" 𝐒𝐞𝐯𝐠𝐢𝐝𝐚𝐧 𝐍𝐚𝐟𝐫𝐚𝐭𝐠𝐚𝐜𝐡𝐚..."
Aisha - Ha, hayot beshafqat. Mening ham hayotim shunday. Hayot meni onamdan ayirdi. Har qadamda otamning dushmanlari poylab turadi. Bir necha marta meni oʻgʻirlab ketishga ham urinishgan. Oʻzimni tanishtirsam: men Kang Aishaman. 19 yoshdaman. Universitetda oʻqiyman. Bir nafar akam bor. Oilamiz - Oʻta obroli shaharda oʻziga yashara hurmatga ega oiladan. Ba'zida men ham dadam bilan muhim uchrashuvlarga borib turaman. Onam men yoshligimda avtohalokat tufayli vafot etgan. Akam esa 2-3 yildan beri Amerikada. Ba'zida judayam ezilib yigʻlayman. Oʻzimni hech kimga kerak emas deb oʻylab qolaman. Ammo baxtimga yonimda har doim eng yaqin doʻstlarim Suga, Jimin va Yuri bor. Ular bilan oʻzimni baxtli his qilaman. Hozir ichingizda "Aishaning dadasi mehrsiz inson boʻlsa kerak" degan fikr oʻtayotgandir? Aslida unday emas.
Dadam shu paytgacha menga onamning yoʻqligini sezdirmaslikka harakat qildi, barcha erkaliklarimni koʻtardi. Toʻgʻri, hozir fe'l-atvorim ancha jiddiy boʻlib qolgan. Ammo doʻstlarim davrasida boʻlsam, kulgidan oʻlishga ham tayyorman. Oʻzim haqimda koʻp gapirib yubordim, kechirasiz. Men dugonam Yuri bilan bir uyda turaman. U bilan bolalikdan dõstmiz. Suga, Jimin, Yuri va mening otalarimiz ham qadrdon doʻstlar. Xullas, gapni koʻpaytirmay, hayotimga qaytamiz.
Quyosh yorqin nurlarini yerga asta tarqata boshladi. Bugun Aisha odatdagidan erta turib, yuvindi va ajoyib nonushta tayyorladi. Bu paytda esa Yuri hali ham shirin uyquda yotar edi. Aisha Yurining xonasiga kirib, uni uygʻota boshladi.
Aisha - Yuri, tur darsga kech qolamiz! Uygʻon deyman.
Yuri - Ozgina uxlay, iltimos...
Aisha - Mayli, oʻzingdan koʻr. Uygʻon deganda uygʻonish kerak edi.
Aisha oshxonadan bir stakan sovuq suv olib keldi-da, toʻgʻri Yurining toʻshagiga yaqinlashdi. Hech ikkilanmay suvni Yurining ustiga quvvordi. Yuri muzdek suvdan sapchib uygʻonib ketdi.
Yuri - Voy la'nati... Qoʻlimga tushsang oʻlasan, Aish!
Aisha kulib xonadan chiqdi. Yuri esa norozi boʻlib joyidan turdi, yuvinib pastga tushdi. Pastga tushar ekan, uydan juda yoqimli hidlar taralardi.
Yuri - Voy, buncha shirin hid kelmasa! Demak, yana Aisha oshpazlik mahoratini ishga solibdi-da? Nonushta tayyor! Aisham, kelaqol, nonushta qilaylik. Hozir Jimin va Suga ham kelib qolishadi.
Qizlar nonushta qilib boʻlgach, universitet uchun chiroyli kiyinishdi. Pastga tushishgan ham ediki, eshik taqilladi. Yuri eshikni ochganida, ostonada Suga va Jimin turardi.
Jimin - Qizlar, bugun gulyuzingizdan nur yogʻilyapti, buncha chiroyli boʻlib ketibsizlar?
Suga - Bular har doim chiroyli.
Yuri - Rahmat, yigitlar! Qani, ketdik boʻlmasa.
Ular universitetga yetib kelishdi va guruh xonasiga kirib, oʻz joylariga oʻtirishdi. Har bir oliygohda topiladigan bezorilardan biri bu yerda ham bor edi — uning ismi Yeji. U oʻziga bino qoʻygan boy oilaning qizi edi. Yeji ataylab har safar Aishaning asabiga tegar edi, chunki u Aishani kambagʻal oiladan deb oʻylardi. Umuman olganda, butun universitet Aishaning mashhur janob Kangning qizi ekanligini bilmasdi, chunki Aishaning oʻzi buni yashirishni afzal koʻrardi. Nihoyat, birinchi para boshlandi. Xonaga ma'ruzachi ustoz kirib keldi.
Ustoz - Talabalar, diqqat qiling. Bugun guruhimizga Amerikadan yangi kursdoshlar keldi. Oʻzingizni tanishtiring, yigitlar.
Taehyung - Salom, men Kim Taehyungman. Shunchaki Tae deb chaqiraverishingiz mumkin.
Jungkook - Men Jeon Jungkookman. Shunchaki Jk deyavering.
Ustoz - Yaxshi, Suganing yonidagi boʻsh joyga oʻtirishingiz mumkin.
Yangi talabalar joylariga oʻtirishdi va tez orada dars ham yakunlandi. Tae va Jk darrov Jimin, Suga, Yuri va Aisha bilan tanisha boshlashdi. Shu payt Taeni bir koʻrishda yoqtirib qolgan Yeji vaziyatga aralashishga va Aisha bilan urush chiqarishga bahona qidirdi. U toʻgʻri kelib, Aishani qasddan turtib oʻtdi va Taega nozli boʻlib qoʻlini uzatdi.
Yeji - Salom, Tae. Mening ismim Yeji.
Tae esa bu qizning oʻta soxta va "pick me" ekanligini bir qarashda sezib, uning qoʻlini havoda muallaq qoldirdi. U toʻgʻri Aishaga yuzlandi.
Taehyung - Aisha, yaxshimisan? Sizga shikast yetmadimi?
Yeji oʻzining pisand qilinmaganini va kamsitilganini koʻrib, gʻazabdan yonib ketdi va Aishaga qarab baqirdi.
Yeji - Yaxshi boʻladi-da, har holda bu yetimcha oʻrganib ketgan!
Aisha - Nima, senga alam qilyaptimi, Yeji? Tae sen bilan hatto salomlashishni ham istamadi. Chunki u ham bir koʻrishdayoq sening qanchalik soxta va nafsing quliga aylangan "pick me" qiz ekanligingni sezdi.
Yejining jahli eng yuqori nuqtaga chiqdi va Aishaga jismoniy kuch ishlatmoqchi boʻldi.
Yeji - Qizlar, uni ushlanglar! Hozir bu yalangoyoqqa oʻz oʻrnini koʻrsatib qoʻyamiz!
Yejining ortidan yuradigan ikki nafar yugurdak qizlari darrov kelib, Aishani ikki chetidan ushlab olishdi. Tae vaziyatga aralashmoqchi boʻlib oldinga qadam tashlagan edi, Suga uni qoʻlidan tutib toʻxtatdi.
Suga - Borma, Taehyung. Boʻlmasa seni ham tasodifan urib yuborishi mumkin.
Taehyung - Sizlar qanaqa doʻstsizlar oʻzi? Koʻz oʻngingizda doʻstingizni qiynashyapti, nega himoya qilmaysizlar?
Jimin - Shunchaki tinchgina tomosha qil. Yeji hozir Aishaning nozik nuqtasiga tegdi, endi nimalar boʻlishini koʻrib lol qolasan. Indamay turaver.
Tae bu gaplardan hayron boʻlib, voqeani kuzatishda davom etdi. Aisha esa Yejining kibrda qay darajagacha bora olishini oxirigacha koʻrmoqchi edi.
Jungkook - Yuri, nega sen ham Aishaga yordam bermayapsan?
Yuri - Kuzat, Jk. Hozir buning sababini oʻzing bilib olasan.
Yeji esa toʻxtashni bilmay, Aishani eng ogʻir soʻzlar bilan haqoratlay boshladi.
Yeji - Sen badbaxt yetimcha, oʻzingni kim deb oʻylayapsan? Mening otamning kimligini, qanday mavqega ega ekanligini bilasanmi? Sen otam ishlab topgan pulning yarmini butun umr qora mehnat qilsang ham topa olmaysan!
Yeji shu darajada haddidan oshib, Aishani kamsitdiki, Aishaning sabr kosasi toʻldi. U shunchalik qattiq gʻazablandiki, avval uni ushlab turgan ikki qizni bir zarb bilan yerga qulatdi, soʻng Yejining ustiga tashlanib, uni ayamay doʻpposlay ketdi. Gʻazab ostida Yejining qoʻlini qarsillatib sindirib tashladi. Xonadagi Yejining qarindoshi boʻlgan bezori yigitlar buni koʻrib, Aishaga qoʻl koʻtarmoqchi boʻlishdi.
- Sen ahmoq qiz, oʻzingni kim deb oʻylayapsan?!
U yigit Aishaga qoʻl koʻtarmoqchi boʻlganida, kutilmaganda uning mushtini Suga havoda tutib qoldi va oʻziga tortib, yuziga kuchli zarba berdi.
Suga - Nima, kuching faqat qizlarga yetadimi, iflos?
- Ikkinchi bezori yigit ham Aisha tomon otilgan edi, uning yoʻlini Jimin toʻsdi.
Jimin - Men bilan oʻyin oʻynamoqchimisan? Qani, kel-chi!
Jimin ham uni shafqatsizlarcha urib ketdi. Shu payt eshikdan ma'ruzachi ustoz kirib keldi va xonadagi qonli ahvolni koʻrib daxshatga tushdi.
Ustoz - BU YERDA NIMA BOʻLYAPTI?! TÕXTATINGLAR!
Hamma toʻxtadi. Ustoz janjallashgan barcha talabalarni doska oldiga tizib qoʻydi.
Ustoz - Hammangning ota-onangni chaqirtiraman! Universitetdan haydalasizlar!
Aynan shu daqiqalarda janob Kang va Yejining otasi janob Choi yirik bir shartnoma ustida muzokara olib borishayotgan edi. Toʻsatdan janob Choiga qoʻngʻiroq boʻldi. Telefonda qizining ahvolini eshitgan janob Choi rangi oʻchib oʻrnidan turdi.
Janob Choi - Janob Kang, meni kechirasiz, zudlik bilan shoshilinch ishim chiqib qoldi. Universitetga borishim kerak.
Janob Choi xonani tark etganidan soʻng, janob Kangning telefoniga Yuri qoʻngʻiroq qildi.
Yuri - Alo, amaki. Universitetda juda katta muammo chiqdi, kela olasizmi?
Janob Kang - Nima boʻldi, Yuri? Aishaga biror gap boʻldimi? Tinçlikmi?
Yuri - Aishaga emas, uni urgan qizning otasi kelyapti. Bir kibrli qiz Aishani har doim "kambagʻal, yetimcha" deb mazah qilib yurar edi. Bugun Aisha chidolmay, oʻsha qizni urib, qoʻlini sindirib qoʻydi. Hozir ota-onalarini chaqirishdi.
Janob Kang - Axax, Aishaning mana shu fe'lini yaxshi koʻraman-da. Indamay-indamay, bir marta portlaydi. Haligi qizning ahvoli yaxshimi ishqilib? Mening qizimning qoʻliga tushgan odam osonlikcha tirik chiqmasdi.
Janob Kang - Hozir yoʻlga chiqaman, kutaveringlar.
Universitet xonasiga eshikni tepib janob Choi kirib keldi va qizining singan qoʻli hamda qonagan yuzini koʻrib esxonasi chiqib ketdi.
Janob Choi - Mening erka qizimga bunday qilishga qaysi haddi sigʻgan maxluq botina oldi?!
Aisha buni zarracha qoʻrquvsiz, nihoyatda xotirjam va sovuqqonlik bilan aytdi.
Janob Choi - Sen kim boʻlibsanki, mening qizimni bu ahvolga solasan, yalangoyoq?!
Aisha - Shunchaki, qizingizga siz berolmagan tarbiyani men berib qoʻydim.
Ustoz - Oʻzing bir kambagʻal boʻlsang, nimangga buncha katta ketasan, qizalogʻi? Qarshingda oddiy odam emas, buyuk janob Choi turibdi!
Aisha - Kimligi meni qiziqtirmaydi. Xoh boy boʻlsin, xoh kambagʻal, men uchun hamma bir goʻr.
Ustoz - Sen qiz haddingni bil!
Ustoz gʻazab bilan Aishaga qoʻl koʻtarmoqchi edi, kutilmaganda... Yuri ustozining qoʻlini havoda shartta ushlab qoldi.
Yuri - Ustoz, haddingizdan oshib ketmayapsizmi mabodo?!
Ustoz - Sen tirniq kim boʻlibdiki menga aql oʻrgatadi?! Oʻzing bir koʻcha qizi boʻlsang, nimangga kerilasan? Har kuni qaysi erkaklarning qoʻynidan chiqishingni butun universitet biladi!
Bu haqoratdan xonadagi barchaning — Yurining ham, Aishaning ham, Jimin va Suganing ham koʻzlari qonga toʻldi.
Aisha - Ustozjon, bizni oʻzingizga oʻxshatmang. Biz sizga oʻxshab birovlarning shaxsiy va maxfiy qoʻgʻirchogʻi emasmiz.
Ustoz - Ah, la'natilar! Buni qayerdan bilishdi? Tezda oʻzimni oqlashim kerak...
Ustoz - Menga tuhmat qilma! Bu gaplar bilan oʻzlaringni tariflayapsizlarmi?
Yuri - Albatta sizni ta'riflayapmiz, Ustozjon. Agar kerak boʻlsa, qoʻlimizda yetarli dalillar bor — siz aynan shu janob Choining shaxsiy jazmanisiz!
Janob Choi - Nimalar deyapsan, la'nati iflos?! Seni hozir tarbiyalab qoʻyish kerak!
Yeji - Ota, u tarbiyalanmaydi! Chunki bularning qonida bor bu narsa.
Janob Choi - Toʻgʻri aytding, Yeji. Bularning onasi ham vaqtida shunaqa oson ayol boʻlgan-da!
Jimin - Janob... Sizning janozangiz aynan bugun oʻqiladigan koʻrinadi. Agar men sizning oʻrningizda boʻlganimda, bu soʻzlarni tilingizga chiqarmasdim.
Aisha ortiq chidab tura olmadi. U chaqmoqdek tezlikda borib, janob Choining basharasiga daxshatli musht tushirdi va uni yerga qulatib, shafqatsizlarcha doʻpposlay ketdi.
Aisha - Janob Choi haddidan oshdi. Uni madaniyatli inson deb oʻylagandim, afsuski adashibman. Mening marhuma onamni haqoratlashga hech kimning haqqi yoʻq! Dadamga aytaman, bu iflos bilan hech qanday shartnoma imzolamaydi!
Yuri - La'nati, bizni haqorat qilgani uchun tilini sugʻurib olgim kelyapti. Uni qiynab oʻldirsa arziydi. Yetmaganiga sevimli xolamni ham haqoratladi!
Stalker - Qizlar ajoyib ekan... Bir kun kelib janob Kangning qizi otasining qilgan barcha xatolariga oʻzi javob beradi. Men albatta qasosimni olaman. Uni shunday qiynaymanki... Dadang mening akamni juda oson oʻldirgan edi, ammo men seni azoblab, jon beringni tomosha qilaman, Kang Aisha!
Suga yugurib borib, aqldan ozish darajasiga kelgan Aishani ortga tortdi va toʻxtatdi.
Aisha - La'nati iflos! Sen kabi ifloslar oʻlimga loyiq! Qoʻyib yubor beni, Suga, uni oʻldiraman!
Suga - Bilaman, Aisha, jahling chiqyapti, ammo oʻzingni bos. Men yoningdaman...
Suga Aishani oʻz bagʻriga mahkam bosib, uni tinchlantirishga harakat qildi. Ayni shu hayajonli daqiqalarda eshik keng ochilib, xonaga janob Kang, janob Han (Yurining dadasi), janob Park va janob Min kirib kelishdi. Toʻrtta eng qudratli mafiya rahbarlari bir joyda jam boʻlgandi.
Janob Han - Bu yerda nimalar boʻlyapti, Yuri? Qani menga tushuntir-chi?
Ustoz - Menimcha, bular anavi yetimcha va uning dugonasining navbatdagi qurbonlari boʻlsa kerak. Hozir janob Choining odamlari bularni parchalab tashlaydi.
Janob Choi - Janoblar, shunchaki bu yerda tarbiyasiz, koʻcha qizlarini tartibga solyapman.
Janob Kang - Oʻzi nima gap? Menga aniqrogʻini ayting-chi, janob Choi?
Janob Choi - Anavi tarbiyasiz yetimcha ( Suganing quchogʻida koʻzlaridan olov sachrab turgan Aishani koʻrsatib) mening begunoh qizimni mana bu ahvolga solibdi!
Yuri - Aytgancha, biz sizga oʻzimizni toʻliq tanishtirmabmiz, janob Choi. Tanishing, men — Han Yuriman. Siz aytgan haligi "yetimcha" esa — Kang Aisha boʻladi. Mana bu yigitlar esa — Min Yoongi va Park Jimin.
Yuri har bir familiyaga alohida urgʻu berib gapirdi. Buni eshitgan janob Choining rangi devordek oqardi, ustozning esa titrogʻi boshlandi. Yuri bor voqeani, ustoz va Yejining haqoratlarini birma-bir aytib berdi. Barcha haqiqatni bilgan janob Kangning qiyofasi daxshatli tus oldi.
Janob Kang - Men Aishaning mana shu fe'lini juda yaxshi koʻraman. Har qanday iflos insonning asl yuzini ochib beradi.
Janob Choi - Janoblar... Meni kechiring! Men ularning sizning farzandlaringiz ekanligini bilmagan edim...
Janob Choi qoʻrquvdan titragancha janob Kangning qarshisida ta'zim qila boshladi.
Aisha - Dada, bularni hozircha tinch qoʻying. Har bir aytgan haqoratli soʻzlari uchun barchasidan birma-bir, shaxsan oʻzim hisob olaman.
Janob Kang - Janob Choi, oʻrtamizdagi hech qanday shartnoma imzolunmaydi, hammasi tugadi. Ammo qizim sizlarni hozircha kechirishimni soʻradi, shunday ekan, ketishingiz mumkin.
Janob Choi - Rahmat... Rahmat, janob Kang!
Aisha eshik tomon ketayotib, janob Choining roʻparasida toʻxtadi va uning qulogʻiga pichirladi.
Aisha - Janob Choi, endi qizingizga yaxshilab e'tibor bering. Tagʻin uni birovlar oʻgʻirlab ketib, haqiqiy koʻcha ayoliga aylantirib qoʻyishmasin...
Aisha gapini tugatib, shaxdam qadamlar bilan xonadan chiqdi va toʻgʻri universitet binosining tom qismiga yoʻl oldi.
Taehyung - Negadir yuragim tinimsiz oʻsha qizning ortidan bor deyapti... Borsammikan? Ammo aqlim buni rad etmoqda. U juda xavfli va sirli qizga oʻxshaydi...
Aisha tomga chiqdi va sovuq shamol yuziga urilarkan, koʻz yoshlarini tiya olmay yigʻlay boshladi.
Aisha - Onajon... Nega meni yolgʻiz tashlab ketdingiz? Soʻz beraman, sizni haqorat qilgan har qanday iflos bu dunyoda tirik qolmaydi!
Aisha oʻz hayollari bilan yigʻlayotganida, ortida kimningdir nafasi va qadam tovushlarini sezdi. U shoshilib ortiga oʻgirildi. Aishaning ortida... turar edi.