" 𝓗𝔂𝓪𝓬𝓲𝓷𝓽𝓱 / 3 - 𝓠𝓸𝓲𝓭𝓪 "
Agar meni qarshimda doimiy zugʻum va zoʻravonlik qilib kelayotgan inson toʻsatdan menga boʻlgan oʻy-hayoli oʻzgarsa! Bu holat men uchun yaxshimi? Yoki yomon?
Aslida eng yomoni men uchun boʻlishi mumkin boʻlgan hodisalarning natijasa qanday tugashi edi. Agar Jungkook oʻlsa men qutilib ketamanmi? Balki uning yordamchilari meni oʻldirishar? Hali hamon javobi noaniq savol birdobida qolgan edim....
.
.
.
Oradan ikki soatcha vaqt oʻtib, eshikning qattiq zarb bilan taqillashi yuragimni joyidan sug‘urib olgandek bo‘ldi.
Ko‘ksim ichida nimadir kuchli qoʻzgʻalgandek bo‘ldi. Nafasim ichimga tiqilib qoldi. Jungkook esa… u darhol tushundi. Uning ko‘zlaridagi o‘sha lahzada loqaydlik yo‘qoldi. O‘rnini sovuq hushyorlik egalladi. Yarador tana ichida yashiringan yirtqich uyg‘ongandek edi.
Baland ovozda kirishga ruxsat berdi, eshik ochildi. Ichkariga ikki yordamchi shoshilinch kirib keldi. Ularning yuzlari oqarib ketgan, ko‘zlari alanglab turardi. Bu oddiy qo‘rquv emas edi. Bu o‘limni ko‘rgan odamlarning nigohi edi.
X - Bizga hujum qilishdi, 8… ko‘pi bilan 10 daqiqa vaqtimiz bor. Asosiy darvoza yonida odamlarimiz ularni ushlab turibdi, lekin bu uzoqga emas. Ichkarida ham xavf bo‘lishi mumkin. Zudlik bilan ketishimiz kerak.
Ulardan biri nafasini zo‘rg‘a rostlab gapirdi. Bu so‘z xonani muzlatib yubordi.
X - Orqa eshikdan chiqib ketishimiz kerak, hozir. Darhol.!
Jungkook bir lahza ko‘zlarini yumdi. Og‘riqmi, g‘azabmi, yo‘qotishmi, ajrata olmadim. So‘ng u sekin bosh irg‘adi.
Ular tez harakatlana boshlashdi. Jungkookning ustiga shoshilinch kiyim kiydirildi. Har bir harakatda uning tishlari qattiq qisilib, yuzi yanada oqarib borardi. O‘qlarning tekkan joylari yana ochilganini sezdim, qon qoramtir rangda kiyimga singib borardi.
Ikki yordamchi uni ikki tomondan tutib, deyarli ko‘tarib olib chiqishardi.
Men esa… qimirlay olmadim.
Oyoqlarim polga mixlangandek. Qo‘llarim jonsiz osilib qoldi. Faqat ko‘zlarim… ko‘zlarim undan uzilmadi. U ketayotgan edi.
Va negadir bu safar ichimda faqat bitta fikr aylanardi:
- Agar u hozir chiqib ketsa… meni bu uyda muqarrar oʻlim kutib turibdi...
Bu fikr meni dahshatga solardi.
Eshik yoniga yetishganida, Jungkook to‘satdan harakatni to‘xtatdi.
Yordamchilar hayrat bilan unga qarashdi.
U boshini burdi. Ko‘zlari meni topdi.
Ismim… bu uyda kamdan-kam aytilardi. Ayniqsa bunday ohangda. Men beixtiyor oldinga qadam tashladim. Yuragim urushi quloqlarimga urarlardi. Nafasim titrar, u menga yoniga kelishimni buyurmadi. O‘zi menga yaqin keldi.
Keyin… u meni chap qo‘li ostiga oldi.
Bu quchoq emas edi, panoh ham, egalik maʼnosini bildirgandi.. Lekin shu bilan birga… himoya ham.
U boshini menga yaqinlashtirdi. Nafasi issiq, notekis edi. Lablari qulog‘imga yaqinlashdi va u shunday pichirladi:
Jk - Seni tashlab ketolmayman.
Bu so‘zlar ichimni parchaladi.
Nima bu? Rahm emas, muhabbat ham... Qanchalik noto‘g‘ri, qanchalik xavfli bo‘lmasin - uzuq ammo bog‘lanish bor edi.
Men javob bera olmadim. Ovozim yo‘qolgandek edi ichimda. Biz sekinlik bilan orqa eshik tomon yura boshladik. Har bir qadamda yuragim yanada tez urardi. Tashqaridan ovozlar eshitilardi, baqiriqlar, qichqiriqlar, metallning metallga urilishi. O‘q ovozi… ular havoni yorib oʻtardi.
Orqa eshik ochildi.
Tungi havoning spvugʻi yuzimga urildi. Tashqarida mashina tayyor turardi.
Yordamchilar Jungkookni ehtiyotkorlik bilan olib borishdi. Uni mashinaga o‘tirg‘izishdi. Men ham uning yoniga joylashdim. Uni qo‘yib yubora olmadim. Go‘yo qo‘limni uzsam, u shu zahoti yo‘qolib ketadigandek edi.
Va shu onda.
U boshini mening quchog‘imga qo‘ydi. Og‘ir, juda og‘ir sezilardi.
Pichirlab uni chaqirdim, o‘zim sezmagan holda. U esa javob bermadi. Ko‘zlari yumildi.
Uning kiyimidan, tanasidan yana qon oqib chiqayotganini ko‘rdim. Qo‘llarim qonga belandi. Issiq qonga.
Degan so‘zlar labimdan o‘z-o‘zidan chiqib ketdi.
Men oʻsha vaqtda oʻzimni yoʻqotib qoʻygan edim. Aynan nima sababdan ekani hozirgacha nomaʼlum...
Uning koʻzlari sekin yopildi va hushidma ketdi. Atrofimdagi ovozlar xira tortdi. Dunyo torayib bordi. Faqat u va men qolgandek goʻyo, tanam ham muzlab qolgandi.
Mana shu odam… meni sindirgan odam… hozir mening qo‘limda jon taslim qilishi ham mumkin. Agar u o‘lsa… men ozod bo‘lamanmi? Yoki bu oʻlim… meni butun umrga oʻziga bog‘lab qo‘yadimi?
Mashina eshigi yopildi. Motor ovozi eshitildi. Men uning boshini bag‘rimga bosib turardim.
.
.
Hyacinthlar… ular bu paytda ham gullab turgandir.
Ammo endi bilardim:
Bu gullar faqat go‘zallik emas edi.Ular zaharning ham rangi edi.
Va men… zahar bilan yashashni o‘rganayotgan edim.
Tashqi dunyo qorong‘ulik va shoshqinlikdan iborat bir xira soyaga aylangandi. Men Jungkookning boshini tizzamga qo‘ygancha qimirlamasdan o‘tirardim. Har safar mashina chayqalganda, uning tanasi menga biroz og‘irroq suyanardi.
U tirik edi.
Lekin bu… u uchun emas, men uchun qo‘rqinchli edi.
Qo‘llarim qonga belangan, barmoqlarim titrardi. Men qanchalik o‘zimni tinchlantirishga urinmay, yuragim ichida bitta savol aylanardi:
-Endi u hushiga kelganda… meni yana qanday ko‘radi?
Qurbon sifatida?
Yoki zarurat sifatida?
Mashina to‘xtadi. Tezkor harakatlar. Qisqa buyruqlar. Uni ko‘tarib olib ketishdi. Meni esa har doimgidek chetga chiqarishdi... Hech kim “chiq” demadi. Bu birinchi o‘zgarish edi.
Uni xonaga joylashtirilgach, shifokor yana ishga kirishdi. Men eshik yonida qotib turardim. Ko‘zlarim undan uzilmasdi. Oppoq choyshabda yotgan Jungkook… u ilgari hech qachon bunaqa ko‘rinmagan.
Qurolsiz.
Hushsiz.
Jim.
Uning ko‘kragi sekin ko‘tarilib-tushardi. Nafasi og‘ir, lekin barqaror. Shifokor ketdi. Yordamchilar ham chiqib ketdi. Yana oraga jimlik suqildi.
Men stulga o‘tirdim. Yotoq yoniga. Unga yaqin. Juda yaqin oʻtirardim. Soatlar o‘tgandek tuyuldi.
Va nihoyat…
u 1, yarim soatlarda Jungkook oʻziga kela boshladi u qimirladi.
Avval barmoqlari. So‘ng yelkasi. Qoshlarining orasida tanish chiziq paydo bo‘ldi. Og‘riq uni uyg‘otayotgan edi.
U juda past ovozda gapirib, ko‘zlarini ochdi.
Avval xonaga razm soldi, so‘ng hushni toʻliq yig‘ildi. Atrofni tekshirdi. Keyin… meni ko‘rdi.
Nigohi qotib qoldi..
Tushunmagancha menga soniyalar tikilib qoldi.
Ovozi bo‘g‘iq, odatdagidek qattiq emas. Bu meni hayratga soldi.
Bu so‘zlar og‘zimdan chiqib ketganini keyin angladim. U lablarini namladi. Nafasi notekis chiqardi.
U jim qoldi. Keyin yana menga qaradi. Bu safar uzoqroq. Diqqat bilan. Go‘yo men o‘sha eski Ella emasdim.
Jk - Nega ketmading? Senda imkoniyat bor edi...
Mana.
Mana shu savolni men kutgan edim.
Ella - Siz… hushsiz edingiz...
Bu to‘liq javob emas edi. Ikkimiz ham buni bilardik.
U yutindi. Ko‘zlarini yumdi. Keyin sekin ochdi.
Bu savol… uni Jungkook aytayotganiga ishona olmasdim.
Men ich ichimdan qoʻrqganim, agarda men qochsam u topib olsa meni oʻldirishidan qoʻrqdim...
Men javob topolmadim. Chunki bu savolning javobi… xavfli edi.
U qo‘lini sekin ko‘tarmoqchi boʻldi, biroq kuchi yetmadi. Qo‘li choyshabga tushib ketdi.
Bu ikkinchi o‘zgarish edi.
U harakat qila olmayotgan edi.
Men o‘zim sezmagan holda oldinga egildim. Uning qo‘lini ehtiyotkorlik bilan ushladim. Iliq taft berib turardi.
U buni darhol sezdi.
Ko‘zlari katta ochildi. Nafasi tezlashdi.
Ella - Agar og‘riq bo‘lsa, ayting.
Jk - Qachondan beri sen… jurʼat bilan gapiradigan bo‘lding?
Ella - Qachondan beri siz… yiqiladigan bo‘ldingiz?
Men ogʻzimdan chiqayotganlarini oʻzim eshitmasdim. So‘zlar og‘zimdan o‘ylamasdan chiqardi.
Shu vaqt xona muzlab ketdi.
U menga uzoq qaradi. So‘ng nigohini shiftga tikdi.
Jk - Demak… ko‘rding, meni zaiflik boʻlganimni koʻrding!
Uning ovozida birinchi marta… ishonchsizlik paydo bo‘ldi.
Jk - Ella, hozir men sen uchun xafli emasman toʻgʻrimi?
U yana kulimsiradi. Ammo bu safar kulgi yo‘q edi.
Jk - Lekin hozir… sen mendan kuchlisan.
Bu uchinchi o‘zgarish edi. U tan oldi. Men indamadim. Chunki agar gapirsam, ichimdagi qo‘rquv va kuch birga yorilib chiqardi.
Jk - Agar xohlasang… hozir ketishing mumkin...!
Men javob berdim. Juda sekin. Juda aniq.
Ella - Chunki endi meni boradigan joyim yo‘q.
Va siz… endi meni qo‘yib yubora olmaysiz. U jim boʻldi. Bu jimlik… birinchi marta menga bo‘ysunardi.
Jungkook hushiga kelganida, xonada birinchi bo‘lib sezgan narsam og‘riq emasdi. Jimlik va yengillik. Og‘ir, bosimli, quloqlarni siquvchi jimlik.
Ko‘zlarini sekin ochganda nimadir boshqacha edi. Men u bergan savollarga qanday javob berganimni oʻzim ham sezmay qoldim. Aslida koʻnglim shu darajada jim va nimadir boʻlishini kutgandek edi. Men oʻzim bilan kelisha olmayotgan edim, aqlim shoshar, qalbim oshiqardi.
Ular avval ismimni aytgan, lekin hech ham bugungidek sof chiqmagan edi. Yana ularning ohangida buyruq yo‘q, g‘azab yo‘q, tahdid yo‘q edi.
Faqat:
“ Sen hali ham shu yerdamisan? " Degandek.
Men o‘rnimdan siljimadim. Yotoq yonidagi kresloda o‘tirardim. Uch kundan beri shu yerda edim. Qachon uxlaganimni ham bilmasdim.
U boshini sal ko‘tardi. Ko‘zlari menga tushdi. Nigohi darhol qattiqlashmadi. Aksincha… bir zumga yumshadi. Juda qisqa. Ammo men ko‘rdim.
Jk -Ketmadingmi? Qolish senga yoqib qoldimi?…
Balki bu soʻzlar, savollardan maqsad ular chin dildan afsusdadir. Barcha qilganlariga, azoblaganlariga...
Jk - Siz ketma dedingiz-ku axir...
Ular indamadi. Faqat ko‘zlarini yumdi. Nafasi og‘irlashdi. Men qo‘limni beixtiyor yostiq chetiga qo‘ydim. U buni sezdi.
Bu safar ovozida eski sovuqlik yo‘q. Savoli… g‘alati darajada rostgo‘ylik bilan edi.
Ella - Ha... Lekin bu biroz boshqacha.
U yana jim qoldi.
Men bir lahza o‘yladim. Oldin bu savolga javobim aniq bo‘lardi. Endi esa…
Jungkook ko‘zlarini ochdi. To‘liq menga qaradi. U qarashda yana o‘sha Jungkook bor edi xavfli, sindiruvchi. Lekin uning ortida nimadir bor edi. Charchoq. Yo‘qotish. Va… nazorat qo‘ldan ketayotganini his qilgan odamning vahimasi.
Jk - Bilasanmi, men sen uzoqlashishingni hohlmaayman, qol...!
Bu so‘zlar xona ichida jarangladi, quloqlarimda qoldi. Jungkook hech qachon bunday demagan boʻlardi.
Shundan keyin hammasi sekin o‘zgara boshladi.
U meni chaqirmasdi agar zarur bo‘lmasa.
Qo‘ng‘iroqcha deyarli ishlatilmasdi.
Ba’zan men chiqib ketmoqchi bo‘lsam Jungkook hatto havotirli gapirardi.
Jk - Uzoqqa ketma, tezroq qayt.
Bu buyruq emasdi, u yolg'iz qolishdan qoʻrqayotgandek edi. Shu tunda og‘riq kuchayganda, u ovoz chiqarmasdi. Faqat nafasi ogʻirlashardi. Va men buni sezib, ularga yozdam bergim kelardi.
Jk - Senga kelishingni aytmagandim.
Chindan ular kelishimni soʻramasalarda men keldim, ularga dori berar ekanman, qo‘lim titrardi. Buni sezdimi ular bilagimdan sekin ushladi.
Qattiq emasdi. Og‘ritib ham emas.
Jk - Ella ketma, shu yerda qola olasanmi? Bir ozga.
Men qoldim.
Va o‘sha payt tushundim:
u menga suyanayotgan edi.
Yo‘q, tanasi bilan emas.
Uning ichida nimadir oʻzgarayotgan edi, oʻzligini oʻzgartirishni boshlagan edi. Ularda men avvalgi Jungkook siymosini koʻrmasdim.
Va barchasini o‘rnida… men bor edim. Bu men uchun g‘alaba emasdi. Ammo qaxri qattiq inson bir deganda oʻzgarmasligini juda yaxshi bilardim... Lekin Jungkook menga qaram bo‘lib borardi, men… buni his qilardim.
Eng dahshatlisi esa shuki -
u menga zarar berishni to‘xtatgani uchun emas,
menga muhtoj bo‘lib qolgani uchun. Bu iliqlik edi.
Ammo sovuq ildizdan chiqqan iliqlik. Agar u to‘liq tuzalib ketsa…
bu iliqlik yonib ketishi ham mumkin.
Yoki… meni ham kuydirib yuborishi.
Agar meni qarshimda doimiy zugʻum va zoʻravonlik qilib kelayotgan inson toʻsatdan menga boʻlgan oʻy-hayoli oʻzgarsa! Bu holat men uchun yaxshimi? Yoki yomon?
Aslida eng yomoni men uchun boʻlishi mumkin boʻlgan hodisalarning natijasa qanday tugashi edi. Agar Jungkook oʻlsa men qutilib ketamanmi? Balki uning yordamchilari meni oʻldirishar? Hali hamon javobi noaniq savol girdobida qolgan edim....