shu jahannamda qoldi! Sen esa uni o‘z qo‘llaring bilan o‘ldirding!

Mayckel butkul o‘zini yo‘qotgan, qalbini qamrab olgan og‘riq va daxshatli xotiralar uni aqldan ozish darajasiga keltirgan edi. Uning ko‘z o‘ngida o‘tmish va bugun qo‘shilib ketdi, bir tomonda 12 yil avval daryo bo‘yida topilgan singlisi Elizabethning jonsiz tanasi bo‘lsa, ikkinchi tomonda zinalar poyida oppoq ko‘ylagi qonga belanib yotgan Yasmin turardi.

Ikkalasini ham qutqara olmadi, ikkalasida ham kechikdi...
Jungkook esa bir muddat yerda yotgan jasadga muzdek sovuq nigoh bilan tikilib turdi. Uning yuzida zarracha achinish yoki pushaymonlik alomatlari ko‘rinmasdi. Amakisining so‘zlari miyasiga shunchalik chuqur singib ketgandiki, u hozirgina o‘z qo‘llari bilan hayotidagi yagona poklik va sevgini yo‘q qilganini hali anglab yetmagandi.

U cho‘ntagidan ro‘molchasini chiqarib, to‘pponchasi ustidagi barmoq izlarini xotirjamlik bilan artdi va ortida turgan sovuqqon qo‘riqchilarga buyruq berdi.

Jk - Lanatini bu yerdan yo‘qotinglar! Izlar qolmasin.

Uning shafqatsiz va qat'iy buyrug‘idan so‘ng, qo‘riqchilar jasadga yaqinlashishdi. Mayckel Yasminning tobora sovub borayotgan tanasini mahkam quchgancha, uni hech kimga bergisi kelmasdi. U qizning yuzidagi so‘nggi ko‘z yoshlarini kaftlari bilan artarkan, ich-ichidan o‘ziga nisbatan cheksiz, dahshatli nafrat uyg‘onayotganini his qildi.

"Nega uni o‘sha kuni mashinaga majburlab chiqazmadim? Nega uning ahmoqona sevgisiga, yolg‘on umidlariga ishondim? Men yana bir bor ojizlik qildim..."

Mayckelning o‘ylari qichqiriq aralash pichirlab chiqardi. Ammo vaqtni ortga qaytarib bo‘lmasdi. Qo‘riqchilar Mayckelni majburlab Yasminning yonidan ajratishdi. U qizning jonsiz vujudi dahlizdan olib chiqib ketilayotganini chorasiz kuzatib qoldi. O‘sha tunda villaning nafaqat dahlizi, balki unda yashovchi har bir insonning qalbi qonga to‘ldi.
.
.
.

Oradan 3 yil o‘tdi...

Vaqt shafqatsiz daryo kabi oqib o‘tdi, ammo Seul chekkasidagi o‘sha ulkan, qorong‘u villada hayot go‘yo o‘sha mudhish tunda to‘xtab qolgandek edi. Uch yil davomida bu yerga bahor kelmadi, quyosh nuri bu qasrning sovuq devorlarini isita olmadi.
Jungkook endi butun Koreya qora dunyosini titratadigan, eng yirik va eng xavfli rahbari - mutloq hukmdorga aylangan edi.

U amakisi Hyun Joong aytganidek, o‘z nomiga hech qanday isnod keltirmadi, dushmanlarini birmab-bir yer tishlatdi. Ammo uning yuzida endi tabassum ko‘rinmasdi. U jonsiz haykalga, hissiz manqurtga aylangandi.

Kechki payt. Tashqarida yomg‘ir quyib yog‘ardi. Jungkook o‘zining qorong‘u ish xonasida, deraza yonida turib, pastdagi bog‘ga tikilardi. O‘sha bog‘da uch yildan beri bitta ham gul ochmagandi, barcha o‘simliklar qurib, xazon bo‘lgan edi. Faqatgina xonaning burchagidagi kichik stol ustida, shisha idishda o‘sha g‘aribgina Hyacinth gullari turardi.

Jungkook sekin gullarga yaqinlashdi. Ularning iforini hidlar ekan, miyasida yana o‘sha mayin ovoz aks sado berdi.

-  "Shu sababli ham Hyacinth gullariga mehringiz boshqacha ekanda..."

U kutilmaganda ko‘kragida chidab bo‘lmas og‘riq his qildi. Uch yil o‘tsa hamki, u har kecha tushida o‘sha qonli zinalarni va Yasminning so‘nggi nafasidagi sog‘inch to‘la ko‘zlarini ko‘rib uyg‘onardi. U qizni o‘ldirib, amakisiga sadoqatini isbotladi, omborlari obroʻsini saqlab qoldi, ammo o‘zining vujudini butkul o‘ldirdi. U endi tirik murda edi. Mana shu hashamat, pullar va cheksiz hokimiyat uning ichidagi daxshatli bo‘shliqni to‘ldira olmayotgandi.

Har safar qo‘liga to‘pponcha olganida, Yasminning oppoq ko‘ylagidagi qon dog‘i ko‘z oldiga kelardi.
Ayni shu daqiqada xonaga sekin qadamlar bilan Mayckel kirdi. Uch yil Mayckelni ham butkul o‘zgartirgan edi. Uning sochlariga oq oralagan, ko‘zlaridagi o‘sha jo‘shqinlik so‘nib, o‘rnini sovuq bir sukunat egallagandi. U hamon Jungkookning yonida edi, ombor ishlarini boshqarardi. Ammo endi ular do‘st yoki yaqin yordamchilar emas edilar. Ularni faqatgina o‘sha umumiy mudhish sir va bir-biriga bo‘lgan yashirin nafrat bog‘lab turardi.

Mayckel stol ustiga yangi hisobotlarni qo‘ydi. U Jungkookning Hyacinth gullariga tikilib turganini ko‘rib, ichida achchiq bir istehzo tuydi.

Mc - Janob Jungkook, Avstriya ombori bilan bog‘liq hujjatlar tayyor.

Mayckel ovozida zarracha hissiyotlarsiz gapirardi.
Jungkook ortiga o‘girmay, past ovozda so‘radi.

Jk - Amakim Hyun Joong nima deyapti?

Mc - U sizning muvaffaqiyatingizdan mamnun. Siz oilaning eng munosib vorisi ekanligingizni hammaga isbotladingiz!

Mayckel - munosib voris so‘ziga alohida urg‘u berdi. Bu ochiqchasiga pichoq urish bilan barobar edi.
Jungkook sekin Mayckelga yuzlandi. Ikki erkakning nigohlari to‘qnash keldi. Ularning ko‘zlarida uch yillik sirlar, aytilmagan gaplar va cheksiz armonlar yashiringan edi.

Jk -  Mayckel... sen mendan nafratlanasan, to‘g‘rimi?

So‘radi Jungkook, uning ovozida ilk bor ojizlik va charchoq sezildi.
Mayckel stol chetini qattiq qisib ushladi, barmoqlari oqarib ketdi. U chuqur nafas oldi va Jungkookning ko‘zlariga tik qarab javob berdi.

Mc - Men sizdan nafratlanmayman, Janob Jungkook. Men o‘zimdan nafratlanaman. Siz shunchaki tabiyatingizda bor narsani qildingiz. Axir siz avvaldan qonxo‘r maxluq edingiz. Ammo u qiz sizni haqiqatdan ham o‘zgartira olaman deb o‘ylagandi... Biz ikkimiz ham uning o‘limiga sababchimiz. Siz o‘q uzdingiz, men esa uni bu jahannamdan olib chiqib keta olmadim.

Xonaga daxshatli sukunat cho‘kdi. Faqatgina derazaga urilayotgan yomg‘ir tomchilari bu sukunatni buzardi. Uch yil o‘tgan bo‘lsa-da, Yasminning ruhi hamon shu xonada, shu gullarning iforida aylanib yurgandek edi. Jungkook o‘z stuliga o‘tirarkan, hayotining eng cho‘qqisiga chiqqan bo‘lsa ham, aslida tubsiz jarlikning eng ostida yolg‘iz qolganini tushunib yetdi. Hammasiga nuqta qo‘yilgan edi, ammo azoblar endi boshlanayotgandi...

Mayckel soʻzlarini tugatib Jungkook tomon ishdan boʻshash arizani stol ustiga tashlar ekan, uning nigohida hech qanday pushaymonlik ko‘rinmasdi. Bu uydagi oxirgi rishta ham uzilgan edi. Shundan soʻng Mayckel ombor ishlaridan butunlay ketishini eslatib oʻtdi.
.
.
.
U ketganidan keyin Jungkook bu qorong‘u, ulkan villada va butun hayotida mutloq yolg‘iz qolganini ilk bor suyak-suyagigacha his qildi. Atrofida yuzlab qo‘riqchilar, hisobsiz pullar bor edi, ammo uning yonida endi hech kim yo‘q edi.

Kechasi Jungkook zilzila kabi og‘ir xotiralardan qochish uchun yashash xonasida o‘tirgancha, ketma-ket viski ichardi. To‘satdan tashqarida dahshatli qichqiriqlar va shiddatli o‘q ovozlari eshitila boshladi. Uning shaxsiy qo‘riqchilari birin-ketin yer tishlayotgandi. Biroq Jungkook o‘rnidan siljib ham qo‘ymadi, qaytamga qo‘lidagi stakanni qisgancha divanga yanada mustahkamroq o‘rnashib oldi. Unga hayotining ham, omborlarning ham zarracha qadri qolmagandi.

Bir necha daqiqadan so‘ng xona eshigi zarb bilan ochilib, ichkariga uning amakisi Hyun Joong ortidagi qurollangan odamlari bilan g‘olibona qadamlar bilan bostirib kirdi.

HJ - Ko‘rishmaganimizga ham ancha bo‘libdi, jiyan?

Hyun Joong zaharxanda jilmayib keldi.

Jk - Uyimga bostirib kirishingizning mutloq hojati yo‘q edi, amaki.

Jungkook viskidan ho‘plab, ovozini bittayam tonini ko‘tarmay.

HJ - Taxmin qilganimdek. Otam o‘zidan keyin juda mag‘rur va kalondimog‘ merosxo‘r qoldirgan ekan.

Hyun Joong xonani ko‘zdan kechira boshladi. Jungkook amakisini ishidan biroz ajablanib qoldi.

Jk - Nima, meni o‘ldirish qo‘lingizdan keladi deb o‘ylaysizmi?

Jungkook stakanni chetga surib, ko‘zlarini amakisiga tikdi.

HJ - Men o‘z vaqtida otamni va akamni o‘ldirgan odamman... Sen mening qarshimda kim bo‘libsan, Jungkook.

Hyun Joong bu gapni shunday xotirjam aytdiki, go‘yo oddiy ob-havo haqida gapirayotgandek edi.
Jungkook eshitgan gapidan hayrat va g‘azabdan ich-ichidan yona boshladi. Uning miyasida shu paytgacha sodir bo‘lgan barcha qora voqealar, bobosining o‘limi, otasining qotilligi, soniyalar ichida qayta tahlil qilinib, zanjir kabi bir-biriga bog‘lana boshladi.

HJ - Hayron bo‘lma.

Davom etdi Hyun Joong qadamlab yaqinlashib.

HJ - Hammasi otam butun boshli ulkan merosni va omborlarni menga emas, akamga, sening otangga qoldirishini aytgan kunidan boshlangan edi. Akamni yo‘q qilsam, Italiyadagi, Koreyadagi undan tashqari 18 ta ombor, cheksiz boyliklar menga qoladi deb o‘yladim va uni o‘z qo‘llarim bilan o‘ldirdim! Endi barchasi mening qo‘limga o‘tadi deganimda, chol kutilmaganda seni o‘ziga rasmiy merosxo‘r qilib tayyorlay boshladi. So‘ng, mana shu adolatsiz ishi uchun cholni ham - o‘z otamni ham zaharlab o‘ldirdim... Sen esa ahmoqdek bularning barchasini o‘sha ojiza qizning ota-onasidan ko‘rib, qasos o‘tida yonding!

Jk - Lanat bo‘lsin sendek oqpadar, iflos o‘g‘ilga!

Baqirib yubordi Jungkook.
U endi o‘zini tiya olmadi, cho‘ntagidan to‘pponchasini chiqarib, to‘g‘ri amakisining peshonasiga o‘qtaldi. Ammo uning butun tanasi qaltirar, haqiqatning daxshatidan tomorqasiga narsadir tiqilgandek alamidan yonardi. Yuz bergan barcha qotilliklar, u asrab qolmoqchi bo‘lgan oila nomusi aslida manfurlikdan iborat edi! U Yasminni mana shu qonxo‘r amakisining so‘zlariga ishonib o‘z qo‘li bilan otgan edi!

HJ - Shoshma, hali barchasini aytib ulgurmadim... O‘g‘lim!

Hyun Joong daxshatli tarzda iljaydi.

Jk - Nima?

Jungkookning qo‘lidagi qurol titrab ketdi.

Jk -  Nimalar deyapsan?

Kutilmaganda Jungkookga havo yetishmay, ko‘kragi qattiq siqila boshladi. Tomog‘ini daxshatli bir pichoq bo‘g‘ayotgandek bo‘ldi, boshi aylanib, o‘zini yo‘qotib qo‘yish darajasiga keldi.

HJ - Sening o‘sha koʻklarga koʻtargan otang... akam aslida bepusht edi.

Hyun Joong pichirlab, Jungkookning qulog‘iga yaqin keldi.

HJ - Buni faqat men va sening muhtaram onang Aela bilar edik. Shu sababli ham, biz onang bilan ko‘plab shirin tunlarni birga o‘tkazganmiz... Va natija yomon emas, qarshisida mendek vaxshiy o‘g‘il turibdi. Lekin, afsuski, o‘g‘lim endi haqiqiy otasiga o‘z joyini, omborlar taxtini bo‘shatib berishi kerak.

Bu daxshatli, jirkanch haqiqat Jungkookning miyasini butkul parchalab tashladi. U gapirolmay qoldi, ko‘zlari qisilib, aqldan ozish darajasiga keldi. U bor kuchi bilan amakisi yo‘q, o‘zining vahshiy otasi Hyun Joongni urishga, uni bo‘g‘ib o‘ldirishga urindi. Ammo Hyun Joongning atrofidagi qurollangan qo‘riqchilar darhol uning yo‘lini to‘sishdi. Jungkook yolg‘iz edi. Natijada u o‘z uyida, o‘z maxluq otasining odamlari tomonidan shafqatsizlarcha, kaltaklandi. U yerga quladi, og‘zidan, burnidan qon sizib chiqdi.

Jk - Men... voz kechdim...

Jon siz pichirladi Jungkook yerda yotgancha, ovozi bo‘g‘ilib chiqardi.

Jk - LANAT BO‘LSIN SIZLARNING BARCHANGIZGA!

U yerga tayanib, bor kuchi bilan qaytadan baqirdi.

Jk - Men kechdim... hamma narsadan kechdim... kechdim!..

U bazo‘r chuqur-chuqur nafas olarkan, oyoqlarida zo‘rg‘a muvozanat saqlab o‘rnidan turdi. Ust-boshi qonga belangan holda, og‘riqdan zirqirayotgan tanasini sudrab, uyidan butkul chiqib ketdi. Villa darvozasidan chiqib, o‘z mashinasiga o‘tirdi va motorni o‘t oldirdi. Mashinani bor tezligi, eng yuqori tezlik bilan tun qa'riga qarab haydarkan, u hozir qayerga ketayotganini va hayotining maqsadi nimaligini o‘zi ham bilmasdi... Uni butkul tamom bo‘lgan edi.

.

.

Episode - 7 Fine!

Reaksiya va Fikr bu safar koʻproq yozila.