July 14

" 𝑺𝒏𝒐𝒘𝒅𝒓𝒐𝒑 "

Bob:3
.
.
.
.
7 Haftadan Soʻng.

Yoongi - Menga qilingan ogʻir oʻyinni badali ham  ogʻir boʻladi Hwang In Yeop.

In Yeop - Tinchlansangizchi, axir u keraksiz inson edi. Karparatsiya taqdirini unga berib qoʻya olmasdim.

Yoongi - Karparatsiyaning bunga aloqasi yoʻq aslida. Siz nafs va ochkoʻzligingizni oqlash uchun oʻylangan bahona bu.

In Yeop - Hoy chegaradan oʻtmang.

Yoongi - Men chizgan chegara buzilgan ekan, siz bilan oxrigacha boramiz.
.
.
.
Author Pov:
Yoongi allaqachon Kareaga qaytgandi. U yolg'iz emasdi, akalari bo'ldi deb o'ylayotgan singlisi u bilan birga edi.

7 hafta avval boʻlgan voqea:
Yoongi toʻpponchasini to'g'irlaydi u bilardi hozir uning oldida boshqa yoʻl qolmaganligini. Agar bu ishni qilmasa hayoti ostun-ustun bo'lishini va u odamlarning oʻzlar Seani oʻldirishini. Shu sababdan bu ishni oʻzi qildi, uni shunchalar to'g'ri nishonga olib oʼq uzdiki, oʻq togʻri  yuragingning yon tomoniga qadaldi xolos.

Kelgan odamlar esa ikki akasi tomonidan yuborilgandi. Ular Seani oʻldi deb oʻylashib u yerdan ketishadi. Yoongi ular ketgandan so'nggi to'g'ridan to'g'ri yordamchilariga qo'ng'iroq qilib shifokor olib keltiradi. Shu tarzda Sea  qutqarilinadi va 6 hafta davomida to'liq tuzilishi uchun shifoxonada davolanadi.
Ular Kareaga qaytgandi allaqachon akalari Seani oʻldi deya hatto dafn marosimini ham oʻzkazishgan boʻlishadi.
.
.
Sea Pov:
Ko‘zlarimni ochganimga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shifoxonaning oq devorlari meni qayerdaligimni, nima boʻlganini yana bir bor eslatardi. Ammo tanamdagi og‘irlik… yuragim yonidagi boʻshliq… har safar chuqur nafas olsam, o‘sha lahzani qayta-qayta yodimga solardi.
Yoongi meni o‘ldirmadi.
Lekin… u meni otdi. Ikkilanishlaysiz.
Shu fikr hali ham ongimni kemirib, bo‘g‘zimni qisardi.

6 hafta davomida  eshitganlarim, ko‘rganlarim… meni avvalgidan ham ko‘proq qo‘rqitardi.
Yoongi shifoxonadan olib ketishga keldi. Nigohi g‘alati, hech qachon bunday ko‘rmaganman. Unda iztirob ham, xavotir ham, aybdorlik ham, alam ham bor edi.
Men so‘zlarim bo‘lsa ham, ularni aytishga tiliyim bormasdi.

Mashina derazasi ortidan shahar chiroqlari chaqnardi. Men esa o‘sha qorli o‘rmonda muzlab yotganim kabidirman, ichimdagi issiqlik allaqachon o‘chgan.

Yoongi - O‘zingni qanday his qilyapsan?

Men nigohimni derazadan uzmasdan javob berdim.

Sea - Tirikman. Shuni o‘zi yetarli.

U jim qoldi. Shunchaki jim.
Bu jimlik o‘q otilgan soniyalar kabi og‘ir edi.
Mashina qandaydir uy yoniga kelib to‘xtadi. Yoongi eshikni menga ocharkan, men bir zum to‘xtab unga qaradim.

Sea - Nega oʻldirmading?

Yg - Chunki... Bu... ishni qilolmasdim.

Sea - Lekin o‘q uzding.

Yg - Ilar seni o‘ldirishardi. Agar men qilmaganimda, seni yuragingga emas… boshingni nishonga olishardi.

Men kuldim. Ammo o‘sha kulgi o‘zimni ham larzaga soldi, u achchiq.
Qaltiratardi.

Sea - Demak meni o‘ldirmading, lekin tirik qoldirish? Qiziq bunda mantiq bormi?

Yg - Bu yagona yo‘l edi. Meni ham bo‘g‘ayotgan narsa shu. Men seni himoya qilmoqchi bo‘ldim, lekin eng ko‘p seni ziyon bergan ham men bo‘ldim.

Men unga yaqinlashdim. Nigohimni bir lahza ham uzmadim.

Sea - Yoongi… men seni kechirolmayman. Hozircha.

U bir qadam orqaga chekindi. Xuddi bu gapni kutgandek.

Yg - Men hammasini toʻgʻirlayman. Onang, otang, akalaring… "Sea Project"... hammasi yolg‘onlarga to‘la bir o‘yin bo‘lgan.

Uning bu so‘zlari tanamdan muzdek shamol o‘tkazdi.

Sea - Nimani bilmayman yana?

Yg - Sen hech narsa bilmagansan, Sea. Hech narsa.

Shu payt eshik oldida kimdir baland sado bilan qichqirdi.

-   YOONGI! Hamma joy o‘rab olingan!

Yoongi bir lahza ham o‘ylanmadi, u qo‘limdan mahkam ushlab, meni ichkariga sudradi. Ko‘zim kattalashdi. Uy tashqarisida qora libosli, qurolli odamlar paydo bo‘ladigan edi.

Yg - Ular seni tirik ko‘rmasligi kerak. Boʻlaqol.

Sea - Kimlar ular?

U javob bermadi. Meni zinayonidagi maxfiy eshikni ochib ichkariga kirgazdi. Qorong‘u, kichik bosh xona.
Men hayajon va qoʻrquv iskanjasida qoldim.

Sea - Yoongi, kim keldi tushuntir.

U menni koʻzlarimga qaradi. Uning nigohi qo‘rqinchli darajada jiddiy va sirli.

Yg - Sea seni oʻlgan deb oʻylashadi. Hamma uchun o‘lgansan.

Sea - Bu yaxshi emasmi, tirikligimni bilishlari.

Yg - Yo‘q. Chunki seni xech kim topishni xohlamayapti. Tirik ekansan - ular uchun xavfsan. Ular esa xavfni yo‘q qilishga tayyor insonlardan.

Men orqaga chekindim.

Sea -Akalarim…?

Yoongi sekin boshini chayqadi.

Yg - Bu ishni buyurgan odam... sen oʻylagandanda yaqinroq...

Yuragim yana bir bor o‘q tegandek sanchib ketdi.

Sea - Kim…

Yoongi bir lahza jim qoldi. So‘ng nihoyat aytdi..

Yg - Sen to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘ylayotgan odam emas… lekin uning qo‘li, aynan senga yaqin deb o‘ylagan insonlardan biriga tegishli.

Zina tagidagi yo‘lakdan yuqorida o‘q ovozlari, qichqiriqlar eshitildi.
Yoongi qo‘limni qo‘yib yubormay pichirladi.

- Oz boʻlsada tinchlanishing kerak. Haqiqiy o‘yin endi boʻlishi ham mumkin.

U eshikni ichkaridan yopdi. U qorogʻulikda nimanidir qidirardi. Men uni toʻxtatdim. Ovozim bo‘g‘iq...

Sea - Yoongi… men yana o‘layotgandekman.

U boshimni ikki kafti bilan ushlab, ko‘zimga tik qaradi.

Yg - Bu safar seni hech kimga bermayman. Hech kimga.

Tepadan pol titradi. Ular uyni buzib kirishayotgandek huddi.
Biz esa yopiq xonada qorong‘uligida. Yoongi devorlarni paypaslardi. Qanday bilmayman. Ammo devor surilib ochildi.

Yg - Boʻldi topdim. Kelaqol, biz qochishimiz kerak.

Qorongʻu yoʻlak devorlari mustahkam. Goʻyo kinolardagi kabi yashirin yoʻl edi.
Qocharkanman bir fikr meni qiynardi.
Meni o‘ldirmoqchi bo‘lgan odam… men uchun eng yaqin bo‘lgan kim?
Qaysi biri?
Qaysi biri menga o‘lim tiladi?
Bu savol menga tinchlik bermasdi.
Hatto tirikligim ham og‘riq bo‘lib keta boshladi.
Va eng yomoni…
Men kimga ishonishni ham bilmayman.

Tanam ozgina boʻlsada kuch to‘plagan, biroq ruhim hamon azoblanardi. Yoongining uyidagi yashirin yo‘lakka korayotganimizda oyoqlarim bo‘shashib ketdi. Hali ham yuragimga… yuragimga tekkani aytilgan o‘q… hayotimni qayta uyg‘otgandek boʻlgandi.
Biz qancha koʻp yurmaylik, yoʻl ohirlamasdi. Nihoyat men yura olmay to‘xtadim.

Sea - Yoongi… bir narsaga tushinmayapman! Shuncha vaqt… meni nega kuzatgansan?

U burilib qaradi. Uning nigohida o‘sha sovuq qishning jimligi, lekin ichida qandaydir kurash bor edi. U bir zum hech narsa demadi.

Yg - Meni ishim katta biznes hamkorlarni birlashtirish. Lekin 1 yilcha avval katta miqdordagi pul va Yapon mafiasidan qutilish imkonini beruvchi Project shartnomasi berildi.

Biz bir joyda toʻxtab qoldik. Soʻzsiz atrof boʻlsa, yo‘lak tor, qizil chiroqlar bilan yoritilgan, ichkarida metall hidi bor edi. Men yuragimni qo‘limda ushlab ketayotgandek edim.

Sea - Demak… sen meni tasodifan uchratmagansan?

Yg - Yo‘q… Men seni himoya qilishim shart bilan Yaponiyadan ketish imkoniyatiga ega boʻlgandim. Shu sababli seni shunchaki oʻldirib yuborolmasdim.

Men asta to‘xtadim.
Demak u meni oʻldirishni emas, himoya qilish uchun yuborilgan.

Sea - Loyihada… men haqimda hamma narsa oldindan bor edi… Nega? Shunchalik muhim men kimman o‘zi?

Yoongi chuqur nafas oldi, go‘yo aytadigan gaplari og‘ir va ogʻliqli.

Yg - Otang… U seni yashirishga uringan. Chunki sen… ularning aytganidek - keraksiz merosxo‘ri emassan, Sea.

Sea - Unda kimman?
Yg - Sen “Hwang”larning eng katta aktivisanki. Otang kompaniya kalitlarini sening nomingga o‘tkazgan. Ular buni biladi. Barcha to‘rt akalaring ham.

Meni butun vujudim muzlab ketdi.

Sea - Shuning uchun meni o‘ldirishmoqchi bo‘lishgan…

Yg - Otang ogʻir kasal, oyingni boʻlsa uyga yaqinlashtirishmaydi ham. Merosxoʻr aniq ekan. Hech boʻlmasa undan mahrum qilish onsonroq deya oʻylagan. Va faqat... faqat ikki akang...

Haqiqatlarga qoʻshilib yo‘lak ham tugadi. Oxirida katta metall eshik bor edi. Yoongi kod terdi va eshik ochildi.

Tashqarida tun. Qor yog‘moqda. Biz kichik shaxarcha ortidagi maxfiy garajda edik. Bir nechta qora mashinalar va past yoritilgan panar. Yoongining odamlari tayyor turishgan.
U mashina eshigini ochdi.

Yg - Tez. Ular bu joyni allaqachon topishgan bo‘lishi mumkin. Biz kechikmasdan ketishimiz lozim.

Mashinaga o‘tirgan paytim ham yuragim tordek chertilayotgan edi. Yoongi yonimga o‘tirdi va mashinada to‘g‘ri aeroport tomon yeldek uchib ketdi.

Mashinaga o‘tirgan paytim ham yuragim tordek chertilayotgan edi. Yoongi yonimga o‘tirdi va mashinada to‘g‘ri aeroport tomon yeldek uchib ketdi.

Aeroportga ketarkanmiz
Yoongi yo‘l bo‘ylab telefon orqali doim kimgadir buyruq berardi. Qor o‘qdek uchmoqda, yo‘l esa qoraygan, go‘yo har lahza ichiga tortib yuboradigandek. O‘z boʻlsada tinchlanish uchun ko‘z yumsam o‘sha “SEA PROJECT - 06” degan muhr ko‘z oldimda lipillardi.

Sea - Yoongi… nega aynan men....

Soʻzim tugamasidan u javob qildi.

Yg - Chunki sening otang barcha nazoratni senga qoldirgan. Sen qo‘l qo‘ygan bitta hujjat, ularning imperiyasini ham, pullarini ham muzlatib qo‘yadi.

Sea - Shuning uchun meni o‘ldirishni istashdimi.

Yg - Shunday desa ham boʻladi. Seni borliging ular uchun xavf, tahdid xisoblanadi.

Mashina tormoz berdi.
Oldimizda aeroport maydoni.
Yoongi mashinadan tushdi, qo‘limdan mahkam tutdi.

Yg - Biz endi Koreaga qaytamiz. U yerda xavfsiz bo‘lasan. Men hammasini hal qilaman.

Uning qo‘li issiq, yuragimda esa nimadir muzdek sovib borardi.
Samolyotga chiqishimiz bilan, Yoongi uzoq vaqt menga tikilib turdi.

Yg - Men yoningdaman, Sea. Men endi orqaga qaytolmaymiz.

Men unga boshimni qoqdim.
Shunda bilmadim, nima bo‘ldiyu… yuragim qimirlab qo‘ygandek bo‘ldi.
.
.
.
Korea...
Biz Seulga tunda qo‘ndik. Aeroport odamlar bilan gavjum bo‘lsa ham, qorong‘ilik orasida Yoongining odamlari himoya halqa qilib yurishardi.
U menga yaqin turdi.

Yg - Anavi oq mashinani koʻryapsanmi. Oʻsha mashina yonida kut. Hozir yoningga boraman.

Men boshimni irgʻib qoʻydim.
Yoongi kim bilandir gaplashish uchun uzoqroqga ketdi.

Bir-ikki daqiqa.
Uch-toʻrt daqiqa.
Keyin birdaniga hamma joyni egallagan shovqin.
Oyoq tovushlari. Kimlardir yugurmoqda.
Orqamdan sovuq shamol o‘tdi.

- Sea-a?

Deya qichqirgan bir ovoz eshitildi.
Men asta orqaga o‘girildim.

Qop-qora kiyimdagi ikki erkak.
Yuzlari niqobda.
Men ortga qadam tashladim.

Sea - Yoongi!!!
Deya baqirdim, lekin ovozim olomon orasida yitib ketdi.
Erkaklar yonimga yaqinlashdi.

- Keling, xonim. Sizni izlab yurgan edik. Qanday tasodif.

Men bosh chaykadim.
Ortqa qadam tashlardim. Koʻzlarim Yoonginibizlardi. U olomon oralab yugurib kelardi.

Sea - Men sizlarni tanimayman. Tinch qoʻying!

Yuragim bo‘g‘zimga tiqildi.Odamlar yonimdan o‘tib ketishardi, hech kim hech narsani sezmasdi.

Qo‘limdan qattiq ushlab olishdi.

Sea - Qo‘yib yuboring!
Deb baqirdim, ammo ular meni mashinalar tomon torta boshlashdi.
Shu payt…

Yg - SEA!
Tanish ovozni eshitdim.

Yoongi.
U yetib qolishiga soniyalar bor. Ko‘zlarida vahima porlab turardi.

Lekin… men allaqachon qorong‘u mashinaning eshigiga yaqin edim.

Erkaklar meni ichkariga tortib kirgizayotganida, men so‘nggi marta orqaga qaradim.
Yoongi yugurib kelayotgandi.

Men esa…
…endi uning qo‘lidan chiqib ketayotgandim.
Mashina eshigi yopildi.

Shisha oyna ortidan Yoongining cheprasi  ko‘rindi - u meni yo‘qotayotganini tushungan nigoh bilan qotib qolgandi. Gʻazab bilan mashina oynasiga mushlab urardi.

Mashina yeldek otilib ketdi.
Men esa ichkarida nafasim qisilib borgandi.

Sea - Yoongi… iltimos meni qutqar…

Ammo kech edi.
Men Koreaga qaytganimning birinchi kechasidayoq alla qanday insonlar tomonidan olib ketilmoqdaman...

.