March 10

" 𝓗𝔂𝓪𝓬𝓲𝓷𝓽𝓱   3-𝓠𝓸𝓲𝓭𝓪 "

𝓔𝓹𝓲𝓼𝓸𝓭𝓮: 6

.

.

.
Eng dahshatlisi esa shuki -
u menga zarar berishni to‘xtatgani uchun emas,
menga muhtoj bo‘lib qolgani uchun. Bu iliqlik...

Ammo sovuq ildizdan chiqqan iliqlik. Agar u to‘liq tuzalib ketsa…
bu iliqlik yonib ketishi ham mumkin.
Yoki… meni ham kuydirib yuborishi.
Agar meni qarshimda doimiy zugʻum va zoʻravonlik qilib kelayotgan inson toʻsatdan menga boʻlgan oʻy-hayoli oʻzgarsa! Bu holat men uchun yaxshimi? Yoki yomon?


Aslida eng yomoni men uchun boʻlishi mumkin boʻlgan hodisalarning natijasa qanday tugashi edi. Agar Jungkook oʻlsa men qutilib ketamanmi? Balki uning yordamchilari meni oʻldirishadimi? Hali hamon javobi noaniq savol girdobida qolgandim....
.
.
Author Pov:...
Shu zaylda kunlar kunga ulana boshladi. Ella oz boʻlsada yangi kelgan uyida erkin, quvnoq yashar va unda umid uchqunlari paydo boʻlgan edi.
Jungkookning ham holatida sekinlik bilan oʻzgarishlar boʻlayotgandi, uning yaralari tuzala boshagandi. Ich-ichidan oʻzgacha hisni tuyar, ammo bu hislarni hech kimga oshkora qilolmasdi.
Jungkook oʻzgara boshlagandi, ichidagi yovuz va qattiq inson havoda qolib tanasida asl Jungkook qolgandek edi.

Mayckel bu orada uyga hujum qilgan insonlarni topishga qattiq harakat qildi. Afsuskiy bular besamar ketdi. Uyga hujum qilganlar nomaʼlumligicha qoldi. Ular tutgan odamlar esa oʻz joniga qasd qilishdi.
Jungkook bu habarni eshitgach oʻzini bosa olmadi. Lekin qancha jaxl qilmasin, qancha asabiylashmasin bu ish toza bajarilganligi uchun asl aybdorlar berkinib boʻlishgandi.
.
.
Jk - Bu ishni shunchaki unitib boʻlmaydi. Ular avval menga hujum qilishdi, soʻng yashash uyimgacha bostirib kelishdi. Biroq zarracha iz va bu ishni bogʻlovchi insonlar yoʻq...
Lanat boʻlsin barchasiga!

Jungkook jaxl bilan yonida turgan guldondagi Hyacinthlarni qoʻli bilan uloqtirdi. Guldon devorga borob urulib, Hyacinthlar sochilib ketti. Bu holatni guvohi boʻlgan Ella qoʻrqib ketti.
U yana avvali Jungkookga aylanishidan, yana doimiy zoʻravonliklarga uchrashidan qoʻrqdi. Boʻlgan hodisani sezgan Jungkook Ellaga qarab qotib qoldi.

Ella avvaliga nima qilishni bilmay qotib qoldi. Soʻng u singan guldonning siniq boʻlaklarini yigʻishni boshladi.
Buni koʻrgan Jungkook, Ella uning gʻazabidan qoʻrqib ketganini bildi.

Jk - Ularga tegma xizmatchi kelib oʻzi yigʻishtirib oladi.

Jungkook oʻzi aytgan soʻzlariga oʻzi ikkilanib qoldi. Sababi Ella ham boshqalar qatori oddiy xizmatchi. Ammo Jungkook unga nisbatan avvalgidek boʻlmaganligi sababmi buni unita yozgandi.
Ella oʻz ishida davom etardi.

Jk - MENI ESHITMADING CHOGʻI, ELLA BAL QIL!!!

Ella Jungkookning baqirganidan choʻchib ketdi va extiyotsizligi sabab qoʻlini guldon sinigʻiga kesib oldi. Buni koʻrgan Jungkook unga yordam berish uchun yotoqdan turishga harakat qildi. Baxtga qarshi bu ishni undan avval Mayckel qildi. Bu hodisani kuzatarkan Jungkook ich-ichidan boshqa, oʻziga behona boʻlgan gʻayri tabiiy hislarni his qildi.

Bu rashkmi? Qizgʻonish? Yoki shunga oʻxshash boshqa tuygʻu.
Begonlar tegishi mumkin emas! Yorligʻi yopishtirilgandek edi Ellaga.
Biroq Mayckel bundan nustasnolik qilardi. U Ellani qoʻlidan ushlab xonadan olib chiqib ketidi.

.

.

Mc - Ahvoling yaxshimi?

Ella - Buni hojati yoʻq edi. Men yaxshiman... Jungkook ular endi ...

Mc - Hammasi joyida, Ella meni yaxshilab eshit!
Jungkook va men 3 yo 4 haftadan soʻng yangi mijoz bilan koʻrishish maqsadida Avstryaga boshib kelishimizga toʻgʻri keladi.

Ella - Men unchalik ham tushunmadim sizni.

Mc - Eshit biz ketganimizdan soʻng senga pochta keladi. Pochta ichida seni yangi pasporting va chet elga chiqib ketish uchun bilet boʻladi.

Ella - Mayckel bu havfli.... agar bu Jungkookning qulogʻiga yetsa...

Mc - Sen Jungkook shunchalar onson oʻzgarishiga ishona olasanmi? Men esa yoʻq!
U istalgan vaqt bortlashga tayyor, zararsizlantirib boʻlmaydigan boʻmbaga oʻxshaydi.

Ella - Men... men qayerga ketaman.

Mc - Amerikaga endigina 18 ga kirasam hayotingni bu yerda unga xizmat qilib hazon qilma. Jungkook baribir oʻsha Jungkookligicha qoladi. Bunday vaziyat boshqa boʻlmaydi.

Ella - Yaxshi, lekin... sizni tushundim.

Mc - Iltimos ikkilanma! Bu sen uchun soʻngi va yagona chora Ella. Meni qoʻlimdan keladigan yagona yordam...

.
.
𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐦𝐚:
12- 𝒀𝒊𝒍 𝑨𝒗𝒗𝒂𝒍
           𝑮𝒆𝒓𝒎𝒂𝒏𝒊𝒚𝒂.

Liza - Mayckel singling Elizabethni oʻzing maktabiga kizatib qoʻy!

Mc - Oyi meni darslarim bor, undan tashqari maktabimiz teskari!

Liza - Mayckel meni seminarim boʻlmaganda oʻzim olib borgan boʻlardim!

Mc - Uuuuf! Bu narsalarning barchasi jonimga tegdi.
    - Yaxshi!
.
.
Mc - Meni eshit Elizabeth oʻzing maktabinga bora olasanmi?

Eliza - Albatta, men yoshbola emasman.

Mc - Ha, ha, sen yoshbola emassan kichkina shaytoncha.

Eliza - Meni bunday atamang.

Mc - Yaxshi, men kettim! Oyimga buni ayta koʻrma.

Eliza - Ok, sizni tushundim.

Author Pov:...
Mayckel va Elizabeth ular koʻcha boshida hayirlashib oʻz maktablari tomon yoʻl oldi. Oʻsha vaqtlarda Mayckel 17 yosh, singlisi 15 yosh edi.
Elizabeth maktabi bir oz uzoq va akasining maktabi bilan qara-qarshi yoʻllarda ekanligi sababli koʻpincha oyisi yoki dadasi olib borardi. Biroq dadasi safarda, oyisining esa ish yuzasidan seminari borligi sababli bugun Mayckel uni kuzatib qoʻyishi kerak edi.  Ammo buni istamagan Mayckel singlisi Elizabethni oʻzi ketishiga imkon berdi. Eliza esa maktabga borish uchun qisqa bogʻ ichidan kesib oʻtuvchi yoʻlni tanladi.

Mayckel kechga yaqin uyga qaytdi. Uy atrofida palitsiya masinalari va bir nechta palitsiya hodimlari uydan chiqib kelardi.
Mayckel qoʻrqanidan uy tomon yugurdi. Uy eshigi yonida oyisi uni koʻrdi.

Mc - Oyi, Oyijon nima boʻldi? Nimaga uy atrofida palitsiya aylanib yuribdi.

Oyisi yigʻidan oʻzini tiya olmay, baʼzoʻr Mayckelga gapira boshladi.

Liza - Mayckel singling... singling Eliza...beth u yoʻqolib qoldi. Ertalab maktabga bormagan. Menga... oʻqituvchi qoʻngʻiroq qildi... U bugun... maktabga bormabdi..

Politsiya - Janob Mayckel Dayren siz erta tongda uy atrofida yoki koʻcha gʻayritabiiy narsani hil qilmadingizmi?

Liza - Toʻxtang... toʻxtang... axir... sen... Elizani maktabigacha kuzatib qoʻygansan toʻgʻrimi?

Oyisi Liza koʻz yoshlarini artib oʻgʻliga savol bera boshladi.

Liza - Gapir Mayckel sen... Sen uni olib bording toʻgʻrimi?
Gapirsangchi?

Mc - Men... men haligi... uni olib bormadim....

Liza - Nega Mayckel? Nega... Axir senga ishongandim.

- Kechrasiz Ofitser bor daqiqaga mumkinmi?

- Ha albatta.

- Biz qizni topdik! Faqat... Faqat uni avval zoʻrlashgan soʻng uni oʻldirib jasadini soyga tashlashgan. Biz soydan oʻligini topdik!

- Ey Hudoyim buni uning onasi koʻtara olmasa kerak. Mayli siz boravering!
.
.
Bu voqealardan soʻng Liza ancha vaqt Mayckel bilan gaplashmasdan yurdi. Ularning orasi ancha uzoqlashdi. Bu ishni qilganlar esa katta pul evaziga Sudyani sotib olib faqatgina ozodlikdan cheklash jazosini oldi.
Buni hazm qila olmagan Mayckel ilk bor 18 yoshida oʻsha yigitlarni uchchalasini ham oʻldirib Koreaga qochib ketadi....
.
.
.
Mayckel singlisi bilan boʻlgan voqeani hayolida qoraladi.
Balki Ellaning boshidan kechirayotganlari unga singlisini eslatib yuborgandir. Har ne boʻlganda ham Mayckel Ella qochishi uchun sharoit yaratib berishni kafolatlayotgandi.

Bu vaqtda Jungkook savollar iskanjasida yolgʻiz qolgan edi.
Kechga yaqin Ella uni koʻrgani xonasiga kirdi.
Jungkook uhlamagan edi. Ella qoʻlida olib kirgan guldon toʻla gullarni ehtiyotkorlik bilan Jungkookning yonidagi stol ustiga qoʻydi.

Jk - Mayckel bogʻlam bogʻlab qoʻydimi?

Ella - Nima?

Jk - Mayckel bilan qachon bunday yaqin boʻlishga ulgurdingiz?
Men seni har soniya yonimda ushlab oʻtiribman deb oʻylabman...

Ella - Unday emas! Ular faqat qoʻrqib ketganimni... sezdi chogʻi...

Jk - Mendan hali ham qoʻrqasanmi?

Ella bu savolga javob bera olmadi. Chinda ham u aslida Jungkook qoʻrqadimi?
Javobi shundoqqina yuzida chizib qoʻyilgan edi.
Ha !
Ella Jungkookdan qoʻrqadi !
Rad etishni istasa ham, rad etib boʻlmas haqiqat.
Jungkook 1 yil davomida Ellaga qilmagan ishi, zoʻravonliklari qolmagan edi.
Bobosining oʻlimi uchun ham bor alamini Elladan olgan edi.

Aslida Bobosining ham oʻlimida Ellaning Ota-onasining aybi zarracha yoʻq. Aslida Ota-onasini aybi asl aybdorlarni bila turib jurʼat topib Jungkookga aytmaganida edi.
Jungkook endi Ellaga ozor berishni oʻzi istamasdi

Asl aybdor esa Jungkookdan unchalik ham uzoqda emasdi.
Hatto Jungkokni oʻldirishni istagan ham, uyiga uyishtirilgan bosqinchilikda ham aynan oʻsha insonning qoʻli bor edi.
.
.
Endi Jungkook ancha oʻziga kelib, bemalol yura olardi. Yaralari ham bilinar bilinmas bitgandi.
Avstryaga ketishiga esa yana 1 hafta vaqt qolgan edi.
Bu avvaldan kelishilgan shartnoma boʻlganligi sababli shaxsan oʻzi borishi kerak edi.

.

.

Erta tongda Ella Jungkook xonasiga nonushta tayyorlab olib kirdi. Oyna yonida turgan Jungkook ortiga bir oʻgirildiyu, yana oynadan bogʻ tomon yuzlangancha yoniga Ellani chaqirdi.
Ella qoʻlidagilarni stol ustiga qoʻyib Jungkookga yaqin bordi.

Jk - Bilasanmi menga Hyacinth gullarining yoqishini yana bir sababi bor.
Oyim yosh vaqtlarimda uyimiz ortidagi kichik bogʻda doim shu gullarning xilma-xil ranglaridan parvarishlardilar.
Erta bahorda uy Hyacinth gullari ifori bilan toʻlardi.
Bu esa oʻzgacha quvonch va xotirjamlik beradi.
Baʼzida sen ham oyimni eslatasan, ayniqsa Hyacinth gullarini parvarish qilayotganingni koʻrsam, ich ichimdan quvonaman.

Ella - Shu sababli ham Hyacinth gullariga mexringiz boshqacha ekanda!

Jk - Ha albatta oyim vafotidan soʻng hech kim ular kabi bu gullarni farvarishlay olmadi. Faqat... faqat sen bundan mustasnosan.

Ella bu soʻzlarni eshitgan ichida boʻron uygʻondi. Chindan ham Jungkook shu darajada mexribonmi? Degan savol miyyasida gir aynala boshladi.

Jungkook sekin Ellga yuzlandi. Ella unga yordam berish maqsadida unga qoʻl uzatdi. Jungkook boʻlsa Ellaning qoʻlidan ushlab oʻziga torti.
Muvozanatni yoʻqotgan Ella koʻzlarini yumib oldi, u hayolida yoʻqolayotgan edi. Koʻzlarini ochganida esa Jungkookning bagʻrida oʻzini koʻrdi.

Ella avvaliga oʻzidan uni itarishga harakat qildi. Biroq Jungkook uni yanada mahkam quchdi va uni tinchlantirish maqsadida yelkasiga mayin urib turardi.
- Goʻyoki tinchlan, hammasi joyida, men avvalgi emasman degandek. Mexr va sabr bilan quchardi.

Ella Pov:...
Men ilk bor Jungkookdan bunday iloqlikni his qilyapman. Ularning olayotgan nafasi, yurak urushi hatto nim tabassumi...
Men bu holatdan goʻyo oʻzimni shock urilgandek his qildim.
Ayni daqiqalarda Jungkook sekin yuzim tomon egildi va kutimaganda qoʻllari belimdan boshab yuzimdan ushladi, soʻng men qattiq jilovlab boʻlmas hilslarni, qornimdan esa kapalaklar uchganini his qildim.
Bu ilk bor zoʻravonliklarsiz, orqitcha kuch ishlatmasdan olingan ilk boʻsamiz edi...
.
.
.
𝐀𝐯𝐬𝐭𝐫𝐲𝐚𝐠𝐚 𝐤𝐞𝐭𝐢𝐬𝐡𝐢𝐝𝐚𝐧 𝐛𝐢𝐫 𝐤𝐮𝐧 𝐚𝐯𝐯𝐚𝐥...

Ella oʻz honasida kiyimlarini tartibga solish bilan band edi. U oʻz hayolotida yashar, yettinchi osmonda uchib yurgandi.  Shu vaqt eshik taqqiladi va Mayckel kirishga ruxsat soʻradi.

Mc - Biz ertga tongi reys bilan uchamiz, senga esa joʻnatma taxminan 17:00, 17:30 atrofida keladi. Uni olgach 19:00 da qoʻriqchilar almashish vaqtidan avval ort eshikdan chiqib ketishing kerak. Uydan 50-70 punt uzoqlikda seni mashina kutib turgan boʻladi u seni toʻgʻri Aeroportga olib boradi.

Ella - Mayckel bu yordamingiz, mexribonchiligingiz va eʼtiboringizni qadlayman, bunday hatto minnatdorman. Ammo men ketmayman.

Mc - Aytmoqchisanki sen shu yerda Jungkookning yonida qolasan, Ella qattiq afashyapsan, imkoniyat borida ket. Jungkookning shirin soʻzlariga uchma.

Ella - Mayckel sezmayapsiz, ular avvalgidek emas ...

Mc - U har doim bir hil boʻlgan, eshityapsanmi? Koʻzlaringni och. Jungkook hamon oʻsha-oʻsha sen faqat aldamchi hislarga ishonyapsan.

Ella - Unday emas. Meni Jungkookga ishonam ular oʻzgargan.

Mc - Bilasanmi meni singlim bor edi. U mening aybim sababli vafot etgan.

Uni maktabga ketish chogʻida 3 yigit ushlab zoʻrlagan, kaltaklashgan, yetmaganiga uni tirikligicha soyga tashlashgan. U suzishni bilmasdi. Chunki suvdan qoʻrqardi. Sudya boʻlsa ularga oliy jazo bemadi. Pul evaziga ular qilmishlaridan afsusda ekanini, endi bu yoʻldan yurmaslihini ayta shartli ozod qilishdi.
Ammo 1 yil ham oʻtmay ular yana ikki qizni zoʻrlashdi.
Keyin esa men u yigitlarni oʻldirib Koreaga qochib keldim.
Toʻgʻri borar joyimning tayi yoʻq edi. Lekin Janob Jeon meni oʻz qanoti ostiga oldi. Biroq Jungkook u bobosidek emas.

U raxm va shavqat nima ekanligini bilmaydi. Senda oʻylab olishing uchun yana 1 kun vaqt bor. Oʻsha joʻnatma keladi. Mashina oʻsha yerda seni kutadi. Tanlov oʻzingda.
Unutma qaytganimizda sen koʻrib turgan Jungkookdan asar ham qolmagan boʻlishi mumkin. Ella yosh umringni hazon qilma...

.

.

Episode: 6 Tugadi.

Davomi oʻzim uchun ham qaysidir maʼnoda qiziq. Lekin Liliaʼslarim qiziqish bildirmasa man ham yozmiman....