" Hyacinth || 3- Qoida "
Jk - Men kechdim... hamma narsadan kechdim... kechdim!..
U bazo‘r chuqur-chuqur nafas olarkan, oyoqlarida zo‘rg‘a muvozanat saqlab o‘rnidan turdi. Ust-boshi qonga belangan holda, og‘riqdan zirqirayotgan tanasini sudrab, uyidan butkul chiqib ketdi. Villa darvozasidan chiqib, o‘z mashinasiga o‘tirdi va motorni o‘t oldirdi. Mashinani bor tezligi, eng yuqori tezlik bilan tun qa'riga qarab haydarkan, u hozir qayerga ketayotganini va hayotining maqsadi nimaligini o‘zi ham bilmasdi... Uni butkul tamom bo‘lgan edi.
.
.
.
U.S.A. California...
Kaliforniya osmonida havo umuman boshqacha edi. Bu yerning iliq shabodasi, yorqin quyosh nurlari va shoshilib yurgan odamlari kim uchundir yangi hayot, butkul toza va ozod sahifa varoqlarini ochayotgandek edi. O‘sha mudhish tundan keyin qonli o‘tmishini ortda qoldirgan Mayckel, Kaliforniya xalqaro aeroportiga qo‘nishi bilan yelkasidan ulkan bir yuk ag‘darilgandek yengil nafas oldi.
U Koreyadagi barcha aloqalarini uzgan, Jeon Omborining qonli o‘yinlaridan butunlay voz kechib, yangi hayot boshlash uchun kelgandi.
Biroq u bu yerda yolg‘iz emas edi...
.
.
Yasmin o‘tirgan sariq rangli taksi aeroport terminali oldida keskin to‘xtadi. U taksi pulini shoshilinch to‘lab, eshikni ochdi-yu, aeroport binosi tomon bor kuchi bilan yugurdi. Uning yuragi hayajondan va kech qolish qo‘rquvidan duk-duk urardi. Uzoq masofali reys allaqachon qo‘nganini bilgani uchun ham qadamlarini tezlatdi. Aeroportning ulkan shisha eshiklari tagiga yetishi bilan, ichkaridan qo‘lida chamodanini yetalab, ko‘ziga qora ko‘zoynak taqib olgan Mayckel chiqib keldi.
Unda hamon o‘sha o‘tmishning o‘ychan va salobatli qiyofasi bor edi, ammo Kaliforniya quyoshi uning yuziga ancha xotirjamlik bag‘ishlagandi.
Mayckel qarshisida hansirab entikib turgan qizni ko‘rib, yuziga samimiy tabassum yugurdi. Ko‘zoynagini pastga tushirib, chamodonini to‘xtatdi.
Mc - Aysh, meni bugun bu begona shaharda hech kim kutib olmasa kerak deb o‘ylabman!
Mayckel xushchaqchaqlik bilan, ovozida uch yildan beri eshitilmagan bir yengillik bor edi.
Ysm - Kech qolganim uchun uzr so‘rayman, Mayckel... Bir oz uxlab qolibman, yo‘ldagi tirbandlikni aytmasa ham bo‘lad.
Yasmin sochlarini ortga tashlab, chuqur nafas oldi.
U Koreyadagi o‘sha o‘q yegan mudhish tunda mo‘jiza tufayli tirik qolgandi. Mayckel uni o‘sha kecha yashirincha shifoxonaga yetkazgan, o‘lim changalidan yulib olgach, uning o‘limi haqida soxta xabarlar tarqatib, Koreyadan butunlay yashirincha olib chiqib ketgan edi.
Uch yil davomida qiz xavfsiz joyda yashadi va nihoyat, bugun ular yana uchrashishdi.
Mayckel qizga boshdan-oyoq razm salarkan, uning ko‘zlaridagi o‘sha ilgarigi qo‘rquv yo‘qolganini, yuziga qon yugurib, haqiqiy erkin qizga aylanganini ko‘rib ko‘ngli ko‘tarildi.
Mc - Sofi! Ko‘rinishing shunchaki ajoyib.
Sofi - Ey Xudoyim... bu ismga ham arang o‘rgandim.
U kulib yubordi, endi Yasmin yo‘q edi. U o‘z ismini, familiyasini, fuqaroligini va butun shaxsiyatini qog‘ozda ham, hayotda ham butkul o‘zgartirgan edi. Endi u erkin, hech kimga qaram bo‘lmagan va eng muhimi, hech qanday zulm ostida yashamaydigan Sofi edi. U yelkasidagi o‘sha og‘ir qora o‘tmishni, Jungkookning daxshatli va sovuq ko‘zlarini, uning otgan o‘qini Kaliforniyaning shaffof havosiga singdirib yuborishga harakat qilayotgandi.
Shu zaylda ular aeroport binosidan chiqib, cheksiz palmalari va quyoshi bilan porlab turgan shahar tomon yo‘l olishdi.
Ularning yangi dunyosida endi Koreyaning qora tunlari, qonli qurollari, Jeon omborining iflos o‘yinlari va shafqatsiz shartnomalari yo‘q edi. Mayckel nihoyat o‘z singlisi Elizabeth uchun chekkan yillik azobidan, qalbini kemirgan nafratidan qutulgandek edi.
Chunki u bu safar ortga chekinmadi, Sofini (Yasminni) o‘sha jahannamdan eson-omon olib chiqib, unga yangi hayot sovg‘a qila oldi. Qiz esa, o‘z navbatida, o‘tmishdagi aldamchi sevgisining qurboni bo‘lishdan qutulib, endi o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan qurishga tayyor edi.
Ular mashinaga o‘tirisharkan, Sofi oynadan cheksiz ufqqa qarab pichirladi.
- Hammasi tugadi... Endi biz erkinmiz, Mayckel.
Sofi Kaliforniyaga kelib yangi hayot boshlagach, bu yerga o‘zining yagona yaqini, ukasi Karim Neguyo‘nni ham chaqirgan edi. U ukasi bilan barcha g‘am-alamlarni ortda qoldirib, tinch va osuda hayot kechirishni orzu qilgandi. Biroq Karim uning bu taklifini qabul qilib kelgan bo‘lsa-da, qalbida opasiga nisbatan ulkan nafrat va alam saqlar edi
Ota-onasining fojiali o‘limida u hamon Sofini aybdor deb bilar, hatto opasining o‘z ismini o‘zgartirishi, butun o‘tmishidan yuz o‘girganini xiyonat deb hisoblardi.
Aeroportdan qaytishgach, ular Sofi ijaraga olgan shinamgina uyga kelishdi. Mayckel chamodonlarini joylashtirayotgan bir mahalda, Karim yashash xonasida opasi bilan yolg‘iz qolganidan foydalanib, ichidagi bor zaharini sochishga tushdi. Uning asabiylashayotgani, g‘azabdan jag‘lari qisilib borayotgani ko‘rinib turardi.
Karim - Ismingni Sofi oʻzgartirganing-ku mayli, lekin endi bu musha kim?
Karim istehzoli jilmayib, opasining qarshisiga keldi.
Karim - Koreyadagi hamma narsadan, ota-onamizning qonidan kechib, bu yerda o‘zingga yangi baxtli shaxsiyat yaratib olding! Ismingni o‘zgartirganing bilan tomiringdagi o‘sha aybdorlik qonini yuvib tashlay olaman deb o‘yladingmi? Biz barchasidan ayrildik, ota-onam o‘sha qonxo‘rlarning qo‘lida sening sababing bilan o‘lib ketishdi!
Sofi - Karim, eshit... Unday emas...
Sofining ko‘zlariga yosh keldi, u ukasiga haqiqatni aytolmasdi.
Karim jahl ustida baqirib yubordi, uning ko‘zlari nafratdan qizarib ketgandi.
Karim - Yetmagandek, uyingga oʻshalardan birini - ismi Mayckelmidi? Oʻshani olib kelibsan! Nima, senga o‘sha jahannamdagi kunlaring kamlik qildimi? Yana o‘sha qotillarning yordamchisi bilan birga yashamoqchimisan? Sen rostdan ham aqldan ozibsan! Sening yuzingga qarash ham menga jirkanch!
Karim g‘azab bilan divanga o‘tirib, yuzini kaftlari bilan to‘sdi. Uning har bir so‘zi Sofini bitib borayotgan yaralarini qaytadan tilib tashlayotgandi.
Xonaga kirib kelgan va eshik ortida bu gaplarning barchasini eshitgan Mayckelning ham sabr kosasi to‘ldi. U endi jim qarab turolmasdi.
Mayckel shaxdam qadamlar bilan Karimning ro‘parasiga keldi va unga pastdan yuqoriga daxshatli, sovuq nigoh bilan tikildi. Ularning o‘rtasida ochiqchasiga va keskin suhbat boshlandi.
Mc -Sening isming Karim edi, to‘g‘rimi?
Mayckelning ovozi past, ammo zalvorli eshitildi.
Mc - Endi meni yaxshilab eshit, yigitcha.
Karim boshini ko‘tarib, Mayckelga nafrat bilan qaradi.
Karim - Sen mening ishimga aralashma, qotil!
Mc - Agar hozir ovozingni o‘chirmasang, sening ishing bilan shaxsan o‘zim shug‘ullanaman.
Mayckel uning tepasiga kelib, kuchli bosim o‘tkaza boshladi.
Mc - Sen bu yerda o‘tirib olib, opangni ayblashga, unga baqirishga zarracha haqqing yo‘q! Ota-onangning o‘limida Sofining zarracha aybi yo‘q edi. Agar o‘sha qirg‘indan kimdir aybdor bo‘lsa, u ham o‘sha shafqatsiz shartnomalarni tuzgan ifloslar! Sen Sofining o‘tgan Toʻrt yil ichida nimalarni boshidan o‘tkazganini bilasanmi?
Karim indamay, tishlarini gijirlatib qarab turardi.
Mc - U bir yil davomida har soniya qo‘rquv va zo‘ravonlik ostida yashadi.
Mayckel davom etar ekan ovozida og‘riq va aybdorlik sezilib turardi.
Mc - Uni hayvonlar kabi zanjirband qilishdi, kaltaklashdi. Eng dahshatli tunda esa, u o‘zi ishongan insonning to‘pponchasidan ko‘kragiga o‘q yedi! U o‘lim to‘shagida oylab yotdi, tirik qolishi shunchaki mo‘jiza edi! Sofi o‘z ismini sening hayotingni asrash uchun, o‘sha ombor egasi ortingizdan topib kelmasligi uchun o‘zgartirdi. U seni bu yerga chaqirib, oliyjanoblik qildi, sen esa kelib olib uni kamsityapsan!
Mayckel Karimning yelkasidan qattiq qisib, uni o‘ziga qaratdi
Mc - Aqlingni yig‘, Karim! O‘zingga kel va ko‘zlaringni och! Qarshingda turgan qiz sening dushmaning emas, u o‘z hayotini tikka tikib, seni qutqargan opang. Agar yana bir marta unga ovozingni ko‘targaningni yoki uni o‘tmish bilan ayblaganingni eshitsam, Kaliforniya sen uchun ham jahannamga aylanadi. Unga hozir har qachongidan ham oila, suyanch kerak, sen esa uning orqasidan pichoq uryapsan.
Mayckelning shafqatsiz haqiqatlari va sovuq tahdidi Karimni esankiratib qo‘ydi. U opasining ko‘zlaridan oqayotgan cheksiz yoshlarga va uning yuzidagi o‘sha chuqur og‘riq izlariga qarab, gapirishga so‘z topolmay qoldi. Xonaga og‘ir bir sukunat cho‘kdi...
.
.
Karim va Mayckel o‘rtasidagi o‘sha og‘ir suhbatdan so‘ng, uyga asta-sekin tinchlik qaytgan edi. Karim opasining boshidan kechirgan daxshatli azoblarini anglab yetgach, ichidagi nafrat o‘rnini chuqur pushaymonlik egalladi va u Sofidan uzr so‘rab, uning yangi shaxsiyatini qabul qilishga majbur bo‘ldi.
Bu orada Sofi o‘z kelajagini qurish yo‘lidagi eng katta qadamini tashladi, u Kaliforniyadagi nufuzli universitetlardan biriga o‘qishga kirdi. Aynan o‘sha yerda u o‘zining eng yaqin, sirdosh dugonasi Lee Sieun bilan tanishdi. Sieun quvnoq, samimiy va har qanday vaziyatda Sofini qo‘llab-quvvatlaydigan qiz edi. U Sofining o‘tmishdagi qora kunlarini biladigan, uning qalbidagi noziklikni tushunardi.
Vaqt o‘tishi bilan ular shunchalik yaqin bo‘lishdiki, Sieun ham Sofi, Karim va Mayckel yashaydigan o‘sha shinamgina Kaliforniya uyiga ko‘chib o‘tdi va ular birga yashay boshlashdi..
.
.
.
.
Oradan yana 2 yil o‘tdi...
Vaqt shoshilinch daryo kabi oqib, Kaliforniya quyoshi ostida yana ikki yil o‘tib ketdi. Sofi endi 23 yoshni qarshi olgan, ko‘zlari hayotga umid bilan boqadigan go‘zal talabaga aylangandi. U universitetdagi o‘qishlarini muvaffaqiyatli davom ettirar, darslardan so‘ng dugonasi Sieun bilan kulishib uyga qaytardi.
Mayckel esa shahardagi xususiy xavfsizlik kompaniyalaridan birida ish boshlagan, Karim esa o‘qishini tamomlab, shaxsiy hayotini yo‘lga qo‘yish bilan band edi. Ularning uyi endi chinakam oila maskaniga aylangandi. Koreyaning qonli o‘tmishi go‘yo unutilgan tushdek uzoqlashgandek edi.
Kechki payt. Sofi va Sieun oshxonada kechki ovqat tayyorlash bilan band edilar. Xonani mazali taomlar ifori va Sieunning tinimsiz jarangdor kulgisi tutib turgandi.
Sofi - Sieun, sabzavotlarni bir oz maydaroq to‘g‘ra.
Kulib qo‘ydi Sofi, dugonasining shoshilayotganini ko‘rib.
Sieun - Ooo, Sofi, men juda ochman! Universitetdagi bugungi imtihon mening butun energiyamni so‘rib oldi.
Soeun shikoyat qilib, to‘g‘rashda davom etardi.
Sieun - Aytganday, Mayckel bugun ishdan vaqtliroq kelaman deganmidi?
Sofi - Ha, u va Karim birga qaytishmoqchi edi.
Sofi ovqatni kovlar ekan, derazadan tashqariga, Kaliforniyaning oltin rang oqshom shafag‘iga tikildi.
Uning qalbi hozir har qachongidan ham xotirjam edi.
Ammo uning ich-ichida, eng tubida hamon o‘sha Hyacinth gullarining achchiq xotirasi va to‘q qizil qon dog‘i yashirinib yotardi. U har qancha urinmasin, ba'zi tunlarda o‘sha sovuq qurol ovozini va uni quchoqlagan baquvvat qo‘llarni eslar, ammo buni hech kimga sezdirmasdi.
Shu mahal uy eshigi ochilib, tashqaridan Mayckel va Karimning ovozi eshitildi.
Mc - Xonimlar, biz keldik! Va nihoyat, uydan ajoyib hidlar kelyapti.
Mayckel eshikdan partfelini qo‘yib kirarkan. Uning yuzida ikki yil avvalgi sovuqlikdan asar ham qolmagan, hayot unga ham yangi umid bergandi.
Karim ham opasining yoniga kelib, uning yelkasidan quchib qo‘ydi.
Karim - Opaginam charchamadingizmi?
Sofi ukasining bu mehribonligidan mamnun bo‘lib jilmaydi. Ular dasturxon atrofiga o‘tirishdi. Erkinlik, kulgi va tinchlik chor-atrofni qoplagan edi. Biroq bu tinchlik shunchaki bo‘ron oldidagi sukunatmi yoki haqiqiy baxtning boshlanishimi, buni hali hech kim bilmasdi.
Chunki dunyoning narigi chekkasida, Koreyaning qorong‘u ko‘chalarida tirik murdaga aylangan Jungkookning taqdiri hamon noma'lumligicha qolayotgan edi...
.
.
.
Author Pov:...
Aslida, Janob Jungkookning u darajada tez, osongina sinadigan va taslim bo‘ladigan inson emasligini barchamiz juda yaxshi bilamiz! U Omborlar urushidan, o‘z yaqinlarining xiyonati va jirkanch o‘yinlaridan butkul charchagan, qalban bitmas-tuganmas jarohatlar olgan edi. Eng muhimi - u o‘z qo‘llari bilan o‘ldirdim deb o‘ylagan Yasminning o‘limidan ich-ichidan daxshatli darajada pushaymon va afsusda edi. Biroq, u taslim bo‘lmadi.
O‘zining tug‘ilib o‘sgan vatanini, Seulni va o‘sha qonli xotiralar to‘la villani butunlay tark etib, Italiyada mutloq yangi hayot boshladi.
Italiyada endi uning avvalgidek ulkan omborlari va yuzlab odamlari yo‘q edi. Biroq, Jungkook Qora dunyoda shunchalik katta hurmat, nufuz va dahshatli obro‘ga ega inson ediki, u qayerga bormasin, imperiya qurish qo‘lidan kelardi.
Ko‘p o‘tmay, u xalqaro miqyosdagi eng yirik Qurol savdosi (kontrabanda) bilan shug‘ullana boshladi va qisqa vaqt ichida Yevropaning eng qudratli kimsalaridan biriga aylandi.
Baxtga qarshi, bu yangi hayotda Jungkook endi yolg‘iz emas edi. U o‘z mavqeyini yanada mustahkamlash va biznesini kengaytirish maqsadida Britaniyalik eng yirik va nufuzli sarmoyador Robert Uilyamning yagona, go‘zal qizi - Serafina Uilyamga uylangan edi. Garchi bu nikoh dastlab shunchaki sovuq shartnoma va manfaatlar ustiga qurilgan kelishuv asosidagi turmush bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan ularning munosabatlari o‘zgardi.
Serafinaning nafisligi, aqlli tabiati va Jungkookning ichidagi o‘sha bo‘shliqni to‘ldirishga urinishlari natijasida, ular o‘zlariga xos tarzda baxtli edilar. Jungkook o‘tmish asoratlarini qisman bo‘lsa-da unuta boshlagan, hayoti bir maromga tushgandek edi.
Toki Jungkook yirik bir biznes kelishuvi va qurol savdosi tarmog‘ini kengaytirish maqsadida Amerikaga - Chikagoga borishga qaror qilmaguncha..!
Jungkook Italiyadagi shaxsiy kabinetida, oyna ortida turib Rim ko‘chalariga boqarkan, yoniga mayin qadamlar bilan Serafina yaqinlashdi. U iffatli va mag‘rur britaniyalik xonim bo‘lib, Jungkookning hayotidagi o‘sha qorong‘ulikni yoritishga harakat qilayotgan yagona inson edi.
Serafina - Jungkook, AQSh safari uchun barcha hujjatlar va xavfsizlik choralari tayyorlandi. Otam u yerdagi hamkorlar bilan bog‘lanib, ogohlantirib qoʻydilar
Serafina erining yelkasiga qo‘lini qo‘yib, mayin ovozda gapirardi.
Jungkook ortiga o‘girilib, xotinining yuzidan ohista silab qo‘ydi. Uning ko‘zlarida hamon o‘sha sirli qorong‘ulik bor edi, ammo Serafinaga nisbatan munosabati chindan ham iliq edi.
Jk - Bu safar biznesimiz uchun juda muhim, Serafinam. Men Amerikadagi bozorni butkul o‘z qo‘limizga olishimizni istayman.
Serafina - Men ham sen bilan birga boraman. Seni Chikagoda yolg‘iz qoldirgim kelmayapti.
Jk - Albatta Azizam, birga boramiz.
Jungkook shunday dediyu, kutilmaganda uning yuragi g‘alati bir titroq bilan urib ketdi.
Go‘yo Chikago havosida uni niyat qilmagan, xayoliga ham keltirmagan daxshatli bir haqiqat kutib turgandek edi.
Besh yil oldin uning o‘qidan o‘lgan va hozir o‘sha shaharda Sofi ismi ostida butkul baxtli hayot kechirayotgan Yasmin bilan taqdir yo‘llari ayni shu nuqtada qaytadan to‘qnash kelishini Jungkook hali bilmasdi...
Baʼzida insonlar boshidan kechirgan eng qiyin, eng qonli daqiqalarga tayangan holda o‘zlari uchun hayotiy qoidalar yaratadilar. Men ham o‘sha mudhish tundan keyin o‘zim uchun uchta o‘zgarmas qoidani qalbimga mixlab tashlaganman.
Hech kimga ishonmaslik.
Boshqalarga hech narsani isbotlamaslik.
Hech kimga ko‘ngil qo‘ymaslik.
Agar men o‘z hayotimni bitta gulga taqqoslaydigan bo‘lsam, bu shubhasiz Hyacinth guli bo‘lardi. Qor va yomg‘irli havoga, eng kuchli chaqmoq va momaqaldiroqlarga ham dosh bera oladigan, ammo baribir bir kun kelib o‘sha sovuq tufayli so‘nadigan gul kabi...
Kaliforniya - orzular shtati.
Tungi shahar ko‘chalari nam asfalt ustida sokin va jim turardi. Havoda g‘alati bir ifor bor edi: xuddi endigina ochilgan Hyacinth gulining hidiga o‘xshardi, lekin unda allaqanday sovuq, menga tanish bo‘lmagan xavfli nimadir aralashgandek. Bu ifor go‘yo tun bo‘yi mening ortimdan soyadek ergashib yurdi. Biroq menga ergashayotgan yagona narsa bu hid emas edi...
Bu - mening o‘tmishim edi. O‘sha mudhish yillarning sovuqligi va tanamga tekkan sovuq qo‘rg‘oshin og‘rig‘i hozirgacha vujudimdan ketmaydi. O‘tmish qalbimda nimalarnidir butkul muzlatib yuborar, nimalargadir esa qaytadan dahshatli alanga berardi. Men bu hisni tushunmasdim. Balki bu shunchaki ichimdagi qo‘rquvdir, yoki qismatning menga yashirincha bergan navbatdagi daxshatli ogohlantiruvi... Ammo o‘sha yillarning hech bir soniyasini o‘zgartirishning iloji yo‘q edi.
Shunga qaramay, men Kaliforniyada mazmunsiz hayot kechirmadim. Biroq ushalmaydigan orzularim va ichimda ko‘milgan armonlarim bisyor edi. Shu kunlarda o‘ta o‘ychan va xayollarga berilib yurganim uchun, dugonam Sieun ikkalamiz Chikagoda bo‘lib o‘tadigan yirik Musiqiy Karnavalga borib, bir oz chalg‘ishga qaror qilgan edik.
.
.
Sieun - Mehmonxonadan eng shinam joyni band qildim. Endi bemalol aeroportga vaqtida yetib borsak bo‘lgani.
Sofi - Men ham kerakli barcha narsalarni tayyorlab qo‘ydim.
Men jilmaygancha chamodonni yoparkanman Mayckel suhbatga qoʻshildi.
Mc - Qizlar, ishonchingiz komilmi? Chindan ham u yerga yolg‘iz bormoqchimisizlar?
Mayckel eshik oldida turib, xavotir bilan bizga tikildi.
Sieun - Albatta! Biz buni allaqachon muhokama qilib bo‘ldik-ku, Mayckel.
Karim - Negadir mening ham ko‘nglim chopmayapti... Opa, balki men ham sizlar bilan birga borarman?
Ukam Karim menga qarab qoshlarini chimirdi.
Sofi - Bas qilinglar-chi! Axir biz endi yosh bola emasmiz. Shunchaki bir haftaga ketyapmiz, xolos. Pashshadan fil yasamasangizchi!
Ularni tinchlantirishga urindim.
Kechga yaqin Sieun va men aeroportga yo‘l oldik. Bizni Karim va Mayckel kuzatib qo‘yishayotganida, ularning ko‘zlaridagi o‘sha g‘alati xavotirni aniq sezdim. Go‘yo ular nimadir mudhish voqea sodir bo‘lishini sezgandek edilar.
Ko‘p o‘tmay, Kaliforniya - Chikago reysi uchun ro‘yxatga olish boshlandi va biz samolyotga yo‘l oldik.
Chikago ob-havosi Kaliforniyadan bir oz farq qiluvchi, nisbatan salqin va gavjum bo‘lmagan tinchgina shahar edi. Biz o‘zimiz band qilgan hashamatli mehmonxonaga yetib keldik.
Ichimizda g‘alati bir hayajon va ifodalab bo‘lmas qiziqish borligi sababli, o‘sha tunda ko‘zimizga umuman uyqu kelmadi.
Erta tongda biz o‘zimizga qulay bo‘lgan zamonaviy kiyimlarni kiyib, nonushta qilish uchun mehmonxona restoraniga tushdik. Hamma narsa ko‘ngildagidek edi, toki kutilmaganda ofitsiant yigit shoshilganidan qo‘lidagi issiq qahvani to‘g‘ri mening kiyimim ustiga to‘kib yuborguncha!
Sieun - Yaxshimisan, Sofi?! Senga hech narsa qilmadimi, kuymadingmi?
Sieun shoshilib o‘rnidan turdi.
- Uzr xonim, ming bor uzr! Kechirasiz, shoshilib qoldim...
Ofitsiant yigit qo‘rquvdan qaltirab, ro‘molchasini berdi.
Sofi - Hammasi joyida, xavotir olmang. Sieun, yaxshisi men yuqoriga chiqib, kiyimlarimni almashtirib kela qolay.
Stol chetidagi sumkamni oldim.
Men kiyimimdagi qahva dog‘ini qo‘limdagi ro‘molcha bilan artgancha, atrofga zarracha ham razm tashlamasdan, shoshilgancha lift tomonga qarab ketdim.
Lift tugmasini bosib, eshik ochilishini kutib turarkanman, vujudimdan to‘satdan g‘alati, daxshatli bir sovuq his o‘tdi. Yuragim sababsiz tez ura boshladi. Lift kelib, eshiklari ochildi. Men ichkariga kirdim va ortimga o‘girildim. Lift eshiklari sekin yopila boshlagan ham ediki, kutilmaganda kimdir tashqaridan kuchli qo‘li bilan eshiklar orasiga to'siq qo'ydi va sensor qayta ishga tushib, eshiklar ochilishga majbur bo‘ldi.
Ichkariga uzun bo‘yli, qora qimmatbaho kostyum-shim kiygan, salobatli erkak kirdi. Uning qo‘lida telefon bor edi va kim bilandir telefonda juda qizg‘in, sovuq ohangda suhbat olib borardi. Uning o‘sha bo‘g‘iq, jozibali va ayni paytda buyruqomuz ovozi mening quloqlarimga chalingan lahzada vujudim muzlab qoldi. Bu ovoz... bu dunyodagi eng tanish va men qochishga uringan ovoz edi!
Men daxshat ichida boshimni sekin ko‘tardim va liftning qarshisidagi ulkan ko‘zguli oynasidan uning aksiga qaradim. Ko‘zlarimga ishonmasdim, yo‘q, bu adashish emas edi... Mening taxminim yuz foiz to‘g‘ri chiqdi. Lift ichida, mendan bor-yo‘g‘i bir necha santimetr narida turgan inson - besh yil avval mening ko‘kragimga o‘q uzgan Jeon Jungkookning aynan o‘zi edi!
Yuragim urishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi, nafasim bo‘g‘zimga tiqildi. U meni tanib qolmasligi uchun darhol vahima ichida ortimga o‘girilib oldi. Tanam qaltirar, lift tezroq yuqoriga chiqishini Xudodan so‘rab ichimda yolvorardim.
Jungkook esa hamon telefonda gaplashardi, ammo u kutilmaganda nigohini ro‘parasida turgan, qora sochlari belidan tushgan qizning ortiga qaratdi. Qizning egnidagi qahva to‘kilgan ko‘ylagi ortga bir oz surilgan, uning oppoq bo‘ynida esa quyoshidan porlab turadigan nafis kumush zanjir ko‘zga tashlanib turardi.
Jungkookning gapirayotgan so‘zlari tomog‘ida qotib qoldi. U telefonni sekin qulog‘idan tushirdi. Uning ko‘zlari daxshatli hayrat va shubha bilan o‘sha zanjirga tikilgandi. Chunki bu shunchaki taqinchoq emas, besh yil avval o‘z qo‘llari bilan Yasminning bo‘yniga taqib qo‘ygan va qizning o‘limidan keyin go‘yo yo‘q bo‘lib ketgan, faqat Yasmingagina tegishli bo‘lgan o‘sha maxsus zanjir edi...
Lift ichidagi havo soniyalar ichida daxshatli darajada og‘irlashdi. Jungkook qarshisida turgan qizga qarab, sekin bir qadam oldinga tashladi...
Episode-8 Fine. Reaksiya va Fikr bildirilar Lilialarim 🤍