December 23, 2025

" 𝑺𝑰𝑺𝑻𝑬𝑹 𝑪𝑰𝑵𝑫𝑬𝑹𝑬𝑳𝑳𝑨 "

𝑪𝒉𝒂𝒑𝒕𝒆𝒓: 10

𝓠𝓪𝔂𝓽𝓶𝓪𝓼 𝓫𝓸'𝓵𝓰𝓪𝓷 𝓲𝓯𝓸𝓻𝓵𝓪𝓻... 𝓤𝓷𝓾𝓽𝓲𝓵𝓰𝓪𝓷 𝓲𝓼𝔁𝓸𝓻𝓵𝓪𝓻... 𝓘𝔃𝓵𝓪𝓻𝓲𝓷𝓰𝓷𝓲 𝓼𝓸𝓰'𝓲𝓷𝓪 𝓾𝓷𝓾𝓽 𝓫𝓸'𝓵𝓰𝓪𝓷 𝓫𝓪𝓱𝓸𝓻𝓵𝓪𝓻...

.

.
Lis -  A-AH!
Lisun qichqirib yubordi. U qo‘lini tortib oldi.

- Menga tegma!
Dedi u vahima bilan.

Taehyung qotib qoldi.
- Lisun… bu men… tinchlan…
.
.

Ammo Lisun, endi Lisun emas edi.

Ko‘zlari keng ochilgan, nafasi uzilib borar, ko‘ksidagi og‘riq bo‘g‘ziga chiqardi.

-  Injo… Mening ismim… Injo…

Taehyungning yuzi oqarib ketdi.

Tae - Yo‘q…Yo‘q… iltimos…

Lisunning qo‘llari qaltirar, boshi og‘riqdan yorilayotgandek edi.

Injoning ko‘zlaridan yosh otilib chiqa boshladi.

Injo - Qon… hamma joy qon edi… Men zinadan sakragan edim… chunki…

Ovozi titrab ketardi, u Taehyungga qaradi. Bu qarash endi sevgi bilan emas edi. Bu  anglash, nafrat va dahshat edi.

- Chunki… Chunki Seomin…

U nafasi ichiga tiqilib qoldi,  past ammo o‘tkir ovozda.

- Sen meni qanday hayotga majburlading…

Taehyung o‘rnidan turib ketdi.

Tae -Yo‘q! Men seni saqlab qoldim. Seni hech kimga bermadim! Seni sevib qolgandim Injo!

Injo kulib yubordi. Bu kulgi hursandchilildan emas, nafratdan edi. Sindirilgan, parchalangan yurakning ovozi edi.

Injo - Sevgi? Sen sevgi deb shuni aytasanmi?

U og‘riq bilan o‘rnidan turdi. Tomchilab turgan osma ukolni qo‘llaridan sug‘urilib ketdi.

- Sen mening ismimni o‘g‘irlading. Hayotimni o‘g‘irlading. Xotiralarimni o‘g‘irlading. Oʻzligimni oʻgʻirlading...

U Taehyungni ikki qo‘li bilan itarib yubordi.

- MENDAN UZOQLASH!

Taehyung orqaga tisarildi. Yaralangan yelkasi bilan devorga urildi.

Tae - Injo, iltimos… Men sensiz yashay olmayman…

Taehyung hissiyotlarini boshqara olmay yigʻlab yubordi. U bilardi bir qiz taqdiri bilan juda katta oʻyin qilganini.
Injo boʻlsa ko‘z yosh aralash baqirdi.

- MEN ASLIM SEN BILAN YASHAMAGAN EDI!

Bu so‘z xonani tilib o‘tdi.

- Har kuni men bo‘lmagan hayotni yashaganman! Sen menga Lisun bo‘lishni o‘rgatding, lekin men… men Injo edim!

U ko‘ksini changallab oldi.

Og‘riyapti… Juda og‘riyapti…

Injo past ovozda gapirgancha yerga engashib qoldi. Taehyung unga yaqinlashmoqchi bo‘ldi.

-  Yaqinlashma!  Agar yana tegsang… men oʻzimni oʻldiraman.

Bu so‘zlar Taehyungni bor joyga mixlab qo‘ydi.

Injo yig‘lab yubordi. Yig‘isi bolanikidek himoyasiz, siniq.

- Men seni sevib ham qolgandim.. Lekin bu sevgi yolg‘on ekan… bu… bu qafas ekan…

U yotoqga o‘tirib qoldi.

-  Endi meni koʻzlarim ochildi, endi uygʻondim va uyg‘ongan odam endi qayta uxlay olmaydi.

Taehyung ko‘zlaridagi yoshni yashira olmadi. U yutqazgandi. Uning Kapalagi parvoz qilgandi.
Ammo endi  undan uzoqlashish ehtimoli juda katta edi.
.
.
Injo Pov:..
Endi hammasini eslardim. Hech narsa chalkash emasdi. Hammasi joyiga tushdi.
Va shu bilan birga hammasi qulab ham tushdi.

Lisun…
Bu ism endi qulog‘imda begona jaranglaydi.

Lisun men emas edim.
Lisun Taehyung yaratgan niqob edi. Og‘riqni unutishim uchun, haqiqatdan qochishim uchun kiydirilgan soxta teri. Men esa…
Men har doim Injo edim.

Ko‘zlarimni yumaman.
Unashtiruv.
Oq libos.
Taehyungning nigohi, barmoqlarimga taqilgan uzuk og‘ir. Juda og‘ir. U paytda buni sevgi deb o‘ylagandim.

Keyin…
O‘tmish...
Otamning qoni asfaltga singib ketgandi.
Mening qichqirig‘im osmonga chiqib, javobsiz qaytgandi.
Va Taehyung…
U men oʻz uyiga garov evaziga olib ketishi, menga qilgan munosabati... menga ketgan qoʻllari... qotilning qo‘llari.

Ko‘ksim ichida nimadir siqilardi.
Agar Taehyungni tanlasam…
Men otamning qotili bilan yashayman.
Ammo… yuragim yolg‘on gapirmaydi.

U yerda nimadir bor edi.
Issiq. Qo‘rqinchli darajada tanish tuygʻu.
Men baribir ham unga tegishli ayol boʻlib ulgurdim.
Va…
Kichkina Injo. U begunoh. U tanlov qilmagan. U faqat ona xohlaydi.

Agar Jeonginni tanlasam…
Ko‘zlarim yonadi.
Men allaqachon unga tanam bilan xiyonat qilganman.
U meni sof deb o‘ylagan paytda, men sinib bo‘lgandim.
U meni qutqaraman deb o‘yladi, lekin men… men allaqachon oʻzganiki edim.

Bu fikrlar ichida cho‘kib borayotganimda…
Eshik ochildi.

Jeon - Injo…

Tanish ovoz. Men boshimni ko‘tarmadim.

- Lisun! Dedi u yana ehtiyotkorlik bilan.

Ichimda nimadir uzildi.

- Bu ismni aytma.

Dedim past ovozda.
U yaqinlashdi. Nafasini sezdim.
Ammo qarashga jur’at qilmadim.

Jeon - Sen… Sen barchasini  eslayapsanmi?

Men kulib yubordim. Bu kulgu yanaqa achchiq, bo‘sh va ogʻriqli oʻtardi.

- Esdan chiqargan narsa qolmadi, Jeongin.

Shu payt u tushundi. Qo‘llari bilagimdan tutdi.

Jeo - Injo! Sen qaytding… sen haqiqiy o‘zingga qaytding…

Uning ovozi titrab choqardi, meni tortib quchoqladi.
Va men…
Men bardosh berolmadim.
Yig‘lab yubordim. Baqirib yig‘ladim. Ichimda yig‘ilib ulgurgan barcha yillar bir zumda otilib chiqdi.

Injo -Kechir… Kechir meni…

Uning ko‘ksiga yuzimni bosib kechirim soʻrardim. U hech narsa demadi.
Faqat mahkamroq quchoqlardi.

Bu quchoq xavfsiz.
Lekin… kechqolgan edi.
Men sekin ajraldim.
Ko‘zlariga qaradim.
Uning nigohi hali ham umidga to‘la edi.
Bu menga eng ko‘p og‘riq bergan narsa bo‘ldi.

Injo - Jeongin… Agar seni tanlasam… men har kuni o‘zimdan nafratlanib, oʻzimni ayblab yashayman.
U nimadir demoqchi bo‘ldi. Men bosh chayqadim.

- Men senga allaqachon xiyonat qildim. Ko‘z yoshlarim yana oqdi. Tanam bilan. Ruhim bilan emas… lekin bu bahona emas.

Uning yuzi oqarib ketdi.

Jeo - Injo… Men seni baribir…

-  Yo‘q, Sen meni sevganing uchun emas, meni o‘zingdan asrash uchun ketishing kerak.

U yutindi.

Jeo - Sen bilan qolishni xohlagandim, Lekin seni majburlab baxtli qila olmayman.

U sekin ortga chekindi.
Eshik yonida to‘xtab ortga oʻgrildi.

Jeo - Agar bir kun… Agar bir kun yana qochging kelsa… bilgin, men seni qutqarish uchun kelaman. Lekin hozir…

U chuqur nafas oldi.

Jeo - Xayr, Injo. Mening hayotim davomida erisholmagan yagona imkonim boʻlsan...

Eshik yopildi. Shifoxona yo‘lagi uni yutib yubordi. U mening yonimdan magʻrur chiqgandir, biroq u oʻzini bazoʻr yonimda tutib turdi. Yigʻlamaslik uchun, baqirmaslik uchun, ayblamaslik uchun...
Men yolg‘iz qoldim.

Ikki tanlov o‘rtasida.
Qotil va qutqaruvchi.
Sevgi va ayb.
O‘tmish va kelajak.
Ko‘zlarimni yumdim.

- Endi nima qilaman?

Javob yo‘q edi.
Faqat yuragim ichida sekin urayotgan umid va undan ham balandroq urayotgan alam bor edi.

Yoʻlak oynasidan Jeonginni ketishini kuzatarkanman,  qadamlari uzoqlashgan sari yuragimda nimadir uzilib borardi, ammo u ortiga qayrilmadi. Men tanlov qilgan edim. Tanlovim to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini vaqt ko‘rsatadi. Lekin bu mening tanlovim, faqat meniki edi.

Yo‘lak bo‘ylab bir necha qadam tashladim.
Va o‘sha payt…
Uni ko‘rdim.
Taehyung.

U shifoxona kirish qismida qotib qolgancha turardi. Nigohi Jeonginning ortidan ketayotgan siluetiga mixlangandi. Uning yelkasi tarang, jag‘i qattiq qisilgan edi. U hammasini tushungandi. Kechikkan va qo‘rqib ulgurgan edi.
Keyin u birdan ichkariga shoshildi.

Avval palataga. Ko‘zlari vahima bilan hona ichidan meni qidirdi.
Bo‘sh xona...

Men uning yuzida paydo bo‘lgan o‘sha hadikni aniq ko‘rdim:

- Ketib qoldi.
U Jeonginni tanladi.
Deya yovuzlashayotgan yuzi...

Taehyung bir qadam ortga chekingandek bo‘ldi. Nafasi buzildi. O‘sha lahzada u kuchli erkakdan - faqat yo‘qotishdan qo‘rqayotgan odamga aylangandi.

Injo - Taehyung…

Ovozım mayin chiqdi. O‘zim ham sezmadim.
U qotib qoldi.
Sekin ortiga o‘girildi.
Nigohlarimiz to‘qnash kelgan zahoti u menga tomon yurib keldi. Tez. Juda tez. Go‘yo ko‘z oldida yo‘q bo‘lib ketishimdan qo‘rqayotgandek.

Tae - Injo… Sen…

U ovozi past, ammo titrab gapini tugata olmadi. Men chuqur nafas oldim.

- Men ketmadim, Lekin qaytib ham kelmadim.

U jim bo‘ldi.
Men uning ko‘zlariga qaradim. U yerda ko‘p narsa bor edi,  ayb, qo‘rquv, umid… va egalik.

- Men senga imkon beryapman, Taehyung. Lekin bu imkon sen uchun emas.

U qoshlarini chimirdi.

Tae - Unda kim uchun?..

Men ko‘zlarimni yumdim.
Va o‘sha payt u keldi xayolimga. Kichkina qiz.
Uning kulgisi.
Meni " Oyi " deb chaqirgan ovozi.
Bilmasdan menga bog‘langan kichkina yurak.

- Qizing... Injo uchun.

Taehyungning yuzi oqarib ketdi.

Tae - Injo... uchun.

Bu soʻzlardan soʻng sukut saqladi.

Injo - Men sen bilan qolaman.  Lekin buni sevgi deb atama.

Uning ko‘zlari chaqnadi. Bu boshqacha tuygʻu, hissiyot edi

Tae - Injo…

- Yo‘q, eshit. Men senga sevganim uchun imkoniyat bermadim. Men senga qizig uchun imkon berdim. U onasiz ulg‘aymasin deb. U sening zulming va qorong‘u istaklaring ichida o‘smasin deya qilyapman halos.

U bir qadam yaqinlashdi.

Tae - Men seni sevaman. Nima bo‘lishidan qat’i nazar.

Men bosh chayqadim. Quloqlarim eshitardi, biroq ongim hamon uning ovozini qabul qilmasdi.

- Menddan ortiqcha mehr kutma, Taehyung. Men senga o‘zimni bermayman. Tanam allaqachon seniki bo‘lgan bo‘lsa ham, ruhım emas.

U indamadi.

- Agar yana bir bor meni qamashga urinsang... Agar yana bir bor meni “o‘zingniki” deb atashga jur’at qilsang… men ketaman. Bu safar hech kim topolmaydi.

U yutindi. Peshonasidan sovuq ter chiqatdi. U hatto ichidagi qoʻrquvini oshkor qilishdan qoʻrqmayotgandi.

Tae - Men seni majburlamayman. Faqat yoningda bo‘lsang shuni oʻzi men uchun yetarli.

Men unga qaradim.

- Yonimda emas, Taehyung, Men faqat Jisman bor boʻlaman ruhim va qalbim bilan emas bardoshing yetsa shu.

Sezilarli toʻxtash, past, ammo sovuq ohangda gapirardim.
U ko‘zlarini yumdi. Go‘yo bu so‘zlar bilan kelishayotgandek.

Tae - Kichkintoy Injo seni kutyapti. Seni juda sogʻindik.

- Men shuning uchun qolayapman. Faqat shuning uchun.

Men esa ikki dunyo orasida qolgan edim.
Birida - gunoh.
Birida - begunoh bola.
Va men…
Men hozircha begunoh bola sababli Taehyung tanlagandim.
.
.

- Ketmasang boʻlardi.

Jeo - Men allaqachon kech qolgandim aslida ketishga, edi qolarimdan biror naf ham kprmayapman.

- Senga oʻrganib qolgandim, sensiz endi qiynalsam kerak.

Jeo - Yaxshi qoling Janob Na, koʻrishguncha.
.
.
Injo - Oyojon keldingizmi! Sizni juda sogʻinib kettim. Boshqa kasal boʻlmang yaxshi qiz boʻlishga vaʼda beraman.

Men kichkina boʻlishiga qaramasdan mexr va umid toʻla koʻzlar bilan boqib turgan qizalaoqni quchib oldim. Koʻzlarimdan oqayotgan yoshlar haqqi men ham Injoga bogʻlanib qolgandim.
.
.
_BIR NECHA OYLARDAN SOʻNG____

Oradan bir necha oylar ham oʻtib ketdi, Taehyung qora dori Kontrabandasi bilan shugʻullanishni toʻxtatdi. Men ham bu vaqt davomida oz boʻlsada koʻnglimni yumshatishga harakat qildim. Biz turmush qurdik. Hozirda Attelbaunning Penthausda yashayapmiz, men endi ortiq Injo emasman. Lisun shaxsiyatida qizimiz uchun yashashda davom etmoqdaman. Hayotimiz yaxshi tomonga oʻzgardi. Huddi Taehyungni ham almashtirib qoʻyishgandek. Lekin baʼzida uning qarashlaridan bilinadiki u hech ham oʻzgarmagandek.

Nima boʻlgan taqdida ham men shuni tushunib yetdim. Inson vaqt oʻtgan sari nafratlangan odamiga ham koʻngil qoʻyarkan, sevib qolishi mumkin ekan. Men shuni tushunib yetdim.

.

.

Fanfics Tugadi....

Eʼtiboringiz uchun Raxmat,

Iliq va samimiy fikrlaringizni kutib qolaman....