January 15

" 𝓗𝔂𝓪𝓬𝓲𝓷𝓽𝓱. | | 3- 𝓠𝓸𝓲𝓭𝓪 "

𝓔𝓹𝓲𝓼𝓸𝓭𝓮:4

.

.

.

Ella Pov:...

Shundan soʻng men deyarli 3 haftaga yaqin na Jungkookni, na Mayckelni koʻrdim.
Baxtga qarshi bu uyda men bilan gaplashish taqiqlangan. Shu sababli kimdandir, nimadir soʻrashga botina olmadim.
Kunlarim esa yana bogʻda Hyacinth gullarining mavsumiy parvarishlash bilan oʻtardi...
Go‘yo bu uy egasiz, ruhi so‘nib qolgan qobiqdek. Kimdir bilan ko‘z urishtirish ham, savol berish ham mumkin emasdek.
Kunlarim bir xil o‘tar edi.
Ertalabdan - bog‘ga.
Tushda - bog‘ga.
Kech tushgach — yana bog‘daman.

Hyacinthlar…
Ular gullardi. Ularning moviy rangiga qarab turib, ba’zan shunday o‘ylardim:
Qanday qilib tirik narsa bu qadar chiroyli bo‘la oladi-yu, tirik odam bu qadar bo‘sh bo‘lib qoladi?

Uch hafta.
Devorlar orasida vaqt sekin o‘lar edi.
Va keyin…
u qaytdi.

Jungkook qaytishi esa shu darajada ajablanarli boʻldi-ki, men bunday holatni shu vaqtgacha ming marotaba oʻylab ham, tush koʻrib ham aqlimga sigʻdira olmasdim.... Bu qaytish men tasavvur qilgan hech bir tushga o‘xshamasdi.
.
.
.

Author Pov:..

Jungkook - bu shunchaki boy odam emas edi.
U saqlovchi sifatida faoliyatini olib borar edi.
Narkotik moddalar.
Qurol-yarog‘.
Qora bozorda sotiladigan, nomi aytilmaydigan har qanday buyum.

Koreya bo‘ylab - o‘nlab omborlar.
Chet elda - o‘ttizdan ortiq.
Ispaniya, Yaponiya, Rossiya, Yaqin Sharq…
Bu safar u Mayckel bilan Ispaniyaga ketgan edi.
Yangi mijozlar. Yangi kelishuvlar imzolash uchun.
Ammo qaytish…
reja bo‘yicha kechmadi.

Koreyaga samolyot qo‘nishi bilan ularga otishma uyishtirishdi.
Xitoyga aloqador “China Air Box” kompaniyasining noqonuniy yo‘llarini yopib qo‘ygani uchun, Jungkookni yo‘q qilishga urinishdi.
O‘qlar havoni yorib oʻtdi,
Jung­kook qochdi, ammo oʻsha oʻqlardan biri… soniga, biri biqiniga tegib oʻtdi.
U tirik qoldi.
Lekin bu safar anchagina yordamga muhtoj holatda edi.
.
.
Ella Pov:..

Men darvozaga yaqinlashayotgan mashinani ko‘rganimda yuragim siqila boshladi. Chunki bu Jungkookning mashinasi edi.
Ammo… U odatdagidek tushmadi.
Mayckel eshikni ochdi.
Va men uni ko‘rdim.
Rangi oqarib ketgan.
Lablarini tishlab turibdi.
Bir oyog‘ini sudrab bosmoqda.
Qon… u yashirishga harakat qilayotgan, biroq hammayogʻi qonga belangandi.

Men bir lahza qotib qoldim.
-  Bu… bu mumkin emas…  degan fikr miyamdan o‘tdi.

Jungkook hech qachon yiqilmaydigan odam edi.
Hech qachon zaif bo‘lmagan.
Hech qachon yordam so‘ramagan insonlar toifasiga kirari.
Lekin hozir…
U qo‘llari bilan devorga tayandi.
Nafasi notekis edi.

Jk - Ichkaridagilarga... hech kimga aytma!

U past ovozda Mayckelga gapirardi.
Men bog‘da edim.
Hyacinthlarning yaproqlariga suv sepayotgan edim.
Qo‘llarim oʻzidan-oʻzi harakat qilar. Ko‘zlarim esa bo‘sh.

Men boshimni ko‘tardim va u meni ko‘rdim.
Uning qaddida o‘sha sovuq mag‘rurlik bor edi…
lekin tanasi egilgan.
Yurishi og‘ir.
Ko‘zlarida g‘azab sezilmasdi.
Birinchi marta…
men uning nigohida ustunlikni ko‘rmadim.
Bu nigohda go‘yo men emas, u xavf ostida edi.
Ichimda nimadir titradi.
Bu rahm emas, chalkashlik edi.

- Qanday qilib meni sindirgan inson… o‘zi ham sinishi mumkin?

Mayckel Jungkookni uyga olib kirib ketti, ular ortidan ikki yordamchi va shifokorlar ham birga kirishdi. Oradan koʻp oʻtmasdan uy ishchilarning deyarli yarimidan koʻpiga uylariga ketishga ruxsat berib yubordilar.
Men esa... hali hamon bu uyda tutqun man...
.
.

Jungkook qaytganidan keyin uyning havosi yanada oʻzgardi,  og‘irroq, tartibsiz va nafas olish yanada boʻliqroq boʻlib qolgandi.

Keyin… Mayckel yonimga keldi.
U menga doim eʼtiborsiz, lekin tartibli qarardi. Bu safar esa nigohida bir zumlik ikkilanish bor edi. Go‘yo aytmoqchi bo‘lgan gapining og‘irligini o‘zi ham his qilayotgandek.

Mc - Ella, Jungkook doimiy nazorat ostida bo‘lishi kerak. Jarahoti og‘irori, dorilarini oʻz vaqtida berish lozim, harakati ham cheklangan, holati… bularning barini kuzatish lozim.

Men jim qoldim. Hatto tilim aylanmay qoldi. U hozir soʻramoqchi boʻlganlari... Bu biroz daxshatli edi.

Mc - Shifokor aytdi, yonida doim bir odam bo‘lishi shart. Iltimos sen Jungkookning yonida boʻlib, uni narorating ostiga ol.

Bu so‘zlar ichimda nimanidir muzlatdi. Men boshimni ko‘tardim.
Unga qaradim.
Savol bermadim.
Savollarimga allaqachon javob tayyor va aniq edi.

Ella - U... rozi bo‘ladimi?

Dedim nihoyat unga. Javobimda rozi edim, ichimda esa yo‘q.

Mayckel ko‘zini olib qochdi.

Mc - Avval yo‘q dedi. Kutilganidek.
Lekin… sendan boshqa hech kim yonida uzoq tura olmaydi. Hamshiralar, xizmatkorlar… hammasi birin-ketin chiqib ketishdi.

Men nimani aytayotganini tushundim. Jungkook hohlasa ham, hohlamasa ham faqat men unga qarab tura olaman.

Mc - U seni chaqirdi, hohlamasa ham.

Mayckel sekin oʻzini qoʻyarga joy topolmay bu gaplarni aytardi.
Bu gap yuragimni yanada siqdi.
.
.
Jungkookning xonasiga kirganimda, u yotogʻida yarim yotgan holatda edi.
Yotoqqa suyangan. Oyog‘i bog‘langan. Rangi oqarib ketgan.
Men uni faqat ustun, sovuq, qo‘rqinchli holda bilardim.
Hozir esa u… jim edi.

Jk - Bu vaqtinchalik, sening yonimda bo‘lishing... barchasi.

Birdan Jungkook shunday deya ko‘zlarimga qaramay gapirdi. Men javob bermadim.

Jk - Mayckel ketaver, senga buyurgan barcha ishlarni hal qil, boraqol!

Bu safar menga qaradi.
Nigohi o‘tkir edi. Lekin charchagan.

Jk - Agar qochmoqchi bo‘lsang hozir ayt.

Men ichimdan kuldim.
Qayerga?

Ella - Men buyruqni bajaraman, shu xolos.

Bu so‘zlar…
meni o‘ldiradigan so‘zlar edi aslida.
U indamadi.
Faqat boshini sekin orqaga tashladi.
Shu ondayoq tushundim:
u rozi bo‘ldi, na rahmdan, na ishonchdan. Barchasi majburiyatdan faqat.
Mayckel ketayotganida, u menga yana bir bor qaradi.
Bu qarashda ogohlantirish bordek edi.

Go‘yo aytayotgandek:
Bu uyda qolish, xavfli.
Ammo ketish, undan ham xavfli.
Eshik yopildi.
Va men ilk bor… ortiqcha majburlashlarsiz
Jungkook bilan yolg‘iz qoldim.

Hyacinthlar tashqarida gullab turgan bir paytda,
uy ichida ikki yarador ruh
bir-biriga qarshi,
yonma-yon yashashga majbur etilgandi.
Bu tinchlik bermasdi. Goʻyo bo‘ron oldi sukunati va azob berishning oʻzgacha usuli edi.

.
.

Xonada yolg‘iz qolgach, havo og‘irlashib ketgandek bo‘ldi.
Men eshik yonida qotib turardim. Qayerga qarashni bilmasdim. Ko‘zlarim devorlardan, derazadan, pol chiziqlaridan panoh izlar edi.
U esa yotoqda, yarador oyog‘ini ehtiyotlab qo‘ygancha o‘tirardi.
Jim.
Bu jimlik… doim eng yomonidan oldin kelardi.

Jk - Yaqinroq kel!

Nihoyat.
Oyoqlarim bo‘ysunmadi. Lekin men baribir yurdim. Har qadamimda ichimdagi qarshilikni bosib o‘tish qiyin boʻldi. Yotoqdan bir necha qadam narida to‘xtadim.

Jk - Nega qo‘llaring titrayapti? Mendanmi? Yoki o‘zingdan?

U beparvo ohangda soʻradi. Javob bermadim.

Jk - Bog‘da gullar yaxshi ochilyaptimi? Hyacinthlari… hali ham yaxshimi?

Bu savol yuragimga ignadek botdi. Go‘yo u gullar orqali meni o‘lchayotgandek edi.

Ella - Ular yaxshi!

Mendan koʻra ikki, uch barobar yaxshi ular!
U kulmadi. Lekin lablarida g‘alati, sovuq ifoda bilan kulgu paydo bo‘ldi.

Jk - Qiziq, bu uyda hamma narsa o‘lardi. Lekin sen ularni tirik tutyapsan.

Men boshimni egdim.
Bu maqtov emas, koʻproq ayblovga oʻxshardi.

Jk - Sen meni kuzatyapsan, to‘g‘rimi? Qanday uxlayotganimni. Qanday nafas olayotganimni. Qachon og‘riqdan tishimni qisayotganimni.

Ella - Bu mening vazifam.

Men unga zo‘rg‘a javob berayotgandim.

Jk - Yo‘q!  Bu sening jazong.

Bu so‘zlari ichimni tirnab o‘tdi. Men yotoq chetiga yaqinlashib, dori idishlarini tekshira boshladim. Qo‘llarim bilan nimadir qilish, ko‘zlariga qaramaslik uchun bahona edi.

Jk - Mayckel senga nimani aytdi?

Ella - Faqat… yoningizda bo‘lishimni tayinladi.

U kulimsiradi. Bu kulgi ko‘ngilni hira qilardi.

Jk - U senga ishonadimi, Ella? Yoki seni bu yerda qoldirib, meni sekin o‘ldirishni xohlayaptimi?

Ella - Men bunday narsalarni oʻylamayman, hohlamayman...

Jk - Oʻylash, xohishlar bu uyda hisobga olinmaydi!
Bilasanmi? Menda sovgʻa bor!
Yoningdagi tortmani och!

Men ular aytgan javon tortmasini ochganimda u yerda kichik qoʻngʻiroqcha turardi. Men hayratlangancha Jungkookga qaradim.

Jk - Uni menga ber!

Men sekin qoʻgʻiroqchani ularning qoʻliga berdim.

Jk - Bu nima uchun kerak ekanligi qoziqmi?
Unda aytaqolay, bu seni chqirish uchun kerak!
Seni yordaming kerak boʻlganda yoki senga buyruq berishni hohlaganimda qoʻngʻoroqchani jironglatib seni chaqiraman!

Bu javob meni ustimdan kulgandek, hatto isimmi aytishni hohlamagani uchun shu qoʻngʻoroqcha orqali chaqirmoqchi. Hatto it bilan teng emasligimni eslatmoqchi. Koʻzlarimga kelgan yoshni men toʻxtata olmadim.

Shu payt…
telefon jiringladi.
Xonadagi jimlik kesilib ketdi. Jungkookning nigohi darhol o‘zgardi. U telefonni oldi. Qoshlarining orasida keskin chiziq paydo bo‘ldi.

Jk - Gapir.

Mayckelning ovozi baland, lekin shoshqinli edi. Men faqat ayrim so‘zlarni eshita oldim:

Mc - …harakat bor...! …manzilingiz fosh bo‘lishi mumkin…
…ichkarida ham xavf bo‘lishi ehtimoli bor…

Jungkookning qo‘li musht bo‘lib siqildi.

Jk - Qachon?

Bir necha soniyalik sukutda soʻng.

Jk - Tushundim!

Va aloqani tugatdi. Xona yana jim, boʻsh boʻlib qoldi.
Bu jimlik avvalgidan ham xavfliroq edi. U menga qaradi. Bu qarashda endi savol ham, buyruq ham yo‘q edi.
Hushyorlik va eʼtibori boshqa joyda edi.

Jk - Bugundan boshlab, sen mendan bir qadam ham uzoqlashmaysan.

Yuragim tez ura boshladi.

Jk - Uy to‘la qo‘riqchi bo‘lsa ham, bu yetarli emas. Agar nimadir sodir bo‘lsa… birinchi bo‘lib sen bilasan.

Ella - Nega men?

So‘rab yuborganimni oʻzim ham sezmay.
U biroz sukut qildi. So‘ng javob berdi:

Jk - Chunki bu uyda eng ko‘p narsani yo‘qotgan sensan. Va yo‘qotadigan narsasi qolmagan odam… eng xavfli odam bo‘ladi.

Bu so‘zlar ichimda sovuq iz qoldirdi.
Mayckel aytgandi: xavf yaqinlashyapti.
Men esa endi tushundim, eng katta xavf men uchun tashqarida emas edi.
U shu xonada edi.
Va men undan bir qadam narida turardim. Aslida men choʻchiyotgan yana bir narsa mavjud!

Agar meni qarshimda doimiy zugʻum va zoʻravonlik qilib kelayotgan inson toʻsatdan menga boʻlgan oʻy-hayoli oʻzgarsa! Bu holat men uchun yaxshimi? Yoki yomon?

Aslida eng yomoni men uchun boʻlishi mumkin boʻlgan hodisalarning natijasa qanday tugashi edi. Agar Jungkook oʻlsa men qutilib ketamanmi? Balki uning yordamchilari meni oʻldirishar? Hali hamon javobi noaniq savol birdobida qolgan edim....

.

.

Episode: 4 Tugadi...